DZYUDOCHI QIZLARNING TAKTIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Alimov Umid AbduxamidovichO‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Dzyudo, karate nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, p.f.b.f.d. (PhD), Chirchiq shahri, O‘zbekiston2024
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 1Sahifa 189–191
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ishda malakali dzyudochi qizlarni texnik-taktik tayorgarligini takomillashtirish usullarini mukammallashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Dzyudochi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha mashqlar tasnifi ishlab chiqilgan.
Boshqa tillarda
ruschaМЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ТАКТИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ДЕВОЧЕК ДЗЮДО
В данной научно-исследовательской работе были рассмотрены вопросы совершенствования методов совершенствования технико-тактической подготовки квалифицированных девушек-дзюдоисток. Разработана классификация упражнений для развития общей и специальной физической подготовленности девушек-дзюдоисток.
inglizchaMETHODS OF DEVELOPING THE TACTICAL PREPARATION OF FEMALE JUDOKAS
This research work considers the issues of perfecting the methods of improving the technical and tactical preparation of qualified female judokas. A classification of exercises for developing the general and special physical preparation of female judokas has been elaborated.
Kalit so‘zlar
- Dzyudochi qizlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DZYUDOCHI QIZLARNING TАKTIK TАYYORGАRLIGINI RIVOJLАNTIRISH USULLАRI Аlimov Umid Аbduxamidovich O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Dzyudo, karate nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o’qituvchisi, p.f.b.f.d. (PhD) Chirchiq shahri, O‘zbekiston E-mail: alimov.umid@list.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10539190 Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishda malakali dzyudochi qizlarni texnik-taktik tayorgarligini takomillashtirish usullarini mukammallashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Dzyudochi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha mashqlar tasnifi ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Dzyudochi qizlar, sport mashg‘ulotlari texnik-taktik tayorgarligini takomillashtirish, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, o‘quv-mashg‘ulot jarayoni.
МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ТАКТИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ДЕВОЧЕК ДЗЮДО Аннотация: В данной научно-исследовательской работе были рассмотрены вопросы совершенствования методов совершенствования технико-тактической подготовки квалифицированных девушек-дзюдоисток. Разработана классификация упражнений для развития общей и специальной физической подготовленности девушек-дзюдоисток. Ключевые слова: девушки-дзюдоистки, совершенствование технико-тактической подготовки спортивной подготовки, общая и специальная физическая подготовка, тренировочный процесс.
METHODS OF DEVELOPING THE TACTICAL TRAINING OF GIRL JUDO Abstract: In this research work, the issues of perfecting the methods of improving the technical and tactical training of qualified judoka girls were considered. A classification of exercises for the development of general and special physical fitness of judoka girls has been developed. Keywords: judoka girls, improvement of technical and tactical training of sports training, general and special physical training, training process.
KIRISH Ishning dolzarbligi. Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mamlakatimizda koʼpdan-koʼp xalqaro miqyosdagi musobaqalarning tez–tez oʼtkazilishi, oʼzbek sportchilarining Osiyo, jahon va Olimpiya oʼyinlari musobaqalarida yuksak natijalarga erishishi mustaqil yurtimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etmoqda. Barkamol avlodni sogʼlom qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning oʼrnini hisobga olib sport ishlarini yanada takomillashtirish, uning oʼquv va moddiy-texnik bazasini zamon talablari darajasiga hamda aholining sportga boʼlgan qiziqishini oshirish yoʼlida davlat miqyosidagi maqsadli tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda Tadqiqotning maqsadi: Koʼp yillik tayyorgarlik jarayonida musobaqa faoliyati koʼrsatkichlarini eʼtiborga olgan holda, dzyudochi qizlarning taktik tayyorgarlik darajalarini rivojlantirish uslubni ishlab chiqish.
Tadqiqotning obʼekti va predmeti: Dzyudochilarning mashgʼulot jarayonlari va musobaqa faoliyati tuzilishi. Tajriba natijalari va ular muhokamasi dzyudochi qizlarining taktik tayyorgarliklarini tekshirish uchun bir qator pedagogik tajribalar amalga oshirildi. Tajriba dzyudochi qizlarni mashgʼulot jarayonida taktik xujumlarni oʼrganish, bajarish va ularni mustahkamlab olish usullariga oʼrgatish uchun ajratilgan soatlar hajmi doirasida 45% gacha oshirish, shuningdek, musobaqa faoliyati xususiyatlarini aniqlashtirishga qaratilgan. Taxminlarning toʼgʼriligini tajribalar asosida tekshirish 15 yoshdan 17 yoshgacha boʼlgan dzyudochi qizlaridan iborat. Tadqiqot ishtirokchilari – dzyudochi qizlaridan ikki guruhga boʼlindilar, 1– guruh nazorat guruhi (10 kishi) boʼlib ushbu guruh tarkibiga kiruvchilar 2022-yilning 10 yanvarь kuni, yuqorida qayd etilgan nazorat sinov mashqlari yordamida tekshiruvdan oʼtkazildi hamda kuzatuvning birinchi kunidan boshlab, mashgʼulotlarda ishtirok etishni davom etishdi. 2-guruh pedagogik tadqiqot guruhi (10 kishi) – boʼlib u ham 1- guruh bilan yonma - yon nazoratdan oʼtkazildi. Tadqiqot guruhida 1 oy davomida taktik tayyorgarliklarini shakllantirish maqsadida yoʼnaltirilgan vositalar qoʼllanildi. Mashgʼulotlarning tayyorgarlik qismidagi (dzyudochi qizlarning maxsus mashqlari bilan birgalikda) mashqlar: yugurish, URM (turgan joyda bajarish va sakrab bajarish), MRM (Oyoqlarni max xolatida mashq bajarish, oyoq paylarini choʼzish va yelkalarni qizdirish). Tadqiqot davomida 2-guruhga kurashning boshqa turlaridan usullar oʼrgatdik, yaʼni kurash turlaridan, qoʼl va oyoq yordamida bo’g’ish usullarini oʼrgatib bordik.. 1-жадвал. Nazorat va tadqiqot guruhlaridan tadqiqot boshida olingan test natijalari № Nazorat testlari Nazorat guruhi Tatqiqot guruhi X σ V% X σ V% 1 4х10 metr masofaga 10,6 0,3 2,83% 10,6 0,4 3,77% moksimon yugurish 2 Sankoka-jimi (10 sek) 5,5 0,5 9,09% 5,5 0,5 9,09% 3 O-goshi (10 sek) 5,5 0,5 9,09% 5,4 0,6 11,11% 4 Turnikda tortinish 11,9 0,7 5,88% 11,8 1,4 11,86%
Tadqiqot oxiriga kelib oʼrgatilgan usullar: 4 xil; koʼllar va oyoqlar yordamida bog’ish usulini va ularni tezligini oshirish 4 xil usuli, Tadqiqot shuni koʼrsatdiki, 2– guruh oʼrgatilgan usullarni juda tez oʼrganib oldi va boshqa sheriklariga ham oʼrgatishga ulgurdi, 1–guruh oʼz mashgʼulotlarida oʼrgangan usullarini takrorlab, oʼz malakasini oshirar edi. OʼzDJTSU dzyudo mashgʼulotlarida bellashuv vaqtida 1 guruh vakillarida oʼzgarish sezilmadi lekin, 2–guruh vakillarida ayrim holatlarda tadqiqotda oʼrgatilgan koʼllar va oyoqlar yordami bo’g’ish usullari element harakatlari ishlatilganligi guvoxi boʼldik. Demak, 2–guruh vakillari hujum qilishda, Jiyujitsu usullarining elementlaridan foydalandilar, yaʼni oʼzlari yaratgan taktik harakatni shu elementlar bilan shakllantirganlar. Tadqiqot natijalari: 1 oy davom etgan tadqiqot natijalariga koʼra, nazorat guruhining taktik tayyorgarlik darajasi va ular tuzgan usullar ketma-ketligida sezilarli oʼzgarish kuzatilmadi. Tadqiqot guruhida usullar ketma-ketligida Jiyujitsu qoʼllar va oyoqlar yordami bo’g’ish elementlarni kuzatdik, bu – ularga musobaqada raqibni chalgʼitish va raqibga noqulaylik tugʼdirdi. Nazorat guruhining taktik tayyorgarlik darajasi 2,5% dan dan 5,8% ga oshdi. Bu foizlar dzyudochi qizlarni musobaqada ishlatgan taktik hujumlari asosida tuzib chiqildi
2-жадвал. Nazorat va tadqiqot guruhlaridan tadqiqot oxirida olingan test natijalari № Nazorat Nazorat guruhi t ст Р Tatqiqot guruhi testlari t сt Р X̄ σ V% X̄ σ V% 1 4х10 metr 10,1 0,2 1,98 % 1,3 ≤0,2 9,9 0,5 5,05 % 3,5 <0.001 masofaga 3 moksimon yugurish 2 Sankoko-jimi (10 5,8 0,8 09,70% 1,5 >0,1 6,6 12,1 % 5,5 <0.001 sek) 3 O-goshi (10 sek) 5,8 0,8 09,79% 1,5 >0,1 6,6 0,8 12,1 % 4 <0.001 4 Turnikda tortinish 14,6 0,5 3,42 % 10 <0,0 15, 1,2 7,89 % 8,8 <0.001 01 2
XULOSA Ikki xil sport kurashi turlari bilan shugʼullangan sportchilar asosiy sport turlarida taktik harakatlarni tuzishda albatta ikkinchi sport turlaridagi maʼlum bir usullardan yoki elementlardan foydalanib turishligi maʼlum boʼldi, bu esa taktik hujumni yanada kuchaytirib yubordi. Yakkakurash sport turlari bilan shugʼullangan sportchilar, boshqa kurash turlaridan xabardor boʼlishsa, taktik hujum harakatlarini shakllantirishini oshirib borar ekan. Dzyudo bilan shugʼullanuvchi sportchi qizlarga, boshqa kurash turi usullarini ham oʼrgatish ularni taktik tayyorgarligini kuchaytirib borishini isbot qildi. Shu qatorda dzyudochi qizlarning jismoniy sifatlaridan kuch va chaqqonliklari bilan birga ularni texnikalari ham oshib bordi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Arslonov Sh.A. – “Karate-do dunyosini o’rganing” O‘quv-uslubiy qo‘llanma Toshkent “Istiqbol” 2005y.
- B.J.Raxmonov, M.Fattaxov – Kara va Kumite bo’yicha musobaqa qoidalari 9.0 talqini Toshkent 2015yil o’quv qo’llanma.
- Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va uslubiyati. T.: O‘zDJTI 2018.-286 b.
- Kerimov F.A. Sport sohasida ilmiy tadqiqotlar. T.O‘zDJTI 2020.-263b.
- Salamov R.S.Jismoniy tarbiya va uslubiyati.1,2 jild.T.ITA-press.2018-296b.
- Novikov A.A. Osnovы sportivnogo masterstva.M.:Sovetskiy sport,2012-256s.
- Tumanyan G.S. Sportivnaya borba.M.: Sovetskiy sport,2000-288s.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012376
- Nashr sanasi
- 2024-02-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i1.761
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 189–191
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06