Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

CHIZMACHILIKNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR VA FANNING TARIXI

Turabova Farida ZoirovnaSamarqand shahridagi Prezident maktabi2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 1Sahifa 181–184

Annotatsiya

Maqolada Chizmachilik darslarida foydalaniladigan metodlar mazmunida bo‘lib, darslarda didaktik o‘yinlardan faol foydalanish orqali chizmachilik fanidan o‘quvchilarning darsga bo‘lgan ishiyoqini, tezkor fikrlash qobiliyatini, fazoviy tasavvurini didaktik o‘yinlar vositasida oshirish. Fanning tarixini o‘rganmay turib kelachagi haqida fikr yuritish ham noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Shuning uchun fanning tarixiga alohida nazar tashlash lozim.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДЫ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ ПРИ ОБУЧЕНИИ РИСОВАНИЮ И ИСТОРИИ ПРЕДМЕТА

В статье говорится о методах, применяемых на уроках рисования, а также путем активного использования дидактических игр на уроках для повышения увлеченности рисованием учащихся к уроку, умения быстро мыслить, пространственного воображения средствами дидактических игр. . Я думаю, неправильно думать о будущем науки, не изучая ее историю. Поэтому на историю науки необходимо обратить особый взгляд.

inglizchaMETHODS USED IN TEACHING TECHNICAL DRAWING AND THE HISTORY OF THE SUBJECT

The article deals with the content of the methods used in technical drawing lessons, and with raising pupils‘ interest in the lesson, their ability to think quickly and their spatial imagination in the subject of technical drawing through the active use of didactic games in the lessons. I also consider it wrong to reflect on the future of a discipline without studying its history. Therefore it is necessary to take a separate look at the history of the discipline.

Kalit so‘zlar

  • Detal
  • yaqqol
  • ko‘nikma
  • shakl
  • sirt
  • ko‘rinish
  • sxema
  • plan
  • grafik
  • didaktik
  • model
  • fazoviy
  • tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

CHIZMACHILIKNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR VA FANNING TARIXI Turabova Farida Zoirovna Samarqand shaxridagi Prezident maktabi https://doi.org/10.5281/zenodo.10578134 Annotatsiya: Maqolada Chizmachilik darslarida foydalaniladigan metodlar mazmunida bo‘lib, darslarda didaktik o‘yinlardan faol foydalanish orqali chizmachilik fanidan o‘quvchilarning darsga bo‘lgan ishiyoqini, tezkor fikrlash qobiliyatini, fazoviy tasavvurini didaktik o‘yinlar vositasida oshirish. Fanning tarixini o’rganmay turib kelachagi haqida fikr yuritish ham noto’g’ri deb o’ylayman. Shuning uchun fanning tarixiga alohida nazar tashlash lozim. Kalit so‘zlar: Detal, yaqqol, ko‘nikma, shakl, sirt, ko‘rinish, sxema, plan, grafik,didaktik, model, fazoviy, tafakkur

МЕТОДЫ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ ПРИ ОБУЧЕНИИ РИСОВАНИЮ И ИСТОРИИ ПРЕДМЕТА Аннотация: В статье говорится о методах, применяемых на уроках рисования, а также путем активного использования дидактических игр на уроках для повышения увлеченности рисованием учащихся к уроку, умения быстро мыслить, пространственного воображения средствами дидактических игр. . Я думаю, неправильно думать о будущем науки, не изучая ее историю. Поэтому на историю науки необходимо обратить особый взгляд. Ключевые слова: Деталь, ясность, умение, форма, поверхность, вид, схема, план, графическое, дидактическое, модель, пространственное, мышление.

METHODS USED IN THE TEACHING OF DRAWING AND THE HISTORY OF THE SUBJECT Abstract: The article is about the methods used in drawing lessons, and through the active use of didactic games in the lessons, to increase the enthusiasm of drawing students for the lesson, the ability to think quickly, and spatial imagination by means of didactic games. I think it is wrong to think about the future of science without studying its history. Therefore, it is necessary to take a special look at the history of science. Keywords: Detail, clear, skill, form, surface, view, scheme, plan, graphic, didactic, model, spatial, thinking

KIRISH Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi yosh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‘zidan keyingi avlodga yetgazuvchi vorislarimiz, O‘zbekiston buyuk kelajagining egalaridir. Shu sababli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev butun mamlakatimiz diqqat e’tiborini barkamol avlod tarbiyasiga, kadrlar sifatiga, o‘qituvchilarning qadr-qimmati, obro‘sini mustahkamlashga qaratmoqda. O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim muassasasini jahonning yetakchi ilmiyta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari

o‘rnatishi, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quvchilar, ilmiypedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda interfaol usullardan samarali foydalanish masalalari harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirishning asosiy vazifalari sifatida belgilandi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, umumta’lim tizimida ta’lim yo‘nalishlari va mutahassisliklarini bugungi kun o‘quvchilari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarur. Shuningdek, o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnalogiyalarni keng joriy etish, yoshlarni komil inson etib tarbiyalashda jon bozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchilarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish darkor. Shu sababli zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan pedagogik texnalogiyalarni chizmachilik darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talabidir. “Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimi yosh avlodni barkamol, ma’naviy yetuk inson sifatida shakllantirishda qarata olgandir”- deyiladi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Hozirgi kunda ta’lim tizimida jumladan chizmachilik darslarida pedagogik texnalogiyalarni qo‘llashning nazariy hamda amaliy asoslarni yaratish zarurdir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Dastlab chizma geometriya va chizmachilik fanlari birgalikda o‘qitilib, o‘quv jarayoni chizmalarni chizish va ularni o‘qiy olishga qaratilgan. 1928 yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibidagi injener-meliorativ fakulteti asosida O’rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya, politexnika instituti tashkil qilindi. Shuningdek 1930-1934 yillarda Universitet tarkibidan bir necha Oliy texnika o‘quv yurtlari ajralib chiqib, bu institutlarda «Chizma geometriya va chizmachilik» kafedralari tashkil qilindi va umummuhandislik fanlari qatorida grafika fanlari ham to‘liq o‘qitila boshlandi. Dastlabki yillarda fanni o‘qitish uchun uning o‘qitish metodikasiga, talabalar bajaradigan chizmalar to‘plamlarini tuzish va yosh o'qituvchilaming pedagogik mahoratini oshirish kabi ishlarga katta e'tibor berilgan. 1926-1946 yillarda Toshkent Oliy texnika o‘quv yurtlarida sobiq Sovet davrining mashhur geometr olimlaridan S.M.Kolotov, M.Ya.Gromov va V.O.Gordon, E.I.Godiklar chizma geometriya va chizmachilikdan dars berish bilan bir qatorda o‘zlarini ba'zi-bir fundamental ilmiy ishlarini Toshkentda olib borganlar. Ular pedagog o‘qituvchilarni bilim malakalarini oshirishga, kafedralarning ilmiy metodik faoliyatini yaxshilashga katta xissa qo‘shganl professorlar hisoblanadi. 1926-1944 yillarda professor S.M.KoIotov (1985-1965) O'zbekistonda yashab turli inshootlami loyihalashda, qurilish va sanoatni qayta tiklash ishlarida faol qatnashib, O’rta Osiyo Industrial Instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)da chizma geometriya va arxitektura loyihalash fanlaridan mashg‘ulotlar olib borgan. 1933 yilda u «Chizma geometriya kursi» darsligini yozib «Yordamchi proektsiyalash» usulini nazariy tomondan asoslab, usulni pozitsion va metrik masalalarni echishdagi qulay tadbig'ini ko‘rsatgan. Shu yillarda soyalar yasash, perspektiv tasvirlar yasashga ham bir necha ilmiy ishlar yaratgan. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Umumiy taʼlim - kasbi va turmush tarzi qandayligidan qatʼi nazar tabiat, jamiyat, tafakkur, sanʼat, maʼnaviyat boʻyicha har bir kishi egallashi zarur boʻlgan bilim asoslari, shuningdek, har bir odamda hayotda qiynalmay yashashi uchun shakllantirilishi kerak boʻlgan koʻnikma va malakalar yigʻindisi; maʼlum yoshdagi barcha bolalarning muayyan bilimlar minimumini beradigan maktablarda maʼlum vaqt mobaynida majburiy taʼlim olishi.

Umumiy taʼlimni egallash har bir kishiga ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, unda olamni bilish krbiliyatini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Umumiy taʼlim kasbiy hamda politexnik taʼlimning poydevori boʻladi. Umumiy taʼlim oʻquv muassasalarida oʻqish orqali ham, mustaqil taʼlim yoʻli bilan ham olinishi mumkin. Jahon pedagogika fani va amaliyotida Umumiy taʼlimning boshlangʻich, kuchaytirilgan boshlangich va oʻrta singari turlari mavjud. Boshlangʻich Umumiy taʼlim oʻqish, yozish, arifmetikaning dastlabki amallari hamda tabiatshunoslik, geogr. va Vatan tarixi yuzasidan ibtidoiy tushunchalar, rayem, musiqa, jismoniy tarbiya va mehnat singari oʻquv fanlarini oʻz ichiga oladi. Kuchaytirilgan boshlangʻich Umumiy taʼlimda esa oʻquvchilarga ona tili grammatikasi, chet tili, adabiyotning qisqa kursi, mat.ning ayrim boʻlimlari, algebra, geom., fizika, tabiatshunoslik, chizmachilik boʻyicha ibtidoiy maʼlumotlar, geogr., tarix, rayem, mehnat kurslari qoʻshiladi. Yevropa mamlakatlarining aksariyatida boshlangʻich va kuchaytirilgan boshlangich Umumiy taʼlim taʼlimning mustaqil tizimi sifatida qaraladi va oʻrta Umumiy taʼlim bilan yetarli uzviylik kasb etmaydi. Oʻrta Umumiy taʼlim, odatda ona tili va adabiyotning tizimli kursi, chet tillari, Vatan va jahon tarixi, madaniyatshunoslik, algebra, geom., trigonometriya, fizika, kimyo, biol., chizmachilik, geogr., jismoniy tarbiya, informatika va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Ayrim Umumiy taʼlim maktablari bir yoki bir necha oʻquv fanlarining chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishiga ixtisoslashgan boʻladi. Oʻzbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinguniga qadar (1997) Umumiy taʼlim boshlangʻich (1—4sinf), tayanch (5—9sinf) va oʻrta (10—11sinf) bosqichdan iborat boʻlgan. Endilikda Oʻzbekistondagi Umumiy taʼlim boshlangich (1—4sinflar), oʻrta (5—9sinf) va oʻrta maxsus (akademik litsey va kasbhunar kollejlari) kabi bosqichlardan iborat boʻlib, mamlakatimiz yoshlarining barkamol shaxs boʻlib shakllanishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan. Oʻzbekistonda qadim zamonlardayoq taʼlim tizimi keng tarmoq yoygan boʻlishiga qaramay, umummilliy miqyosda Umumiy taʼlim rasman 1930-yilning 15 sentabrdan joriy etildi. Oʻsha davrdagi hukumatning qaroriga koʻra, 1934-yildan boshlab Oʻzbekistonda umumiy boshlangʻich taʼlim olish majburiy qilib qoʻyildi. Bu tartib nafaqat maktab yoshidagi bolalarga, balki boshlangʻich maʼlumotga ega boʻlmagan katta yoshdagi kishilarga ham tatbiq qilindi. Shuning uchun ham mamlakatda savodsizlik va chalasavodlikni tugatishga yoʻnaltirilgan vaqginchalik maktablar tizdmi paydo boʻldi. 1938-yilning iyulidan Oʻzbekistonda umumiy yetti yillik majburiy taʼlim joriy etildi. Lekin Ikkinchi jahon urushi mamlakatda umumiy yetti yillik taʼlimning toʻliq amalga oshishiga imkon bermadi. 1956-yildagina yetti yillik Umumiy taʼlimga toʻliq erishildi. 1958-yildan Oʻzbekistonda Umumiy taʼlim sakkiz yilga, 1975-yildan oʻn yilga yetkazildi. 1990-yildan Oʻzbekistonda Umumiy taʼlim muddati oʻn bir yilni tashkil etdi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Demak, chizmalarni to‘g‘ri chizish usullari, shuningdek, chizmachilik xo‘jaligining barcha sohasini to‘g‘ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilik deyiladi. Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida foydalaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi. Masalan, zavod, fabrikalarda turli dastgohlar, mashinalar, dvigatellar, o‘lchash asboblari kabilarni yasash uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmalari, bino, ko‘prik, to‘g‘on, yo‘l, kanal, mudofaa inshootlarini qurishda ishlatiladigan chizmalar muhandislik-qurilish chizmalari, yer sathini tasvirlash chizmalari topografik chizmalar deyiladi. Topografik chizmalardan xaritalar tuzishda, muhandislik inshootlarini, GES, suv ombori kabilarni loyihalashda va ularni tegishli maydonda to‘g‘ri joylashtirish maqsadida foydalaniladi. Sxemalar, grafiklar, plakat va diagrammalar illustratsiya chizmachiligi asosini tashkil qiladi.

XULOSA Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib chizmachilikning barcha turlari asosi hisoblangan geometrik chizmachilik ham mavjud. Geometrik chizmachilik barcha yasash usullarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, narsa va har xil egri chiziqlar majmuasining chizmasi bitta proyeksiyada bajariladi. Standartlashtirish texnika taraqqiyotini tezlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. Standartlar texnik hujjatlar bo‘lib, ular buyumlarning o‘lcham, shakl, og‘irlik, material va boshqa sifatlarini ko‘rsatadi. Chizma standartlari qonun kuchiga ega. Chizmalarni standartlashtirish bilan chizmalarni chizishda xilma-xillikka barham beriladi. Natijada chizmalarni taxt qilishda bir xillikka erishiladi, chizmalar qayerda, qachon va kim tomonidan chizilganidan qat’i nazar, to‘g‘ri tushunilishi ta’minlanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. U Ro’ziev E.I., Ashirboyev A.O., Muhandislik grafikasini o’qitish metodikasi. – T., 2010
  2. Isaeva M.Sh. Chizmachilikdan topshiriqlar. – T., 1992
  3. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li (2020). Pedagogical and psychological fundamentals of formation of space imagination and creative ability in students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 38-40.
  4. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78 [3].
  5. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li (2020). The use and importance of the threedimensional features of the auto cad program in drawing projects in public schools. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (3) Part II, 189-192.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012374
Nashr sanasi
2024-02-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
1
DOI
10.66073/researchfocus.v3i1.749
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
181–184
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06