ZAMONAVIY SPORTDA DOPING MUAMMOSI: OQIBATLARI VA QARSHI CHORA-TADBIRLAR
Tursunova Nazokat Qaxramonjon qiziO‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti, O‘zbekiston, Chirchiq sh.2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 6Sahifa 242–248
Annotatsiya
Jahon Antidoping Agentligi (WADA) tomonidan ishlab chiqilgan me‘yoriy hujjatlar, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston sport tizimidagi holat asosida doping muammosining salbiy oqibatlari va unga qarshi chora-tadbirlar o‘rganilgan. Tadqiqot davomida sportchilar, xususan, jangovar san‘at vakillari – taekvondochilar pozitsiyasidan yondashilgan bo‘lib, dopinga bo‘lgan munosabat, axloqiy mezonlar va bilim darajasi tahlil qilingan. Maqolada dopinga oid sog‘liq, axloq va qonunchilik nuqtai nazaridan baholovlar keltirilgan hamda so‘rovnoma natijalari, statistik tahlillar asosida xulosa va takliflar ilgari surilgan. Doping vositalarining sportchiga ko‘rsatadigan ta‘siri, milliy antidoping siyosatining amaldagi holati hamda yosh avlodni bu xatardan asrash masalasi asosiy muhokama markaziga aylangan. Shuningdek, sport tizimida halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ham bayon etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПРОБЛЕМА ДОПИНГА В СОВРЕМЕННОМ СПОРТЕ: ПОСЛЕДСТВИЯ И МЕРЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ
На основе нормативных документов, разработанных Всемирным антидопинговым агентством (WADA), международного опыта и текущего состояния спортивной системы Узбекистана в исследовании изучены негативные последствия допинга и меры противодействия ему. В процессе исследования был применён подход с точки зрения спортсменов, в частности, представителей боевых искусств – тхэквондистов. Проанализировано их отношение к допингу, уровень знаний и этические ориентиры. В статье представлены оценки влияния допинга на здоровье, мораль и законодательство, а / также приведены выводы и предложения, основанные на результатах анкетирования и статистического анализа. Основное внимание уделено влиянию допинговых веществ на спортсмена, состоянию национальной антидопинговой политики и вопросам защиты молодежи от этой угрозы. Также изложены рекомендации по укреплению принципов честности в спортивной системе.
inglizchaTHE PROBLEM OF DOPING IN MODERN SPORT: CONSEQUENCES AND COUNTERMEASURES
On the basis of the normative documents developed by the World Anti-Doping Agency (WADA), international experience and the situation in the sports system of Uzbekistan, the negative consequences of the problem of doping and the measures taken against it are studied. The study approaches the subject from the position of athletes, in particular representatives of martial arts, taekwondo athletes, and analyses attitudes towards doping, ethical criteria and the level of knowledge. The article presents assessments of doping from the standpoint of health, ethics and legislation and puts forward conclusions and proposals based on the results of a questionnaire and on statistical analyses. The effect of doping agents on the athlete, the current state of national anti-doping policy and the question of protecting the younger generation from this danger have become the main focus of discussion. Recommendations aimed at strengthening the principles of integrity in the sports system are also set out.
Kalit so‘zlar
- Doping
- sport etikasi
- antidoping siyosati
- WADA
- taekvondo
- sportchilar sog‘lig‘i
- halollik tamoyili
- testlash tizimi
- huquqiy me‘yorlar
- sportda axloq
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UDK 796.071:613.96 ZAMONAVIY SPORTDA DOPING MUAMMOSI: OQIBATLARI VA QARSHI CHORA-TADBIRLAR Tursunova Nazokat Qaxramonjon qizi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti, O‘zbekiston, Chirchiq sh. E-mail: qaxramonovnanazokat@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15768990 Annotatsiya: Jahon Antidoping Agentligi (WADA) tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston sport tizimidagi holat asosida doping muammosining salbiy oqibatlari va unga qarshi chora-tadbirlar o‘rganilgan. Tadqiqot davomida sportchilar, xususan, jangovar san’at vakillari – taekvondochilar pozitsiyasidan yondashilgan bo‘lib, dopinga bo‘lgan munosabat, axloqiy mezonlar va bilim darajasi tahlil qilingan. Maqolada dopinga oid sog‘liq, axloq va qonunchilik nuqtai nazaridan baholovlar keltirilgan hamda so‘rovnoma natijalari, statistik tahlillar asosida xulosa va takliflar ilgari surilgan. Doping vositalarining sportchiga ko‘rsatadigan ta’siri, milliy antidoping siyosatining amaldagi holati hamda yosh avlodni bu xatardan asrash masalasi asosiy muhokama markaziga aylangan. Shuningdek, sport tizimida halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ham bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Doping, sport etikasi, antidoping siyosati, WADA, taekvondo, sportchilar sog‘lig‘i, halollik tamoyili, testlash tizimi, huquqiy me’yorlar, sportda axloq.
THE PROBLEM OF DOPING IN MODERN SPORTS: IMPACTS AND COUNTERMEASURES Abstract: Based on regulatory documents developed by the World Anti-Doping Agency (WADA), international experiences, and the current situation in Uzbekistan’s sports system, this study explores the harmful consequences of doping and the measures taken against it. The research particularly focuses on the views of athletes, especially representatives of martial arts – taekwondo practitioners – analyzing their attitudes, ethical standards, and level of awareness regarding doping. The article presents evaluations from health, ethical, and legal perspectives and offers conclusions and recommendations based on survey results and statistical analysis. The discussion centers on the effects of doping substances on athletes, the current state of national anti-doping policy, and the need to protect the younger generation from this threat. Recommendations are also made to strengthen the principles of integrity in the sports system. Keywords: Doping, sports ethics, anti-doping policy, WADA, taekwondo, athletes’ health, principle of integrity, testing system, legal norms, morality in sports.
ПРОБЛЕМА ДОПИНГА В СОВРЕМЕННОМ СПОРТЕ: ПОСЛЕДСТВИЯ И МЕРЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ Аннотация: На основе нормативных документов, разработанных Всемирным антидопинговым агентством (WADA), международного опыта и текущего состояния спортивной системы Узбекистана в исследовании изучены негативные последствия допинга и меры противодействия ему. В процессе исследования был применён подход с точки зрения спортсменов, в частности, представителей боевых искусств – тхэквондистов. Проанализировано их отношение к допингу, уровень знаний и этические ориентиры. В статье представлены оценки влияния допинга на здоровье, мораль и законодательство, а также приведены выводы и предложения, основанные на результатах анкетирования и статистического анализа. Основное внимание уделено влиянию допинговых веществ на спортсмена, состоянию национальной антидопинговой политики и вопросам защиты молодежи от этой угрозы. Также изложены рекомендации по укреплению принципов честности в спортивной системе. Ключевые слова: Допинг, спортивная этика, антидопинговая политика, WADA, тхэквондо, здоровье спортсменов, принцип честности, система тестирования, правовые нормы, мораль в спорте.
KIRISH Zamonaviy sportda erkin raqobat, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va halollik prinsiplariga asoslanish eng muhim qadriyatlar sirasiga kiradi. Biroq, so‘nggi yillarda sportchilar orasida natijalarni sun’iy ravishda oshirish maqsadida dopinga murojaat qilish holatlari ortib bormoqda. Jahon Antidoping Agentligi (WADA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda 362 000 dan ortiq doping sinovlari o‘tkazilgan, ulardan 1,8 foizida taqiqlangan moddalarning mavjudligi aniqlangan. Bu esa har 55 ta sportchidan kamida 1 nafari dopingdan foydalanganini anglatadi.Dopingdan foydalanish nafaqat sportchining sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazadi, balki musobaqalardagi adolat tamoyilini buzadi, yosh avlodda noto‘g‘ri qadriyatlar shakllanishiga sabab bo‘ladi. Ayrim sportchilar anabolik steroidlar, eritropoetin (EPO), diuretiklar, yoki qon dopingi kabi usullardan foydalangan holda yuqori natijalarga erishgan, ammo keyinchalik ularning sovrinlari bekor qilingan, sport faoliyati taqiqlangan. Masalan, amerikalik velosportchi Lens Armstrong 7 marotaba Tour de France chempioni bo‘lgan, ammo 2012-yilda barcha yutuqlari bekor qilinib, sportdan umrbod chetlashtirilgan.Doping muammosi nafaqat rivojlangan mamlakatlarda, balki Osiyo, Lotin Amerikasi va Yevrosiyo mintaqalarida ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu borada O‘zbekiston ham xalqaro antidoping siyosatiga qo‘shilib, Milliy Antidoping Agentligini tashkil qilgan va Tokio-2020 Olimpiadasidan oldin 200 dan ortiq test o‘tkazgan. Biroq, xalqaro me’yorlarga to‘liq rioya qilish, zamonaviy test usullarini joriy etish va sportchilarni doimiy ravishda ogohlikka chaqirish zarurati mavjud.
Shu sababli, doping muammosining zamonaviy sportdagi oqibatlarini chuqur o‘rganish, tibbiy, ijtimoiy va huquqiy jihatdan tahlil qilish, shuningdek, unga qarshi samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish zamonaviy sport siyosatining muhim vazifalaridan biridir.
Tadqiqot maqsadi. Zamonaviy sportda dopинг muammosining salbiy oqibatlarini o‘rganish va unga qarshi samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
1. Doping vositalarining sportchilarga ta’sirini tahlil qilish.
2. Doping bilan bog‘liq holatlarning ijtimoiy, psixologik va sog‘liq uchun oqibatlarini aniqlash.
3. Dopingga qarshi xalqaro va milliy kurash mexanizmlarini o‘rganish.
4. Sportda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
ADABIYOTLAR TAHLILI Doping muammosi bugungi kunda xalqaro sport maydonlarida halollik va sog‘lom raqobat tamoyillariga jiddiy tahdid solayotgan global muammolardan biridir. Jahon miqyosidagi yondashuvlar orasida Jahon Antidoping Agentligi (WADA) faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. U tomonidan ishlab chiqilgan “World Anti-Doping Code” (2021) hujjatida dopinga qarshi kurashning normativ-huquqiy, tibbiy va texnik standartlari belgilangan[1]. Ushbu kodeks 190 dan ortiq davlatlar va yuzlab xalqaro sport federatsiyalari tomonidan qabul qilinib, majburiy amal qilinmoqda.So‘nggi yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda, xususan L. J. Mottram (2020) tomonidan o‘rganilganidek, dopinga qarshi kurash borasida mavjud yondashuvlarning samaradorligi muhokama qilinib, qonunchilikdagi tafovutlar, sportchilarning himoya huquqlari va dori vositalarining aniqlanish darajasi tahlil qilinadi[2]. Shu bilan birga, Backhouse va boshqalar (2014) sportchilarning doping vositalaridan foydalanishga bo‘lgan psixologik moyilliklariga ijtimoiy muhit, murabbiylar bosimi va moliyaviy rag‘batlantirish omillarining ta’sirini asoslab bergan.WADAning 2022-yilgi global hisobotiga ko‘ra, yil davomida 362 mingdan ortiq doping testlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 1,8 foizi musbat natija bergan. Bu esa har 55 ta testdan birida taqiqlangan moddalar qo‘llanilganini anglatadi. Ayniqsa, Hindiston, AQSH va Rossiya kabi sport salohiyati yuqori bo‘lgan mamlakatlarda musbat holatlar soni ko‘pligi alohida ta’kidlanadi[3].
MDH davlatlari adabiyotlarida esa bu masalaga biroz boshqa yondashuv kuzatiladi. Rossiyalik olimlar E. A. Drozdov va T. V. Makarova (2018) o‘zlarining antidoping monitoringi haqidagi tadqiqotlarida Rossiyada dopinga qarshi kurashda muvofiqlashtirish muammolari, shuningdek, laboratoriyalar faoliyatida mustaqillik yetishmasligi muammosini ko‘tarishgan. Ularning fikricha, sportchilarga qo‘yiladigan haddan tashqari yuqori talablar, federatsiyalarning bosimi va ba’zan dori-darmonlarning nazoratdan chetda qolishi doping qo‘llanishiga yo‘l ochadi. Masalan, Rossiya sportida birgina 2015-yilda aniqlangan 80 dan ortiq holatdan so‘ng, davlatning ko‘plab federatsiyalari xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan edi. Qozog‘iston esa so‘nggi yillarda 1200 dan ortiq testlar o‘tkazgan bo‘lib, 2,3% musbat natijalar bilan doping nazorati borasida muvozanatli yondashuvni rivojlantirmoqda [5].
O‘zbekistonda esa dopinga qarshi kurash sohasida izchil yondashuv 2020-yilda Prezident qarori asosida Milliy Antidoping Agentligi tashkil etilgach boshlangan. Bu boradagi ilmiy tahlillar, xususan M. Raxmonova (2022) tomonidan olib borilgan izlanishlarda, milliy qonunchilikning xalqaro standartlarga moslashayotgani, biroq hanuzgacha sportchilar va murabbiylar orasida yetarli darajadagi xabardorlik mavjud emasligi qayd etiladi. Jismoniy tarbiya va sport universitetida olib borilgan 2021–2023-yillardagi so‘rovnomalarga ko‘ra, sportchilarning qariyb 60 foizi doping vositalarining turlari, ta’siri va jazosi haqida to‘liq ma’lumotga ega emas. Bu esa nafaqat profilaktik ishlar, balki tizimli ta’lim va tarbiya vositalari orqali muammoni bartaraf etish zaruratini ko‘rsatadi[6].Xulosa qilib aytganda, xalqaro va MDH davlatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dopingga qarshi kurashda nafaqat nazorat, balki profilaktika, psixologik tayyorgarlik, sport etikasini shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston bu borada endigina mustahkam huquqiy va institutsional asoslar yaratmoqda va xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda o‘z antidoping siyosatini kuchaytirishga intilmoqda.
METODOLOGIYA Zamonaviy sportda dopinga qarshi kurash muammolarini taekvondo sportchisi nuqtai nazaridan nazariy-tahliliy yondashuv asosida yoritadi. Mavzuning dolzarbligi dopinga qarshi xalqaro harakatlar kuchayib borayotgan bir davrda, ayniqsa sport etikasining amaliy ifodasi bo‘lgan jangovar san’at vakillari – jumladan, taekvondochilar – orasida bu masalani tushunish va unga faol munosabat bildirish zaruratida namoyon bo‘ladi.Tahlil jarayonida mavjud xalqaro adabiyotlar, WADA (World Anti-Doping Agency) kodeksi, MDH va O‘zbekiston tajribalari asos qilib olindi. Shuningdek, sport amaliyotida bevosita duch kelinayotgan vaziyatlar, doping vositalari haqida sportchilar orasidagi tushunmovchiliklar, yutuq ortidan quvishda halollik mezonlarining buzilishi holatlari ham e’tiborga olindi. Maqolada dopinga oid qonunchilik bazasi, psixologik va sotsiokulturning omillarning ta’siri, statistik ma’lumotlar, individual kuzatishlar va ilgari chop etilgan ilmiy manbalar o‘zaro bog‘langan holda tahlil qilinadi.Shaxsiy sport faoliyatim davomida, musobaqa oldi tayyorgarlik, murabbiylar ko‘rsatmalari va sportchilar o‘rtasidagi muloqot jarayonida doping vositalari haqidagi noto‘g‘ri qarashlar, ba’zan esa ushbu moddalarning “norma” sifatida qabul qilinishi holatlariga guvoh bo‘lganman. Aynan mana shu amaliy tajriba, maqolani faqat nazariy asoslar bilan emas, balki sportchining ichki dunyosi va professional pozitsiyasi bilan boyitishga zamin yaratdi. Yondashuv sifatida tavsifiy (deskriptiv) va tahliliy (analitik) metodlar birgalikda qo‘llanildi. Mavzuga doir ilg‘or tadqiqotlar tanlab olinib, ularning mantiqiy tahlili asosida sportchining amaliy haqiqat bilan to‘qnashgan holatlari bilan uyg‘unlashtirildi. Maqola sportchilarning dopinga qarshi ongini shakllantirishga, adolatli raqobat va ruhiy poklikni saqlashga qaratilgan ilmiy-nazariy mulohazalarni ilgari suradi. NATIJALAR Tadqiqot davomida o‘rganilgan adabiyotlar, xalqaro hujjatlar, statistik ma’lumotlar va sport amaliyoti asosida quyidagi asosiy xulosalar va kuzatishlarga kelindi: 1. Zamonaviy sportda dopinga qarshi kurashishning tizimli yondashuvi hali ham global darajada bir xil emas. Ayrim mamlakatlar (AQSH, Germaniya, Yaponiya) dopinga qarshi qat’iy tizimlarni joriy qilgan bo‘lsa, boshqalarida bu holat yuzaki darajada qolmoqda. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda test laboratoriyalarining yetishmasligi va sportchilarni ma’naviy tayyorlashdagi zaifliklar kuzatilmoqda.
Yevropa Osiyo Shimoliy Janubiy Afrika Amerika Amerika Hududlar
1-rasm. 2020–2024-yillarda doping holatlari statistikasining hududlar kesimidagi tahlili
Sportchilarning, xususan jangovar sport vakillarining, dopinga bo‘lgan munosabati ikkiyoqlama. Ba’zilar uni natija vositasi sifatida ko‘rsa, boshqalar axloqiy mezonlarga sodiq qolgan holda qarshi turadi. Taekvondo sportchisi sifatida shuni aytish mumkinki, musobaqada yutishdan ko‘ra halollik, nazoratli energiya va sport etikasi muhimroq qadriyatlardir.
1-jadval. Doping vositalarining asosiy turlari va ularning organizmga salbiy ta’siri Doping vositasi turi Foydalanish maqsadi Organizmga salbiy ta’siri Anabolik steroidlar Mushak massasini oshirish, Jigar shikastlanishi, yurak kasalliklari, kuchni ko‘paytirish gormonal buzilishlar Eritropoetin (EPO) Qon tarkibidagi kislorod Qon quyuqlashuvi, insult xavfi, yurak tashuvchi hujayralarni xurujlari ko‘paytirish Stimulantlar (amfetamin, Charchoqni kamaytirish, Asabiylik, yurak urishining kofein) hushyorlikni oshirish tezlashishi, qaramlik Diuretiklar Vazn yo‘qotish yoki Organizmning suv-tuz balansining taqiqlangan moddalarning buzilishi, buyrak kasalliklari izini yashirish Qon dopingi (autolog yoki Jismoniy chidamlilikni Qon infeksiyalari, yurakka ortiqcha allogen) oshirish yuklama
2. O‘zbekistonda dopinga qarshi qonunchilik shakllanmoqda, biroq real ta’sirchanlik uchun tizimli targ‘ibot, ta’lim va monitoring zarur. Milliy Antidoping Agentligi faoliyat boshlagan bo‘lsa-da, uning sportchilar bilan bevosita ishlashi yetarli darajada emas. Ayniqsa, viloyatlarda testlash va nazorat mexanizmlari past darajada tashkil etilgan.
2-jadval. O‘zbekiston sport federatsiyalarida dopinga qarshi testlar soni va ijobiy natijalar foizi O‘tkazilgan testlar Ijobiy natijalar foizi Sport turi Ijobiy natijalar soni soni (2023) (%) Taekvondo 120 2 1.7 Yengil atletika 180 5 2.8 Og‘ir atletika 210 8 3.8 Erkin kurash 150 3 2.0 Boks 170 4 2.4
3. Jismoniy tarbiya oliygohlarida va sport maktablarida dopinga oid bilimlar sportchilar ongiga chuqur singmagan. O‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, yosh sportchilarning katta qismi dori vositalarining qonuniy va taqiqlangan turlarini ajrata olmaydi. Bu holat natijada bilmasdan qoidabuzarlikka sabab bo‘lmoqda.
3-jadval. Sportchilarning dopinga oid bilim va xabardorlik darajasini aniqlovchi so‘rovnoma natijalari Sportchilar So‘rovda Dopinga oid Doping va ruxsat Dopingni axloqiy guruhi qatnashganlar to‘liq ma’lumotga etilgan vositalarni jihatdan qabul soni ega (%) ajrata olmaydi qilmaydi (%) (%)
14–17 yosh 100 28 52 76 sportchilar 18–22 yosh 120 35 45 82 sportchilar Professional 80 60 25 90 sportchilar Murabbiylar 50 72 12 94 Sport maktabi 60 65 18 91 o‘qituvchilari
MUHOKAMA Doping muammosini zamonaviy sport doirasida nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ushbu hodisa nafaqat sportchilarning sog‘lig‘iga, balki butun sport tizimining axloqiy va ijtimoiy asoslariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro miqyosda Jahon Antidoping Agentligi (WADA) tomonidan ishlab chiqilgan kodekslar va normativ hujjatlar aniq mexanizmlarni taklif qilsa-da, amaliyotda bu tizimlar turli davlatlarda turlicha darajada amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, MDH davlatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarda laboratoriya imkoniyatlari, mustaqil nazorat institutlari va sportchilarni ma’rifiy tayyorlash mexanizmlari hali to‘liq shakllanmagan.Taekvondo sportchisi sifatida amaliy kuzatuvlarimga tayansam, musobaqalardan oldingi tayyorgarlik jarayonlarida ayrim sportchilarda energetik vositalar, gormonlar yoki suyuqlik chiqaruvchi dorilardan foydalanishga moyillik mavjud. Bu holat, bir tomondan, bilim yetishmasligi, ikkinchi tomondan esa natijadorlikka haddan tashqari urg‘u berilayotgani bilan bog‘liq. Maqolada keltirilgan 3-Jadval so‘rovnoma natijalari aynan shuni tasdiqlaydi — yosh sportchilarning katta qismi dopinga oid bilimlardan bexabar bo‘lib, ularning qarorlari ko‘proq atrofdagilarning ta’siriga bog‘liq bo‘ladi.Shuningdek, 3-Jadval orqali ko‘rilganidek, O‘zbekiston sport federatsiyalarida dopinga qarshi testlar soni cheklangan va bu testlarning sifati haqida jamoatchilikka yetarli axborot berilmaydi. Holbuki, antidoping kurashida ochiqlik va monitoring samaradorlikning asosiy omillaridan biridir. O‘zbekistonda bu borada normativ asoslar yaratilgan bo‘lsa-da, amaliy qo‘llanilish va profilaktik ishlar hanuz yetarli emas.
Taekvondo falsafasi o‘z mohiyatida ruhiy poklik, o‘zini nazorat qilish va halollik kabi qadriyatlarga tayansa-da, amalda bu qadriyatlar sport muhitida turlicha talqin qilinmoqda. Dopinga qarshi kurash faqatgina tekshiruvlar orqali emas, balki sportchilar tafakkurida axloqiy immunitetni shakllantirish orqali ham olib borilishi lozim. Shu nuqtai nazardan, nazariy tahlillarning sport amaliyotiga yondoshuvi, ayniqsa yosh avlod orasida, dolzarb ahamiyat kasb etadi.
XULOSA O‘tkazilgan tahlillar va kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy sportda doping muammosi nafaqat tibbiy va huquqiy, balki axloqiy, psixologik va sotsiokultural masala sifatida ham yondashuvni talab etadi. Dopinga qarshi kurashni samarali tashkil etish uchun faqat jazo choralarini kuchaytirish emas, balki sportchilar tafakkurida halollik, sport etikasi va ijtimoiy mas’uliyat qadriyatlarini shakllantirish zarur.Xalqaro va MDH davlatlari tajribasi asosida aniqlanganki, dopinga qarshi tizimlar samaradorligi bevosita uch omilga bog‘liq: test tizimlarining sifatli tashkil etilishi, ma’rifiy ishlarning tizimlashtirilganligi va sportchi jamiyatida ijtimoiy pozitsiyaning yuksakligi. O‘zbekistonda bu borada huquqiy asoslar mavjud bo‘lsa-da, testlar sonining kamligi, sport federatsiyalarining ma’rifiy va axborotiy yetakchiligi sustligi muammoning chuqurlashishiga olib kelmoqda. Taekvondo sportchisi sifatida anglash kerakki, raqobatda yutishdan ko‘ra sportchining o‘ziga, jamiyatiga va raqibiga bo‘lgan halol munosabati ustuvor turishi lozim. Aynan mana shu yondashuv sportda sog‘lom muhit, barqaror rivojlanish va xalqaro ishonch mezonlarining poydevoridir. Shu asosda quyidagi takliflar ishlab chiqildi: 1. O‘zbekistonning sport maktablari, akademiyalari va federatsiyalarida dopinga oid bilimlarni o‘rgatish bo‘yicha majburiy kurslar joriy etilishi; 2. Milliy Antidoping Agentligi faoliyatini hududiy bo‘linmalar orqali kengaytirish va har bir sport turi bo‘yicha profilaktik reja ishlab chiqish; 3. Sportchilar, murabbiylar va ota-onalar uchun maxsus ma’lumotnoma, mobil ilova va trening modullarini ishlab chiqish; 4. Yosh sportchilarni taqdirlashda faqat natijaga emas, balki axloqiy me’yorlarga sodiqlik ko‘rsatkichlariga ham baho berish tizimini shakllantirish; 5. Taekvondo kabi jangovar san’atlarda axloqiy-pedagogik qadriyatlarni dopingga qarshi ichki “ruhiy qalqon” sifatida tarbiyalashni yo‘lga qo‘yish.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-dekabrdagi PQ–4910-son qarori “Milliy antidoping agentligini tashkil etish to‘g‘risida”.
- Drozdov, E. A., & Makarova, T. V. (2018). Antidopingovoye obespecheniye v sporte vysshikh dostizheniy. Moskva: Sovetskiy sport.
- Rakhmonova, M. (2022). O‘zbekistonda dopinga qarshi kurashning huquqiy asoslari. Sport va Jamiyat ilmiy-amaliy jurnali, 2(1), 48–55.
- WADA. (2021). World Anti-Doping Code. World Anti-Doping Agency. https://www.wada- ama.org
- WADA. (2023). Testing Figures Report 2022. World Anti-Doping Agency. https://www.wada-ama.org/en/resources
- Backhouse, S. H., Whitaker, L., & Petróczi, A. (2014). Gateway to doping? Supplement use in the context of preferred competitive situations, doping attitude, beliefs, and norms. Scandinavian Journal of Medicine & Science in Sports, 23(2), 244–252. https://doi.org/10.1111/sms.1211310.1111/sms.12113
- Kazakh National Anti-Doping Centre. (2022). Annual Report on Anti-Doping Testing and Violations. Nursultan.
- Uzbekistan National Anti-Doping Agency. (2023). Dopinga qarshi kurash faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlar. Toshkent.
- Jismoniy tarbiya va sport universiteti ilmiy-tadqiqot markazi (2022). Yosh sportchilarning dopinga oid bilim darajasini o‘rganish bo‘yicha monitoring hisobotlari. Toshkent.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013031
- Nashr sanasi
- 2025-07-06
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i6.1707
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 242–248
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06