Islombekova Shahrizoda Durbek qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Piling bu estetik kamchiliklarni bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek dermatologiyada davolash va profilaktika dasturlarini o‘tkazishga qaratilgan kosmetologik texnikadir. Davolash maxsus kimyoviy vosita yordamida tabiiy eksfoliatsiyani tezlashtiradi va faollashtiradi. Terining yangilanish va qayta tiklanishini rag‘batlantiradi, teridagi nuqsonlarni yashirishga xizmat qiladi.
Ortiqova Komila Akmal qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada O‘zbek moda olami, milliy kiyimlari tarixi, sharqona go‘zallik va xalqimizning nodir merosini dunyoga tanitishga harakat qilayotgan istedodli dizaynerlarning ijodlari yoritilgan.
Нарзуллаев Шохрух Шухратович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada 2015-2022 yillarda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida operatsiya qilingan 242 bemorni davolash natijalari keltirilgan, ulardan 23 (9,5%) bemor kasallikning nekrotik shakli bilan zararlangan edi. Aerob etiologiyali o‘tkir paraproktit 219 (90,5%) bemorda kuzatildi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 63,1±4,9 yilni tashkil etdi. Barcha bemorlarga klinik tekshiruv, rektal tekshiruv, rektomanoskopiya, transabdominal va transrektal ultratovush tekshiruvi, kompyuter tomografiyasi, yara ajralmalarining bakteriologik tekshiruvi o‘tkazildi. Barcha bemorlarga shoshilinch jarrohlik amaliyotlari bajarildi. Tekshiruv natijalari o‘z vaqtida o‘tkazilgan radikal jarrohlik aralashuvi, antibakterial va dezintoksikatsion terapiya bemorlarning sog‘ayishiga olib kelganini ko‘rsatdi.
Korjavov Sherali Oblakulovich, Ismoilov Ortik Ismoilovich, Otamurodova Khurshidabonu Bakhtiyorovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Bugungi kunda tadqiqotchilar uchun eng muhim muammolardan biri immunitet tizimining morfologiyasi, fiziologiyasi va patologiyasini o‘rganish bo‘lib, bu birinchi navbatda klinik tibbiyot talablari bilan bog‘liq, chunki yangi ekologik, ijtimoiy va boshqa omillar inson tanasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsata boshladi. Ayrisimon bez immunogenezning markaziy organi va ichki sekretsiya bezi hisoblanadi. Timusning tuzilishi (makro-mikroskopik manzarasi) 31 ta yangi tug‘ilgan bola murdasida o‘rganildi. Anatomik usullar (preparatlash, o‘lchash) va gistologik usullar (gistologik bo‘yash) qo‘llanildi. Quyuqroq po‘stloq zonasida hujayralar juda zich joylashgan, ularning soni miya zonasi markazidagiga qaraganda ancha ko‘p. Miya moddasi qalinligida yakka Gassal tanachalari, qon kapillyarlari va limfa yoriqlari uchraydi. Po‘stloq qavati juda zich joylashgan limfoid elementlardan iborat bo‘lib, ayrim hujayralarda mitozlar kuzatiladi. Ayrisimon bez asosan elastik tolalardan tashkil topgan nozik yupqa biriktiruvchi to‘qimali kapsulaga ega, tolalar orasida kollagen tolalar aniqlanadi, yangi tug‘ilganlarda kollagen tolalar va bo‘lakchalararo to‘siqlar yaxshi rivojlangan.
Sa‘dullayeva Shahlo Anvarovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada turk adabiyotiga yangicha fikrlovchi o‘qituvchiobrazining kirib kelishi, buning zaruriyati va ideal o‘qituvchi obrazining tasvirlanishidagi o‘ziga xosliklar ochib berilgan bo‘lib, Rashod Nuri Guntekinning o‘qituvchi obrazni tasvirlashi orqali jamiyatdagi savodxonlik va mafkuraviy siljishga bo‘lgan zaruratni yoritishni istagani tilga olinadi.
A.Barotov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada o‘zining yuksak mazmunli asarlari bilan minglab muxlislari qalbidan joy olgan o‘rta asrlarning buyuk shoiri va mutafakkirlari Abdurahmon jomiy ijodida “shaxs kamoloti” va komil insonni tarbiyalash g‘oyasi shoirning ijod namunalari asosida tahlil etilgan.
Xayriddinov Sh.B. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Мазкур мақолада таълим (олий таълим) ресурслардан фойдаланишни ўзига хос жиҳатлари тадқиқ этилган. Олий таълим муассасалари фаолиятини амалга оширилиши учун зарур бўлган харажатлар катта қисмининг бюджет маблағлари ҳисобидан таъминланаётганлиги бу маблағларнинг сарфланишига нисбатан алоҳида муносабатларнинг шаклланишини тақозо этади. Олий таълимни молиялаштириш икки кўринишда, яъни давлат бюджети маблағлари ҳисобидан ва таълим хизматлари кўрсатилишидан тушадиган маблағлар ҳисобидан амалга оширилмоқда.
Asanov Eldar Enverovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ушбу мақолада илк ўрта асрларда ғарбий турклар жамиятида аёлларнинг роли муҳокама қилинади. Таҳлил ва қиёс учун бошқа қадимги турк жамиятларига оид материал жалб қилинди. Шунинг асосида қилинган хулосага кўра, ғарбий турклар типик патриархал жамиятда яшаган бўлса ҳам, юқори ва ўрта табақага мансуб аёллар маълум ижтимоий ва сиёсий жараёнларда иштирок этган ва юқори ижтимоий мақом қозониш имкониятига эга бўлган
Насиров Т.Х., Бердияров У.Н. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada elektr energetika tizimi rejimini qisqa muddatli boshqaruv siklida kompleks optimallashtirish masalasi, ya‘ni hisobiy elektr stansiyalarida ishlayotgan agregatlarning optimal tarkibini, elektr stansiyalarining aktiv yuklamalari grafiklarini, reaktiv quvvat bo‘yicha generator tugunlari va tayanch tugunlarning reaktiv quvvatlari yoki kuchlanish modullarini, boshqariladigan transformatorlarning transformatsiya koeffitsiyentlarini aniqlash ko‘rib chiqiladi; bunda boshqaruv sikli davomida hisobiy issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yoqilg‘i xarajatlarining minimumiga erishiladi.
Nazirov R.R., Yugayev Sh.M. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ушбу мақолада пахтани жинлаш ва толани тозалаш жараёнида ажралиб чиқадиган толали чиқиндиларни такомиллаштирилган тозалаш ускунасини ишлаб чиқиш бўйича ўтказиладиган илмий тадқиқот ишлари йўналишини асослаш натижалари ёритилган
Маннанов М.И. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Yuqori sezuvchanlik va chiqish parametrlari barqarorligiga ega bo‘lgan, nikel atomlari nanoklasterlari mavjud kremniy asosidagi uzluksiz muhitlar oqimi tezligi datchiklarining tavsifi keltiriladi. Uzluksiz muhitlar oqimi tezligi datchigini yaratish uchun nikelning kremniyga diffuziya rejimi ko‘rib chiqiladi. Datchikning elektrofizik parametrlari tadqiq qilingan.
Qobilbek Dadaboyev, Baxtiyor Yunusov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu ish sovutish minorasini hisoblashga bag‘ishlangan. Tushuntirish yozuvi material, issiqlik, gidravlik hisob-kitoblarni aks ettiradi, unga ko‘ra paratus turini va uning dizayn o‘lchamlarini tanlash mumkin. Jarayonning harorat diagrammasi, jarayonning texnologik diagrammasi, apparatning strukturaviy diagrammasi, apparatning asosiy elementlarining eskizlari ham ko‘rsatilgan.
Bakhrom Nurkhanov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada notortuvchi iste‘molchilarning elektr ta‘minoti kabellari izolyatsiyasiga ta‘sir qiluvchi omillarning deyarli barcha usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kabellarning shikastlangan qismlarini aniqlash ham nazarda tutilgan.
Sherbekov U.A. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu tadqiqotning asosini o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari - ishiorektal va retrorektal joylashuvlari bilan og‘rigan 119 bemorni kompleks diagnostika qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolash tajribasi tashkil etadi. Paraproktitning murakkab shakllari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik-texnik jihatlarini optimallashtirish, ya‘ni abssessning yuqori (chuqur) joylashuvida operatsiyalarni 2 bosqichda o‘tkazish (bemorlarning 22,3%) va yiringlikning past joylashuvida birlamchi-radikal aralashuvlarni bajarish yaqin operatsiyadan keyingi davrda asoratlarni 38,4% dan 11,9% gacha, shuningdek, uzoq muddatli davrda pararektal oqmalar shakllanishini 11,5% dan 4,6% gacha va kasallik retsidivini 9,6% dan 2,9% gacha kamaytirish imkonini berdi.
Yorqulova Guljaxon Raxmatjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Termodinamika va entropiya haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor, bizda shunday savol tug‘iladi: ‘‘Biz qanday tizimmiz? Ochiq yoki yopiq?‘‘ umuman olganda bu fizikaga oid savoldir. Barcha tirik mavjudotlar kabi biz ham ochiq sistema hisoblanamiz. Chunki modda va energiyani atrof muhit bilan almashinamiz. Misol uchun, kimyoviy energiyani oziq-ovqat shaklida qabul qilamiz va harakatlanish, gapirish, nafas olish, yurish kabi ishlarni bajaramiz. Yoki tanamizda sodir bo‘ladigan metabolik reaksiyalar va h.k.lar. Yuqorida keltirilgan misollarni tariflash uchun biz ikkita fizikaviy qonun- termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlarini ko‘rib chiqamiz va ular biologik tizimlarga qanday ahamiyatga ega bo‘lishini bilib olamiz.
Rakhmonov Zafarjon Mamadiyevich, Rakhmonova Habiba Nurullaevna, Rakhmonov Fariz Zafarjonovich, Mukhitdinova Sabrina Munisovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Sut emizuvchilarning jigardan tashqari o‘t yo‘llari va o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichining normal hamda patologik anatomiyasi va fiziologiyasi haqidagi zamonaviy tasavvurlar sharhi keltirilgan. Jarrohlik amaliyotlaridan oldin va keyin o‘t tizimi fiziologiyasidagi o‘zgarishlarning klinik ahamiyatiga urg‘u berilgan. Maqolada jigardan tashqari o‘t yo‘llarining morfologik tuzilishini o‘rganish bo‘yicha zamonaviy davr olimlari va tadqiqotchilari, asoschilar hamda ularning izdoshlarining bir qator ishlari ko‘rib chiqilgan va tahlil qilingan.