Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHIDA O‘YIN METODIKASINING O‘RNI

Xasanova Shaxnoza ZaripovnaQo‘qon universiteti Ta‘lim kafedrasi o‘qituvchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 6Sahifa 249–251

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishida o‘yin metodikasining tutgan o‘rni yoritilgan. O‘yin bola uchun nafaqat ko‘ngilochar faoliyat, balki uning bilish, muloqot, emotsional va jismoniy rivojlanishi uchun muhim pedagogik vosita ekanligi asoslab beriladi. Maqolada didaktik, rolli, harakatli, konstruktor va stol o‘yinlari kabi metodik yondashuvlar tahlil qilinadi hamda ularning bolalarning asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, tarbiyachining o‘yin jarayonidagi roli va pedagogik maqsadlarni amalga oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola maktabgacha ta‘lim muassasalarida o‘yin metodikasidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ ИГРОВОЙ МЕТОДИКИ В РАЗВИТИИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

В данной статье освещается роль игровой методики во всестороннем развитии детей дошкольного возраста. Утверждается, что игра является не только занимательным занятием для ребенка, но и важным педагогическим средством его познавательного, коммуникативного, эмоционального и физического развития. В статье анализируются такие методические подходы, как дидактические, ролевые, подвижные, строительные и настольные игры, и раскрывается их роль в развитии основных навыков детей. Также показана роль воспитателя в игровом процессе и его значение в реализации педагогических целей. В статье также содержатся рекомендации по эффективному использованию игровой методики в дошкольных образовательных учреждениях.

inglizchaTHE ROLE OF GAME METHODOLOGY IN THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL AGE CHILDREN

This article sets out the place of play methodology in the all-round development of preschool-age children. It substantiates that play is not merely an entertaining activity for the child but also an important pedagogical means for the child‘s cognitive, communicative, emotional and physical development. The article analyses methodological approaches such as didactic, role-playing, active, construction and board games and reveals their role in developing the basic skills of children. The role of the educator in the play process and its importance in achieving pedagogical goals are also indicated. The article likewise includes recommendations on the effective use of play methodology in preschool educational institutions.

Kalit so‘zlar

  • o‘yin metodikasi
  • maktabgacha ta‘lim
  • bolalar rivojlanishi
  • pedagogik yondashuv
  • didaktik o‘yin
  • rol o‘ynash
  • faoliyat orqali o‘qitish
  • emotsional rivojlanish
  • ijtimoiy ko‘nikmalar
  • tarbiyachi roli

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHIDA O‘YIN METODIKASINING O‘RNI Xasanova Shaxnoza Zaripovna Qo‘qon universiteti Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: xasanovashahnoza@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15814193 Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishida o‘yin metodikasining tutgan o‘rni yoritilgan. O‘yin bola uchun nafaqat ko‘ngilochar faoliyat, balki uning bilish, muloqot, emotsional va jismoniy rivojlanishi uchun muhim pedagogik vosita ekanligi asoslab beriladi. Maqolada didaktik, rolli, harakatli, konstruktor va stol o‘yinlari kabi metodik yondashuvlar tahlil qilinadi hamda ularning bolalarning asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, tarbiyachining o‘yin jarayonidagi roli va pedagogik maqsadlarni amalga oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin metodikasidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: o‘yin metodikasi, maktabgacha ta’lim, bolalar rivojlanishi, pedagogik yondashuv, didaktik o‘yin, rol o‘ynash, faoliyat orqali o‘qitish, emotsional rivojlanish, ijtimoiy ko‘nikmalar, tarbiyachi roli.

РОЛЬ ИГРОВОЙ МЕТОДИКИ В РАЗВИТИИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Аннотация: В данной статье освещается роль игровой методики во всестороннем развитии детей дошкольного возраста. Утверждается, что игра является не только занимательным занятием для ребенка, но и важным педагогическим средством его познавательного, коммуникативного, эмоционального и физического развития. В статье анализируются такие методические подходы, как дидактические, ролевые, подвижные, строительные и настольные игры, и раскрывается их роль в развитии основных навыков детей. Также показана роль воспитателя в игровом процессе и его значение в реализации педагогических целей. В статье также содержатся рекомендации по эффективному использованию игровой методики в дошкольных образовательных учреждениях. Ключевые слова: игровая методика, дошкольное образование, развитие ребенка, педагогический подход, дидактическая игра, ролевая игра, обучение через деятельность, эмоциональное развитие, социальные навыки, роль воспитателя.

THE ROLE OF PLAY METHODOLOGY IN THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN Abstract: This article highlights the role of game methodology in the comprehensive development of preschool children. It is argued that the game is not only an entertaining activity for a child, but also an important pedagogical tool for his cognitive, communicative, emotional and physical development. The article analyzes methodological approaches such as didactic, roleplaying, action, construction and board games and reveals their role in the development of children's basic skills. It also shows the role of the educator in the game process and its importance in the implementation of pedagogical goals. The article also contains recommendations for the effective use of game methodology in preschool educational institutions.

Keywords: game methodology, preschool education, child development, pedagogical approach, didactic game, role-playing, teaching through activities, emotional development, social skills, the role of the educator.

KIRISH Maktabgacha yosh — bu bolaning intellektual, psixologik, ijtimoiy va jismoniy rivojlanishining eng faol va muhim bosqichi hisoblanadi. Ushbu davrda bolaning shaxs sifatida shakllanishi, dunyoqarashi, nutqi va tafakkuri faol tarzda rivojlanadi. Bolaning dunyoni anglash vositasi sifatida o‘yin faoliyati yetakchi o‘rin tutadi. Psixolog va pedagog olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra (L.S. Vygotskiy, D.B. Elkonin, A.N. Leontev), aynan o‘yin orqali bola ijtimoiy rollarni egallaydi, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiradi hamda shaxsiy tajriba orttiradi. hu jihatdan, mazkur maqolada o‘yin metodikasining maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi roli, ularning tafakkur, nutq, ijtimoiy-emotsional va jismoniy rivojlanishiga ta’siri, shuningdek, tarbiyachilarning o‘yin faoliyatini tashkil etishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqola zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslanib, o‘yin orqali ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalarni taklif etadi. ASOSIY QISIM O‘yin faoliyati bolalar uchun tabiiy ehtiyoj va rivojlanish vositasi hisoblanadi. Psixolog L.S. Vygotskiy fikricha, o‘yin orqali bola o‘zining yaqin rivojlanish zonasi (ZPD – Zone of Proximal Development)da harakat qiladi. Ya’ni, u mustaqil bajara olmaydigan faoliyatni o‘yin orqali kattalar yoki tengdoshlari yordamida bajara oladi. D.B. Elkonin esa bolalikda o‘yin inson faoliyatining eng muhim shakli bo‘lib, u orqali bola atrof-muhitni o‘zlashtiradi va hayotiy tajriba to‘playdi, deb ta’kidlaydi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin metodikasining quyidagi asosiy turlari keng qo‘llaniladi: Didaktik o‘yinlar-bu o‘yinlar bolalarning bilish faoliyatini — xotira, tafakkur, e’tibor, kuzatuvchanlik kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Masalan, “Kim tezroq topadi?”, “Nimani eshitding?”, “Qaysi rang?” kabi o‘yinlar orqali ranglar, shakllar, sanash, tartiblashtirish o‘rganiladi. Ushbu o‘yinlar orqali bola ijtimoiy rollarni (ona, shifokor, sotuvchi, o‘qituvchi) sinab ko‘radi, voqealarni hayotiy ssenariylar asosida tasavvur qiladi va o‘z ijtimoiy tajribasini oshiradi. Bu o‘yinlar muloqot, empatiya, mas’uliyat, hamkorlik kabi muhim ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni shakllantiradi. Harakatli o‘yinlar-jismoniy rivojlanishni rag‘batlantiradi. “Olovdan qoch”, “Kim tez yuguradi?”, “Top o‘ynaymiz” kabi o‘yinlar bolalarda harakat koordinatsiyasi, tezkorlik, chaqqonlik, mushaklar faoliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi. Badiiy va ijodiy o‘yinlar-qo‘g‘irchoq teatr, rasm chizish, konstruktor bilan ishlash, musiqa orqali ifoda qilish bolalarning ijodkorlik salohiyatini yuksaltiradi. Bunday o‘yinlar bola estetik didini va hissiy ifoda ko‘nikmalarini boyitadi. Konstruktiv o‘yinlar (lego, qurilish)-bu turdagi o‘yinlar bolalarning tasavvuri, muhandislik fikrlashi, ketma-ketlikni tushunish va sabr-toqat kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradi. XULOSA Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishida o‘yin metodikasi hal qiluvchi o‘rin tutadi. O‘yin — bu bolalik davrining tabiiy faoliyati bo‘lib, uning vositasida bola nafaqat atrof-muhitni o‘rganadi, balki ijtimoiy rollarni sinab ko‘radi, mustaqil fikrlashni,

muloqot qilishni va muammolarni hal qilishni o‘rganadi. Maqolada ko‘rib chiqilganidek, didaktik, rolli, harakatli, konstruktor va badiiy o‘yinlar bolalarning kognitiv, nutqiy, jismoniy, ijtimoiy-emotsional va ijodiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘yin orqali o‘rganish (learning through play) bolalarda bilimlarni mustahkamlash va ularni real hayotga tatbiq etishda samarali vosita hisoblanadi. Shu bois, maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin metodikasidan maqsadga muvofiq, tizimli va ijodiy foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini sezilarli darajada oshiradi. Shu munosabat bilan quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: -o‘yin faoliyatini rejalashtirishda bolalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish; -tarbiyachilarni o‘yin metodikasining zamonaviy shakllari bilan tanishtirish va malakasini oshirish; - ota-onalar bilan hamkorlikda o‘yin muhitini uy sharoitida ham rivojlantirish. Xulosa qilib aytganda, o‘yin metodikasining to‘g‘ri va maqsadli tashkil etilishi maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy, ijtimoiy va intellektual salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish uchun muhim omil hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. G‘ofurova G., Axmedova T. Bolalar ijodini rivojlantirish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
  2. Yuldasheva N., Po‘latova N. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020.
  3. Axmedova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik tarbiya va ijodiy qobiliyatlar. – Ilmiy maqola. // Pedagogik izlanishlar jurnali, 2022, №3.
  4. Vygotskiy L.S. (1983). Psixologiya va ta’lim. Moskva: Pedagogika nashriyoti.
  5. Elkonin D.B. (1989). O‘yin faoliyati va bola rivojlanishi. Moskva: Pedagogika.
  6. Leontev A.N. (1975). Faoliyat. Ong. Shaxs. Moskva: Nauka.
  7. Karimova N., O‘rinboyeva Z. (2022). Maktabgacha ta’lim metodikasi. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.
  8. Qodirova M.M. (2021). Pedagogik innovatsiyalar va maktabgacha ta’lim. Toshkent: TDPU nashriyoti
  9. 9.6.qizi Turdaliyeva, N. A. (2024). Maktabgacha Yoshdagi Bolalar Ijodiy Qobiliyatlarni Rivojlantirishning Nazariy Asoslari. Golden Brain, 2(7), 48-52.
  10. 10.Soliyev, I., & Boymirzayeva, S. (2023). Maktabgacha Ta’lim Tizimida Innovatsion Yondashuvning Uslubiy Asoslari Va Pedagogik Shart-Sharoitlari. Наука и инновация, 1(6), 128-129.
  11. 11.qizi Boymirzayeva, S. O. (2024). Maktabgacha Ta’lim Tashkilotida Bo‘Lajak Tarbiyachining Kreativligini Rivojlantirish. Golden Brain, 2(7), 41-47.
  12. 12.Orinova, F., & Turdaliyeva, N. (2025). Developing Creative Thinking Through Handicraft For Preschool Children. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 1610-1616.
  13. Turdaliyeva, N., & Mamadjonova, D. (2024). Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlarida Bolalarga Ta’lim-Tarbiya Berishda Ijodiy O’yinlardan Foydalanish. Nordic_Press, 5(0005)
  14. Nurjahon, T. (2024). Maktabgacha Yoshdagi Bolalarda Qol Mehnatini Rivojlantirish. University Research Base, 456-460.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013032
Nashr sanasi
2025-07-06
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v4i6.1708
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
249–251
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06