DARSLAR JARAYONIDA O‘QUVCHILAR EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
To‘xtayeva Marjona Po‘lat qiziTermiz davlat pedagogika instituti talabasi2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 6Sahifa 228–230
Annotatsiya
Mazkur ishda umumta‘lim maktablarida dars jarayonida o‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirishning mazmun-mohiyati, maqsadi hamda metodik yondashuvlari yoritilgan. Ekologik muammolarning dolzarbligi, ekologik tarbiyaning ta‘lim-tarbiyadagi o‘rni, o‘qituvchi va maktabning bu boradagi roli keng tahlil qilingan. Shuningdek, biologiya, geografiya, adabiyot, kimyo kabi fanlar misolida ekologik ongni shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Ishda o‘quvchilarda tabiatga ongli munosabat, ekologik mas‘uliyat hissini tarbiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham ilgari surilgan.
Boshqa tillarda
ruschaФОРМИРОВАНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ УРОКОВ
В работе рассматриваются содержание, цель и методические подходы к формированию экологической культуры учащихся на уроках в общеобразовательной школе. Подробно проанализированы актуальность экологических проблем, роль экологического образования в образовании, а также роль учителей и школ в этом отношении. Также эффективные методы формирования экологического сознания показаны на примерах таких предметов, как биология, география, литература, химия. В работе также выдвигаются предложения и рекомендации по формированию у учащихся осознанного отношения к природе и чувства экологической ответственности.
inglizchaFORMATION OF THE ECOLOGICAL CULTURE OF STUDENTS IN THE COURSE OF LESSONS
This work sets out the essence, purpose and methodological approaches of forming the ecological culture of students during lessons in general education schools. The relevance of ecological problems, the place of ecological upbringing in education and the role of the teacher and the school in this regard are analysed extensively. Effective methods of forming ecological awareness are also demonstrated using the example of such subjects as biology, geography, literature and chemistry. The work also puts forward proposals and recommendations on cultivating in students a conscious attitude towards nature and a sense of ecological responsibility.
Kalit so‘zlar
- ekologik madaniyat
- ekologik tarbiya
- ekologik ong
- dars jarayoni
- interfaol metodlar
- ekologik muammo
- tabiatni asrash
- fanlararo yondashuv
- o‘quvchilar tarbiyasi
- o‘qituvchining roli
- maktab ekologik faoliyati
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DARSLAR JARAYONIDA O‘QUVCHILAR EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH To‘xtayeva Marjona Po‘lat qizi Termiz davlat pedagogika instituti talabasi E-mail: toxtayevamarjona1606@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15732456 Annotatsiya: Mazkur ishda umumta’lim maktablarida dars jarayonida o‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirishning mazmun-mohiyati, maqsadi hamda metodik yondashuvlari yoritilgan. Ekologik muammolarning dolzarbligi, ekologik tarbiyaning ta’limtarbiyadagi o‘rni, o‘qituvchi va maktabning bu boradagi roli keng tahlil qilingan. Shuningdek, biologiya, geografiya, adabiyot, kimyo kabi fanlar misolida ekologik ongni shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Ishda o‘quvchilarda tabiatga ongli munosabat, ekologik mas’uliyat hissini tarbiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: ekologik madaniyat, ekologik tarbiya, ekologik ong, dars jarayoni, interfaol metodlar, ekologik muammo, tabiatni asrash, fanlararo yondashuv, o‘quvchilar tarbiyasi, o‘qituvchining roli, maktab ekologik faoliyati.
FORMATION OF STUDENTS’ ECOLOGICAL CULTURE IN THE PROCESS OF LESSONS Abstract: This work covers the content, purpose and methodological approaches to the formation of students' ecological culture in the process of teaching in secondary schools. The relevance of ecological problems, the role of environmental education in education, the role of the teacher and the school in this regard are widely analyzed. Also, effective methods of forming ecological awareness are shown on the example of such subjects as biology, geography, literature, chemistry. The work also puts forward proposals and recommendations for educating students in a conscious attitude to nature and a sense of environmental responsibility. Keywords: ecological culture, ecological education, ecological awareness, teaching process, interactive methods, ecological problem, nature conservation, interdisciplinary approach, student education, the role of the teacher, school ecological activities.
ФОРМИРОВАНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ УРОКОВ Аннотация: В работе рассматриваются содержание, цель и методические подходы к формированию экологической культуры учащихся на уроках в общеобразовательной школе. Подробно проанализированы актуальность экологических проблем, роль экологического образования в образовании, а также роль учителей и школ в этом отношении. Также эффективные методы формирования экологического сознания показаны на примерах таких предметов, как биология, география, литература, химия. В работе также выдвигаются предложения и рекомендации по формированию у учащихся осознанного отношения к природе и чувства экологической ответственности. Ключевые слова: экологическая культура, экологическое образование, экологическое сознание, учебный процесс, интерактивные методы, экологическая проблема, охрана природы, междисциплинарный подход, образование учащихся, роль учителя, экологическая деятельность школы.
KIRISH Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi, suv va havo ifloslanishi, chiqindilar muammosi kabi ekologik inqirozlar insoniyat oldida jiddiy muammolar sifatida turibdi. Ushbu holatda ekologik madaniyatga ega, tabiatga ongli munosabatda bo‘ladigan shaxslarni tarbiyalash ta’limning muhim vazifasidir. Ayniqsa, bu jarayon maktab darslari orqali amalga oshiriladi. ASOSIY QISM 1. Ekologik madaniyat va uning ahamiyati: Ekologik madaniyat - bu insonning tabiatga bo‘lgan ongli munosabati, atrof-muhitni asrash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish madaniyatidir. U inson tafakkurida shakllanadigan ekologik ong, axloqiy qarashlar va amaliy faoliyatning uyg‘unligidir [1]. Bugungi kunda inson faoliyati natijasida global ekologik muammolar keskin tus olmoqda: atmosfera va suv havzalarining ifloslanishi, o‘rmonlarning qisqarishi, hayvonot va o‘simlik dunyosining yo‘qolib borishi shular jumlasidandir. Bu holatni oldini olishning eng muhim yo‘li - jamiyatda, ayniqsa yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirishdir [2]. 2. O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga ekologik bilim berish, ularning tabiatga bo‘lgan munosabatini shakllantirish pedagogik yondashuvni talab etadi. Ekologik tarbiya nafaqat biologiya yoki geografiya kabi an’anaviy fanlarda, balki barcha fanlar integratsiyasi asosida olib borilishi lozim. Bu orqali o‘quvchi ekologiyani faqat ilmiy tushuncha sifatida emas, balki kundalik hayotining ajralmas qismi sifatida qabul qila boshlaydi [3]. Ekologik tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Atrof-muhit to‘g‘risida ilmiy, tizimli va zamonaviy bilimlar berish; O‘quvchilarda tabiatga nisbatan mehr, g‘amxo‘rlik, ehtiyotkorlik tuyg‘ularini rivojlantirish; Ekologik muammolarni aniqlash va ularga yechim topishga qiziqish uyg‘otish; Amaliy ekologik faoliyatga jalb qilish (chiqindi yig‘ish, daraxt ekish, kuzatuv olib borish). 3. Fanlar kesimida ekologik tarbiyani yo‘lga qo‘yish: Turli o‘quv fanlari ekologik madaniyatni shakllantirishda katta salohiyatga ega: Biologiya fanida o‘simlik va hayvonot olami, tabiiy muvozanat, ekologik zanjirlar, inson va biosfera o‘rtasidagi aloqalar haqida tushunchalar beriladi. Geografiya darslarida yer yuzasida sodir bo‘layotgan ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari muhokama qilinadi. Kimyo fanida kimyoviy moddalarning tabiatga ta’siri, sanoat chiqindilari va ularning zarari haqida bilimlar beriladi [4]. Texnologiya darslarida ekologik toza mahsulotlar, qayta ishlash va chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalariga e’tibor qaratiladi. O‘zbek tili va adabiyot fanlarida ekologik mazmundagi she’r, hikoya va matnlarni tahlil qilish orqali o‘quvchilarda badiiy-estetik yo‘sinda ekologik ong shakllanadi. 4. Interfaol usullar va amaliy tadbirlar . O‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirishda faqat nazariy bilim berish yetarli emas, balki ularni amaliy faoliyatga jalb etish ham muhimdir. Buning uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: Loyiha ishlari - o‘quvchilar ekologik mavzuda mustaqil izlanish olib borib, yechimlar ishlab chiqadilar; Kuzatuv va tajribalar - maktab atrofidagi o‘simlik va hayvonot olamini kuzatish, chiqindi tahlili, havo sifati bo‘yicha eksperimentlar; Muammoli savollar va bahslar - ekologik mojarolarni muhokama qilish, o‘z fikrini asoslashga o‘rgatish; Rolli o‘yinlar - o‘quvchilarni ekolog mutaxassisi, fermer yoki ekologik inspektor rolida ishtirok ettirish; Video materiallar va hujjatli filmlar - ekologik mavzudagi filmlar orqali real voqealarni tahlil qilish[5]. 5. Maktabdan tashqari ekologik tarbiya shakllari.
Darsdan tashqari ishlar orqali ekologik tarbiya yanada samarali bo‘ladi. Masalan: Tabiat qo‘ynida ekskursiyalar - o‘quvchilarni mahalliy landshaftlar, daryolar, bog‘lar bilan tanishtirish; “Yashil maktab” loyihasi - maktab hududida daraxt ekish, gulzorlar barpo etish; Ekologik aksiyalar - “Toza havo”, “Chiqindisiz hayot”, “Tabiatga mehr” kabi ijtimoiy tadbirlar; Ekologik to‘garaklar - ixtiyoriy asosda ekologiyaga qiziqqan o‘quvchilar bilan faoliyat olib boorish[6]. 6. O‘qituvchining roli va mas’uliyati O‘qituvchi ekologik tarbiyada yetakchi shaxs hisoblanadi. Uning ekologik dunyoqarashi, shaxsiy namunasi, o‘quvchilarga bo‘lgan e’tibori ushbu jarayonda muhim o‘rin tutadi. U nafaqat bilim beradi, balki amaliy faoliyatga yetaklaydi, ekologik harakatlarda ishtirok etishga ilhomlantiradi[7]. O‘qituvchi: O‘quvchilar bilan ekologik loyiha va tadbirlar tashkil qiladi; Darslikdan tashqari ekologik materiallar bilan ishlaydi; Mahalliy ekologik muammolarni tahlil qilishga yordam beradi; Tabiatni asrashda o‘zi shaxsiy namuna bo‘ladi[8]. Xulosa Ekologik madaniyat - bu zamonaviy jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, uni yosh avlod ongiga singdirish orqali biz kelajak avlodlarga sog‘lom muhitni meros qilib qoldirishimiz mumkin. Dars jarayonida bu madaniyatni shakllantirish o‘ziga xos metodika va yondashuvni talab qiladi. Shu bois, har bir o‘qituvchi ekologik tarbiyaga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori: “Ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish konsepsiyasi”. - T., 2019.
- G‘ofurov M., Qodirova N. “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi”. -T.: O‘zbekiston, 2019.
- Soat, O. E. O. G. L. (2022). O’qitishda Ta’limiy Metodlarni Muvofiqlashtirishning Ilmiy- Nazariy Asoslari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5), 1076-1086.
- Erkin o‘g‘li, S. O. (2022). O’qitishda ta’limiy metodlarni muvofiqlashtirishning ilmiy-nazariy asoslari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5).
- Soat Oybek Erkin o‘g‘li ISSN: 2776-0979, Volume 5, Issue 5, May - 2024. Improvement Of Ecological Culture For Primary Class Students In Lesson And Extra-Curriculum Activities. 183-189.3.
- Yo‘ldoshev A. va boshqalar. “Umumiy ekologiya”. - T.: Universitet, 2017.
- Mahkamova M. “Ekologik tarbiya va ekologik madaniyat asoslari”. - T.: Fan va texnologiya, 2020.
- Tohirova D. “Maktabda ekologik tarbiya: metodik qo‘llanma”. - T.: O‘qituvchi, 2016.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013028
- Nashr sanasi
- 2025-07-06
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i6.1704
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 228–230
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06