CHORVOQ SUV OMBORLARI ATROFIDA TARQALGAN AYRIM DARAXT TURLARNING BOTANIK TASNIFI
Yuldasheva S. Sh.1, Xaydarova X.N.2, Ermatov B. E o‘g‘li32023
- 1Toshkent davlat agrar universiteti katta o‘qituvchisi, b.f.f.d (PhD).
- 2Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti, b.f.n.
- 3Toshkent davlat agrar universiteti magistranti.
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 3Sahifa 12–15
Annotatsiya
Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi oqibatida Chorvoq suv ombori atrofi landshaftlarda, o‘simlik qoplami keskin kamayib bormoqda. Atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, uning ifloslanish darajasining doimiy monitoringini olib borish, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta‘sirini organish maqsadida Chorvoq suv ombori atrofida keng tarqalgan ayrim daraxt turlarining botanik tasnifi maqolada yoritilgan
Boshqa tillarda
ruschaБОТАНИЧЕСКАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ НЕКОТОРЫХ ВИДОВ ДЕРЕВЬЕВ, РАСПРОСТРАНЕННЫХ ВОКРУГ ЖИВОТНОВОДЧЕСКИХ ВОДОЕМОВ
В данной статье в результате изменения климата резко сокращается растительный покров в ландшафтах вокруг Червокского водохранилища. В целях снижения уровня загрязнения окружающей среды, проведения постоянного мониторинга уровня ее загрязнения, изучения состояния источников загрязнения и их воздействия на окружающую среду в статье приведена ботаническая классификация некоторых древесных пород, распространенных на территории Червокское водохранилище.
inglizchaBOTANICAL CLASSIFICATION OF SOME TREE SPECIES DISTRIBUTED AROUND THE CHORVOQ RESERVOIRS
This article notes that, as a result of climate change, the vegetation cover in the landscapes around the Chorvoq reservoir is declining sharply. With the aim of reducing the level of environmental pollution, carrying out continuous monitoring of its pollution level, and studying the state of the pollution sources and their impact on the environment, the article presents the botanical classification of certain tree species that are widespread around the Chorvoq reservoir.
Kalit so‘zlar
- Chorvoq suv ombori
- daraxt turlari
- o‘rmon
- ko‘kalamzorlashtirish
- Salix alba
- Morus alba L
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
CHORVOQ SUV OMBORLARI ATROFIDA TARQALGAN AYRIM DARAXT TURLARNING BOTANIK TASNIFI Yuldasheva S. Sh. Toshkent davlat agrar universiteti katta o’qituvchisi, b.f.f.d (Phd). Xaydarova X.N. Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti,b.f.n. Ermatov B. E o’g’li. Toshkent davlat agrar universiteti magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.7817339 Annatatsiya: Ushbu maqolada iqlim o’zgarishi oqibatida Chorvoq suv ombori atrofi landshaftlarda, o'simlik qoplami keskin kamayib bormoqda. Atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, uning ifloslanish darajasining doimiy monitoringini olib borish, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta'sirini organish maqsadida Chorvoq suv ombori atrofida keng tarqalgan ayrim daraxt turlarining botanik tasnifi maqolada yoritilgan Kalit so’zlar: Chorvoq suv ombori, daraxt turlari, o’rmon, ko’kalamzorlashtirish, Salix alba, Morus alba L. БОТАНИЧЕСКАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ НЕКОТОРЫХ ВИДОВ ДЕРЕВЬЕВ, РАСПРОСТРАНЕННЫХ ВОКРУГ ЖИВОТНОВОДЧЕСКИХ ВОДОЕМОВ Аннотация: В данной статье в результате изменения климата резко сокращается растительный покров в ландшафтах вокруг Червокского водохранилища. В целях снижения уровня загрязнения окружающей среды, проведения постоянного мониторинга уровня ее загрязнения, изучения состояния источников загрязнения и их воздействия на окружающую среду в статье приведена ботаническая классификация некоторых древесных пород, распространенных на территории Червокское водохранилище. Ключевые слова: Животноводческий резервуар, древесные породы, лес, озеленение, Salix alba, Morus alba L. BOTANICAL CLASSIFICATION OF SOME TREE SPECIES DISTRIBUTED AROUND LIVESTOCK RESERVOIRS Abstract: In this article, as a result of climate change, vegetation cover is sharply decreasing in the landscapes around the Chervok Reservoir. In order to reduce the level of environmental pollution, to carry out continuous monitoring of its level of pollution, to study the state of polluting sources and their impact on the environment, the article describes the botanical classification of some tree species that are common around the Chervok reservoir. Keywords: Livestock reservoir, tree species, forest, greening, Salix alba, Morus alba L. KIRISH Iqlim o'zgarishi oqibatida oxirgi o'n yillikda Chorvoq suv ombori atrofida yaylovlardan iborat landshaftlarda, o'simlik qoplami keskin kamayib bormoqda. Bu jarayon tuproq qatlami mustaxkamligia ta'sir etmoqda va changi miqdorining havoga tez ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda. Global iqlim o'zgarishi sharoitida bahor-yoz mavsumlarida kuchli shamol ta'sirida changi va qum zarralarining yerdan yuqoriga ko'tarilishi va uning atmosfera qatlamlarida gorizontal va vertikal harakatlanib, ko'rinish masofasining 500 metrgacha qisqarishi va havoning ifloslanishi bilan tavsiflanuvchi havfli meteorologik jarayonlarning takrorlanishlar soni ortib bormoqda. Atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, uning ifloslanish darajasining doimiy monitoringini olib borish, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta'sirini
kamaytirish, shuningdek, o'rmonlashtirish va daraxtzorlarni ko'paytirish bo'yicha respublikada tizimli ishlar olib borilmoqda. TADQIQOTNING MAQSADI Chorvоq suv ombori atroflarida tarqalgan ayrim daraxt turlar tarkibini aniqlash. TADQIQOT O’BEKT VA USULLAR Chorvоq suv ombori atroflarida tarqalgan ayrim daraxt turlari. Tadqiqot ishini amalga oshirishda umumiy ekologik, dala, kuzatish, statistik usullardan foydalaniladi. O’simlik turlarini indentifikatsiya qilish ishlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institute O’zbekiston Milliy Gerbariysi hamda o’rganilayotgan o’simlik turlarini Ilmiy (lotincha) nomlarini yozishda so’nggi nomenoklatura N.J.Turland (2018) qoidalari va а International Plant Names Index – IPNI (www.ipni.org) Xalqaro ma’lumotlar bazasi asos qilib olindi. TADQIQOT NATIJALARI Chorvoq suv omborlari atrofida tarqalgan ayrim daraxt, buta va o'simliklarning turlarini aniqlashda quyidagi turlar keng tarqalganligi kuzatildi. Oqtol (Salix alba) boshqa tollar ichida eng yirigidir. Bо‘yi 30 m gacha diametri 2 m gacha boradi. Pо‘stlog‘i kul rang, bо‘yiga yorilgan bо‘ladi. Barglari lansetsimon, cheti mayda tishchali. Tо‘nkasidan novda chiqarib tiklanadi, qalamchalarida yaxshi kо‘payadi. Tol yog‘ochi oq pusht rang, yumshoq, yengil bо‘lib, qurilishda va boshqa xо‘jalik ishlarida keng qо‘llaniladi. Pо‘stlog‘ida 5-11 % salitsin moddasi bor. Bu tol turi daryo qirg‘oqlarida, kо‘l bо‘ylarida, botqoq yerlarda yaxshi о‘sadi. Bu tol turidan tashqari quyidagi tol turlari ham tavsiya etiladi: 1.Sinuvchan tol (iva lomkaya – Salix fragilis). 2. Sariq tol (iva jeltoya – Salix dophnoides). 3. Savat tol (iva korzinochnaya – S.viminalis). 4. Qizil tol (iva krasnaya – S.purpurea). 5. Majnuntol (iva plakuchaya – S.babylonica). Sinuvchan tol (Salix fragilis L.) kichikroq daraxt, oddatda pо‘stlog‘i yorilgan bо‘ladi, shoxlari och sariq va yashil rangda bо‘lib, juda mо‘rt. Barglarining plastinkasi keng lantsetsimon, chet tishlari, bezli, tuksiz, yaltiroq. Oqtol barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi, kuchalasining bо‘yi 5-7 sm, changchisi 2 ta erkin joylashgan. Urug‘idan, qalamchadan, poyadan yaxshi kо‘payadi. U MDH ning barcha xududlarida uchraydi. Yog‘ochi qurilishda va turli boshqa asbob uskunalar yasash uchun ishlatiladi. Pо‘stlog‘ida 10% ga yaqin salitsin va tannin moddasi bor, ular meditsinada ishlatiladi. Bu tol ham oqtol singari kо‘kalamzorlashtirishda kо‘p ekiladi. Sariqtol (Salix daphnoides Will.) bо‘yi 15 m ga yetadi, qiyshiq tanali pо‘slog‘i bо‘yiga yorilgan, qoramtir rangda. Shox-shabbasi oval yoki piramida shaklida,novdasi sariq-yashil, g‘isht rangda tukli, barglari chо‘ziq, lansetsimon, о‘tkir uchli, cheti tishchali, bezli, tuksiz. Barg yozishdan oldin gullaydi, kuchalasi yо‘g‘on, uzun gullarida 2 ta changchi, qisqa ustuncha bor. Bu tolning pо‘stlog‘ida 6-12% tannin moddasi bor, novdasidan savat tо‘qiladi. qumda va qumoq tuproqli yerlarda yaxshi о‘sadi. Qalamchadan kо‘paytirish mumkin. g‘arbiy Yevropadagi tog‘larda tarqalgan. Savat toli (Salix viminalis L.) buta bо‘lib, bо‘yi 5-6 m, yosh novdalari kulrang tukli yoki tuksiz, shoxlari ham tuksiz. Barglari chiziq- lansetsimon, о‘tkir uchli, cheti tekis, pastga egilgan, orqa tomoni ipaksimon tukli. Barg chiqarishdan oldin yoki bir vaqtda gullaydi. Bu tol Rossiyaning о‘rmon-tundradan sahro zonasigacha tarqalgan. О‘rta va g‘arbiy Yevropada, Xitoyda, Mongoliyada va Xindistonda uchraydi. U daryo bо‘ylarida, orollarda о‘sib, qalin о‘rmon hosil
qiladi. Bu tol qalamchadan yaxshi kо‘karadi. Uning novdasidan eng yaxshi savat tо‘qiladi. Pо‘stlog‘ida 6-15 % tannin moddasi bor. Majnuntol (Salix babylonica L.) Bо‘yi 8-10 m, diametri 50-60 sm bо‘lgan daraxt. Pо‘stlog‘i bо‘yiga yorilgan, tо‘q kul rangda . Shoxlari uzun, ingichka bо‘lib, kо‘pincha pastka osilib turadi. Novdasi sariq-yashil yoki qizg‘ish rangda. Kurtaklari mayda, о‘tkir uchli, yashilqо‘ng‘ir rangda. Barglari tor lansetsimon, bо‘yi 10-16 sm, eni 1-1,5 sm, uchi о‘tkir, cheti mayda tishchali, ayrim vaqtlarda tishsiz butun. Yosh novdasidagi barglari tukli, yuz tomoni tiniq yashil, yaltiroq, orqa tomoni oqish yoki zangori rangda. Barg bandining bо‘yi 0,7-0,9 sm, bezsimon tukli, 15-30 ta yon tomiri bor. Yon bargchalari lansetsimon yoki juvoldizsimon, о‘tkir uchli, cheti tishchali. Ikki uyli daraxt. Kuchalasi ingichka, kalta bandli, tubida bargchalari bor, gullari zich joylashgan, barg yozib bо‘lgandan sо‘ng gullaydi. Gulyon bargchalari ingichka, tuxum yoki lansetsimon, uchki qismi uzun tukli. Bu tol qalamchadan yaxshi kо‘payadi. Majnuntol Mesopotamiyada tarqalgan. Kavkazda va О‘rta Osiyo respublikalarida manzarali о‘simlik sifatida ariqlar, hovuzlar bо‘yiga kо‘p ekiladi. Shox-shabbasi egilib о‘sganligidan juda chiroylidir. Uning yana bir turi Xitoydan keltirilgan matsudan tolidir. Uning barglari tо‘q-yashil rangda bо‘lib, shox-shabbasi pastka osilib о‘sganligidan nihoyatda chiroyli. Bulardan tashqari jung‘or toli (Salix songorica), turon toli (Salix turanica) turlari ham bor. Oq tut (Morus alba L.) Ushbu tut turi tabiiy ravishda Xitoy, Yaponiya Hindiston va Markaziy Osiyo, Kavkazda keng tarqalgan va madaniylashtirilgan.Balandligi 15 metrgacha bо‘lib,tana diametri 80 sm gacha yetadi. 250 yilgacha yashashi aniqlangan. Katta yoshli daraxt tanasi pо‘stlog‘i qalin darz ketgan va kul rangda. Yangi novdalari kul rang-yashil yoki qizig‘ish – kulrang bо‘lib egiluvchanligi yuqori. Barglari turlicha shakllarda: oddiy, tuxumsimon, chekkalari tishli va hokazo. Oq tut aprel may oyida barglar paydo bо‘lishi bilan bir paytda gullaydi. Gullari mayda, kо‘rimsiz mevalari shirin,istemolga yaroqli iyun - iyul oylarida pishib yetiladi. Urug‘lari mayda,dumaloq och kul rang – sariq rangda, diametiri 2 mm atrofida. Uning darajasi 50-60 %. Oq tut qalamchalari bilan yaxshi kо‘payadi. Oq tut uzoq о‘tmishda Markaziy Osiyo va Kavkaz aholisi tomonidan madaniylashtirilgan, ayniqsa uning marvarid tut nomi bilan xalq selensiyasi mahsuli bо‘lgan navi kо‘plab ekiladi. Tut mevasi quritilgan holda ham istemol qilinadi uning tarkibida S vitamini mavjuddir, Oq tut barglari asosan pilla qurtini boqishda ozuqa manbai bо‘lib xizmat qiladi, о‘rmon melioratsiyasida ham foydalaniladi. Har yili hosil beradi, bitta daraxtdan 20-50 kg meva terish mumkin. Qora tut (Morus nigra L.) Qora tut oq tutga nisbatan kam tarqalgan, asosan Eron, Markaziy Osiyo va Kavkazda о‘stiriladi. Uning barglari ipak qurti uchun kam ishlatiladi. Daraxti 10-15 m balandlikda bо‘lib morfologik belgilariga kо‘ra oq tutda deyarli farq qilmaydi. Mevalari iyun-iyul oylarida pishib yetiladi, tо‘q qizil, tо‘q siyoxrangda bо‘lib, nordon – shirin tamga egadir. Uning mevaalri oq tut mevalariga nisbatan qadirlanadi va oziq – ovqat sanoatida va vinochilikda bо‘yovchi sifatida ishlatiladi. Qora tutning xalq seletsiyasi mahsuli bо‘lgan shotut navi aholi tomonidan kо‘plab ekiladi. Asosan qalamchadan qimmatli navlari payvandlash yо‘li bilan kо‘paytiriladi. Qizil tut (Morus rubra L.) Ushbu tut turi Shimoliy Amerikadan introduksiya qilingan 15 metrgacha bо‘lgan yirik daraxt, tanasi jigarrang - kulrang bо‘lib, barglari pilla qurti boqishda ahamiyati pastroqdir. Mevalari yirik, iyun – iyulda pishib yetiladi, qizil, och qizil rangda bо‘lib, shirin tamga ega. Markaziy Osiyodan tashqari ,Qrim va Kavkazda bog‘va parklarida, bazan
Ukraina Belorussiya, Boltiq bо‘yi davlvtlarida uchraydi. Sovuqqa chidamli. Pishiq, zich yog‘ochga egadir. XULOSA Suv bо‘ylarida sanitar–gigiyenik qoidalarga amal qilishsuv havzasini tozaligini saqlash, qirg‘oq bо‘ylarini kо‘kalamzorlashtirish dam olish va chо‘milish uchun sharoitlar yaratish katta ahamiyatga egadir. Chorbog‘havzasi atrofida daryo qirg‘oqlarini mustahkamlovchi о‘rmonzorlar barpo etish uchun tuproq sharoitlari, uning namligi va sizot suvlarining sathi hisobga olgan holda turlarini ko’paytirish maqsadga muvofiqdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Ablayev S.M. Yuldashev Y.X. //Madaniy о‘rmonlar Toshkent 2002 y
- Qayimov A.K., Berdiyev E.T. “Dendrologiya"darslik “CHо‘lpon” T. 2012-330 b.
- Qayimov A.Q. Soxraneniye bioraznoobraziya geneticheskix resursov lesov i ix ratsionalnoye ispolzovaniye v Uzbekistane //Vestnik Jabu 2006. Jalalabat, vip 1. S 82-85
- Xanazarov A.A. О‘zbekistonda о‘rmonzorlar barpo qilish asoslari, Toshkent 2002. 126 b.
- Xanazarov A.A. О‘rmonchilar uchun qо‘llanma. T., Mexnat, 1992.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010473
- Nashr sanasi
- 2023-03-13
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i3.38
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 12–15
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 62026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06