Nurmamatova Sarvinoz Qurbon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada nazorat va tajriba guruhlariga mansub 11-12 yoshli figurali uchuvchilarning sakrash elementlarini bajarish ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan pedagogik tajribaning boshlang‘ich va yakuniy qismlarida olingan natijalar, ularning statistik xarakteristikalari, natijalar o‘rtacha arifmetik qiymatlarini tajriba davomidagi absolyut va nisbiy o‘sishlari hamda ushbu absolyut o‘sishlarini statistik ishonchliligi baholari, shuningdek ularning muhokamasi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
Nurmamatov G‘aybullo Ulkanboyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Bu maqola orqali turli sport razryadiga ega bo‘lgan paravoleybol sporti bilan shug‘ullanuvchilarni to‘pni pastdan qabul qilish texnikasining kinematik ko‘rsatkichlari “SPORT 360° 3D MA biomexanik laboratoriya” da aniqlandi va olingan ko‘rsatkichlar o‘zaro taqqoslash orqali tahlil qilindi.
Musayev Baxrom Baxtiyorovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mazkur ilmiy maqolada aholi salomatligi bo‘yicha izlanishlarning nazariy va amaliy tomonlari yoritib berilgan. Shu qatorda maqolada aholi salomatligini sog‘lomlashtirish dasturi va uning umumiy yo‘nalishlariga o‘rgatish va mazkur dasturni xayot faoliyatiga joriy etish davomida uning takrorlanishi asosida aholi organizmining o‘zgarishlari bo‘yicha ilmiy mohiyati ochib berilgan va mazkur olingan ma‘lumotlar jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati sohasidagi nazariy bilimlarini boyitish va kengaytirishga yordam berishi bilan izohlanadi.
Mustafoyev Zafar Mustafo o‘g‘li, Xusenova Ruxshona Farxodovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada bosh miya saratonini davolash, kelib chiqish sabablari, kasallikka qo‘yiladigan tashxislar haqida va davolashga qaratilgan chora tadbirlar keltirilgan.
Умаров Хуршид Хасанович · Research Focus International Scientific Journal · 2024
O‘tkazilgan tadqiqotlar materiallari gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish harakat faoliyatining ritm-temp tavsifidan kelib chiqadigan, elementlar va umuman kombinatsiyalarni bajarish sifatini nazorat qilishga qo‘yiladigan o‘ziga xos talablarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak degan xulosaga kelish imkonini berdi.
Alimov Umid Abduxamidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu tadqiqot ishda malakali dzyudochi qizlarni texnik-taktik tayorgarligini takomillashtirish usullarini mukammallashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Dzyudochi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha mashqlar tasnifi ishlab chiqilgan.
Turabova Farida Zoirovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga qiziqish ortib bormoqda. Shundan kelib chiqib biz ham Chizmachilik darslarida ham innovatsion texnologiylarni, ham tarixiy manbalardan qo‘llashning usullari haqida ma‘lumotlar keltirib o‘tdik.
Turabova Farida Zoirovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada Chizmachilik darslarida foydalaniladigan metodlar mazmunida bo‘lib, darslarda didaktik o‘yinlardan faol foydalanish orqali chizmachilik fanidan o‘quvchilarning darsga bo‘lgan ishiyoqini, tezkor fikrlash qobiliyatini, fazoviy tasavvurini didaktik o‘yinlar vositasida oshirish. Fanning tarixini o‘rganmay turib kelachagi haqida fikr yuritish ham noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Shuning uchun fanning tarixiga alohida nazar tashlash lozim.
Tashnazarov Djasur Yuldashevich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqot natijalar nazariy-uslubiy jihatdan asoslanganligi sport kurash turlarining mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyoti sohasidagi respublikamiz olimlari va amaliyotchi murabbiylarning fikr-mulohazalariga asoslanganligi tadqiqot vazifalariga mos, o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi tadqiqot usullarining qo‘llanilganligi tahlil va tadqiqot vazifalarini son va sifat jihatdan ta‘minlanganligi tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan natijalarning matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Qodirov Sirojiddin Erkinboyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu tadqiqot ishda malakali dzyudochilarni umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari hamda kuch va tezkor-kuch ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilgan va takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Dzyudochilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha mashqlar tasnifi ishlab chiqilgan.
Qodirov Sirojiddin Erkinboyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu tadqiqot ishda malakali dzyudochilarni kuch va tezkor-kuch qobiliyatlarini rivojlantirish usullarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Dzyudochilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha mashqlar tasnifi ishlab chiqilgan.
Hamdamova Nozima Muqimovna, Xayrullayeva Nozima Boboqulovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
yosh avlodga milliy hunarmandchiliklarimizdan biri bo‘lmish quroqchilik ilmini o‘rgatish va bu orqali ularga milliyligimizni ulug‘lashimizni anglashga yordam berish.
Bo‘riyev Zafar Raximovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mazkur ilmiy tadqiqot ishida tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, yuqori malakali dzyudochilar tomonidan qo‘llaniladigan asosiy usullar, musobaqa faoliyatida qo‘llaniladigan texnik harakatlar va kurashchilarning individual xususiyatlari aniqlanganligi va natijalari musobaqa jarayonida ko‘p qo‘llaniladigan asosiy usullarni rivojlantirish uchun texnik usullar majmuasini ishlab chiqish va me‘yorlash hamda tavsiyalarni mashg‘ulot jarayoniga joriy etishga imkon yaratilganligi bilan izohlanadi.
Boyqo‘ziev X.X., Djurakulov B.I. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada innovatsion ta‘lim usullari va ularni amaliyotda qo‘llash to‘g‘risida fikr yuritilgan. Unda ta‘lim usullarining ta‘lim texnologiyalarining qo‘llanilishida ta‘lim xususiyati va o‘quv faoliyatiga samarali ta‘sir etish omillari borasida ma‘lumotlar berilgan.
Bobir Yuldoshev · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu ilmiy maqolada ingliz tili ta‘limida integrallashgan ko‘nikmalarni o‘qitishning pedagogik strategiyalari va afzalliklari o‘rganiladi. Integrallashgan ko‘nikmalarni o‘qitish tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish qobiliyatlarini bir vaqtda rivojlantirishni nazarda tutadi hamda o‘quvchilarga tilni egallashga yaxlit yondashuvni taqdim etadi. Maqolada integrallashgan ko‘nikmalarni o‘qitishning nazariy asoslari, o‘qitish usullari va amaliy qo‘llanilishi muhokama qilinib, uning til bilish darajasi hamda kommunikativ kompetensiyaga ta‘siri ta‘kidlanadi. Shuningdek, maqolada integrallashgan ko‘nikmalarni o‘qitish samaradorligini oshirishda texnologiya va autentik materiallarning roli yoritib beriladi.
Azizov Mirzohid Mirzolim o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada aholining barcha qatlamlari salomatligini yaxshilash, reabilitatsiya qilish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va o‘rtacha umr ko‘rish yoshini uzaytirishda yangi innovatsion raqamli texnologiyalar orqali skandinavcha yurish sportidan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.
Azizov M.M. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
mazkur maqolada sog‘lomlashtiruvchi skandinaviya usulida yurishning aholi salomatligini saqlash va mustaxkamlashdagi ahamiyati hamda skandinavcha yurish texnikasiga o‘rgatish metodikasi inson organizmiga ijobiy ta‘siri, mashg‘ulotlar olib borishning qonun qoidalari xamda skandinavcha yurishning boshqa sport turlaridan farqi xaqida so‘z borgan.
Alimov Umid Abduxamidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu tadqiqot ishda o‘smir karatechilarning kumite baxslarida teskor qaror qabulqilish qobilyatini rivojlantirish texnik xarakatlarni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘smir karatechilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha karate zarbalari tasnifi ishlab chiqilgan.
Akmalova Nargiza Abbos qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada matematik to‘garak, o‘quvchilarning matematik bilimlarini oshirishda va matematikaga qiziqtirishda to‘garakning ahamiyati, matematik to‘garak jarayonida qanday usul hamda masalalardan foydalanish kerakligi haqida so‘z boradi.
Abduraimov Sirojiddin Faxriddin o‘g‘li, Achilov Nuriddin Abbug‘affarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimi va ushbu tizimdagi maktab rahbarlarining faoliyati, ularning boshqaruv faoliyati pedagogik holati o‘rganilgan. Bundan tashqari Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyati pedagogik muammo sifatida ham o‘rganilgan.