Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA MAKTABGACHA TA‘LIMNING O‘RNI VA XUSUSIYATLARI

Turdaliyeva Nurjahon Abdunosir qiziQo‘qon universiteti Ta‘lim kafedrasi o‘qituvchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 6Sahifa 238–241

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarning shakllanishi va rivojlanishida maktabgacha ta‘lim tizimining tutgan o‘rni hamda uning psixologik va pedagogik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida ijodiy tafakkur, tasavvur, fantaziya kabi qobiliyatlarning aynan 3–6 yosh oralig‘ida eng faol rivojlanishi ilmiy manbalarga tayangan holda asoslab berilgan. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar – loyiha asosida ta‘lim berish, noan‘anaviy metodlar, erkin ijodiy faoliyat, rolli va dramatik o‘yinlar orqali bolalarda ijodkorlikni rag‘batlantirish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda maktabgacha ta‘lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va amaliy tajribalarning ijodiy salohiyatni rivojlantirishdagi samarasi misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Maqola pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun foydali ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ И ОСОБЕНН ОСТИ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ

В данной статье рассматривается роль системы дошкольного образования в формировании и развитии творческих способностей у детей дошкольного возраста, а также ее психолого-педагогические характеристики. В исследовании на основе научных источников обосновывается, что такие способности, как творческое мышление, воображение, фантазия, наиболее активно развиваются именно в возрасте от 3 до 6 лет. Анализируются современные подходы, используемые в дошкольных образовательных учреждениях, — проектное обучение, нетрадиционные методы, свободная творческая деятельность, методы стимулирования творчества у детей через ролевые и драматические игры. Также на примерах показана эффективность реформ и практических наработок в сфере дошкольного образования Узбекистана в развитии творческого потенциала. В статье даны полезные научные и практические рекомендации для педагогов, психологов и родителей.

inglizchaTHE ROLE AND FEATURES OF PRESCHOOL EDUCATION IN DEVELOPING CREATIVE ABILITIES

This article sets out the place of the preschool education system in the formation and development of creative abilities in preschool-age children, together with its psychological and pedagogical features. In the course of the study it is substantiated, on the basis of scientific sources, that abilities such as creative thinking, imagination and fantasy develop most actively precisely between the ages of 3 and 6. The modern approaches applied in preschool educational institutions are analysed: project-based teaching, non-traditional methods, free creative activity, and methods of encouraging creativity in children through role-playing and dramatic games. The effectiveness of the reforms and practical experience being carried out in the field of preschool education in Uzbekistan in developing creative potential is also shown with examples. The article contains useful scientific and practical recommendations for teachers, psychologists and parents.

Kalit so‘zlar

  • ijodiy qobiliyatlar
  • maktabgacha ta‘lim
  • bolalar ijodi
  • ijodiy tafakkur
  • tasavvur
  • fantaziya
  • pedagogik yondashuv
  • noan‘anaviy metodlar
  • ta‘lim texnologiyalari
  • o‘yin faoliyati
  • tasviriy san‘at
  • shaxsiy rivojlanish
  • bolalar psixologiyasi
  • interfaol mashg‘ulotlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA MAKTABGACHA TA’LIMNING O‘RNI VA XUSUSIYATLARI Turdaliyeva Nurjahon Abdunosir qizi Qo‘qon universiteti Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: nurjahonturdaliyeva3@gmail.com Orcid: https://orcid.org/0009-0001-4509-7550 https://doi.org/10.5281/zenodo.15777892 Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarning shakllanishi va rivojlanishida maktabgacha ta’lim tizimining tutgan o‘rni hamda uning psixologik va pedagogik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida ijodiy tafakkur, tasavvur, fantaziya kabi qobiliyatlarning aynan 3–6 yosh oralig‘ida eng faol rivojlanishi ilmiy manbalarga tayangan holda asoslab berilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar – loyiha asosida ta’lim berish, noan’anaviy metodlar, erkin ijodiy faoliyat, rolli va dramatik o‘yinlar orqali bolalarda ijodkorlikni rag‘batlantirish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va amaliy tajribalarning ijodiy salohiyatni rivojlantirishdagi samarasi misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Maqola pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun foydali ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: ijodiy qobiliyatlar, maktabgacha ta’lim, bolalar ijodi, ijodiy tafakkur, tasavvur, fantaziya, pedagogik yondashuv, noan’anaviy metodlar, ta’lim texnologiyalari, o‘yin faoliyati, tasviriy san’at, shaxsiy rivojlanish, bolalar psixologiyasi, interfaol mashg‘ulotlar

РОЛЬ И ОСОБЕННОСТИ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ Аннотация: В данной статье рассматривается роль системы дошкольного образования в формировании и развитии творческих способностей у детей дошкольного возраста, а также ее психолого-педагогические характеристики. В исследовании на основе научных источников обосновывается, что такие способности, как творческое мышление, воображение, фантазия, наиболее активно развиваются именно в возрасте от 3 до 6 лет. Анализируются современные подходы, используемые в дошкольных образовательных учреждениях, — проектное обучение, нетрадиционные методы, свободная творческая деятельность, методы стимулирования творчества у детей через ролевые и драматические игры. Также на примерах показана эффективность реформ и практических наработок в сфере дошкольного образования Узбекистана в развитии творческого потенциала. В статье даны полезные научные и практические рекомендации для педагогов, психологов и родителей. Ключевые слова: творческие способности, дошкольное образование, детское творчество, творческое мышление, воображение, фантазия, педагогический подход, нетрадиционные методы, образовательные технологии, игровая деятельность, изобразительное искусство, развитие личности, детская психология, интерактивная деятельность

THE ROLE AND CHARACTERISTICS OF PRESCHOOL EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES Abstract: This article discusses the role of the preschool education system in the formation and development of creative abilities in preschool children, as well as its psychological and

pedagogical characteristics. The study substantiates, based on scientific sources, that such abilities as creative thinking, imagination, and fantasy develop most actively precisely between the ages of 3 and 6. Modern approaches used in preschool educational institutions - project-based education, non-traditional methods, free creative activity, methods of stimulating creativity in children through role-playing and dramatic games - are analyzed. Also, the effectiveness of reforms and practical experiences in the field of preschool education in Uzbekistan in developing creative potential is shown with examples. The article contains useful scientific and practical recommendations for educators, psychologists, and parents. Keywords: creative abilities, preschool education, children's creativity, creative thinking, imagination, fantasy, pedagogical approach, non-traditional methods, educational technologies, game activities, fine arts, personal development, child psychology, interactive activities

KIRISH Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri — jamiyatda ijodkor, erkin fikrlovchi, tashabbuskor va mustaqil qaror qabul qila oladigan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Bu jarayon, eng avvalo, bolaning erta yoshdagi rivojlanish bosqichida, ya’ni maktabgacha ta’lim davrida asos solinadi. Sababi, aynan shu yoshda bola shaxsining asosiy psixologik va kognitiv (bilish) jihatlari — tafakkur, tasavvur, nutq, emotsional-motivatsion holati shakllanadi va jadal rivojlanadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarga ko‘ra, 3–6 yosh oralig‘i — bolalarda ijodiy salohiyatning eng faol namoyon bo‘ladigan davri hisoblanadi (L.S. Vygotskiy, N.S. Leites, G.G‘ofurova va boshqalar). Shu sababli, maktabgacha ta’lim tizimi bolaning ijodiy qobiliyatlarini erta aniqlash, rag‘batlantirish va maqsadli rivojlantirish uchun eng qulay pedagogik muhitni yaratishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin faoliyati, tasviriy san’at, dramatik mashg‘ulotlar, musiqa, qo‘l mehnati kabi turli faoliyat turlari orqali bolalarning ichki salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni erkin fikrlashga o‘rgatish mumkin. Ayniqsa, ijodiy yondashuvga asoslangan pedagogik metodlar, interfaol texnologiyalar va noan’anaviy mashg‘ulotlar ijodiy tafakkurni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik sharoitlari, samarali metodikalar va maktabgacha ta’lim tizimining bu boradagi o‘rni va xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. ASOSIY QISIM Ijodiy qobiliyat tushunchasi va uning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojidagi o‘rni Ijodiy qobiliyatlar — bu shaxsning o‘z fikrini erkin ifodalash, yangi g‘oya va obrazlarni yaratish, muammoni noodatiy yondashuv bilan hal etish imkonini beruvchi psixik faoliyat shaklidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu qobiliyatlar, asosan, tasavvur, fantaziya, qiziqish va ijodiy harakatlar orqali namoyon bo‘ladi. L.S. Vygotskiy, Sh.A. Amonashvili, A.N. Leontyev kabi mutaxassislar ta’kidlaganidek, aynan 3–6 yosh oralig‘i bolaning ijodiy tafakkuri shakllanadigan, yangi obrazlarni yaratishga moyilligi kuchayadigan davr hisoblanadi. Bu jarayonni ongli ravishda boshqarish va yo‘naltirish maktabgacha ta’limning asosiy vazifalaridan biridir. Maktabgacha ta’lim muassasalari bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiluvchi, maxsus tashkil etilgan pedagogik muhitdir. Bu muhitda bolaning ijodiy salohiyati quyidagi faoliyatlar orqali yuzaga chiqadi: tasviriy san’at – rasm chizish, bo‘yash, lepkalar.

musiqiy mashg‘ulotlar – kuylash, ritmik harakatlar, musiqa tinglash. rolli o‘yinlar – dramatizatsiya, teatr o‘yinlari. qo‘l mehnati – yasash, modellashtirish, qurish. nutqiy ijod – she’r to‘qish, hikoya aytish, ertak tuzish. Ushbu mashg‘ulotlar orqali bolalar nafaqat ijodiy fikrlashni, balki o‘zlarini erkin ifoda etish, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, guruh bilan ishlash kabi ko‘nikmalarni ham egallaydilar. Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi metodlar va vositalar. Pedagogik tajriba va tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, quyidagi metod va yondashuvlar maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarni samarali rivojlantiradi: Noan’anaviy texnologiyalar: qumda chizish (sand-art) — bola tasvir orqali histuyg‘ularini ifodalaydi. kolaj, quilling, origami — tafakkur, sabr-toqat va estetik didni rivojlantiradi. ebru – suvda rasm — ranglar orqali erkin ijodiy tasvir yaratishga imkon beradi. O‘yinli metodlar: dramatik o‘yinlar — roldagi harakatlar orqali bola emotsiyalarini ochadi. “agar men bo‘lsam...” tipidagi o‘yinlar — fantaziya va obrazli tafakkurni kuchaytiradi. interfaol topshiriqlar — guruh bilan ishlash, tanqidiy va ijodiy fikrlashni uyg‘otadi. Loyiha usuli: Pedagog tomonidan tashkil etilgan kichik loyihalarda bola o‘z fikrini bildiradi, fikr almashadi va o‘z mehnatining natijasini ko‘radi. Bu usul bolalarda mas’uliyat, mustaqillik, tanqidiy fikr kabi sifatlarni ham rivojlantiradi. Maktabgacha ta’limda ijodiy qobiliyatlarni baholash va rag‘batlantirish. Ijodiy rivojlanish faqat mashg‘ulotlar orqali emas, balki pedagogning yondashuvi orqali ham rag‘batlantiriladi. Quyidagilar muhim hisoblanadi: -bolaning g‘oyasiga ijobiy baho berish; -erkin ifoda qilishiga imkon yaratish; -harakatini to‘g‘rilab emas, yo‘naltirib borish; -ishini boshqa bolalarnikidan solishtirmaslik; -har bir kichik natijani ham qadrlash. XULOSA Maktabgacha ta’lim bosqichi – bu bolaning shaxsiy, intellektual va ijodiy rivojlanishining poydevori hisoblanadi. Tadqiqotlar va amaliy tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ijodiy qobiliyatlar aynan erta yoshda, xususan, 3–6 yosh oralig‘ida eng faol rivojlanadi. Bu davrda maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratiladigan pedagogik muhit, mashg‘ulotlarning mazmuni va pedagogning yondashuvi bolaning ijodiy salohiyatini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ijodiy fikrlash, fantaziya, tasavvur, muammoni noodatiy hal qilish qobiliyati kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun tasviriy san’at, qo‘l mehnati, musiqiy mashg‘ulotlar, dramalashgan o‘yinlar va interfaol metodlardan samarali foydalanish zarur. Ayniqsa, noan’anaviy texnologiyalardan foydalanish (masalan, qumda rasm chizish, kolaj, quilling va boshqalar) bolalarning ijodiy tafakkurini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, pedagogik yondashuvda bolaning erkin fikr bildirishiga imkon yaratish, har bir ijodiy harakatini qadrlash va rag‘batlantirish, solishtirish va baholashdan ko‘ra shaxsiy rivojlanishiga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib, bu boradagi metodik ishlar va davlat siyosati izchil olib borilayotgan O‘zbekistonda bu yo‘nalish yanada takomillashmoqda. Ushbu jarayonda pedagoglar, ota-onalar va jamiyatning hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Ijodkor avlod tarbiyasi — zamonaviy ta’limning eng dolzarb va ustuvor yo‘nalishidir.

1. G‘Ofurova G., Axmedova T. Bolalar Ijodini Rivojlantirish Metodikasi. – Toshkent: Fan Va Texnologiya, 2021. 2. Yuldasheva N., Po‘Latova N. Maktabgacha Yoshdagi Bolalar Psixologiyasi. – Toshkent: Tdpu Nashriyoti, 2020. 3. Axmedova M. Maktabgacha Yoshdagi Bolalarda Estetik Tarbiya Va Ijodiy Qobiliyatlar. – Ilmiy Maqola. // Pedagogik Izlanishlar Jurnali, 2022, №3. 4. Qizi Turdaliyeva, N. A. (2024). Maktabgacha Yoshdagi Bolalar Ijodiy Qobiliyatlarni Rivojlantirishning Nazariy Asoslari. Golden Brain, 2(7), 48-52. 5. Soliyev, I., & Boymirzayeva, S. (2023). Maktabgacha Ta’lim Tizimida Innovatsion Yondashuvning Uslubiy Asoslari Va Pedagogik Shart-Sharoitlari. Наука И Инновация, 1(6), 128-129. 6. Qizi Boymirzayeva, S. O. (2024). Maktabgacha Ta’lim Tashkilotida Bo‘Lajak Tarbiyachining Kreativligini Rivojlantirish. Golden Brain, 2(7), 41-47. 7. Orinova, F., & Turdaliyeva, N. (2025). Developing Creative Thinking Through Handicraft For Preschool Children. International Journal Of Artificial Intelligence, 1(2), 1610-1616. 8. Turdaliyeva, N., & Mamadjonova, D. (2024). Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlarida Bolalarga Ta’lim-Tarbiya Berishda Ijodiy O’yinlardan Foydalanish. Nordic_Press, 5(0005) 9. Nurjahon, T. (2024). Maktabgacha Yoshdagi Bolalarda Qol Mehnatini Rivojlantirish. University Research Base, 456-460.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. G‘Ofurova G., Axmedova T. Bolalar Ijodini Rivojlantirish Metodikasi. – Toshkent: Fan Va Texnologiya, 2021.
  2. Yuldasheva N., Po‘Latova N. Maktabgacha Yoshdagi Bolalar Psixologiyasi. – Toshkent: Tdpu Nashriyoti, 2020.
  3. Axmedova M. Maktabgacha Yoshdagi Bolalarda Estetik Tarbiya Va Ijodiy Qobiliyatlar. – Ilmiy Maqola. // Pedagogik Izlanishlar Jurnali, 2022, №3.
  4. Qizi Turdaliyeva, N. A. (2024). Maktabgacha Yoshdagi Bolalar Ijodiy Qobiliyatlarni Rivojlantirishning Nazariy Asoslari. Golden Brain, 2(7), 48-52.
  5. Soliyev, I., & Boymirzayeva, S. (2023). Maktabgacha Ta’lim Tizimida Innovatsion Yondashuvning Uslubiy Asoslari Va Pedagogik Shart-Sharoitlari. Наука И Инновация, 1(6), 128-129.
  6. Qizi Boymirzayeva, S. O. (2024). Maktabgacha Ta’lim Tashkilotida Bo ‘Lajak Tarbiyachining Kreativligini Rivojlantirish. Golden Brain, 2(7), 41-47.
  7. Orinova, F., & Turdaliyeva, N. (2025). Developing Creative Thinking Through Handicraft For Preschool Children. International Journal Of Artificial Intelligence, 1(2), 1610-1616.
  8. Turdaliyeva, N., & Mamadjonova, D. (2024). Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlarida Bolalarga Ta’lim-Tarbiya Berishda Ijodiy O’yinlardan Foydalanish. Nordic_Press, 5(0005)
  9. Nurjahon, T. (2024). Maktabgacha Yoshdagi Bolalarda Qol Mehnatini Rivojlantirish. University Research Base, 456-460.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013030
Nashr sanasi
2025-07-06
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v4i6.1706
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
238–241
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06