Asosiy mazmunga o‘tish

MUAMMOLI O‘QITISH BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Kadirova Masturakhon Dzhamoldinovna, Kuchkarov Mirzavali KuziboyevichNamangan viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta‘lim metodikalari kafedrasi2025

Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 136–139

Annotatsiya

mazkur maqolada muammoli o‘qitishning boshlang‘ich ta‘lim jarayonida tutgan o‘rni va uning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Muammoli vaziyat yaratish orqali talabalarni faol fikrlashga, izlanishga, mustaqil qaror qabul qilishga undash, ular kasbiy faoliyatida samaradorlikni oshirishi ta‘kidlangan. Shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda muammoli o‘qitish metodlari samarali vosita ekanligi isbotlangan.

Boshqa tillarda

ruschaПРОБЛЕМНО-ОРИЕНТИРОВАННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ НАВЫКОВ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

В статье рассматривается роль проблемного обучения в начальном образовательном процессе и его значение в развитии навыков критического мышления у будущих учителей начальной школы. Подчеркивается, что создание проблемной ситуации стимулирует учащихся к активному мышлению, исследовательской деятельности и принятию самостоятельных решений, что повышает эффективность их профессиональной деятельности. Также доказано, что методы проблемного обучения являются эффективным инструментом развития критического мышления.

inglizchaPROBLEM-BASED EDUCATION IMPROVING CRITICAL THINKING SKILLS IN FUTURE PRIMARY TEACHERS IN PRIMARY EDUCATION

This article discusses the role of problem-based learning in the primary education process and its importance in developing critical thinking skills in future primary school teachers. It is emphasized that creating a problem situation encourages students to think actively, research, and make independent decisions, which increases their effectiveness in their professional activities. It is also proven that problem-based learning methods are an effective tool in developing critical thinking.

Kalit so‘zlar

  • muammoli o‘qitish
  • boshlang‘ich ta‘lim
  • bo‘lajak o‘qituvchi
  • tanqidiy fikrlash
  • pedagogik texnologiyalar
  • mustaqil fikrlash
  • muammoli vaziyat
  • kasbiy tayyorgarlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MUAMMOLI OʻQITISH BOSHLANGʻICH TA'LIMDA BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Kadirova Masturaxon Djamoldinovna Qo‘chkarov Mirzavali Kuziboyevich Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchilari

Annotatsiya: mazkur maqolada muammoli o‘qitishning boshlang‘ich ta’lim jarayonida tutgan o‘rni va uning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Muammoli vaziyat yaratish orqali talabalarni faol fikrlashga, izlanishga, mustaqil qaror qabul qilishga undash, ular kasbiy faoliyatida samaradorlikni oshirishi ta’kidlangan. Shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda muammoli o‘qitish metodlari samarali vosita ekanligi isbotlangan. Kalit so‘zlar: muammoli o‘qitish, boshlang‘ich ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, tanqidiy fikrlash, pedagogik texnologiyalar, mustaqil fikrlash, muammoli vaziyat, kasbiy tayyorgarlik.

Bugungi globallashuv davrida ta’lim tizimida yangicha yondashuvlar, zamonaviy metodlar va innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalalardan biridir. Xususan, boshlang‘ich ta’lim jarayonida muammoli o‘qitish metodlaridan foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tanqidiy fikrlash nafaqat bilimlarni egallash, balki ularni tahlil qilish, turli g‘oyalarni solishtirish, muqobil yechimlarni izlash va asosli xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Muammoli o‘qitishning asosiy mohiyati shundan iboratki, unda o‘quvchi yoki talaba tayyor bilimni emas, balki muammoli vaziyat orqali bilimlarni mustaqil izlab topadi, fikrlash jarayonida faol qatnashadi. Boshlang‘ich ta’limda muammoli vaziyat yaratish o‘quvchilarning mustaqil izlanishga, savollar qo‘yishga, ularni yechishga qiziqishini kuchaytiradi. Shu bois, pedagogika oliygohlarida tahsil olayotgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini muammoli o‘qitish metodlari asosida tayyorlash ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida samaradorlikni oshiradi. Tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirish uchun muammoli o‘qitishda bir nechta pedagogik sharoitlar zarur. Birinchidan, dars jarayonida talabalarga ochiq savollar berish, turli qarama-qarshi fikrlarni tahlil qilish imkoniyatini yaratish lozim. Ikkinchidan, o‘qituvchi o‘quv jarayonida faqat bilim beruvchi emas, balki muammoli vaziyatni yo‘naltiruvchi, yo‘lboshchi sifatida faoliyat yuritishi kerak. Uchinchi jihat, muammoli o‘qitish jarayonida o‘quvchilar yoki talabalar guruhlarda ishlash orqali hamkorlikda fikrlashni, turli nuqtai nazarlarni solishtirishni va asoslab berishni o‘rganadilar. Boshlang‘ich ta’limda muammoli o‘qitishni joriy etish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan ishlashda quyidagi tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratadilar: fakt va fikrlarni farqlash, dalillarni izlab topish va ularga asoslanish, muqobil g‘oyalarni ilgari surish va ularni tahlil qilish, sabab-oqibat bog‘liqliklarini ochib berish,

xulosalarni asoslash va himoya qilish. Shu tariqa, muammoli vaziyatlar orqali o‘quvchi nafaqat tayyor bilimni o‘zlashtiradi, balki uni chuqur anglaydi, shaxsiy qarashlarini shakllantiradi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish ularning kasbiy mahoratini oshiradi. Chunki boshlang‘ich sinf davri bolaning tafakkuri, dunyoqarashi, ijodkorligi shakllanadigan eng muhim bosqichdir. Bu davrda o‘qituvchi muammoli o‘qitish metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish odatini shakllantirsa, kelajakda ular ijtimoiy faol, mas’uliyatli, mustaqil qaror qabul qila oladigan shaxslar sifatida voyaga yetadilar. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, muammoli o‘qitish boshlang‘ich ta’limda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirishning samarali yo‘llaridan biridir. Bu metod ta’lim jarayonini faollashtiradi, talabalarda ilmiy izlanish, mustaqil qarash, dalillash, solishtirish, muqobil yechimlarni topish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Natijada, ta’lim sifati oshadi, o‘qituvchilik kasbiga bo‘lajak mutaxassislarning tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘ladi. Jadval: Muammoli o‘qitish orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish Yo‘nalish / Asosiy № Mazmuni Natija / Ahamiyati g‘oya Dars jarayonida ochiq savollar, Muammoli Talabalarda izlanish, tahlil qilish, 1 qarama-qarshi fikrlar va bahsli vaziyat yaratish dalillash ko‘nikmalari shakllanadi. topshiriqlar qo‘yiladi. “Nega?”, “Qanday?”, “Agar Mustaqil qarashlar, muqobil Tanqidiy savollar shunday bo‘lsa-chi?” kabi savollar 2 yechimlar izlash qobiliyati berish orqali o‘quvchi fikrlashga jalb kuchayadi. qilinadi.

Talabalar kichik guruhlarda Hamkorlikda fikrlash, muloqot Guruhli ish va 3 muammoli topshiriqlarni madaniyati va ijtimoiy faollik hamkorlik bajaradilar. rivojlanadi.

O‘quvchilar fikr bildirayotganda Fikrning puxtaligi, tanqidiy Dalillarni tahlil 4 ularni dalillar bilan asoslash talab yondashuv va mantiqiy xulosalar qilish etiladi. shakllanadi. O‘qituvchi dars yakunida O‘z fikrini tahlil qilish, kuchli va zaif Refleksiya va 5 talabalarni o‘z fikrini tahlil qilish tomonlarini aniqlash ko‘nikmasi baholash va baholashga yo‘naltiradi. paydo bo‘ladi. Kasbiy Kelajakdagi pedagogik faoliyatda Bo‘lajak o‘qituvchi bu usullarni 6 tayyorgarlikka tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi amaliyotda qo‘llashni o‘rganadi. ta’siri o‘qituvchi sifatida shakllanadi.

Muammoli o‘qitishda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlari

№ Metod nomi Qisqacha tavsif Natija / Ahamiyati “Muammoli O‘quvchilarga yechimi aniq bo‘lmagan Mustaqil fikrlash, izlanish va vaziyat” metodi masala yoki savol qo‘yiladi. ijodkorlik rivojlanadi. Talabalar berilgan muammoni turli Yangi fikrlarni ilgari surish, 2 “Aqliy hujum” g‘oyalar bilan hal qilishga harakat muqobil yechimlarni topish qiladilar. ko‘nikmasi. Qarama-qarshi fikrlarni himoya qilish “Debat” (bahs- Tanqidiy tahlil, dalillash, fikrni 3 va asoslash orqali masala muhokama munozara) himoya qilish odati shakllanadi. qilinadi. Matn ustida ishlashda belgilar qo‘yish: Axborotni tahlil qilish, “Insert” 4 bilaman (+), bilmadim (–), yangi muhimini ajratish, savol qo‘yish texnologiyasi ma’lumot (!), savol (?). malakasi. Muammo markaziy tushuncha sifatida G‘oyalarni tizimlashtirish, 5 “Klaster” metodi olinadi, unga bog‘liq g‘oyalar sabab-oqibat bog‘liqliklarini tarmoqlanib yoziladi. topish. Ikki yoki undan ortiq tushunchani Taqqoslash, umumlashtirish va “Venn 6 qiyoslash va umumiy jihatlarni ajratib farqlash ko‘nikmalari diagrammasi” ko‘rsatish. shakllanadi. Hayotiy vaziyat asosida muammoli Amaliy fikrlash, qaror qabul 7 “Keys-stadi” holat beriladi va talabalar uni yechishga qilish va mas’uliyat his qilish. harakat qiladilar. Berilgan tushunchani 5 qatordan iborat Mantiqiy fikrlash, tushunchani 8 “Sinkveyn” she’riy shaklda izohlash. qisqa va aniq ifodalash odati.

Muammoli o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar o‘z navbatida tanqidiy fikrlashni shakllantirishning asosiy vositasi hisoblanadi. “Muammoli vaziyat” metodida o‘quvchilar oldiga yechimi aniq bo‘lmagan masala qo‘yiladi va ular izlanishga majbur bo‘ladilar. Bu esa mustaqil fikrlash, mantiqiy izchillikni ta’minlaydi. “Aqliy hujum” metodida esa muammoni hal qilish uchun turli g‘oyalar ilgari suriladi, natijada ijodiy yondashuv va muqobil fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Shuningdek, “Debat” yoki bahs-munozara metodi qarama-qarshi nuqtai nazarlarni tahlil qilish, dalillash va fikrni himoya qilish malakasini oshiradi. “Insert” texnologiyasi matn ustida ishlashda talabalarni faollikka chorlaydi: ular matndan bilganini, bilmaganini, yangi ma’lumotlarni hamda savollarini belgilar orqali ajratadilar. Bu usul analitik fikrlashni rivojlantiradi. “Klaster” metodi markaziy tushunchaga asoslangan holda g‘oyalarni tizimlashtirish va ular orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni topishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda, “Venn diagrammasi” yordamida tushunchalarni qiyoslash va umumiy hamda farqli jihatlarni ajratish ko‘nikmalari shakllanadi. Amaliy metodlar qatorida “Keys-stadi” alohida ahamiyatga ega. U hayotiy vaziyat asosida muammoli holatni tahlil qilishni talab etadi. Bu metod orqali bo‘lajak o‘qituvchilar qaror qabul qilish, mas’uliyatni his qilish va real hayotga yaqin fikrlashni o‘rganadilar. Shuningdek, “Sinkveyn” usuli tushunchani qisqa va aniq ifodalashni o‘rgatib, talabalarni ijodiy fikrlashga yo‘naltiradi.

Umuman olganda, muammoli o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini mustahkamlaydi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish ularni kelajakdagi faoliyatida samarali pedagogik faoliyat yuritishga tayyorlaydi. Bu metodlar yordamida shakllangan o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchini fikrlashga, mustaqil qarash va to‘g‘ri xulosa chiqarishga yo‘naltiruvchi shaxs sifatida maydonga chiqadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Ziyomuhamedov B., To‘rayev A. Pedagogika. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2020.
  2. Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
  3. Mahmudov A., Jo‘rayev R. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: Ilm ziyo, 2021.
  4. Jalolov J.J. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2018.
  5. Dewey J. How We Think. – Boston: D.C. Heath & Co., 1910.
  6. Paul R., Elder L. Critical Thinking: Tools for Taking Charge of Your Learning and Your Life. – Pearson, 2014.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid nutqlari va qarorlari (2017–2024 yillar).
  8. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Milliy o‘quv dasturi” hujjatlari.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011217
Nashr sanasi
2025-10-24
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/194
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
136–139
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25