Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

INNOVATSION TA‘LIM USULLARI VA ULARNI AMALIYOTDA QO‘LLASH

Boyqo‘ziev X.X.1, Djurakulov B.I.22024

  1. 1Samarqand davlat tibbiyot universiteti, gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi dotsenti
  2. 2Samarqand davlat tibbiyot universiteti, gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi assistenti

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 1Sahifa 139–144

Annotatsiya

Ushbu maqolada innovatsion ta‘lim usullari va ularni amaliyotda qo‘llash to‘g‘risida fikr yuritilgan. Unda ta‘lim usullarining ta‘lim texnologiyalarining qo‘llanilishida ta‘lim xususiyati va o‘quv faoliyatiga samarali ta‘sir etish omillari borasida ma‘lumotlar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ НА ПРАКТИКЕ

В данной статье рассматриваются инновационные методы обучения и их практическое применение. Предоставляется информация об образовательных характеристиках методов обучения и факторах эффективного влияния на образовательную деятельность при использовании образовательных технологий.

inglizchaINNOVATIVE TEACHING METHODS AND THEIR APPLICATION IN PRACTICE

This article discusses innovative teaching methods and their application in practice. It provides information on the educational character of teaching methods and on the factors of their effective influence on learning activity in the application of educational technologies.

Kalit so‘zlar

  • innovatsion ta‘lim
  • pedagogik texnologiyalar
  • ta‘lim usullari
  • ta‘lim texnologiyasini loyihalash

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

INNOVATSION TA‘LIM USULLARI VA ULARNI AMALIYOTDA QO‘LLASH Boyqo‘ziev X.X. Samarqand davlat tibbiyot universiteti, gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi dotsenti Djurakulov B.I. Samarqand davlat tibbiyot universiteti, gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10541226 Annotatsiya: Ushbu maqolada innovatsion ta‘lim usullari va ularni amaliyotda qo‘llash to‘g‘risida fikr yuritilgan. Unda ta‘lim usullarining ta‘lim texnologiyalarining qo‘llanilishida ta‘lim xususiyati va o‘quv faoliyatiga samarali ta‘sir etish omillari borasida ma‘lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: innovatsion ta‘lim, pedagogik texnologiyalar, ta‘lim usullari, ta‘lim texnologiyasini loyihalash

ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ НА ПРАКТИКЕ Аннотация: В данной статье рассматриваются инновационные методы обучения и их практическое применение. Предоставляется информация об образовательных характеристиках методов обучения и факторах эффективного влияния на образовательную деятельность при использовании образовательных технологий. Ключевые слова: инновационное образование, педагогические технологии, методы обучения, проектирование образовательных технологий.

INNOVATIVE EDUCATIONAL METHODS AND THEIR APPLICATION IN PRACTICE Abstract: This article discusses innovative educational methods and their practical application. It provides information on the educational characteristics of educational methods and the factors of effective influence on educational activities in the use of educational technologies. Keywords: innovative education, pedagogical technologies, educational methods, design of educational technology

KIRISH Ta‘lim beruvchi ta‘lim texnologiyasini loyihalashda ongli ravishda tanlashi, talabalarning har birining imkoniyatlarini ko‘ra bilishi kerak va ta‘lim oluvchining hamkori sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozim. ASOSIY QISM Ta‘limning xususiyati va o‘quv faoliyatining natijalariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: 1. Guruh: tayyor o‘zlashtiruvchilik o‘quv faoliyati va ta‘lim oluvchilarga bilimlarni birinchi darajada o‘zlashtirishni ta‘minlovchi usullar; 2. Guruh: esda qolganlarni tasvirlovchi o‘quv faoliyati va ta‘lim oluvchilarga bilim va ko‘nikmalarni 2-darajada o‘zlashtirishni ta‘minlovchi usullar; 3. Guruh: muhokama qiluvchi, qisman – izlanuvchilik o‘quv faoliyati va ta‘lim oluvchilarga bilim va ko‘nikmalarni 3-darajada o‘zlashtirishni ta‘minlovchi usullar; 4. Guruh: mustaqil izlanuvchilik faoliyati hamda 4-darajada bilimlarni o‘zlashtirishni ta‘minlovchi usullar.

Birinchi guruh ta‘lim usullari Ma‘ruza bu - davomli vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan katta hajmdagi o‘quv materialini monologik bayon qilishdir. Usulning asosiy vazifasi – ta‘lim berish belgilari: qat‘iy tuzilma, og‘zaki va mantiqiy bayon qilish, berilayotgan axborotning ko‘pligi, muhim lahzalarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Ta‘lim oluvchilar bilan birgalikda faoliyatni tashkillashtirish usulining samaradorlik shartlari quydagilardan iborat: ma‘ruzaning batafsil rejasini tuzish; ta‘lim oluvchilarga ma‘ruza mavzusi, maqsadi, vazifalari va rejasini eshittirish; har bir rejani yoritgandan so‘ng qisqa umumlashtiruvchi xulosalarni berish; ma‘ruzaning bir qismidan boshqa qismiga o‘tganda mantiqiy bog‘liqlikni ta‘minlash; yozib olish uchun zarur joylarni ajratib ko‘rsatish (aytib turish); uning alohida holatlari batafsil ko‘rib chiqiladigan seminar va amaliy mashg‘ulotlar bilan ma‘ruzaning to‘g‘ri kelishi. Xikoya - hodisa, voqea, haqiqat to‘g‘risida o‘qituvchining monologik xabar berishi. Odatda u nazariy holatlarni aniqlashtirish, o‘rganayotgan materialga qiziqishni uyg‘otish uchun qo‘llaniladi. Hikoya qilishga asosiy talab – materialni hissiy yetkazib berish, san’atkorona va ta‘sirchan bayon qilishdan iborat. Tushuntirish – bayon qilinayotgan materiallarni, turli holatlarni sinf taxtasiga yozib tushuntirish, tahlil qilish, izoh berish va isbotlash orqali o‘quv materialini bayon qilishdir. Yo‘riqnoma berish – kasbiy tayyorgarlikda keng foydalaniladigan mustaqil usul bo‘lib, u talabalarga aniq harakatlarning vazifalarini, ularni amalga oshirish yo‘llarini, amaliy topshiriqlarni yechish, talabalarining ko‘nikmalaridan iborat harakatlar tarkibini ma‘lum tipga xos bo‘lgan vaziyatlar tavsifi va ularni amaliyotda qo‘llashni tushuntirishdan iborat. Yo‘riqnoma berish o‘quv jarayonidagi o‘rniga ko‘ra 3 turga bo‘ladi. 1) Kirish yoki yo‘l – yo‘riq berish; 2) Joriy yo‘riqnoma; 3) Yakuniy yo‘riqnoma. Kirish yo‘riqnomasini berish quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi: -talabalarga bajariladigan ish mazmuni, pedagogik o‘zaro harakatning usul, vosita va shakllarini texnik hujjatlar va yakuniy natijaga, mehnat mahsuliga bo‘lgan talablarni yetkazish. Qiyinchiliklar, xatoliklar, mehnat xavfsizligi to‘g‘risida ogohlantirish. Joriy yo‘riqnoma berish quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi: - ishni bajarishga qiynalayotgan talabalar ishini to‘g‘rilash va har bir talaba ishini kuzatish; - ish turlarini bajarish va ish natijalari vaqtidagi mustaqillikni ta‘minlash. Yakuniy yo‘riqnoma berish quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi: - guruhning mehnat natijalarini baholash; - o‘quv – bilish faoliyatining mustaqillik darajasini ta‘minlash; - mehnat harakatlarini bajarishdagi alohida kamchiliklarni aniqlash; - kasbiy muhim sifatlar, ko‘nikma, o‘zini tutishning odob-axloqiy me’yorlarining shakllanganligini baholash. Yo‘riqnoma berish shakliga ko‘ra og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali va aralash bo‘lishi mumkin. Yozma yo‘riqnoma berishda eng katta samaraga erishish mumkin bo‘lib, bundan turli yo‘riqnoma ishlab chiqarish, o‘quv – ishlab chiqarish va o‘quv – uslubiy yo‘nalishda foydalanish mumkin.

Hujjatlardan, yo‘riqnoma, texnologik, yo‘riqnomaviy - texnologik va harakatlar xaritasi, ishlar tartibi, qoidasi kabilarda foydalaniladi. Texnologik, yo‘riqnomaviy – texnologik xaritalar o‘quv – ishlab chiqarish ishlarini bajarishda qo‘llaniladi. Ular texnologik izchillikdan tashqari, texnologik talab, tartib, umumiy ishlarni bajarish vositalari, ishlarni bajarish qoidasi, yo‘riqnoma bayonidan iborat bo‘ladi. Harakatlar xaritasi, ishlar va tartibidan yozma yo‘riqnoma berish, xizmat ko‘rsatish, nosozliklarni tashxislash, murakkab jihozlarni sozlashni o‘rgatishda foydalaniladi. Ular ishlab chiqarish faoliyatida bajariladigan turli ishlab chiqarishning ko‘rsatma va qoidalarni o‘z ichiga oladi. Ish o‘rnida har bir talabani yozma yo‘riqnomadan foydalanishi eng samarali hisoblanadi. Namoyish - ta‘lim oluvchilarni obyekt va hodisalar jarayonlarni ularning tabiiy ko‘rinishida, ko‘rgazmali – hissiy tanishtirishdir. Bu usulning yetakchi vazifasi o‘qitish hisoblanadi. Biz namoyishdan o‘rganilayotgan hodisalar, o‘zgaruvchanlikni ochib berish uchungina foydalanamiz. Shu bilan birga bu usul ta‘lim oluvchilarni narsalarning tashqi ko‘rinishi bilan uning ichki tuzilishi yoki o‘xshash narsalar qatorida tutgan o‘rni bilan tanishish uchun xizmat qilishi mumkin. Namoyish, ko‘rib chiqayotgan obyektni, yozuv taxtasida, sxemada, rasm chizish, ko‘rsatish, mumkin, yoki namoyish etilayotgan obyekt asosidagi tamoyillarni tushunishni yengillashtiradi. Namoyish usulining ta‘limiy vazifasi samaradorligi quyidagilarni bajara olishni ta‘minlaydi: - obyektlarni to‘g‘ri tanlash; - ta‘lim oluvchilar e’tiborini namoyish qilayotgan hodisaning muhim tomonlariga yo‘naltirtiradi; - ta‘lim oluvchilar namoyish qilinayotgan obyektni yaxshi ko‘rishlari va imkon bo‘yicha nafaqat ko‘z, balki barcha sezish a‘zolari bilan qabul qilishini ta‘minlaydi; - ta‘lim oluvchilar e’tiborini imkoni boricha o‘rganilayotgan obyektning muhim tomonlariga jalb etadi; - ta‘lim oluvchilarga o‘rganilayotgan obyekt sifatlarini mustaqil baholaydi (1, 2, 5, 7, 11, 14). Ikkinchi guruh ta’lim usullari Kitob bilan ishlash usuli. Bu usul ta‘lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish va qiziqtirish vazifalarini bajaradi. - ta‘lim oluvchilar kitob bilan ishlashlari muhim ahamiyatga ega; - o‘quv mashg‘ulotlarida ta‘lim beruvchining rahbarligi ostida; - uyda esa mustaqil ravishda. Uyda kitob bilan ishlash vazifasini o‘quvchilar oldiga qo‘yishdan avval kitob bilan mustaqil ishlash usullariga ega ekanliklariga ishonch hosil qilish lozim: - uning tuzilishi bilan tanishish; - ko‘z yugurtirib chiqish; - alohida mavzularni o‘qish; - savollarga javob qidirish; - referat yozish; - tayanch konspektlar tuzish; - mantiqiy tuzilmaviy chizmalarni tuzish; - misol va topshiriqlarni yechish, mashqlarni bajarish; - nazorat testlarini bajarish;

- materialni xotirada saqlash. Agarda ish o‘quv mashg‘ulotida olib borilsa, unda kitob bo‘yicha o‘rganadigan materialni biz alohida qismlarga bo‘lamiz va ularni nazorat qilamiz. Tajriba usuli. Bu shunday usulki, bunda ta‘lim oluvchilar ta‘lim beruvchi rahbarligi ostida va oldindan tayyorlangan reja bo‘yicha tajribalar o‘tkazadilar yoki amaliy topshiriqlarni bajaradilar, shu jarayonda yangi bilimlarni qabul qiladilar va anglab yetadilar. Usulning asosiy vazifalari: o‘rgatish va olingan bilimlarni mustahkamlash. Bu usul ta‘lim oluvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi: - jihoz bilan ishlash, malaka va ko‘nikmalarni egallash; - ma‘lum bo‘lganlarni tekshirish va mustaqil tadqiqotning yo‘llarini tanlash; - amaliy malakalarni egallash, o‘lchash va hisoblash, natijalarni qayta ishlash va avvalgilari bilan solishtirish. Tajriba usuli maxsus, qimmatli jihozlarning bo‘lishi, nafaqat sizni, balki ta‘lim oluvchilarning ham puxta tayyorgarligini talab etadi. Undan foydalanish kuch va vaqtni sarflash bilan bog‘liq. Shuning uchun tajriba usulini rejalashtirayotganda mustaqil tadqiqotning ta‘lim samaradorligini oshirishga ishonch hosil qilish zarur. Chunki bunga boshqa soddaroq, tejamliroq usullar bilan erishish mumkin. Mashq usuli. Bu o‘rganilayotgan materialni amaliyotda qo‘llash maqsadida muntazam tashkillashtirilgan ko‘p takrorlanuvchi harakatdir. Usulning asosiy vazifasi: ta‘limni rivojlantirish va mustahkamlash. Mashq usulining quyidagi turlari mavjud: -maxsus; -sharhlashga oid; -yozma; -og‘zaki; -ishlab chiqarish (3, 4, 6, 8, 12, 13); Uchinchi guruh ta‘lim usullari Suhbat- dialogli (yunoncha; diologos - ikki yoki bir necha insonlar orasidagi so‘zlashuv), ta‘lim berish va o‘rganishning savol-javobli usuli. Usulning vazifasi - qiziqtirish, maqsadga yo‘naltirilgan va mohirona qo‘yilgan savollar yordamida ta‘lim oluvchilarga berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini eslashga va bayon qilishga harakat qilishga o‘rgatish. O‘qituvchi rahbarligida boshqa ta‘lim oluvchilar bilan muhokama qilishga o‘rgatish. Ta‘lim oluvchilar o‘qituvchi bilan qadamma - qadam mustaqil fikrlash, yakunlash, xulosalash va umumlashtirish yo‘li bilan yangi bilimlarni anglash va o‘zlashtirishni taminlashdan iborat. Suhbatning afzalligi yana shundaki, u ta‘lim oluvchilar fikrlashini faollashtiradi va bilim kuchini rivojlantirishga yordam beradi. Suhbatlar vazifasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: - kirish yoki tashkillashtiruvchi (didaktik vazifa-ta‘lim oluvchilarni mashg‘ulotga tayyorlash); - yangi bilimlarni yetkazish (didaktik vazifa-ta‘lim oluvchilarni yangi material bilan tanishtirish); - sintezlovchi yoki mustahkamlovchi (didaktik vazifa - ta‘lim oluvchilar bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamlash, eslab qolish va fikrlashga o‘rgatish). Suhbatlar tashkiliy shakli bo‘yicha o‘quv va davra suhbatiga bo‘linadi. Davra suhbati o‘quv suhbatidan erkin holatda ishtirokchilarning joylashish tartibi va asosiysi, ular fikrlarini navbat bilan bildirishi bilan farqlanadi.

Eng muhimi, savollarni to‘g‘ri shakllantirish lozim. Ular o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikka ega bo‘lishi kerak va o‘rganilayotgan savol mohiyatini ochib berishi, tizimida bilimlarni o‘zlashtirishga yordam berishi kerak. Savollar mazmuni va shakliga ko‘ra ta‘lim oluvchilarning rivojlanish darajasiga mos kelishi lozim (7, 9, 10, 15). To‘rtinchi guruh ta‘lim usullari. Muammoli vaziyatlar usuli. Bu usul ta‘lim beruvchining muammoli vaziyatlarni yaratishga va ta‘lim oluvchining faol bilish faoliyatiga asoslangan. U aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va keyin qaror qabul qilishdan iborat (1, 5, 8, 10, 16). XULOSA Xulosa qilib aytganda, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash talabalarda yangicha tafakkur, ilmiy izlanuvchanlik, erkin va sog‘lom fikrlash qobiliyatini o‘stirish, pedagog kadrlarning esa kasbiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati va kompetentligining rivojlanishi asosida, ta‘lim – tarbiya jarayonini samarali tashkil etish va uni boshqarish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar16 ta adabiyot

  1. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.Toshkent. 1997 yil 29 avgust.
  2. Avliyoqulov N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent. 2008 yil.
  3. Boyqo‘ziev H. X., Bobojanova SH.SH., Dehqonova N.T., Djurakulov B.I., Ismoilova N.A. “Tibbiyot oliy ta‘lim muassasalarida tibbiy biologik fanlarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish”. Samarqand 2019. 51 bet
  4. Bobojanova Sh.Sh. Patologiya fanini o‘qitishda interfaol usullarni qo‘llab mashg‘ulot samaradorligini oshirish. Toshkent. 2016 yil.
  5. Ishmuxammedov R., Abduqodirov R. Innovatsion texnologiyalar . Toshkent. 2007 yil.
  6. Ishmuxammedov R., Pardaev A., Abduqodirov A. Ta‘limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent. 2008 yil..
  7. Maxsudov S.N. va boshqalar. Tibbiyot ta‘limida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi . Toshkent. 2016 yil.
  8. Raximov B. Pedagogik texnologiyalar sxemalarda. Toshkent. 2009 yil.
  9. Saidaxmedov N., Abduraximov S. Pedagogik texnologiyalar, pedagogik mahorat. Toshkent. 2010 yil.
  10. Tolipov O., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent. 2005 yil.
  11. Davronova A. B., Avazova G. A., Rakhmonova Kh. N., Mukhitdinova S. M. Development of professional self-education competence of future specialists with medical education. Journal of Universal Science Research, 1(12), 139–144.
  12. Oripov F.S., Blinova S.A., Boykuziev H.X. Organizatsiya obrazovatelьnogo protsessa na mladshix kursax meditsinskogo instituta. «Lichnostnыy podxod v obuchenii i gumanizatsiya uchebno -vospitatelьnogo protsessa» mejvuzskiy Respublikanskiy sbornik nauchnыx statey Str. 29-31. Samarkand 2013.
  13. Oripov F.S., Blinova S.A., Xamidova F.M. Prepodovanie morfologicheskix dissiplin v medvuze sochetanie traditsionnыx i novыx obrazovatelьnыx texnologiy. Materialы nauchno- prakticheskoy konferensii “Sistema povыsheniya kvalifikatsii pedagogicheskix kadrov v vuzax Uzbekistana: opыt, prioritetы i perspektivы razvitiya” 18 aprelь 2018. S. 41-42.
  14. Oripov F.S., Dexkanov T.D., Boykuziev H.X., Hamraev A.X. Fundamental fanlarni o‘qitishda gorizantal va vertikal integratsiyaning axamiyati. Sbornik uchebno-nauchnoprakticheskoy konferensii “Obshenie s patsientom, problemы obuchenich prakticheskix navыkov i ix reshenii pri podgotovke kvalifitsirovannыx spetsialistov” 2018 Tashkent S. 397-398.
  15. Oripov F.S., Dexkanova N.T. Realizatsiya prinsipov didaktiki pri modulьnoy sisteme obucheniya. “Sovremennoe sostoyanie, problemы i perspektivы mediuinskogo obrazovaniya” mejdunarodnaya uchebno-nauchno-prakticheskaya konferensiya. Buxara 12 aprelya 2018. S.
  16. Xalimova N.A. Xamraeva Yu.M. Raxmonova X.N. Raxmonov F.Z. Pedagogicheskoe obщenie v deyatelьnosti vracha. Journal of Universal Science Research, 1(11), 305–315.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012368
Nashr sanasi
2024-02-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
1
DOI
10.66073/researchfocus.v3i1.739
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
139–144
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
52026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06