Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
JIYDA O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA FOYDALI XUSUSIYATLARI
Komilov Bakhrom Jamoldinovich, Kholboyeva Khilola Rahimjon kizi, Dustmurodova Mashhura Isroilovna · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Ushbu maqolada jiyda (Elaeagnus angustifolia L.) o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari yoritilgan. Jiyda qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda qo‘llanilib kelinadi. Uning mevalari, barglari va po‘stlog‘i tarkibida biologik faol moddalardan — flavonoidlar, alkaloidlar, taninlar, organik kislotalar, vitaminlar (C, E, B guruhi), shuningdek, mikroelementlar (kaliy, temir, rux) mavjud. Bu moddalarning o‘zaro ta‘siri organizmda yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi va immunitetni mustahkamlovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Tezisda jiyda o‘simligining farmakologik ahamiyati, xalq tabobatidagi qo‘llanishi hamda zamonaviy tibbiyotda undan foydalanish istiqbollari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TA‘LIM JARAYONIDA EKOLOGIK STARTAP VA TASHABBUSLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
Alijonova Sarafroz Kamoldin qizi, Rakhimov Ikhtiyor Bakhtiyor oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada ta‘lim tizimida ekologik startaplar va tashabbuslarni shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlashning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Ekologik startaplar yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, ularni barqaror rivojlanish g‘oyalariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada zamonaviy o‘qitish metodlari, innovatsion platformalar va ta‘lim muassasalaridagi ekologik loyihalarning ijtimoiy samaradorligi tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BUXORO VILOYATINING GIDROEKOLOGIK MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMLARI
Khaitov Yozil Kasimovich, Bayozova Zukhro Safakul‘s daughter · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Maqolada Buxoro viloyatining gidroekologik xususiyatlari to‘g‘risida fikr-muohazalar berilgan. Vujudga kelgan gidriekologik muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida goyalar ilgari surilgan. Suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofazasi masalalari yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KIMYOVIY BOG‘LANISHGA OID MISOLLARNI ENG SODDA USULLARI
Alisher Nodirov Avazovich, Kholdorova Rukhsora Soyibjon kizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada kimyoviy bog‘lanishlarning (ion, kovalent va metal bog‘lanish) mohiyati va ularni eng sodda misollar yordamida tushuntirish usullari yoritilgan.Kimyo ta‘limida murakkab tushunchalarni osonlashtirish uchun grafik modellar, jadval va taqqoslash usullaridan foydalanish zarurligi ta‘kidlangan. Maqola umumiy o‘rta ta‘lim va oliy ta‘lim bosqichlarida kimyo fanini samarali o‘qitishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISHDA ADIR HUDUDLARINING TABIIY O‘SIMLIKLAR QOPLAMINI YARATISH (ALCEA NUDIFLORA MISOLIDA)
Khakimbekova Muslima, Rustamjonova Nodira · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Ushbu maqolada oq gulhayri (Alcea nudiflora (Lindl.) Boiss.) o‘simligining tarqalish hududlari va sanoatda ishlatilish usullari ilmiy tarzda tahlil qilingan. Gulhayri o‘simligining turli ekologik sharoitga moslasha olishi, nafaqat sanoatda va xalq tabobatida ham ishlatilish usullarini hamda degradatsiyaga uchragan adir hududlarning meliorativ holatini tiklashdagi ahamiyati yoritilgan. Gulhayri o‘simlikni o‘rganish jarayonida uning ekologik barqarorligi, sanoatda ham tabiiy resurs sifatida ishlatilishi yoritib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
“QORADARYO” O‘ZANIDA SUV OQIMLARINI BARQARORLASHTIRISHGA TA‘SIR ETUVCHI OMILLAR, MUAMMOLAR VA BARTARAF ETISH CHORA TADBIRLARI
I. Tushkanov · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
maqolada Respublikamizdagi barcha ochiq suvlar havzalarida qum va shag‘al qazib olish jarayonida yuzaga keladigan asosiy bu sohadagi ekologik, sel va suv toshqinlaridagi muammolarni hal etish ko‘rib chiqilgan. Qazish ishlarining tabiiy muhitga, suv oqimiga, havo sifatiga va biodiversitetga ta‘siri tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta‘sirlarni kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta‘minlash uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy chora-tadbirlar tavsiya qilingan. Maqola Qoradaryo misolida qum va shag‘al qazib olishning ekologik jihatlariga e‘tibor qaratgan holda, bu sohadagi ekologik, sel va suv toshqinlaridagi muammolarni hal etish yo‘llarini o‘rganishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PARRANDACHILIK CHIQINDILARIDAN BIOLOGIK FAOL KERATIN ASOSIDA PLYONKALAR OLISH ISTIQBOLLARI
Z.A.Otaxanova, D.M.Sattarova · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Pat — parranda sanoatining katta chiqindisi bo‘lib, uni yoqish yoki chiqindiga tashlash ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu ishda patlardan keratin ekstraktsiyasi usullari, keratin asosidagi biomateriallarning imkoniyatlari va ekologik foydalar tahlil qilinadi. Xitozan bilan kompozit keratin plyonkalarining mexanik, kimyoviy va biodegradatsiya xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu biomateriallarning mikroplastik ifloslanishni kamaytirish, chiqindilarni qayta ishlash va barqaror rivojlanish yo‘lidagi roli muhokama qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MINERALLASHGAN MASSA VA FOSFORIT KUKUNIDAN FAOLLASHTIRILGAN FOSFORLI O‘G‘ITLAR OLISH JARAYONLARI
Nazimov I‘zoz Sadikjanovich, Azimjonov Shohjahon Atkhamjon oglu, Nodirov Alisher Avazovich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
faollashtirilgan fosforli o‘g‘it namunalarini olishda ikki xil fosfat chiqindilari – MM va FK lardan foydalaniladi va qishloq xo‘jaligi talablariga mos keladigan har hil turdagi oddiy va aralash o‘g‘it namunalari olinindi. Turli fosforit namunalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kam miqdordagi nitrat kislota (xom ashyodan dikalsiy fosfatga hisoblagan holda) bilan qayta ishlab olinadigan faollashtirilgan fosforli o‘g‘it namunalari ham olindi. Bundan tashqari ushbu faollashtirilgan fosforli o‘g‘itlar asosida NP-, PK- va NPK-turidagi aralash o‘g‘itlar ham olinishi zarur hisovlandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NATRIY VA KALSIY STEARAT TUZILARI ASOSIDA SUYUQ SURKOV KOMPOZITINI OLISHNING USULLARI
Q.A.Rejabboev, G.A. Doliyev, A.Nodirov · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada natriy va kalsiy stearat tuzlari yordamida rangli simlarni cho‘zish uchun suyuq surkov kompozit olish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INNOVATSION XARITALAR YARATISH VA ULARNI TA‘LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISH ORQALI O‘QUVCHILARNING GEOGRAFIK BILIMLARINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Madaminov Asadbek, Qariyev Mirzohid · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada turli innovatsion kartalarni yaratish, ularning geografiya ta‘limidagi ahamiyati muhokama qilingan. Bundan tashqari, O‘zbekistonning siyosiy ma‘muriy kartasini, shuningdek, demografik, sanoat va qishloq xo‘jaligiga doir bilimlarni o‘quvchilar tomonidan oson o‘zlashtirib olishlariga yordam beruvchi 3 ta o‘yinni o‘zida jamlagan innovatsion karta haqida malumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSI QAZUVCHI ARILARINING (SPHECIDAE) AMMOPHILLA AVLODI VAKKILARINING MORFOLOGIK TAHLILI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Kadyrov Ilkhomjon Tojiakhmatovich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada ilmiy adabiyotlar ma‘lumotlari va tadqiqotlarimiz asosida Sphecidae oilasiga mansub turlarning morfologik, morfometrik hamda bioekologik hususiyatlari bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAHALLIY FLORA VA FAUNANI EKOLOGIK TA‘LIMDA QO‘LLASH USULLARI
Ikramov Temur Saidullo oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Ushbu maqolada mahalliy flora va faunaning ekologik ta‘lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tabiatni o‘rganish orqali o‘quvchilarda ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabat va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan mas‘uliyatni shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta‘limda mahalliy biologik resurslardan foydalanishning metodik yondashuvlari, dala mashg‘ulotlari, kuzatuv ishlari va loyiha faoliyatlari orqali o‘quv jarayoniga integratsiya qilish usullari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
EKOLOGIK TA‘LIMDA MUAMMOLI VAZIYATLAR METODINING QO‘LLANISHI
Avazova Maryamkhan · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
mazkur maqolada ekologik ta‘lim jarayonida muammoli vaziyatlar metodidan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muammoli vaziyat metodi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, ekologik muammolarga tanqidiy yondashish ko‘nikmasini shakllantiradi hamda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ijtimoiy mas‘uliyatni oshiradi. Tadqiqotda ekologik darslarda muammoli vaziyatlardan foydalanish samaradorligini oshirishga oid metodik tavsiyalar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CENTAUREA SQUARROSA O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA BIOLOGIK FAOLLIGI
Komilov Bakhrom Jamoldinovich, Abdupattayeva Zuhraxon Otabek kizi, Akramova Dildora Davronboy kizi, Abdukayumova Gavharoy Keldiboy qizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
O‘simliklar komponentlari va farmakologik ahamiyati. Centaurea turkumining o‘rni va o‘simliklarning biologik faol komponentlari bilan bog‘liq izlanishlar. Centaurea squarrosa turining tanlanish sababi: an‘anaviy tibbiyotda qo‘llanilishi, bioaktiv moddalarga boyligi ehtimoli. Ishning maqsadi va vazifalari. C squarrosa tarkibidagi asosiy kimyoviy komponentlarni aniqlash. Ularning faoliyat (masalan, antioksidant, ferment inhibitorligi) bo‘yicha xulosalar berish. Kimyoviy tarkib bilan ekologik va biomonitoring bandlari orasidagi ehtimoliy bog‘liqliklarni ko‘rib chiqish.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAKTAB O‘QUVCHILARINING EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA GEOGRAFIYA FANINING O‘RNI
Tursunov Golibjon · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada shaxar va qishloq maktablarida geografiya darslari orqali o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning samaradorligi tahlil qilinadi. Darslarda interfaol metodlar, loyihalar va vizual materiallardan foydalanishning ta‘siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, shaxar va qishloq maktablaridagi farqlar va amaliy tavsiyalar muhokama qilinadi. O‘quvchilarda shaxar va qishloq sharoitlaridan kelib chiqib geografiya darslarida atrof-muhitni qanday asrash va ekologik madaniyatni shakllantirishni amaliy uslubiy tomonlari ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MODUL TIZIMI ASOSIDA ISHLAB CHIQILGAN KIMYO DARSLARI SAMARADORLIGI
Mirzaaliyeva Gulirano Mirzaanvar qizi, Sattarova Dilfuza Maksudovna · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqola hozirda nafaqat kimyo fanlari balki barcha fanlarning oldida muommoli bo‘lib turgan masalalar yuzsidan qisqa tushunchalar va fikrlar berilgan. Kimyo fanida modulli tizimda o‘qitish yo‘llari yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
EKSTRAKSION FOSFAT KISLOTA OLISH VA UNDAN EKOLOGIK TOZA O‘G‘IT ISHLAB CHIQARISH
Abdullayev Nodirkhon Jo‘rakhonovich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
har xil FXAlardan yarimgidrat va digidrat usulda ekstraksion fosfat kislota olish va undan o‘g‘it ishlab chiqarish.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NAMANGAN SHAHRI TRANSPORT TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA EKOLOGIK MASALALAR
Abdullayev Azizbek Abdumutalkhon oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada Namangan shahrining transport tizimi holati, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shahar aholisi va avtomobil transportining keskin o‘sishi yo‘l infratuzilmasiga bosimni kuchaytirgan bo‘lib, tirbandliklar, jamoat transporti yetishmovchiligi, piyodalar va velosipedchilarga qulay sharoitlarning yo‘qligi kabi muammolar yuzaga kelgan. Statistik ma‘lumotlar, hukumat qarorlari va xalqaro tajribalarga asoslangan holda, transport tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan amaliy va strategik yechimlar ko‘rib chiqilgan. Xususan, ekologik toza transport vositalarini joriy etish, "A" tasmalarini kengaytirish, infratuzilmani raqamlashtirish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikdagi loyihalar muammolarning yechimi sifatida tavsiya etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MUAMMOLI O‘QITISH BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Kadirova Masturakhon Dzhamoldinovna, Kuchkarov Mirzavali Kuziboyevich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
mazkur maqolada muammoli o‘qitishning boshlang‘ich ta‘lim jarayonida tutgan o‘rni va uning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Muammoli vaziyat yaratish orqali talabalarni faol fikrlashga, izlanishga, mustaqil qaror qabul qilishga undash, ular kasbiy faoliyatida samaradorlikni oshirishi ta‘kidlangan. Shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda muammoli o‘qitish metodlari samarali vosita ekanligi isbotlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GIPS CHIQINDILARI ASOSIDA KALSIYLI BOG‘LOVCHI MATERIALLAR OLISH VA ULARNI XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Khojimatov Aliser Nazirjonovich, Doliyev Golibjon Alisherovich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
mazkur maqolada ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta‘m va hid bilish analizatorlarini rivojlantirish jarayonida integratsiyalashgan ta‘limning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda korreksion-pedagogik yondashuv, sensor rivojlanish nazariyasi hamda ko‘p sezgi asosida o‘qitish metodikasining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, fanlararo integratsiya, multisensorli trening va ta‘limiy o‘yinlarning ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning idrok, ta‘m va hid sezgi tizimlarini faollashtirishdagi roli ko‘rib chiqiladi.