FARG‘ONA VODIYSI QAZUVCHI ARILARINING (SPHECIDAE) AMMOPHILLA AVLODI VAKKILARINING MORFOLOGIK TAHLILI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Kadyrov Ilkhomjon TojiakhmatovichNamangan davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 165–167
Annotatsiya
ushbu maqolada ilmiy adabiyotlar ma‘lumotlari va tadqiqotlarimiz asosida Sphecidae oilasiga mansub turlarning morfologik, morfometrik hamda bioekologik hususiyatlari bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaМОРФОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ И БИОЭКОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА РОДА AMMOPHILLA СФЕКИД ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ
В статье представлены сведения о морфологических, морфометрических и биоэкологических характеристиках видов семейства Sphecidae, основанные на данных научной литературы и собственных исследованиях.
inglizchaMORPHOLOGICAL ANALYSIS AND BIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE AMMOPHILLA GENUS OF DIGGER WASES (SPHECIDAE) OF THE FERGANA VALLEY
This article presents information on the morphological, morphometric, and bioecological characteristics of species belonging to the Sphecidae family, based on scientific literature and our own research.
Kalit so‘zlar
- Sphecidae
- morfologik
- morfometrik
- bioekologik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FARGʻONA VODIYSI QAZUVCHI ARILARINING (SPHECIDAE) AMMOPHILLA AVLODI VAKKILARINING MORFOLOGIK TAHLILI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Qodirov Ilxomjon Tojiaxmatovich Namangan davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada ilmiy adabiyotlar maʼlumotlari va tadqiqotlarimiz asosida Sphecidae oilasiga mansub turlarning morfologik, morfometrik hamda bioekologik hususiyatlari boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Sphecidae, morfologik, morfometrik, bioekologik,
V.L. Kazenasning maʼlumotlariga ko‘ra, qazuvchi arilar – butun dunyo bo‘ylab 10 mingga yaqin turga ega bo‘lgan yirik arilar guruhi hisoblanadi. Ular keng tarqalgan bo‘lib, faqat eng baland togʻchoʻqqilarida uchramaydi. Qazuvchi arilarning tana uzunligi 2 mm dan 50–55 mm gacha yetadi. Baʼzi turlari oʻljasini mandibulalari yoki chaqishi yordamida o‘ldiradi. Tuxum qo‘yilgach, uya to‘liq oziq-ovqat bilan to‘ldiriladi va yopadi. Uya materiali, odatda, uni o‘rab turgan substratdan olinadi, biroq ayrim turlar bu maqsadda begona materiallardan, masalan, daraxt smolasidan foydalanganligi ko‘rsatilgan [1].
1-Rasm Sphecidae oilasi vakilining marfologik ko‘rinishi
Ko‘zlarning ichki chetlari tekis, ya’ni chuqurchasiz bo‘ladi. bo‘ladi. Ko‘zlar odatdagi shaklga ega, ya’ni normal rivojlangan. Mo‘ylovlar, odatda, yuzning markaziy qismiga birikkan bo‘ladi. Erkaklarning mo‘ylovlari 13 bo‘g‘imli, urg‘ochilarinki esa 12 bo‘g‘imli. Chaynovchi jag‘lar (mandibulalar) tashqi pastki tomonidan chuqurchasiz, ya’ni tekis. Oldingi ko‘krak bo‘lagi baland bo‘yinga o‘xshash shaklga ega. Tirnoqchalar bir yoki bir nechta (1
dan 5 tagacha) tishchalarga ega bo‘lishi yoki umuman tishchasiz bo‘lishi mumkin. Oldingi oyoqlarning panja qismlarida tuklardan iborat mayda taroqcha bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Orqa qanotning ichki qismi juda yirik va anal tomir bilan birga anal sohaning katta qismini egallaydi. Qorin bo‘lagi tana bilan ingichka silindrsimon “bo‘yincha” orqali ulanadi. Orqa tana qismida, odatda, mayda juft o‘simtalar bo‘ladi. Qorinning birinchi ustki bo‘lagi yon tomonlarda chiziqlar qirralarsiz bo‘ladi [2]. Ammophila heydeni Urgʻochisi. Bosh, koʻkrak qafasi va moʻylovlari qora rangda boʻlib, boshning old pastki qismi kumushsimon tuklar bilan qoplangan. Boshning old qismi tekis va bir tekis qavariq shaklga ega, koʻzlari esa deyarli parallel joylashgan. Orqa oyoqlari va panjalari koʻpincha qizil-jigarrang tusda boʻladi, qorinning qolgan qismi ham qizil-jigarrang rangda namoyon boʻladi. Tana uzunligi 18–24 mm orasida. Erkagi. Boshi, koʻkragi, pastki jagʻi va moʻylovlari qora rangda boʻlib, oʻrta oyoq panjasi hamda qorin qismining poyachasi jigarrang tusda namoyon boʻladi. Qorinning birinchi segmenti ustki qismida qora chiziq mavjud. Qorinning uchi qora rangda boʻlib, shuningdek, to‘rtinchi segmenti ustki qismi hamda beshinchi—yettinchi segmentlari butunlay qora rangga ega. Tana uzunligi 16–22 mm orasida. Bioekologiyasi: Choʻl, chala choʻl, dasht va daryo boʻylarida yashaydi, biroq zich daraxtzor, butazor hamda chakalakzorlarda uchramaydi. Urgʻochilari yer yuzasida bitta katakchali uyalar qurib, ularga kapalak qurtlari (Geometridae va Noctuidae oilalariga mansub) bir nechtasini g’amlaydi. Voyaga yetgan shakllari turli oʻsimliklarning nektari bilan oziqlanadi. A. hungarica Urgʻochisi. Tirnoqlar tishli boʻlib, bosh, koʻkrak, oyoq va mo‘ylovlari qora rangda. Pastki jagʻi qora, qisman jigarrang, panjasi och jigarrangda bo‘lib, qorin qisman qizil (1-boʻlim, 2-3- segmentlar), 1-boʻlimning asosi odatda qora rangda. qanot va qanot tomirlari jigarrang.Tana uzunligi 17- 24 mm ga teng. Erkagi. Bosh, moʻylovlari, koʻkrak, oyoq va qorin asosan qora rangda boʻlib, yuz qismi zich, tanaga yopishgan kulrang tuklar bilan qoplangan. Boshda uzun, tik turgan qora tuklar mavjud. Qanotlari och jigarrang rangda boʻlib, qanot tomirlari jigarrang tusda. Boshdagi tuklar qora va jigarrang ranglar aralashmasidan iborat, koʻkrakdagi tuklar esa kulrang koʻrinishga ega. Tana uzunligi 15–23 mm orasida. Bioekologiyasi: Choʻl, dasht va togʻoldi biotoplarida hamda togʻoʻrmonlarida uchraydi. Urgʻochilari zich tuproqdan bitta katakchali uya quradi. Oʻljasi – kapalak qurtlari (Lepidoptera). A. gracillima Urgʻochisi. Boshi va koʻkrag qafasi asosan qora rangda bo‘lib, yuz zich yopishqoq tuklar bilan qoplangan. Ko‘zlarning ichki qirralari deyarli parallel joylashgan qanot tomirlar jigarrang, qanotlari tagi qizgʻish. Qorinning yuqorisi qora (6 va qisman 5 segmentlar). Moʻylovi qora, biroz jigarrangdir. Tana uzunligi 16-22 mm ga teng. Erkagi. Bosh va koʻkragi qora rangda, pastki jagʻi asosan, sargʻish-qizil, oyoqlari och qizil koʻrinishda. Moʻylovlari qora, qanotlari och qora, oldingi qanotlari va qanot tomirlar jigarrang yoki toq jigarrang, qorinning yuqorigi qismi qora, tanasining uzunligi 14-18 mm ga teng. Bioekologiyasi: To‘liq oʻrganilmagan, urgʻochilar, bir katakchali uya quradilar ularga kapalaklarning lichinkalarini (Lepidoptera) olib kiradilar. A. sabulosa
Urgʻochisi. Bosh, koʻkrak qafasi, moʻylovlari va oyoqlar qora rangda bo‘lib, ko‘zlarning ichki chetlari deyarli parallel qorinning 1-3 boʻlimlar qizil rangda, 1-boʻlimning asosi qoradir. O‘rta ko‘krak usti notekis, mayda, turlicha kattalikdagi chuqurchalar (teshikchalar) bilan qoplangan. Ko‘krak yelka bo‘g‘imlarida, o‘rta ko‘krakning yon tomonlarida hamda oraliq segmentning uch qismida zich kumushsimon-oq, tanaga yopishgan tuklar bilan qoplangan. Tana uzunligi 20-28 mm ga teng. Erkagi. Urgʻochi rangiga oʻxshaydi, ko‘zlar pastga tomon keskin yaqinlashadi qorin qismining yuqorisi koʻk rangli metallsimon yaltiroq, boldirlar va panjasi koʻproq och jigarrang koʻrinishga ega. Ko‘krakning yon tomonlari zich, tanaga yopishgan tuklar bilan qoplangan. Tana uzunligi 17-23 mm ga teng. Bioekologiyasi: Togʻva tekisliklarda, choʻl zonasida va Fargʻona vodiysida va vohalarlarda hamda togʻhududlarida uchraydi. Urgʻochilar bir katakchali uya qurib, oʻljasi kapalaklarning lichinkalari (Lepidoptera: Noctuidae, Geometridae, Limantriidae, Pieridae, Notodontidae va boshqalar) hisoblanadi. Uyasini ov qilishdan oldin quradi. Uyasidagi katakchaga hasharot lichinkalarini 1-2 tasini g‘amlaydi. Voyaga yetganlari turli oʻsimlik nektarlari bilan oziqlanadi[3].
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Казенас В.Л. Роющие осы (Тип Членистоногие, класс Насекомые). Серия «Животные Казахстана в фотографиях». Алматы, 2013. – 160 с.
- Казенас В.Л. Роющие осы (Hymenoptera, Sphecidae) Казахстана. (Подсемейство. Ampulicinae, Sphecinae). КазгосИНТИ. – Алма-Аты, 1998. № 1. – 377 с.
- Казенас В.Л. Роющие осы (Hymenoptera, Sphecidae). Общая характеристика семейства. Подсемейства Ampulicinae, Sphecinae. // – Алматы, 1998. – №9. – 285 с.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011225
- Nashr sanasi
- 2025-10-24
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/202
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 165–167
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25