Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

MATEMATIKADAN TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Akmalova Nargiza Abbos qiziToshkent davlat pedagogika universiteti, fizika-matematika fakulteti talabasi2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 1Sahifa 120–121

Annotatsiya

Ushbu maqolada matematik to‘garak, o‘quvchilarning matematik bilimlarini oshirishda va matematikaga qiziqtirishda to‘garakning ahamiyati, matematik to‘garak jarayonida qanday usul hamda masalalardan foydalanish kerakligi haqida so‘z boradi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ КРУЖКОВЫХ ЗАНЯТИЙ ПО МАТЕМАТИКЕ

В данной статье речь идёт о математическом кружке, о значении кружка в повышении математических знаний учащихся и в развитии интереса к математике, а также о том, какие методы и задачи следует использовать в процессе работы математического кружка.

inglizchaTHE ROLE AND SIGNIFICANCE OF CLUB ACTIVITIES IN MATHEMATICS

This article discusses the mathematics club, the importance of the club in increasing pupils‘ mathematical knowledge and in arousing their interest in mathematics, and which methods and problems should be used in the course of the mathematics club sessions.

Kalit so‘zlar

  • matematika
  • matematik to‘garak
  • masala
  • M.B.Balk

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MATEMATIKADAN TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARINING O’RNI VA AHAMIYATI Akmalova Nargiza Abbos qizi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fizika-matematika fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10541247 Annotatsiya: Ushbu maqolada matematik to‘garak, o‘quvchilarning matematik bilimlarini oshirishda va matematikaga qiziqtirishda to‘garakning ahamiyati, matematik to‘garak jarayonida qanday usul hamda masalalardan foydalanish kerakligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: matematika, matematik to‘garak,masala, M.B.Balk.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ЗАНЯТИЙ В КРУЖКЕ ПО МАТЕМАТИКЕ Аннотация: В данной статье рассказывается о математическом кружке, значении кружка в повышении математических знаний учащихся и интереса к математике, какие методы и задачи следует использовать в процессе математического кружка. Ключевые слова: математика, математический кружок, задача, М.Б.Балк.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF MATHEMATICS CIRCLE TRAINING Abstract: This article talks about the mathematical circle, the importance of the circle in increasing students' mathematical knowledge and interest in mathematics, what methods and problems should be used in the process of the mathematical circle. Key words: mathematics, mathematical club, problem, M.B. Balk.

KIRISH Matematika fanlar shohidir. Hozirgi kunda dunyo miqyosida ta’lim oluvchilarining bilim, ko‘nikma, malaka egallashlarini takomillashtirish, matematik qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, uni insonparvarlashtirish, uzluksizligi va uzviyligi, rivojlantiruvchi hamda ijtimoiylashtiruvchi maqsadlarini ta’minlash, ularning ijodkorligini oshirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. Matematika darsi deyarli barcha maktablarda o‘tiladi. Ba’zan shunday holatlar kuzatiladiki, o‘quvchilar matematika darsida zerikib qolashadi va buning natijasida o‘zlashtirish ko‘rsatgichi pasayishi mumkin. O‘quvchilarni darsga qiziqtirish va matematik savodxonliklarini oshirish uchun matematika to‘garaklari ayni muddaodir. ASOSIY QISM Matematik to‘garak— har bir maktabda tashkil etilishi zarur bo‘lgan tatbirlardan asosiydir. To‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarni matematikaga qiziqtirish, bilimini chuqurlashtirish va kengaytirish sinfda paydo bo‘lgan savollarga atroflicha javob berish, qiyin masalalarni ko‘pchilik bo‘lib muhokama qilish, olimpiadalarga tayyorlanish, konferensiya va kechalarga tayyorgarlik ko‘rish kabi vazifalarni bajarish uchun uziga xos amaliyotdir. Matematika to‘garagining muvaffaqiyatli ishlashida o‘quvchilarni to‘garak ishiga jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg‘ulotlarning roli katta. Dastlabki to‘garak mashg‘ulotlaridanoq o’quvchilarni matematika faniga qiziqtirish kerak. Past o‘zlashtiruvchi va matematika faniga qiziqishi sust bo‘lgan o‘quvchilarga alohida yondashgan holda qiziqarli matematik savollar va hayotiy masalardan ko’proq o’rgatish zarur. Zero, hayotiy masalalar

yordamida o‘quvchilar matematika fanini hayotlari davomida qanchalik kerak ekanligini tushunib yetishadi va fanga nisbatan qiziqishlari ortadi. Ammo o’quvchilarni faqatgina qiziqarli matematik masalalar bilangina cheklab qo’yish kerak emas. M.B.Balk aytganidek, dastlabki mashg‘ulotlarning ko‘pchilik qismini qiziqarli matematikaga ajratib yuborilsa ham yaxshi bo‘lmaydi, chunki keyingi mashg‘ulotlarda qiziqarli matematikadan boshqa materiallarga qiziqish kamayib, ayrim o‘quvchilar to‘garakdan chiqib ketishlari mumkin. Shuning uchun dastlabki mashg‘ulotlarda ham, keyingi mashg‘ulotlarda ham qiziqarli materiallar hajm jihatidan baravar bo‘lishi ma’quldir. O’qituvchilar to‘garak mashg‘ulotlari uchun ham aniq reja tuzib olishi va bu rejada qiziqarli masalalar, olimpiada masalalari, hayotiy masalalar va albatta, matematikaga oid ma’lumotlarni teng taqsimlashi lozim. Matematik to‘garaklarda o’quvchilarga berilishi mumkin bo‘lgan qiziqarli masalalardan namunalar: Masala: Qonuniyatni aniqlab, x va y ni toping. 73-46=27 46-19=27

97-82=15 82-67=15 Javob: x=8, y=1 15-48=-33 48-xy=-33 Masala: Qoniyatni aniqlab, ? o’rnidagi sonni toping. xy=81 𝟓+𝟗=𝟕∗𝟐

*Bunday turdagi masalalar o‘quvchilarni to‘garakka jalb qilishga va mantiqiy fikrlashini oshirishga yordam beradi. XULOSA Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta egallashlari uchun fan to‘garaklarini o‘rni beqiyosdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. З.Б.Ахрарова “Tалабаларни илмий–ижодий фаолиятга йўналтиришда фан тўгаракларининг ўрни” //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. NUU Conference 1. – С. 315-317.
  2. A.Nurmetov, I.Qodirov”Matematikadan sinfdan tashqari va fakultativ mashg‘ulotlar”.Tashkent-1980.
  3. A. O. Abdullayev. NUU Conference 3. “Matematika to’garagini tashkil qilish va o‘quvchilar matematik qobiliyatlarini rivojlantirishda ko’zda tutiladigan parametrlar” Toshkent-2023.
  4. A.S.Yunusov va b.”Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari”.Toshkent,2007.-B.722.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012363
Nashr sanasi
2024-02-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
1
DOI
10.66073/researchfocus.v3i1.733
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
120–121
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06