EKOLOGIK MADANIYATNING TARIXIY-PEDAGOGIK TAHLILI
Asadova Muxlisa Abdilaxat qiziTermiz davlat pedagogika instituti talabasi2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 6Sahifa 172–176
Annotatsiya
Ushbu maqolada ekologik madaniyat haqida tushuncha, ekologik madaniyatning tarixiy-pedagogik tahlili haqida ma‘lumotlar keltiriladi. Bundan tashqari, bu maqolada Markaziy Osiyoning va Jahon faylasuflarining ekologik madaniyat haqidagi pedagogik qarashlari hamda ilmiy asoslangan fikrlari keltirilgan. Ekologik madaniyatning tarixiy rivojlanish bosqichlari va inson faoliyati bilan bog‘liq jihatlari bayon qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaИСТОРИКО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ
В данной статье представлена информация о понятии экологической культуры, историко-педагогическом анализе экологической культуры. Кроме того, в данной статье представлены педагогические взгляды и научно обоснованные мнения философов Центральной Азии и мира об экологической культуре. Описаны аспекты, связанные с историческими этапами развития и деятельностью человека экологической культуры.
inglizchaHISTORICAL AND PEDAGOGICAL ANALYSIS OF ECOLOGICAL CULTURE
This article presents information on the concept of ecological culture and on the historical and pedagogical analysis of ecological culture. In addition, the article sets out the pedagogical views and scientifically grounded opinions on ecological culture of philosophers of Central Asia and of the world. The stages of the historical development of ecological culture and the aspects of it connected with human activity are described.
Kalit so‘zlar
- Ekologik madaniyat
- rivojlanish bosqichlari
- tarixiy-pedagogik tahlil
- ekologik ta‘lim
- pedagogika va ekologiya
- ekologik ong
- atrof-muhit madaniyati
- ekologik tarbiya
- ekologik bilimlar tarixi
- ekologik ma‘rifat
- ekologik qadriyatlar
- tabiatni asrash
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
EKOLOGIK MADANIYATNING TARIXIY-PEDAGOGIK TAHLILI Asadova Muxlisa Abdilaxat qizi Termiz davlat pedagogika instituti talabasi E-mail: muxlisaasadova@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15731991 Annotatsiya: Ushbu maqolada ekologik madaniyat haqida tushuncha, ekologik madaniyatning tarixiy-pedagogik tahlili haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bundan tashqari, bu maqolada Markaziy Osiyoning va Jahon faylasuflarining ekologik madaniyat haqidagi pedagogik qarashlari hamda ilmiy asoslangan fikrlari keltirilgan. Ekologik madaniyatning tarixiy rivojlanish bosqichlari va inson faoliyati bilan bog‘liq jihatlari bayon qilingan. Kalit so‘zlar: Ekologik madaniyat, rivojlanish bosqichlari, tarixiy-pedagogik tahlil, ekologik ta'lim, pedagogika va ekologiya, ekologik ong, atrof-muhit madaniyati, ekologik tarbiya, ekologik bilimlar tarixi, ekologik ma'rifat, ekologik qadriyatlar, tabiatni asrash, ekologik ongning shakllanishi.
HISTORICAL-PEDAGOGICAL ANALYSIS OF ECOLOGICAL CULTURE Annatatsion: This article provides information on the concept of ecological culture, historical-pedagogical analysis of ecological culture. In addition, this article presents pedagogical views and scientifically based opinions of Central Asian and World philosophers about ecological culture. Aspects related to historical development stages and human activities of ecological culture are described. Keywords: Ecological culture, stages of development, historical-pedagogical analysis, ecological education, pedagogy and ecology, ecological consciousness, environmental culture, ecological education, history of ecological knowledge, ecological enlightenment, ecological values, nature conservation, formation of ecological consciousness.
ИСТОРИКО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ Аннотация: В данной статье представлена информация о понятии экологической культуры, историко-педагогическом анализе экологической культуры. Кроме того, в данной статье представлены педагогические взгляды и научно обоснованные мнения философов Центральной Азии и мира об экологической культуре. Описаны аспекты, связанные с историческими этапами развития и деятельностью человека экологической культуры. Ключевые слова: Экологическая культура, этапы развития, историкопедагогический анализ, экологическое образование, педагогика и экология, экологическое сознание, экологическая культура, экологическое образование, история экологических знаний, экологическое просвещение, экологические ценности, охрана природы, формирование экологического сознания.
KIRISH Hozirgi davr dunyoda globallashib ketayotgan olamshumul ijtimoiy-siyosiy muammolarni oqilona hal qilish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashni taqozo qiladi. Xususan, global ekologik inqiroz jarayonini bartaraf qilishda, inson o‘z imkoniyatlarini tarixiy shart-sharoit mezonlari asosida baholash lozim. Chunki, insoniyat o‘zining ilmiy, texnik, texnologik, intelektual
imkoniyatlari, rivojlanish tendensiyalarini to‘g‘ri baholay olmasa, istiqbol mo‘ljallarini yo‘qotadi. Shuning uchun, umuman hamma sohalardagi nazariy-metodologik qarashlar dunyo svillizatsiyasini qadriyatlarini o’zida aks ettirgan milliy tarixiy merosga,madaniyatga asoslanib muammolarni xal qilishi mumkin.Shuningdek ekologik olamshumul muammolarning genezisini,rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy jixatlarini urganish xozirgi ba istiqbolda bajarilishi kerak bo’lgan vazifalarini belgilab olishda muhim axamiyatga ega [1]. Har qanday millatning tarixiy shakllangan ekologik madaniyati,muayyan ujtimoiyiqtisodiy sharoitlarda,tabiatni muhofaza qilish ihtiyojlari asosida vujudga kelgan milliy an’analari,urf odatlari,marosimlari bo’lib,insonlarning faol antropotexnologen tasiri natijasida o’zgarayotgan tabiiy muhitga moslashishlari hayotning davom ettirishida muhim omildir.Xususan,insonlarning keskin o’zgarayotgan ekologik vaziyatga,tabiiy muhitga ijtimoiypsixologik jihatlardan kupikishi madaniy rivojlanish darajasiga bog’liqdir.Insoniyatning ekologik xavfsizligini taminlash masalasi nazariya va metodologiyaning uzoq tarixiga borib taqaladi. Ekologik barqaror taraqqiyotning uzoq tarixiga borib taqaladi.Ekologik barqaror taraqqiyotning madaniy asoslarini qidirishga Markaziy Osiyo allomalarining nazariy qarashlarini xolis urganish katta ahamiyatga ega Zero, bu qarashlar jahon svillizatsiyasining tarkibiy qismidir.Lekin ba’zi xolatlarda,Sharq falsafasi,tarixiy merosi yevropasentrizim yoki markazizm nuqtai nazaridan baholanganligi natijasida g’ayri ilmiy,soxta xulosalar chiqarildi. Masalan, Yevropa sentrizmning ashaddiy na’munasi bo’lgan slavyanofillik falsafasining asoschilaridan biri B.S.Solovyovning ‘’Uch qudrat’’ asarida yozilishicha "Musulmon dunyosida ijobiy fan, falsafa, xaqiqiy teologiya hech qachon mavjud boʻlmagan.Ularniki,nari borganda greklardan olingan mavxum falsafiy tushunchalar, imperik axborotlar majmuasidan iborat qarashlardir".Vaholanki bunday munosabat muayyan shovinistik,sinfiy-partiyaviy manfaatlarga asoslangan edi. Shuning uchun Sharqning ijtimoiy-maʼnaviy rivojlanish tarixini, milliy mentalitetning ruhiy, falsafiy retrospektiv xususiyatlarini tahlil qilishda bir yoʻqlamalik koʻzga tashlanadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari Al-Kimdiy (800-879 +yil) yagona abadiy mavjudlikning boshlanishini Xudo nomi bilan bogʻliq.Ungacha, borliqdagi birlik -oʻzidagi sababdan boshqa sababga ega emas va oʻzgarmas turgʻun, kamolot xolida boʻladi.U hamma narsalardan ustun,qurilganidan xususiyatga ega emas xamda koʻplik va birlik korrelyasiyasida mustaqillikdir [2]. Boshlangʻich sabab Al-Farobiyning o‘ylashicha,"mutloq abadiy,sababsiz nomoddiy boʻlib, hech narsa bilan bogʻliq emas va hech narsani inkor etmaydi,uni aniqlab, boʻlmaydi". Birinchi entelliktdan boshlab borliq hamma narsani emanatsiya qiladi.Ibn Sino (980-1037)y ham shu fikrni qullaydi.Uningcha:"Boshlangʻich sabab oʻzining uxshashiga,aksiga,turli fikrlarga ega emas". Markaziy Osiyoning boshqa taniqli faylasuf Ibn Sino "Tabiatni yuqotib boʻlmaydi,lekin uning qonunlari oʻzligicha oʻzgarmaydi",deb subyektiv omilning dunyoni oʻzgartirish roliga alohida baxo bergan edi.Xususan olamning paydo boʻlishi haqidagi taʼlimotiga haqidagi taʼlimotiga taʼlimotida hayvonot va oʻsimlik dunyolari orasidagi uzaro munosabat,tabiat yaxlitligini tashkil qiladigan tizimga egaligini asoslashga eʼtiborini qaratib,odam bilan tabiat oʻrtasidagi oʻzviy birlik mavjudligini taʼkidlagan [3]. Gʻarbning falsafiy merosiga koʻra, dunyo tartibszdir va uni yangidan yasash kerak.Sharq falsafasiga koʻra esa,dunyo azaldan mukammaldir, shuning uchun tabiatga oʻxshash -moslashishi kerak, shundagina inson va tabiat oʻrtasida mutanosiblik,uygʻunlik vujudga keladi.Lekin,mukammal mavqeiye boshqa odamning mavqei bilan taqqoslanib emas, balki
Allohga nisbatan olinishi kerak.Shuning uchun odamning ijtimoiy -biologik mohiyatiniga katta ahamiyat beriladi. Soʻfiylar oʻrtasidagi "Buyuk shayx"deb eʼtirof etilgan Ibn Arabiy taʼlimotiga koʻra,"mukammal odamning ontologik jihati hamma narsaning birlik yotadi;xar narsaning ichidagi birlik boshqa narsalar bilan bogʻlangan va birlikda namoyon boʻladi."Hamma borliq birlikdadir; dunyoda oliy birlik yoki birlik -koʼplikdagilardan boshqa narsada yuqlikdir",deb yozadi.Uning fikricha, Ontologik nuqtai nazardan "Mukammal odam"-Logosdir,xamda oʻz navbatida"universal reallik"ning sinonimidir. Tabiat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarini oʻrganish tarixida Ibn Xoldunning ( 1332- 1406 y) falsafiy meros,oʻzidan avval oʻtgan Sharq mutafakkirlarining nazariy-metadologik qarashlariga, maʼnaviy-madaniyat haqidagi taʼlimotlariga suyangan holda, ijodiy rivojlantirilgan.Ibn Xoldun "Muqaddima"asarida (1375-1378 -yillari yozilgan)muttadil (barqaror)va nomutadil (beqaror)iqlim -atmosfera temperaturasi, jugʻrofiy muhit inson irqiga va boshqa yashash tarziga taʼsir yunalishgʻarini xozirgi davrda shu nazariyalarning asoschilari,deb eʼtirof etilgan fransuz biolog olimi J.Lamarkdan (1707-1788)va ivolyutsion taʼlimot asoschisi hisoblangan Jan Batist Lamarkdan (1744-1829) qariyb toʻrt asr avval asoslab bergan edi [4]. Ibn Xoldun insonlarning hayotini yashash sharoitiga qarab shahar va qishloq hayot tarziga ajratar ekan, hozirgi zamon urbanologiya nazariya sining retrospektiv asoslarini genial tarzda ilgʻab olgan.Uning :"Bilingki, kishilarning hayot tarzidagi farq faqat hayot vositalarini topish usulidagi farqlarga bogʻliqdir",deb yozishi mehnat madaniyatini turkumlashtirishga ega boʻlganligini koʻrsatadi. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Markaziy Osiyo allomalarining nuqtai nazarida,insoning dunyoga kelishidan maqsadli,uning bilim olish,har ishga mohir inson boʻlib yetishishi, ilohiy sifatlari bilan ajralib turishdan iboratdir.Bu fikrni umumlashtirib aytadigan boʻlsak,insonning mohiyatida ilmiy, amaliy, ilohiy jihatlar mujassamlashtirgandir.Xudoning insonni yaratishdan maqsadi, insonning mukammal boʻlish vositalar, usullari orqali oʻz-oʻzini anglashidadir.Har ishga qoldir komil inson qanday boʻladi,degan savolga javob bera turib uni tabiiy muhitning hamda olamning markazi boʻlib,bir vaqtning oʻzida: tabiiy muhitning ham egasi ham homiysi hisoblanadilar.Inson hamma narsaning nomini bilgan xolda ularning ustidan hukmronlik qiladi, lekin hukmronlik maqomi,unga Xudoning yerdagi vakili boʻlgani sababli beriladi. Hozir, umuman ijtimoiy-siyosiy munosabatlar,xususan tabiatga taʼsir intensevlashib,ekologik muammolar globallashayotgan sharoitda,borliq rivojlanishiga inson omilining roli oshib borayotgan bir paytda, Markaziy Osiyolik mashhur allomalarning aytgan fikrlari borliqni (shu jumladan insonni), muxofaza qilishga alohida ahamiyat kasb etadi. Insoniyatning tabiat bilan birligi, uygʻunlikgi haqidagi tasavvur,inson va tabiat oʻrtasida axloq normalariga, madaniyatga asoslangan ekologik munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.Ilmiy adabiyotlarda "inson tabiati"aksariyat holatlarda, uning tugʻma biologik - irsiy xususiyatlari yoki bio-ruhiy mavjudligi,barcha odamlar uchun umuman boʻlgan ijtimoiyligi, unversal xarakteristikasi, barcha xalqlar v millatlar uchun oʻzgarishsiz qoluvchi ,oʻziga xos qonunlar tarzida tushuniladi.Shuningdek,inson tabiatini,mehnatga,erkinlikka va hokazolarga boʻlgan intilishlarin tabiiy -ijtimoiy huquqlari tenglashtiriladi [5]. TADQIQOT METODOLOGIYASI M.Shelerning (1874-1928 y) falsafiy antropologiyasidan boshlab,ushbu yunalish ijtimoiy biologiyani zamonaviy konsepsiyalarida R.Andri,E.Uayt,Z.Fred,E.Fromm va boshqalarning
asarlarida ham yorqin namayon boʻladi.Masalan M.Sheler fikriga koʻra,inson bu hayotning mavjudlik shakllari nerarxiyasiza namayon boʻluvchi barcha xususiyatlarini; hissiyoti tirik jonzotga xos rivojlanish, tabiiy tanlanish, koʻpayishi,aql asosida amalga oshuvchi,pozituv faoliyati, assotsiatsiyativ xotira, nazariy va amaliy texnik idrok, yangilikni ilgʻab olish,oʻzgargan mutanosibliklargaberishishni oʻzida mujassamlashtirgan "betob hayvon"sir.M Sheler tabiri boʻyicha, insonning hayvonga farqi shuki,"Yangilikka intiluvchi hayvon"- inson oʻzini oʻrab turgan borliq bilan qoniqmay,balki oʻzi yashayotgan tabiiy muhit chegaralarini buzib oʻtishga intiladi.Agar hayvon oʻzi yashayotgan tabiiy muhitga qaram boʻlsa inson tabiiy muhitga "ozod ",mavjud borliqni oʻzgartirish va oʻzlashtirish qobiliyatigabega jonzot.M.Sheler ushbu qobiliyatni ruh bilan bogʻlab,inson oʻzi tabiat ustidan yakka hukmdor emas,chunki uning mavjudligi va faoliyatlari hayotiy ehtiyojlar bilan taqazo qilingan va ichki harakatlantiruvchi kuchlarga, mexanizmlatga tayanadi, deb hisoblaydi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki M.Sheler konsepsiyasida bir qator qiziqarli ekologik gʻoyalar mavjud. Bu eng avvalo, inson ijtimoiy mohiyatining turli tartibligi, uning barcha jonzot bilan qondoshligi toʻgʻrisidagi tasavvur; xilma-xil faoliyatning maqsadga, ruh va aqliy muvofiqligi, birligidir. M.Sheler fikriga koʻra har qanday gʻoy, tasavvur, insonning mohiyatini ifodalash uchun real koʻrinishidagi asosga ega boʻlishi kerak. Ekologik vaziyat differentsiallashuvi ekologik fanining tarmoqlanishi bilan bogʻliq jarayondir. Shu bilan birga ekalogiya patsionalizim yunalishi kuchaydi. Insoniy borliqning muayyan jihatlarini mutlaqolashtitish ruhiy tahlil nazariyasi ham xosdir. Shu oʻrinda, Z.Freyd (1856-1939 -y ) antroposotsiogenezida insonga ajdodlaridan meros qolgan ongsiz boshlanishining hal etuvchi taʼsiri asosiy saba,deb hisoblagan .Ayrim faylasuflar jamiyatni hayvoniy instruktlardan himoya qilish uchun maʼnaviy, madaniyat meʼyorlari haqidagi nazariyalar yaratishga urinishmoqda. Biroq Z.Freyd fikricha, ongsiz instinklar inson xulq-atvorida xal qiluvchi rol oʻynaydi.Inson tabiatini oʻzgartirishga ijtimoiy-siyosiy omillar, faqatgina muayyan shart-sharoitlar rolini bajarish mumkin [6]. Inson tabiiy boyliklardan foydalanayotgan, dastlab, o‘z faoliyati qanday oqibatga olib kelishini koʻz oldiga keltirgan emas. Kishilar qadim zamonlardan oʻrmonlarni kesgan, baliq tutgan, tuproq unumdorligini kamaytirgan, daryo va ko‘l suvlarini ifloslagan. Insoniyat tarixning dastlabki bosqichlarida tabiatga jiddiy taʼsir koʻrsatmagan va tabiatga yetkazilgan shikastlari, biologik resurslarga yetgan talofatlarini uning oʻzi toʻldirigan. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish faoliyati, urbanizatsiya jarayonida kommunikatsiya va infrastrukturaning:turli inshootlar, binolari,uylari , mashinalari, shaxtalari, ekin dalalariva boshqa "sunʼiy tabiat"ni bunyod etdi va antropotexnologen faoliyati tabiiy muhitga kuchli taʼsirga etmoqda. TAHLIL VA NATIJALAR Ekologik madaniyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarini koʻrib chiqishga kirishishdan avval,umuman madaniyat tushunchasiga eʼtiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. “Madaniyat” atamasi inson faoliyati bilan bogʻlangan. Yaʼni, madaniyat insonning jismoniy va aqliy kuchalari vositasida moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratishga qaratilgan faoliyati natijasidir. Nisbatan keng tarqalgan va ustuvor hisoblangan taʼrifga koʻra, madaniyat – “kishilarning tabiatni, borlikni oʻzlashtirish va oʻzgartirish jarayonida yaratgan moddiy va maʼnaviy boyliklar xamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yullari va usullari majmui”. Albatta, bunday taʼrif, klassik maʼno oʻz ahamiyatiga ega. Lekin jamiyat tarixiy taraqqiyot ijtimoiy makon va tarixiy zamonaviy zamonda doimiy,oʻzliksiz rivojlanib borishi bilan yangi xususiyatlari, sifatlarini namoyon qiladi va yangicha taʼriflashni takozo qiladi. Demak biz ekologik madaniyat
tarixini tahlil qilganimizda shu metodologik tamoyildan kelib chiqish kerak deb hisoblaymiz hamda tadqiqot obyektiga bevosita bogʻliq boʻlganligi uchun baʼzi mualliflarning fikr - mulohazalariga munosabat bildirishini maqsadga muvofiq deb bilamiz [7]. XULOSA Ekologik madaniyat insoniyatning tabiat bilan bog‘liq ijtimoiy, madaniy va ma’naviy munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot davomida ekologik madaniyat tushunchasining shakllanishi tarixiy-pedagogik jarayonlar bilan uzviy bog‘liq ekani, Markaziy Osiyo allomalari — Al-Farobiy, Ibn Sino, Ibn Xaldun kabi mutafakkirlarning ekologik fikrlari bu sohaning nazariy asoslarini belgilab bergani aniqlandi. Sharq mutafakkirlarining qarashlarida inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, mas’uliyat, hamkorlik tamoyillari asos qilib olingan bo‘lib, ular hozirgi ekologik tarbiya, ekologik ma’rifat va ongni shakllantirishda muhim metodologik manba bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ekologik madaniyatni rivojlantirish uchun nafaqat zamonaviy texnologik yondashuvlar, balki tarixiy-madaniy meros, falsafiy tafakkur va pedagogik qarashlarni uyg‘unlashtirish zarur. Shu asosda, ekologik madaniyatni shakllantirishda tarixiy-pedagogik tajribani chuqur tahlil qilish, o‘quv jarayoniga ekologik qadriyatlar, ekologik etikani singdirish va bu orqali barqaror taraqqiyot tamoyillarini mustahkamlash dolzarb vazifa hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Soat, O. E. O. G. L. (2022). O’qitishda Ta’limiy Metodlarni Muvofiqlashtirishning Ilmiy- Nazariy Asoslari. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural And Social Sciences, 2(5), 1076-1086.
- Erkin O‘G‘Li, S. O. (2023). Scientific-Theoretical Basis Of Coordination Of Educational Methods. Academia Science Repository, 4(05), 34-37.
- Erkin O‘G‘Li, S. O. (2022). O’qitishda Ta’limiy Metodlarni Muvofiqlashtirishning Ilmiy- Nazariy Asoslari.
- Норбўтаев, Х. Б. (2020). Биологияни Фанлараро Синфдан Ташқари Машғулотларда Ўқитишда Ўқувчилар Экологик Тафаккурини Ривожлантириш Методикаси. Современное Образование (Узбекистан), (8 (93)), 74-79.
- Тошева Д. И., Тошева Д. И. Педaгοгические Услοвия Экοлοгическοгο Вοспитaния Нaурοкaх Экοлοгии В Высшем Οбрaзοвaнии //Academy. – 2020. – №. 6 (57). – С. 88-89.
- Тошева Д. И. Обучение Учащихся Начальных Классов Рациональному Использованиюприродных Ресурсов //Вестник Магистратуры. – 2019. – №. 4-4 (91). – С. 19-20.
- Tosheva D.I. Ekologik Tarbiyalashda Xalq Og'zaki Ijodining O'rni Va Pedagogik Ahamiyati//Scientific Progress. – 2021. – Т. 1. – №. 5.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013018
- Nashr sanasi
- 2025-07-06
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i6.1694
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 172–176
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06