Asosiy mazmunga o‘tish

INNOVATSION XARITALAR YARATISH VA ULARNI TA‘LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISH ORQALI O‘QUVCHILARNING GEOGRAFIK BILIMLARINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Madaminov Asadbek1, Qariyev Mirzohid22025

  1. 1NamDPI, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi iqtidorli talabasi.
  2. 2Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti.

Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 168–171

Annotatsiya

ushbu maqolada turli innovatsion kartalarni yaratish, ularning geografiya ta‘limidagi ahamiyati muhokama qilingan. Bundan tashqari, O‘zbekistonning siyosiy ma‘muriy kartasini, shuningdek, demografik, sanoat va qishloq xo‘jaligiga doir bilimlarni o‘quvchilar tomonidan oson o‘zlashtirib olishlariga yordam beruvchi 3 ta o‘yinni o‘zida jamlagan innovatsion karta haqida malumotlar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaВОЗМОЖНОСТИ УЛУЧШЕНИЯ ГЕОГРАФИЧЕСКИХ ЗНАНИЙ УЧАЩИХСЯ ПУТЕМ СОЗДАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ КАРТ И ВНЕДРЕНИЯ ИХ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ ПРОЦЕСС

В статье рассматривается создание различных инновационных карт и их значение в преподавании географии. Кроме того, представлена ​​информация об инновационной карте, объединяющей политико-административную карту Узбекистана, а также о трёх играх, которые помогают учащимся легко усвоить знания по демографии, промышленности и сельскому хозяйству.

inglizchaOPPORTUNITIES TO IMPROVE STUDENTS‘ GEOGRAPHICAL KNOWLEDGE THROUGH CREATING INNOVATIVE MAPS AND IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS

This article discusses the creation of various innovative maps and their importance in geography education. In addition, information is provided about an innovative map that combines the political-administrative map of Uzbekistan, as well as 3 games that help students easily master knowledge about demographics, industry, and agriculture.

Kalit so‘zlar

  • xarita
  • geografiya ta‘limi
  • geografik o‘yin metodlari
  • innovatsion xaritalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

INNOVATSION XARITALAR YARATISH VA ULARNI TA’LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISH ORQALI O’QUVCHILARNING GEOGRAFIK BILIMLARINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Madaminov Asadbek NamDPI, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi iqtidorli talabasi. E-mail: madaminovasadbek924@gmail.com Qoriyev Mirzoxid Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti. E-mail: koriyevmirzohid88@namspi.uz

Annotatsiya: ushbu maqolada turli innovatsion kartalarni yaratish, ularning geografiya ta’limidagi ahamiyati muhokama qilingan. Bundan tashqari, O’zbekistonning siyosiy ma’muriy kartasini, shuningdek, demografik, sanoat va qishloq xo’jaligiga doir bilimlarni o’quvchilar tomonidan oson o’zlashtirib olishlariga yordam beruvchi 3 ta o’yinni o’zida jamlagan innovatsion karta haqida malumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: xarita, geografiya ta’limi, geografik o’yin metodlari, innovatsion xaritalar.

Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni jadallik bilan tadbiq etilayotganligi geografiya fanini samarali o‘qitishda ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, turli innovatsion kartalarni yaratish va ulardan foydalanish geografik bilimlarni o‘zlashtirishni yanada samarali, qiziqarli va tushunarli qiladi [1]. Kartografiya fani tarixan geografiyaning ajralmas bo‘lagi bo‘lib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda u raqamli texnologiyalar, GIS (geografik axborot tizimlari), interaktiv xaritalar va vizualizatsiya dasturlari bilan boyitilib, yangicha mazmun kasb etmoqda [2]. Innovatsion kartalar yordamida nafaqat hududlarning tabiiy-geografik xususiyatlari, balki ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va demografik jarayonlarni ham ko‘rgazmali, ayniqsa, o’yinli tarzda ifodalash mumkin. Bu esa o‘quvchilarni geografiya faniga qiziqishlarini oshirib, ularning geografik bilimlarini ortishiga, hududiy tafovutlarni tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllanishiga katta turtki beradi [3]. Shu bois, turli innovatsion kartalarni yaratish va ularni geografiya ta’limi jarayoniga tadbiq etish, nafaqat zamonaviy o‘qitish metodikasining muhim yo‘nalishi, balki yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, global jarayonlarni anglash va hududiy masalalarni hal qilish bo’yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ham zarurdir. Asosiy qism. Mazkur maqola orqali zamonaviy texnologiyalarni qo’llagan holda, darsni qiziqarli va foydali bo’lishi uchun elektron, geografik intelektual o’yin imkoniyatlari bilan ta’minlangan O’zbekiston xaritasi tanishtiriladi. Bugungi kunda o‘quvchilarning diqqatini faqat kitob orqali jalb qilish qiyin. Shu bois, geografiya darsini texnologiya bilan uyg‘unlashtiruvchi, interaktiv test uslubi qo’llanilgan karta yaratildi. Kartada 3 ta intellektual geografik o’yin joylashtirilgan. Har bir oyinni boshlash uchun 3 ta tugma o’rnatildi (1-rasm).

1-rasm. O’zbekistonning siyosiy-ma’muriy kartasi. Ushbu kartada xaritaviy bilimlarga asoslangan 3 ta elektron o’yin tizimi joylashtirilgan.

Ushbu xaritaning ustida har bir viloyat uchun tugma joylashtirilgan. TFT LCD ekranda tasodifiy tarzda viloyat nomi chiqadi. 2-rasmdagi xaritada Surxondaryo viloyati chiqqan. O‘quvchi ushbu viloyat hududi ustidagi tugmani bossа, tizim to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini darhol bildiradi (3-4-rasm).

2-rasm. O’zbekistonning siyosiy-ma’muriy kartasi. Ushbu kartada Surxondaryo viloyati ko’rsatilgan.

3-rasm. To’g’ri hudud tugmasi bosilganda “to’g’ri” javobini ko’rsatadi

4-rasm. Noto’g’ri hudud tugmasi bosilganda “xato” javobini ko’rsatadi

Xaritada har 10 ta savoldan keyin natija – nechta to‘g‘ri va nechta noto‘g‘ri javob bo‘lganini ko‘rsatadi (5-rasm).

5-rasm. Xarita ekranida natijalar aks etgan

Test tugagach, tizim birgina tugma bosilsa qayta boshlanishi mumkin. Mana shunday innovatsion xaritalar yordamida o’quvchilarning geografiya faniga qiziqishini va geografik bilimlarini oshirish mumkin. Ushbu xaritada viloyathududlarini joylashgan o’rnini aniqlashga qaratilgan o’yindan tashqari yana ikkita ta intellektual o’yin mavjud. Jumladan, viloyatlarning demografik hamda iqtisodiy geografik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan o’yinlar ham o’rin olgan. Demografik o’yinga ko’ra, karta ekranida aholi soni ko’rsatiladi. O’quvchi esa mos viloyatni tanlab, tugmani bosishi lozim. Tizim avvalgidek “to’g’ri” yoki “xato” javobni ko’rsatadi. Kartaning iqtisodiy geografik xususiyatlariga bag’ishlangan o’yinda shunga doir savollar beriladi, masalan tamakichilik rivojlangan viloyat, gaz konlari ko’p viloyat, neftni qayta ishlash korxonasiga ega viloyat va b. Ushbu savolga to’g’ri javob bo’luvchi viloyat tugmasi bosiladi. Natijaga mos javobni ekranda ko’rish mumkin. Xulosa. Xulosa qilib aytganda mana shunday qiziqarli intellektual o’yinlarga asoslangan kartalar o’quvchilarni geografiya faniga, xaritashunoslikka qiziqishi ortadi. Bundan tashqari, o’quvchilar bilimini samarali aniqlash imkoniyati yaratiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Rustamjonovich Q.M., Ubaydullayeva M.M., Abdulxaqova Sh.K., Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ekologik savodxonligini oshirishda jonli tabiat burchaklarining o’rni //Research Focus. – 2023. – Т. 2. – №.1. – С. 487-490.
  2. Mirzohid Q., Muhlisa U. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ekologik ta’lim va tarbiyani kuchaytirishning zarurati xususida //Iqtidorli talabalar ilmiy axborotnomasi. – 2021. №.1. – B. 487-490.
  3. Ergasheva T. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qiziqarli o’yinlar yordamida ekologik ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari //Экономика и социум. – 2022. – №. 5-2 (92). – С. 84-87.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011226
Nashr sanasi
2025-10-24
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/203
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
168–171
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25