Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TA‘LIM JARAYONIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY MASALALARI

Malikov Abdumannon Azzam o‘g‘liTermiz davlat pedagogika instituti talabasi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 6Sahifa 200–203

Annotatsiya

Ushbu maqolada ekologik xavfsizlik va talabalar uchun ekologik ta‘lim mazmuni haqida ma‘lumot berilgan, shuning bilan birga ekologik ta‘limni boshlang‘ich maktab o‘quv dasturlariga integratsiyalashuvning ahamiyati va afzalliklarini o‘rganadi. U mavjud adabiyotlarni o‘rgatadi, samarali o‘qitish usullarini tahlil qiladi,bunday ta‘lim natijalari bo‘yicha natijalarni taqdim etadi va kelajakdagi amaliyotga ta‘sirini muhokama qiladi. Maqola boshlang‘ich maktablarda ekologik ta‘limni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi.

Boshqa tillarda

ruschaТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

В этой статье представлена информация об экологической безопасности и содержании экологического образования для учащихся, тем самым исследуются важность и преимущества интеграции экологического образования в учебные программы начальной школы. В нем рассма тривается существующая литература, анализируются эффективные методы обучения, представлены результаты таких результатов обучения и обсуждаются последствия для будущей практики. Завершается статья предложениями по усилению экологического образования в начальной школе.

inglizchaTHEORETICAL ISSUES OF FORMING ECOLOGICAL CULTURE IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article provides information on ecological safety and on the content of ecological education for students, and at the same time examines the importance and advantages of integrating ecological education into primary school curricula. It reviews the existing literature, analyses effective teaching methods, presents findings on the outcomes of such education and discusses the implications for future practice. The article concludes with proposals for strengthening ecological education in primary schools.

Kalit so‘zlar

  • Ekologik tuyg‘u
  • ekologik idrok
  • ekologik tasavvur
  • ekologik ong
  • ekologik bilim
  • ma‘lumot
  • ko‘nikma
  • analyzes effective teaching methods
  • presents findings on such learning outcomes

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TA’LIM JARAYONIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY MASALALARI Malikov Abdumannon Azzam o‘g‘li Termiz davlat pedagogika instituti talabasi E-mail: malikovabdumannon@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15732034 Annotatsiya: Ushbu maqolada ekologik xavfsizlik va talabalar uchun ekologik ta’lim mazmuni haqida ma’lumot berilgan, shuning bilan birga ekologik ta’limni boshlang’ich maktab o‘quv dasturlariga integratsiyalashuvning ahamiyati va afzalliklarini o‘rganadi. U mavjud adabiyotlarni o‘rgatadi, samarali o‘qitish usullarini tahlil qiladi,bunday ta’lim natijalari bo‘yicha natijalarni taqdim etadi va kelajakdagi amaliyotga ta’sirini muhokama qiladi. Maqola boshlang‘ich maktablarda ekologik ta’limni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi. Kalit so‘zlar: Ekologik tuyg‘u, ekologik idrok, ekologik tasavvur, ekologik ong, ekologik bilim, ma’lumot, ko‘nikma, ekologik madaniyat.

THEORETICAL ISSUES OF THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF PRIMARY CLASS STUDENTS Annatatsion: This article provides information on environmental safety and environmental education content for students, thus exploring the importance and benefits of integrating environmental education into elementary school curricula. It reviews the existing literature, analyzes effective teaching methods, presents findings on such learning outcomes, and discusses implications for future practice. The article ends with suggestions for strengthening environmental education in primary schools. Keywords: Ecological feeling, ecological perception, ecological imagination, ecological awareness, ecological knowledge, information, skills, ecological culture.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация: В этой статье представлена информация об экологической безопасности и содержании экологического образования для учащихся, тем самым исследуются важность и преимущества интеграции экологического образования в учебные программы начальной школы. В нем рассматривается существующая литература, анализируются эффективные методы обучения, представлены результаты таких результатов обучения и обсуждаются последствия для будущей практики. Завершается статья предложениями по усилению экологического образования в начальной школе. Ключевые слова: Экологическое чувство, экологическое восприятие, экологическое воображение, экологическое сознание, экологические знания, информация, умения, экологическая культура.

KIRISH Yurtimizda yosh avlod tarbiyasida Ona vatanga muhabbat tushunchasi, ekologik madaniyat tushunchasi bilan uzviy olib borilmoqda. Uni asrab-avaylash, keyingi avlodlarga ham g‘amxo‘rlik qilish ma’suliyati yakunlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning quyida aytib o‘tgan so‘zlari diqqatga sazovordir: eng muhim masala

aholining ekologik madaniyatni oshirish haqida jiddiy bosh qotirishdir. Albatta, bunda muammolarni faqat ma’muriy yo'l bilan hal etib bo'lmaydi, bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini tarbiyalash orqali erishish mumkin. Bu vazifalarni bajarish, unga erishish esa avvalombor oilada ota-ona, ta’lim muassasida esa ustoz, murabbiy, pedagog zimmasidadir [1]. Ekologik xavfsizlik muammosi nafaqat milliy va mintaqaviy, balki butun insoniyatning umumbashariy muammosidir. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosda keskin, jiddiy ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog'liqdir. Atoqli pedagogik V.A.Suxomlinskiy “Bolalarga jonim fido” asarida “Men bolalar alifbosini ochib, birinchi so'zni hijjalab o'qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob-tabiat kitobni mutolaa etishlarini istar edim” deb ta’kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlang'ich maqsadga muvofiqdir [2]. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida: “Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar” va 53-moddasida esa:Yer va yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar ummuman boyliklardir. Boshlang’ich sinf yoshidagi bolalar hali ham o’zlarning to’laligicha mustaqil qarashlariga ega bo’lmaydilar. Ushbu yoshdagi bolalar uchun “munosabat” atamasidan foydalanish faqat shartli ravishda amalga oshiriladi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, boshlang’ich sinf o’quvchilarining tasavvurlari va xulosalari juda oddiy tartibda shakllantiriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish ekologik ta’limsiz amalga oshmaydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining umumiy xususiyatlaridan biri shundaki, ular o’zini va tevarak-atrofdagi olamni o’smirlarga qaraganda bir butun sifatida idrok etadilar. Ularning har bir uchun “men” tabiatni, tabiat esa “men”i ifodalaydi. Eng muhimi, ular tabiatning bir qismini his qilishadi. Agar birinchi sinfda bolalarda faqat hayvonlar va o’simliklarga rahm-shafqat, ularga muhabbat, atrof muhit go’zalligidan estetik zavqlanish qiziqtirsa, o’smirlik davrining oxiriga kelib, bu his-tuyg’ular ekologik yo’naltirilgan faoliyatga aylanadi. Natijada hayvonlar va o’simliklarga nisbatan rahm shafqat tuyg’usi shakllanadi. Maktabda ekologik tarbiyaga oid quyidagicha ommaviy tadbirlar tashkil etiladi. Bular: kechalar, ma’ruzalar, hikoyalar, ko’rgazmalar, tanlovlar, o’quvchilar ishlari, referatlar, ma’ruzalar, atrof muhitga oid plakatlar va boshqalar. Bu vositalar boshlang’ich sinf o’quvchilarining ekologik madaniyatni ongli tushuna bilishi, tabiatni muhofaza qilish va yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Atrof muhit xulqatvoriga mehnat faoliyati birlashtirilib, to’g’ridan-to’g’ri tabiiy bog’liqlik mavjud bo’lsa, ular yaxshi natijalar berishiga shubha yo’q [3]. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining – O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi 434-sonli qarori qabul qilingan. Qarorga ilova sifatida O’zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish Konseptsiyasi ishlab chiqilgan. Kontseptsiyaning asosiy maqsadi o’sib kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish hamda rivojlantirish, ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, ekologiya sohasidagi ilm-fanni jahonning ilg’or innovatsion texnologiyalarini jalb etgan holda yanada takomillashtirishdan iborat.

Mazkur konseptsiyada ta’limning barcha bosqichlarida ekologik tarbiyaning o’rni va roliga alohida urg’u berilgan. Bunda bilim berish «oddiydan murakkabga», «uzviylik va uzluksizlik» kabi pedagogik tamoyillarga tayangan holda nazariy va amaliy bilimlar uyg’unligiga, o’quvchilarda ekologik madaniyat hamda tarbiyaning bosqichma-bosqich shakllanishini ta’minlaydigan maqsadga yo’naltirilgan. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar o’quv fanlari doirasida qo’shimcha ravishda: Suvni tejash va asrash; -Atmosfera havosining ahamiyati va uni muhofaza qilish; -yer resurslari va yerosti boyliklaridan oqilona foydalanish; -O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish; -Chiqindilarni yig’ish va joylashtirish; O’zbekistonning go’zal va takrorlanmas tabiatini asrab-avaylash zarur [4]. O‘zi yashaydigan qishloq (shahar) tabiatini asrashda faol ishtirok etish; O’zbekistondagi qo’riqxonalar va tabiat bog’lari to’g’risida; Orol dengizi fojiasi to’g’risida umumiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim. Maktab va jamoat mulkini ehtiyotkorlik bilan saqlash; uyda elektr, gaz va suvdan tejamkor foydalanish o’rgatishda boshlang’ich sinf o’quvchilarida atrofmuhitga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonidagi turli shakl va usullar bolalarning yoshxususiyatlariga qarab tanlanishi kerak. Bunday usullardan biri ekologik loyihalardan samarali foydalanishdir. Ekologik loyihalarni amalga oshirishda ota-onalar ishtirok etishi ham muhim zarurat hisoblanadi. Bu jarayonda har bir oilaning faol ishtiroki e’tibordan chetda qolmaydi [5]. TADQIQOT METODOLOGIYASI Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ekologik tarbiyasi barcha oila a’zolarining ekologik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan doimiy tarbiyalash jarayoni bilan chambarchas bog’liqdir. O’quvchilarga atrof muhit tozaligi birinchi navbatda toza havo va toza suv tushunchasi bilan bog’liqligi bu esa, bugungi kunda har bir sinf, oshxona, maktab, xonadon, ko’chalardan chiqayotgan qattiq maishiy chiqindilarni to’g’ri saralash, belgilangan maxsus joylarga tashlash, maishiy chiqindilarni yoqmaslik, ichimlik suvini isrof qilmaslik, suvga axlat tashlamaslik, tupurmaslik, behurmatlik qilmaslik tushunchalarini singdirib borish kerak. Tabiatga qilingan noto’g’ri munosabat natijasida sodir bo’layotgan ekologik muammolarni anglatish lozim. O’quvchilar ongida ekologik madaniyatni turli she’r, esse, hikoya tarzida o’rgatilsa, ularni maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan: necha xalqlar suvga zor, faqat bizda bemalol. Oqar suvni qadrlang, asrang, aslo qilmang xor. Suv, havo, non uchovlon bo’lmasa, netar inson? Suv bilan tirik jahon, Oqar suvni qadrlang! Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus dasturlarida qayd etilishicha, 2025-yilga borib, yer yuzidagi davlatlarning yarmidan ko’prog’ida suv taqchilligi yuzaga kelsa, 2050-yilga borib, sayyora aholisining to’rtdan uch qismining chuchuk suv taqchilligiga uchrashi bashorat qilinmoqda. Qolaversa, bugungi kundagi kasalliklarning 80 foizi suvlarning ifloslanishi bilan bog’liqdir. Asosiy ekologik muammolar yirik shaharlardagi sanoat korxonlaridan chiqayotgan chiqindilar va avtomobil-transport vositalarining organik yoqilg’ilarining yonishidan chiqadigan zararli gazlar ulushiga to'g'ri keladi [6]. Bular esa yirik global muammolar iqlim o’zgarishlariga sabab bo’lmoqda. Atrof-muhit va turmush sharoiti aholining salomatligiga bevosita ta’sir qiladi. Yomonlashayotgan ekologiksharoit nafaqat hozir yashayotgan aholining, balki kelgusi avlodlarning ham salomatligiga, irsiyatiga oid omillariga salbiy ta’sirini o’tkazishi mumkin. Ko’plab tug’ma va g’ayritabiiy kasalliklar, chaqaloqlarning chala tug’ilishi atrof muhitning yomonlashuvi bilan bog’liq. TAHLIL VA NATIJALAR Umuman, maktab o'quvchilarining ekologik ta'lim-tarbiyasi quyidagi tuzilish va tizimda olib borilsa, uning samaradorligi ta'minlanadi: ekologik his-tuyg'u, ekologik idrok, ekologik tasavvur, ekologik tushuncha, ekologik bilim, ma'lumot, ko'nikma, malaka, odat, ekologik

madaniyat (mahorat) va hokazo. Tabiatni muhofaza qilish hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo'lib qolganligi o'quvchi ongiga singdiriladi. Haqiqatdan ham, tabiiy boyliklardan haddan tashqari ko'p darajada foydalanish, yangi yerlarni rejasiz o'zlashtirish oqibatida, ekologik muvozanat keskin o'zgardi, atrof-muhit ifloslandi [7]. Ekologik tarbiyada insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatlari tarbiyalanib, o'quvchilar ongiga yoshligidan singdirib boriladi. Ekologik ta'lim-tarbiya maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uningmuammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. XULOSA Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarda ekologik muammolarni o'qitish talabalar, o'qituvchilar va umuman jamiyat uchun juda ko'p foyda keltiradi. Biroq, ushbu imtiyozlarni amalga oshirish ekologik ta'limni asosiy o'quv dasturlariga kiritish, o'qituvchilar uchun malaka oshirish imkoniyatlarini ta'minlash va mahalliy jamoalar va ekologik tashkilotlar bilan hamkorlik qilish uchun birgalikda harakatlarni talab qiladi. Oldinga siljish, siyosatchilar, o'qituvchilar va manfaatdor tomonlar boshlang'ich maktabda ekologik ta'limga ustuvor ahamiyat berish uchun birgalikda ishlashlari kerak, kelajak avlodlar 21-asrning murakkab ekologik muammolarini hal qilish uchun jihozlanganligini ta'minlashlari kerak. Ta’lim berishning nazariy asoslari qoniqarli darajada, ammo amaliy jihatlariga ko’proq ahamiyat berilishi kerak. Maktablarda jonli tabiat burchaklari, TVda ekologiyani asrash borasida bot-bot beriladigan ijtimoiy roliklar samarasi juda kam. Bularning barchasi tashqi tarafdan berilayotgan ta’sirlardir. O’quvchilar tabiatning bir bo’lagi ekanliklarini o’zlari his qilishlari zarur. Buning uchun amaliyotga ko’proq e’tibor qaratgan ma’qul. Masalan, maktab maydonida poliz mahsulotlarini yetishtirish,turli foydali o'simliklarni o'stirish,maktab bog'larini tashkil qilish kabilar [8].

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Soat, O. E. O. G. L. (2022). O’qitishda Ta’limiy Metodlarni Muvofiqlashtirishning Ilmiy- Nazariy Asoslari. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural And Social Sciences, 2(5), 1076-1086.
  2. Erkin O‘G‘Li, S. O. (2023). Scientific-Theoretical Basis Of Coordination Of Educational Methods. Academia Science Repository, 4(05), 34-37.
  3. Erkin O‘G‘Li, S. O. (2022). O’qitishda Ta’limiy Metodlarni Muvofiqlashtirishning Ilmiy- Nazariy Asoslari.
  4. Норбўтаев, Х. Б. (2020). Биологияни Фанлараро Синфдан Ташқари Машғулотларда Ўқитишда Ўқувчилар Экологик Тафаккурини Ривожлантириш Методикаси. Современное Образование (Узбекистан), (8 (93)), 74-79.
  5. Тошева Д. И., Тошева Д. И. Педaгοгические Услοвия Экοлοгическοгο Вοспитaния Нaурοкaх Экοлοгии В Высшем Οбрaзοвaнии //Academy. – 2020. – №. 6 (57). – С. 88-89.
  6. Тошева Д. И. Обучение Учащихся Начальных Классов Рациональному Использованиюприродных Ресурсов //Вестник Магистратуры. – 2019. – №. 4-4 (91). – С. 19-20.
  7. Tosheva D. I. Plants And Their Role In Human Health. – 2021.8.Tosheva D. I. Ekologik Tarbiyalashda Xalq Og'zaki Ijodining O'rni Va Pedagogik Ahamiyati//Scientific Progress. – 2021. – Т. 1. – №. 5.
  8. Tosheva D. I., Zokirov S. S. O. G. L. Oila Huquqi //Scientific Progress. – 2021. – Т. 2.– №.

Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013023
Nashr sanasi
2025-07-06
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v4i6.1699
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
200–203
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06