Asosiy mazmunga o‘tish

402 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    ELEKTRON TA‘LIM ORQALI XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVI

    Yo‘ldashev Axrorjon · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Zamonaviy ta‘lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitishda elektron ta‘lim platformalari muhim o‘rin egallamoqda. Ushbu maqola elektron ta‘limning xorijiy tillarni o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlarini, shu jumladan mobil ilovalar, sun‘iy intellekt (AI) asosidagi dasturlar, gamifikatsiya, virtual reallik (VR) va onlayn platformalarning afzalliklarini tahlil qiladi. Maqolada loyiha sxemasi, dasturiy ta‘minotni ishlab chiqish, platformalarni ulash va sinov natijalari bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalar keltiriladi. Shuningdek, elektron ta‘limning o‘quvchilarning motivatsiyasi va o‘quv samaradorligiga ta‘siri eksperimental tadqiqotlar asosida ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHIDA O‘YIN METODIKASINING O‘RNI

    Xasanova Shaxnoza Zaripovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishida o‘yin metodikasining tutgan o‘rni yoritilgan. O‘yin bola uchun nafaqat ko‘ngilochar faoliyat, balki uning bilish, muloqot, emotsional va jismoniy rivojlanishi uchun muhim pedagogik vosita ekanligi asoslab beriladi. Maqolada didaktik, rolli, harakatli, konstruktor va stol o‘yinlari kabi metodik yondashuvlar tahlil qilinadi hamda ularning bolalarning asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, tarbiyachining o‘yin jarayonidagi roli va pedagogik maqsadlarni amalga oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola maktabgacha ta‘lim muassasalarida o‘yin metodikasidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    ZAMONAVIY SPORTDA DOPING MUAMMOSI: OQIBATLARI VA QARSHI CHORA-TADBIRLAR

    Tursunova Nazokat Qaxramonjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Jahon Antidoping Agentligi (WADA) tomonidan ishlab chiqilgan me‘yoriy hujjatlar, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston sport tizimidagi holat asosida doping muammosining salbiy oqibatlari va unga qarshi chora-tadbirlar o‘rganilgan. Tadqiqot davomida sportchilar, xususan, jangovar san‘at vakillari – taekvondochilar pozitsiyasidan yondashilgan bo‘lib, dopinga bo‘lgan munosabat, axloqiy mezonlar va bilim darajasi tahlil qilingan. Maqolada dopinga oid sog‘liq, axloq va qonunchilik nuqtai nazaridan baholovlar keltirilgan hamda so‘rovnoma natijalari, statistik tahlillar asosida xulosa va takliflar ilgari surilgan. Doping vositalarining sportchiga ko‘rsatadigan ta‘siri, milliy antidoping siyosatining amaldagi holati hamda yosh avlodni bu xatardan asrash masalasi asosiy muhokama markaziga aylangan. Shuningdek, sport tizimida halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ham bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA MAKTABGACHA TA‘LIMNING O‘RNI VA XUSUSIYATLARI

    Turdaliyeva Nurjahon Abdunosir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarning shakllanishi va rivojlanishida maktabgacha ta‘lim tizimining tutgan o‘rni hamda uning psixologik va pedagogik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida ijodiy tafakkur, tasavvur, fantaziya kabi qobiliyatlarning aynan 3–6 yosh oralig‘ida eng faol rivojlanishi ilmiy manbalarga tayangan holda asoslab berilgan. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar – loyiha asosida ta‘lim berish, noan‘anaviy metodlar, erkin ijodiy faoliyat, rolli va dramatik o‘yinlar orqali bolalarda ijodkorlikni rag‘batlantirish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda maktabgacha ta‘lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va amaliy tajribalarning ijodiy salohiyatni rivojlantirishdagi samarasi misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Maqola pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun foydali ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    MAKTABGACHA TA‘LIMDA QO‘L MEHNATINI RIVOJLANTIRISH

    Turdaliyeva Nurjahon Abdunosir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maktabgacha bog‘cha yoshidagi bolalarning mehnat ta‘limini faol qo‘l mehnatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu faoliyat turida bola yuqori qiziqishni his etadi. Ushbu omil bolalarning umumiy aqliy rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ular uchun dekorativ-amaliy san‘atning badiiy mazmuniga asoslangan estetik faoliyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida badiiy ish alohida ahamiyatga ega. Maqolada qo‘l mehnatining bog‘cha yoshidagi bolalarga qanday foydalari borligi va pedagoglardan talab etiladigan jihatlar yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    DARSLAR JARAYONIDA O‘QUVCHILAR EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

    To‘xtayeva Marjona Po‘lat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur ishda umumta‘lim maktablarida dars jarayonida o‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirishning mazmun-mohiyati, maqsadi hamda metodik yondashuvlari yoritilgan. Ekologik muammolarning dolzarbligi, ekologik tarbiyaning ta‘lim-tarbiyadagi o‘rni, o‘qituvchi va maktabning bu boradagi roli keng tahlil qilingan. Shuningdek, biologiya, geografiya, adabiyot, kimyo kabi fanlar misolida ekologik ongni shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Ishda o‘quvchilarda tabiatga ongli munosabat, ekologik mas‘uliyat hissini tarbiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham ilgari surilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR JARAYONIDA O‘QUVCHILAR MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

    Temiraliyeva Gulsevar Sharof qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur maqolada o‘quvchilarning madaniyatini shakllantirishda sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda madaniy tarbiya tushunchasi, zamonaviy ta‘lim jarayonida uni rivojlantirishning dolzarbligi, sinfdan tashqari faoliyat turlari, madaniyat markazlari va jamoaviy tadbirlarning tarbiyaviy ta‘siri haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, ota-ona va o‘qituvchi hamkorligi, ijtimoiy faollik orqali o‘quvchilarda estetik did, axloqiy qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglash kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga urg‘u berilgan. Ishda nazariy qarashlar bilan birga amaliy tavsiyalar ham keltirilib, o‘quvchilarda madaniyatli shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qiluvchi omillar tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    PHYSICAL IN SPORTS TRAINING AND THE IMPORTANCE OF TECHNICAL PREPARATION

    Salixova G.H. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada sport mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari, vositalari, metodlari va sportchilarni tayyorgarlik turlariga tayyorlash bilan bog‘liq ilmiy-nazariy materiallar haqida so‘z boradi. Unda sport faoliyati, uning maqsadi, vazifalari, vositalari, metodlari hamda sportchilarning jismoniy, texnik, taktik, nazariy va psixologik tayyorgarligini amalga oshirish metodikasi yoritib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    INDIVIDUALIZATION OF MATHEMATICS EDUCATION BASED ON THE DIFFERENTIAL APPROACH: INTEGRATION OF MODERN METHODS

    Nilufarkhon Rakhmonova Vakhobjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu tadqiqot differentsial ta‘limning oliy ta‘lim muassasalarida zamonaviy pedagogik strategiyalarni, jumladan, gamifikatsiya, hikoya qilish, STEAM asosidagi ta‘lim, teskari muammoni hal qilish va dasturlashga yo‘naltirilgan vazifalarni integratsiyalash orqali qanday samarali amalga oshirilishi mumkinligini o‘rganadi. Maqola ushbu uyg‘unlashgan yondashuvlarning har bir talabaning o‘ziga xos ehtiyojlariga moslashtirilgan moslashuvchan ta‘lim muhitini yaratishga yordam berishi, qiziqish va kontseptual tushunchani oshirishini ko‘rib chiqadi. Nazariy nuqtai nazar va amaliy qo‘llanmalar metodologik sintezi orqali tadqiqot differentsial ta‘limni innovatsion vositalar bilan birlashtirish dinamik ta‘lim jarayonini shakllantirishini ko‘rsatadi. Har bir usulning chuqur matematik fikrlashni rag‘batlantirishi, o‘z-o‘zini boshqarishga asoslangan izlanishni rivojlantirishi va ko‘chma muammoni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishiga alohida e‘tibor beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yaxshi ishlab chiqilgan aralash model nafaqat akademik natijalarni yaxshilaydi, balki yanada inklyuziv va motivatsion ta‘lim muhitini yaratadi. Xususan, ikki guruh (22 va 25 talaba) bilan o‘tkazilgan eksperimental darsda Quizizz orqali o‘rtacha 90% va 85% ballar qayd etildi, bu avvalgi Kahoot ishlatilgan darslarga qaraganda 10% samaraliroq bo‘ldi. Bu natijalar zamonaviy usullarning turli o‘quvchi ehtiyojlariga moslashuvchanligini va ta‘lim jarayonini boyitish qobiliyatini tasdiqlaydi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    NOVERBAL MULOQOT TURLARI VA ULARNING AHAMIYATI.

    N.Karimov, O.Otamirzayev · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada, Noverbal muloqotning turlari, noverbal muloqotning inson hayotida ahamiyati, noverbal muloqotdan foydalanish yo‘llariga alohida e‘tibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TA‘LIM JARAYONIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY MASALALARI

    Malikov Abdumannon Azzam o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada ekologik xavfsizlik va talabalar uchun ekologik ta‘lim mazmuni haqida ma‘lumot berilgan, shuning bilan birga ekologik ta‘limni boshlang‘ich maktab o‘quv dasturlariga integratsiyalashuvning ahamiyati va afzalliklarini o‘rganadi. U mavjud adabiyotlarni o‘rgatadi, samarali o‘qitish usullarini tahlil qiladi,bunday ta‘lim natijalari bo‘yicha natijalarni taqdim etadi va kelajakdagi amaliyotga ta‘sirini muhokama qiladi. Maqola boshlang‘ich maktablarda ekologik ta‘limni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    PEDAGOGICAL FUNDAMENTALS OF THE PROCESS OF DEVELOPING SPECIAL PHYSICAL SKILLS OF ATHLETES IN ATHLETICS

    D.N. Rakhmatova · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada 10-16 yoshli o‘smir yengil atletikachilarning maxsus jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishda oyoq hamda chap va o‘ng panjaning yozuvchi mushaklari ko‘rsatkichlari bo‘yicha pedagogik eksperiment natijalari va ularning muhokamasi keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    ENSURING THE INTELLECTUAL AND SOCIAL DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN BASED ON PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES

    Boymirzayeva Shahnozaxon Olimjon kizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada maktabgacha ta‘limda ta‘lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va ularning ahamiyati, tarbiyachilar faoliyatida pedagogik texnologiyalarning o‘rni haqida so‘z boradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    EXPERIMENTAL STUDY OF THE DEVELOPMENT OF INTELLECTUAL ABILITIES THROUGH PLAY

    Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqola o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarining o‘rni hamda samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. O‘yin texnologiyalari o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv va muammolarni hal qilish kabi intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ta‘lim jarayonida samarali vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. Tadqiqotda o‘yin texnologiyalari ta‘limda qanday qo‘llanilishi va ular orqali qobiliyatlarni rivojlantirish usullari ko‘rib chiqilgan. Eksperimental tadqiqotlar va so‘rovnomalar an‘anaviy ta‘lim usullariga nisbatan o‘yin texnologiyalaridan foydalanilganda o‘quvchilarning intellektual salohiyati yaxshilanishini tasdiqladi. Maqolada, shuningdek, o‘yin texnologiyalaridan ta‘limda samarali foydalanish uchun zarur bo‘lgan pedagogik yondashuvlar ko‘rsatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    CHALLENGES OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES AMONG PRE-SERVICE FOREIGN LANGUAGE TEACHERS IN UZBEKISTAN

    Botirova Zebo Xakimjon Kizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada O‘zbekistonning Namangan Davlat Universiteti, Farg‘ona Davlat Universiteti hamda Andijon Davlat Chet Tillar Instituti ingliz filologiyasi yo‘nalishi 4-bosqich bakalavriat talabalari o‘rtasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida kelajakdagi chet til o‘qituvchilarining ta‘lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etishda duch kelayotgan asosiy muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, talabalar Google Classroom va Moodle kabi asosiy raqamli platformalar bilan boshlang‘ich darajada tanish bo‘lsalar-da, ularni samarali pedagogik maqsadlarda qo‘llash, o‘qitish strategiyalarini ishlab chiqish va ularga moslashtirish bo‘yicha yetarlicha bilim va ishonchga ega emaslar. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari O‘zbekistonning ayrim hududlarida internet tarmog‘ining ishonchsizligi va past tezligi kabi infratuzilmaviy muammolarni ham ochib berdi. Shuningdek, o‘qituvchilar va talabalar orasida kompyuter terminologiyasi va raqamli tilning asosiy tushunchalarini yetarli bilmaslik keng tarqalganligi ham aniqlangan. Maqolada raqamli savodxonlikni oshirish va mavjud to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    EKOLOGIK MADANIYATNING TARIXIY-PEDAGOGIK TAHLILI

    Asadova Muxlisa Abdilaxat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada ekologik madaniyat haqida tushuncha, ekologik madaniyatning tarixiy-pedagogik tahlili haqida ma‘lumotlar keltiriladi. Bundan tashqari, bu maqolada Markaziy Osiyoning va Jahon faylasuflarining ekologik madaniyat haqidagi pedagogik qarashlari hamda ilmiy asoslangan fikrlari keltirilgan. Ekologik madaniyatning tarixiy rivojlanish bosqichlari va inson faoliyati bilan bog‘liq jihatlari bayon qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    APPLYING VARIOUS EXERCISES TO DEVELOP THE PHYSICAL FITNESS OF 11-YEAR-OLD FOOTBALL PLAYERS

    Amirov Javlonbek Olimjon O‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada 11-12 yoshli futbolchilarning koordinatsion qobiliyatlari har tomonlama ko‘rib chiqilib, ularning kuchi, chaqqonligi, tezligi va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar beriladi. Har bir test natijalari va ularni yaxshilash bo‘yicha amaliy takliflar, shuningdek, o‘yinchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatiga asos solishga mo‘ljallangan mashg‘ulot strategiyalari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД В ВОСПИТАНИИ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ

    Очилова Фаридахон Кудрат кизи, Йигиталиева Дилшода Адхамджон кизи, Муродуллева Дильшода · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada boshlang‘ich maktabdagi tarbiyaviy faoliyatning eng muhim jihati sifatida pedagogik yondashuvning mohiyati ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchi bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatning ahamiyati ta‘kidlanadi, bu axloqiy va ijtimoiy sifatlarning shakllanishiga, bilish faolligi hamda emotsional intellektning rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu yosh bosqichidagi bolaning ehtiyojlariga javob beradigan tarbiyaviy muhit yaratishga qaratilgan metod va usullar yoritiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy jarayonni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    АКАДЕМИЧЕСКОЕ И ТЕХНИЧЕСКОЕ ОБЩЕНИЕ НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ (ДЛЯ СТУДЕНТОВ НАЦИОНАЛЬНЫХ ГРУПП НЕФИЛОЛОГИЧЕСКИХ СПЕЦИАЛЬНОСТЕЙ ТЕХНИЧЕСКИХ ВУЗОВ)

    Абдулхакимова Новбахор Тойиржановна · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    O‘zbekistonda rus tili tobora ommalashib bormoqda. U mamlakatning barcha maktablarida va aksariyat oliy ta‘lim muassasalarida majburiy ravishda o‘rganiladi, shuningdek, yirik shaharlardagi ko‘plab muassasalarda ish yuritishning asosiy tili hisoblanadi. Ko‘pmillatli respublikada iqtisodiy integratsiya sharoitida millatlararo muloqotning fundamental asosi sifatida chet tillarini, xususan, rus tilini o‘rganish bilan birga uzluksiz ta‘limga shaxsiy tayyorgarlik va qobiliyatni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi; bu esa aholini talab yuqori bo‘lgan kasblarga hamda tadbirkorlik asoslariga rus tilini bilgan holda o‘qitish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    MODERNIZING THE SYSTEM OF PREPARING PHYSICAL EDUCATION SPECIALISTS FOR PROFESSIONAL AND CAREER ACTIVITIES BASED ON MODERN APPROACHES

    Xolboeva Gulxayo Xolboyevna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur maqolada hozirgi davrdagi ijtimoiy va ommaviy beqarorlik sharoitida sport sohasi uchun sifatli mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan, uzoq muddatli va bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tayyorgarlik tizimini shakllantirish zarurati yoritilgan. Unda yuqori malakali mutaxassislarning karyera o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi tizim joriy etish masalasi ilgari suriladi. Sportdagi natijalar doimiy o‘sib borayotgan bir paytda, zamonaviy fikrlovchi va ijodiy yondashuvga ega kadrlar yetishmovchiligi yanada sezilmoqda. Kasbiy muvaffaqiyatlarga erishish uchun mavjud ehtiyojlar asosida mutaxassislarning salohiyatini oshirish masalasi kun tartibida turibdi. Bu esa jismoniy tarbiya sohasi rivojini yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etadi. Ilg‘or mamlakatlar tajribasida esa kadrlar tayyorlashning milliy va zamonaviy integratsiyalashgan modelini yaratish, shu bilan birga, jismoniy tarbiya yo‘nalishidagi mutaxassislar tayyorgarligi tizimini modernizatsiya qilish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish