PARAVOLEYBOL SPORTI BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNI TO‘PNI PASTDAN QABUL QILISH TEXNIKASINING KINEMATIK KO‘RSATKICHLARI
Nurmamatov G‘aybullo UlkanboyevichO‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti laboranti. Chirchiq shahri. O‘zbekiston2024
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 2Sahifa 195–202
Annotatsiya
Bu maqola orqali turli sport razryadiga ega bo‘lgan paravoleybol sporti bilan shug‘ullanuvchilarni to‘pni pastdan qabul qilish texnikasining kinematik ko‘rsatkichlari “SPORT 360° 3D MA biomexanik laboratoriya” da aniqlandi va olingan ko‘rsatkichlar o‘zaro taqqoslash orqali tahlil qilindi.
Boshqa tillarda
ruschaКИНЕМАТИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ ТЕХНИКИ ПРИЕМА МЯЧА СНИЗУ У ПАРАВОЛЛЕЙБОЛИСТОВ
В статье в «Биомеханической лаборатории SPORT 360° 3D MA» определены кинематические показатели техники приема мяча снизу у параволейболистов разной спортивной разрядки и проанализированы полученные показатели путем взаимного сравнения.
inglizchaKINEMATIC INDICATORS OF THE TECHNIQUE OF RECEIVING THE BALL FROM BELOW IN PARA-VOLLEYBALL PLAYERS
In this article the kinematic indicators of the technique of receiving the ball from below in athletes engaged in para-volleyball who hold different sports categories were determined at the "SPORT 360° 3D MA biomechanical laboratory", and the indicators obtained were analysed through mutual comparison.
Kalit so‘zlar
- Paravoleybol
- kinematika
- 3D MA tahlil
- sagittal o‘q
- burchak
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
PARAVOLEYBOL SPORTI BILAN SHUG`ULLANUVCHILARNI TO`PNI PASTDAN QABUL QILISH TEXNIKASINING KINEMATIK KO`RSATKICHLARI Nurmamatov G`aybullo Ulkanboyevich, O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti laboranti. Chirchiq shahri. O`zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.10658952 Annotatsiya: Bu maqola orqali turli sport razryadiga ega bo‘lgan paravoleybol sporti bilan shug`ullanuvchilarni to`pni pastdan qabul qilish texnikasining kinematik ko‘rsatkichlari “SPORT 360° 3D MA biomexanik laboratoriya” da aniqlandi va olingan ko‘rsatkichlar o‘zaro taqqoslash orqali tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: Paravoleybol, kinematika, 3D MA tahlil, sagittal o‘q, burchak.
КИНЕМАТИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ ТЕХНИКИ ПРИЕМА МЯЧА СНИЗУ У ПАРАВОЛЛЕЙБОЛИСТОВ Аннотация: В статье в «Биомеханической лаборатории SPORT 360° 3D MA» определены кинематические показатели техники приема мяча снизу у параволейболистов разной спортивной разрядки и проанализированы полученные показатели путем взаимного сравнения. Ключевые слова: параволейбол, кинематика, 3D-МА анализ, сагиттальная ось, угол.
KINEMATIC INDICATORS OF THE TECHNIQUE OF RECEIVING THE BALL FROM BELOW FOR PARAVOLLEYBALL PLAYERS Abstract: The article in the “Biomechanical Laboratory SPORT 360° 3D MA” determined the kinematic indicators of the technique of receiving the ball from below among paravolleyball players of different sports categories and analyzed the obtained indicators through mutual comparison. Key words: paravolleyball, kinematics, 3D-MA analysis, sagittal axis, angle.
KIRISH Dolzarbligi. Bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda [1]. So`nggi yillarda yaratilayotgan imkoniyatalar natijasida yurtimiz sportchilari xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqdalar. Barcha turdagi sport ta’lim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bo‘limlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda iqtidorga ega bo‘lgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni tanlab olish, ularni sport turlariga yo‘naltirish, tayyorlash hamda oliy sport mahoratiga erishishini ta’minlovchi uzluksiz yagona kompleks tizimni joriy etish, rivojlantirilayotgan (mavjud), yangi tashkil etilayotgan va kelajakda yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini har tomonlama rivojlantirish va ommalashtirish [2] ustuvor maqsadlardan hisoblanadi. Barcha sport va parasport turlari qatori varavoleybol sport turining ham rivojlanishi, o‘yin qoidalarining o‘zgarishi o‘yinchilardan juda katta mahorat talab qilmoqda.
Paravoleybolchilar harakatlarining biomexanikasini o‘rganish va kinematik asoslarini aniqlash bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolar bo’yicha mahalliy olimlarimizdan Imkoniyati cheklangan talabalarni paravoleybolga o`rgatishda harakat texnikalarini rivojlantirish uchun tanlangan maxsus mashqlarning samaradorligi bo`yicha L. T. Davlatova [3] tadqiqot olib borgan. Xorijiy olimlardan dunyo paravoleybolda raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun mashg'ulotlarning faqat pedagogik jihatlarini hisobga olish etarli emas. Ilm-fanning turdosh sohalaridan texnikani qo'llash orqali olingan ma'lumotlardan foydalanish kerak. Paralimpiya sportlarida, xususan, paravoleybolda katta muammo - bu elita sport turlari bo'yicha ilmiy tadqiqot adabiyotlarini topish va ulardan foydalanishning mumkin emasligi. [4], Bugungi kunda klassik voleybolda tayyorgarlikning pedagogik jihatlari yaxshi o'rganilgan. Paravoleybolda, bizning tadqiqotimizdan tashqari, ilmiy adabiyotlarda mashg'ulotlarning pedagogik jihatlarini (texnik-taktik, jismoniy), shuningdek, paravoleybolning funktsional holatini nazorat qilish vositalari va usullarini o'rganish bo'yicha biron bir ish aniqlanmagan. Xorijiy mualliflarning asarlarida ba'zi musobaqa mashqlari texnikasini, shuningdek, sportchilarni tayyorlash vositalari va usullarini o'rganishga urinishlar bo'lgan, ammo endi musobaqa qoidalarining o'zgarishi va natijalarning sezilarli o`zgarishi tufayli bu tadqiqotlar ahamiyatini yo`qotdi. [5]. Ilgari bir qator tadqiqotlar voleybolning biomexanikasiga bag'ishlangan bo'lib, ular voleybolda hujum zarbalarini bajarishda harakat tabiatini tavsiflaydi [6.7]. Kinematika va biomexanikani o'rganadigan fan sohasi sportdagi ishtiyoqni o`stirishga erishishda qo`llanilishi mumkin. Bu fan faqatgina sport harakatlaridagi hatoliklarni to`g`rilabgina qolmay, mashg`ulotlarda sportchilarning harakatlarini o`sishiga yordam beradigan texnalogiyalarning rivojlanishida ham qo`llanilishi mumkin[8]. Lekin yuqorida tilga olingan olimlarning o‘tkazgan tadqiqotlarida turli sport toifasidagi paravoleybolchilar texnik harakatlarining kinematik tahlili olinmagan va taqqoslanmagan. Paravoleybolda to`pni qabul qilish texnikasini kinematik tahlil qilish muhim ahamiyatga ega sanalib, bunday tahlillar bizga himoya texnikasi samaradorligi haqida muhim ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin va shu boisdan biz tanlagan harakatning kinematik xususiyatlari mavzusi bugungi kunda dolzarb mavzusidir. Tadqiqotning maqsadi. Birinchi razryadli hamda sport ustaligiga nomzod paravoleybolchilarning to`pni pastdan qabul qilish texnikasining kinematikasini o‘rganish. TADQIQOTNING VAZIFASI - birinchi razryadli va sport ustaligiga nomzod paravoleybolchilarning to`pni pastdan qabul qilish texnik harakatlari kinematik ko‘rsatkichlarini aniqlash; - birinchi razryadli va sport ustaligiga nomzod paravoleybolchilarning to`pni pastdan qabul qilish texnik harakatlari kinematik xususiyatlarini solishtirish. TADQIQOT USULLARI VA UNING TASHKILLASHTIRILISHI Ilmiy tadqiqot ishi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qoshidagi “SPORT 360° 3D MA biomexanik laboratoriya” da o`tkazildi. Tadqiqot ishida 1 yildan davomida parabol bilan shug‘ullanib kelayotgan birinchi razryadga ega bo‘lgan va sport ustaligiga nomzod bo`lgan 6 nafar paravoleybolchi ishtirok etdi. 10 daqiqalik mashqlar majmuasidan so‘ng ularga qanday tarzda to‘pni qabul qilish va 3D tahlil xususiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Sinaluvchilarga imkon qadar to`pni qabul qilish texnikasini to`gri bajarish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.
1- rasm. Paravoleybol sport turi bilan shug`ullanuvchilarni to`pni pastdan qabul qilish texnikasini 3D kinematik tahlili
O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI Ilmiy tadqiqot ishimizda ishtirok etgan birinchi razryadli hamda sport ustaligiga nomzod paravoleybolchilarning to`pni pastdan qabul qilish davomida yelka suyaklarining oldinga va orqaga siljishi bilan bog‘liq 3D biomexanik tahlil natijalari (2-rasm) aks ettirilgan. 1 razryadli sportchi Sport ustaligiga nomzod sportchi
2- rasm. To`pni pastdan qabul qilish jarayonida o‘ng va chap yelka suyaklarining oldiga va ortga siljishi kinematikasi. (o`ng/chap) Olingan tadqiqot natijalarini quyidagicha tariflash mumkin. Birinchi razryadli paravoleybolchi to`pni pastdan qabul qilganda Tananing sagittal o`qiga nisbatan yelkani oldinga va orqaga siljishining yuqori nuqtasining o`rtacha qiymati -24 / -27° ga, quyi nuqtasi esa -27 /- 32°, teng bo`lganini ko`rish mumkin. Yuqori nuqta va quyi nuqta o`rtasidagi farq -3 / -5°ni tashkil etdi. Standart og`ishda esa farq sezilmadi (0 / 0°; 1 / 1°). Mutloq chegarada yuqori nuqta -16 / - 19°, quyi nuqta esa -29 / -33° natijani ko`rsatdi. Ular orasidagi farq -13/ -14°. O`zgaruvchanlik koeffisenti yuqori va quyi nuqtadaham o`zgarishsiz qoldi (0 / 0°; 0 / 0°). So`nggi ko`rsatkich, harakat doirasining natijasi ikki nuqtaga ham birdek ta`luqli hisoblanadi. (3 / 4)
1-jadval. Yelkalarning oldinga va orqaga siljishining kinematik ko‘rsatkichlari(o`ng/chap) Sportchi Holat O`rtacha Standart Mutloq O`zgaruvchanlik Harakat darajasi o`lchami qiymat og`ish chegara koeffisenti doirasi Yuqori 1 razryadli nuqta -24 / -27 0/0 -16 / -19 0/0 sportchi (º) (max) 3/4 Quyi nuqta -27 / -32 1/1 -29 / -33 0/0 (º) (min) Yuqori Sport nuqta 28 / -1 0 / 13 28 / 9 0 / 39 ustaligiga (º) (max) 48 / 8 nomzod Quyi nuqta sportchi -21 / -10 0/8 -21 / -16 0/0 (º) (min)
Sport ustaligiga nomzod paravoleybolchida yuqoridagi ko`rsatkichlar farqli ekanligini ko`rishimiz mumkin. Bunda yelkani tananing sagittal o`qiga nisbatan siljish qiymati quyidagicha: o`rtacha qiymatning yuqori nuqtasi 28 / -1°, quyi nuqtasi esa -21 / -10° ga teng bo`ldi. Standart og`ishda farqlar unchalik ko`zga tashlanmadi (0 / 13°; 0 / 8°). Harakatning mutloq chegarasida yuqori va past nuqtalar 28 / 9°; -21 / -16° bo`lganini ko`rishimiz mumkin. O`zgaruvchanlik koeffisentida ham farqlar past darajada(0 / 39°; 0 / 0°). Umumiy harakat doirasi esa 48 / 8° natijani qayd etdi. Yuqori va past nuqtalar orasidagi farq birmuncha yuqori bo`lganini ko`rish mumkin.( 1-jadval) 2-jadval. Tirsaklar harakatining kinematik ko‘rsatkichlari Sportchi Holat O`rtacha Standart Mutloq O`zgaruvchanlik Harakat darajasi o`lchami qiymat og`ish chegara koeffisenti doirasi
Bukilishi 1 razryadli 7 / 13 0/0 8 / 13 0/0 (º) (max) sportchi 1 / 10 Yoyilishi 5/3 0/0 4/3 0/0 (º) (min)
Sport Bukilishi ustaligiga 109 / 115 0/0 109 / 115 0/0 (º) (max) nomzod sportchi 99 / 108 Yoyilishi 9/7 0/0 9/7 0/0 (º) (min)
Navbatdagi ko`rib chiqishimiz kerak bo`lgan holat to`pni qabul qilishda tirsak qismining bukilishi va yoyilishi hisoblanadi. Bu holatda 1 razryadli sportchi va sport ustaligiga nomzod
sportchilarni ko`rsatkichlari aniqlandi va solishtirildi.1 razryadli sportchida tirsakning bukilish va yoyilishi 7 / 13°; 5 / 3°, sport ustaligiga nomzod sportchining natijasi 109 / 115°; 9 / 7° o`rtacha qiymatni qayd etdi. Ular o`rtasidagi farq 102 / 102°; 4 / 4° bo`ldi. Standart og`ishda tirsakni bukilishi va yoyilish ko`rsatkichlari 1razryadli va sport ustaligiga nomzod sportchida ham 0 / 0°; 0 / 0° natija qayd etdi. Mutloq chegara 1 razryadli sportchilarda tirsak bukilish va yoyilishi 8 / 13°; 4 / 3°, sport ustaligiga nomzod sportchida 109 / 115°; 9 / 7° ko`rsatkichni ko`rishimiz mumkin. O`zgaruvchanlik koefffisenti ikki sportchida ham bukilgan va yoyilgan holatda ham 0 / 0°; 0 / 0° natija ko`rsatdi. 1 razryadli sportchini harakat doirasi 1 / 10°, sport ustaligiga nomzod sportchini natijasi 99 / 108°, ular orasidagi farq 98 / 98° ni tashkil etdi.(2-jadval) 1 razryadli sportchi Sport ustaligiga nomzod sportchi
3- rasm. To`pni pastdan qabul qilish jarayonida tirsaklarning bukilish kinematikasi. Birinchi razryadli hamda sport ustaligiga nomzod paravoleybolchilarning to`pni pastdan qabul qilish davomida tirsaklarning bukilish va yoyilishi bilan bog‘liq 3D biomexanik tahlil natijalari.(3-rasm)
Sportchi Holat O`rtacha Standart Mutloq O`zgaruvchanlik Harakat darajasi o`lchami qiymat og`ish chegara koeffisenti doirasi Egilish 60 / 55 0/4 60 / 58 0/0 1 razryadli (º) (max) sportchi 28 / 17 Kengayish 31 / 38 0 / 15 31 / 27 0/0 (º) (min) Egilish 69 / 67 0/0 69 / 67 0/0 69 / 67
Sport (º) (max) ustaligiga nomzod Kengayish 0/0 0/0 10 / 8 0/0 sportchi (º) (min)
3-jadval. Yelkani egilishi va kengayishi(joyiga qaytishi)ning kinematik ko‘rsatkichlari Paravoleybol sporti bilan shug`ullanuvchi 1 razryadli va sport ustaligiga nomzod sportchilarni to`pni pastdan qabul qilishda yelkani egilishi va kengayishini(joyiga qaytishini) kinematik ko`rsatkichlarini ko`rib chiqamiz. O`rtacha qiymat 1 razryadli sportchilarda yelkaning egilishi 60 / 55°, kengayishi 31 / 38° ga teng. Sport ustaligiga nomzod sportchida esa egilish va kengayishi 69 / 67°, 0 / 0° ga teng bo`ldi. Sportchilar o`rtasidagi farq 9 / 12°, 31 / 38° ni tashkil qildi. Standart og`ishda 1 razryadli sportchi egilishda 0 / 4°, kengayishda 0 / 15° teng bo`ldi. Sport ustaligiga nomzod sportchida esa ko`rsatkichlar 0 / 0°, 0 / 0° ga teng bo`ldi. Mutloq chegara ko`rsatgan natijalar quyidagicha 1 razryadli sportchida egilish 60 / 58°, kengayishi 31 / 27°. Sport ustaligiga nomzod sportchida esa egilish 69 / 67°, kengayish 10 / 8° ga teng bo`lganini ko`rish mumkin. Ular orasidagi farq 9 / 9°, 59 / 59° bo`ldi. O`zgaruvchanlik koeffisenti har ikkisida ham 0 / 0° natijani qayd etdi. Harakat doirasi 1 razryadli sportchida 28 / 17°, sport ustaligiga nomzod sportchida 69 / 67°. Ular orasidagi farq 41/ 50° bo`ldi.(3-jadval) Paravoleybol bilan shug`ullanuvchi birinchi razryadli hamda sport ustaligiga nomzod paravoleybolchilarning to`pni pastdan qabul qilish davomida yelkalarning egilishi va kengayishi(joyiga qaytishi) bilan bog‘liq 3D biomexanik tahlil natijalari.(4-rasm) Xulosa. Ilmiy Tadqiqot ishimizda paravoleybol sportida to`pni pastdan qabul qilish texnikasining 3D biomexanik tahlili asosida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 1. O`tkazgan ilmiy tadqiqot mavzusida yurtimiz va xorij olimlarining o‘tkazgan tadqiqotlari tahlili bizga turli sport toifasidagi paravoleybolchilarning to`pni qabul qilish texnik harakatlarini kinematik tahlil qilish zarurligini ko`rsatdi.
1 razryadli sportchi Sport ustaligiga nomzod sportchi
4- rasm. To`pni pastdan qabul qilish jarayonida yelkani egilishi va kengayishining kinematikasi
2. Paravoleybol bilan shug`ullanuvchi Birinchi razryadli sportchi a) yelkasining oldinga va orqaga egilishi harakatlarini sport ustaligiga nomzod sportchiga nisbatan o`rtacha qiymat maksimal 4 / 26° ga, minimal -6 / -9°; standart og`ish 0 / 13°, -1 / 7°; mutloq chegara 12 / -9°, -8 / -17°; o`zgaruvchanlik koeffisentida o`zgarish kam bo`ldi. Harakat doirasida farq 25 / 4°. Farqli qiymatda bajardi. b) Tirsaklar harakatida o`rtacha qiymat bukilishda 107 / 102°, yoyilish 4/ 4°; mutloq chegarada bukilish 101/ 112°, yoyilish 1 / 6°; Harakat doirasi 98 / 98° ko`rsatkichni ko`rsatdi. v) Yelkani egilishi va kengayishi(joyiga qaytishi)da o`rtacha qiymat farq 9 / 12°, 31 / 38°; standart og`ishda 0 / 4°, 0 / 15°; mutloq chegarada farqlar 9/ 9°, 21 / 19°; harakat doirasidagi farq 31 / 50°ni taskil etdi. Umumiy olganda 1 razryadli sportchida nisbatan sport ustaligiga nomzod sportchini natijasi ijobiy ekanligini ko`rish mumkin. 3. O`tkazilgan tajribadan shuni ko`rishiz mumkinki sport turiga kirib kelayotgan va 1 razryadli sportchilarni natijalarini sport ustasi va sport ustaligiga nomzod sportchilar natijasiga nisbatan pastroq (o`tkazilgan tajribadagi natijalar kuchli natijaga erishgan sportchiga nisbatan olingan bunda, shaxsiy sport ko`inikmalari inobatga olinmagan). Harakat texnikasini yaxshilash uchun uchun sport turiga hos bo`lgan maxsus jismoniy mashqlar majmuini ishlab chiqish keraklini taqozo etadi. XULOSA Tajriba natijalari va xulosalarini hisobga olgan holda paravoleybolda to`pni pastdan qabul qilish texnilasini yanada mustaxkamlash va yanada koproq va turli sport razryadlariga ega bo`lgan sportchilar bilan harakat tahlillarini o`tkazish texnik harakatlarning optimal modelini yaratishga imkon beradi va natijalardan paravoleybol mutaxassislari uchun foydali bo`ladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son farmoni. http://Lex.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.05.2021 yildagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” PQ-5114-son li qarori. http://Lex.uz
- Imkoniyati cheklangan talabalarni paravoleybolga o`rgatishda harakat texnikalarini rivojlantirish uchun tanlangan maxssus mashqlar samaradorligi L. T. Davlatova. Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 . 42-bet
- Гурев, А.А. Волейбол сидя – перспективы развития / А.А. Гурев, В.В. Бандуков, А.Н. Овсянников // Ученые записки университета им. П.Ф. Лесгафта. – 2015. – № 6 (124). – С. 58- 62.
- Хаан, Дж. Волейбол сидя – техника и упражнения / Дж. Хаан. – Харлем : Вризерборч, 1986. – 50 с.
- Бондаренко, А. Е. Моделные параметры нападающего удара в волейболе / А. Е. Бондаренко, Э. А. Гайков, Е. А. Мочалова // Игровые виды спорта: актуалные вопросы теории и практики: материалы I Междунар. науч.- практ. конф., посвящ. памяти ректора ВГИФК В.И. Сысоева; под ред. А. В. Сысоева [и др.]. – Воронеж: Научная книга, 2018. – С. 374-380.
- Мочалова, Е. А. Изменение функционалного состояния скелетных мышц при выполнении нападающего удара в волейболе / Е. А. Мочалова, С. С. Волкова, К. К. Бондаренко // Научные исследования – инструмент для новых возможностей развития: мат. Междун. н.-пр. конф. Т. III. 27 апрел – Шымкент: Тип. «Əлем», 2018. – С. 400-403.H.A.Plummer, G.D.Oliver. The effects of localised fatigue on upper extremity jump shot kinematics and kinetics in team handball. J. Sports Sci. 2017, 35, 182–188.
- Agudo AG, Espinosa ADA, Ruiz BC. Weelchair basketball quantifcation. Phys Med RehabilClin N Am.2010;21:141–56. https://doi.org/10.1016/ j.pmr. 2009.07.002.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012488
- Nashr sanasi
- 2024-03-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i2.898
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 195–202
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06