Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘QUVCHI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA MENTORLIK (MURABBIYLIK) TEXNOLOGIYASI
Rakhimova Maftuna Ikhtiyor kizi, Ochilova Khursanoy Makhmud kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish jarayonidamentorlik (murabbiylik) texnologiyasining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Mentorlikning pedagogikjarayondagi roli, uning shaxsga ta‘sir ko‘rsatish mexanizmlari, o‘quvchi mustaqilligini shakllantirishdagiimkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta‘limda murabbiylik faoliyatini tashkil etishningsamarali usullari, psixologik va metodik yondashuvlar asosida o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga xizmatqiluvchi omillar ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI EGALLASH BOSQICHLARI VA ULARNING KASBIY RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI
Gulyamova Nafisa Burikulovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning raqamli texnologiyalarni egallashjarayoni bosqichma-bosqich tahlil qilinadi. Raqamli kompetensiya tarbiyachi kasbiy tayyorgarliginingajralmas qismi sifatida ko‘rib chiqilib, uning o‘qitish samaradorligini oshirish, interaktiv muhit yaratish vabolalar bilan individual ishlash imkoniyatlarini kuchaytirishi asoslanadi. Raqamli texnologiyalarni egallashbosqichlari motivatsion, amaliy va refleksiv rivojlanish darajalariga ko‘ra yondashilgan holda yoritiladi.Maqola maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida kelajak tarbiyachilarni raqamli pedagogik muhitga ilmiy asosdatayyorlash zarurligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GKSB-1, GMSB-1 VA GDSB-1 MARKALI BITUMLARNING REOLOGIK O‘RGANISHLAR NATIJALARI
Beknazarov Hassan Soyibnazarovich, Turyev Fayzulla Tojiyevich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, GKS-1, GMS-1 va GDS-1modifikatorlari bilan modifikatsiyalangan bitum yuqori qattiqlik, elastiklik va cho‘kishga chidamliliknita‘minlaydi. Modifikatsiyaning samaradorligi modifikator turiga, uning miqdoriga va sinov sharoitlarigabog‘liq. Ayniqsa, yuqori harorat va past harakat tezligi sharoitida EVA modifikatori eng yaxshi natijalarniberadi. Ushbu natijalar yo‘llar uchun mos bitum turlarini tanlashda muhim ahamiyatga ega va asfaltqoplamalarining uzoq muddatli ishlashini yaxshilash imkonini beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BITUMNING XOSSALARI. MODIFIKATSIYALANGAN BITUM OLISH ASOSLARI
Beknazarov Hassan Soyibnazarovich, Turyev Fayzulla Tojiyevich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda bitumlarning turli turlari va ularning kimyoviy tarkibi keng qamrovdao‘rganilgan. Modifikatsiyalangan bitumlarni olishda qo‘llaniladigan usullar va ishlatiladiganmodifikatorlarning xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning bitumga ta‘siri ilmiy tadqiqotlarorqali chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotlarda, ayniqsa, modifikatorlarning bitumning termal, fizik-mexanikva kimyoviy barqarorligiga ta‘siri haqida batafsil ma‘lumotlar keltirilgan. Bitumlarni turli yo‘l qurilishturlariga moslashtirishda modifikatorlarning roli katta, chunki bu usullar yordamida bitumningmustahkamligi, issiqlik va sovuqqa chidamliligi, hamda ekologik xususiyatlari yaxshilanishi o‘rganilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SPEECH CULTURE AND MODERN YOUTH VOCABULARY
Alpisbayeva Mõldir Rashid qizi, Jumabayeva Gulshoda Umidjon qizi, Ochilova Xursanoy Maxmud qizi · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025
Ushbu maqolada nutq madaniyati va zamonaviy yoshlarning so‘z boyligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Unda bugungi yoshlarning muloqot uslubi, ularning til birliklaridan foydalanishdagi yangiliklari va ijtimoiy tarmoqlarning so‘z boyligiga ta‘siri o‘rganiladi. Yoshlar nutqida yangi so‘zlar, qisqartmalar va inglizcha o‘zlashtirishlarning paydo bo‘lishi, shuningdek, ularning nutq madaniyatiga ta‘siri muhokama qilinadi. Nutq madaniyati me‘yorlariga rioya qilishning ahamiyati va ularni yoshlar orasida targ‘ib qilish yo‘llari ham ta‘kidlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy texnologiyalar va globallashuv ta‘siri ostida yoshlar so‘z boyligi tez o‘zgarib bormoqda, bu esa nutq madaniyatini yuqori darajada shakllantirish va saqlab qolish uchun yangi yondashuvlarni talab qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA JOZIBALI VA SIFATLI DARS O‘TISHNING YANGI TUTUM VA USULLARI
B.Kh. Daniyarov · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar davrida yangi fanlarni o‘qitishning yangiprinsip va usullari haqida so‘z yuritiladi. Jumladan, akademik yozuv fanini sifatli va samarali o‘qitish, ilmiyva ilmiy-publitsistik matnlarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri bayon qilish masalalari zamonaviykompleks metodika asosida tahlil qilinib, yechimi bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MADANIYATLARARO MULOQOTDA STEREOPTIPLAR VA NOTO‘G‘RI TUSHUNISH SABABLARI
Ochilova Khursanoy Makhmud kizi, Narpulatova Rushana Serik kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Bu maqola hozirda mamlakatlararo bo‘layotgan stereotiplar va not‘g‘ri tushunishsabablarini ochib berishga qaratilgan. Budungi kunda insonlarning muloqot darajasi kiunda-kungarivojlanib borishi tufayli insonlar o‘rtasida turi xil tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda, jumladan insonlarturli xil vakillarga masub bo‘lib, ular o‘zaro madaniyatda ya‘ni bir-birlarining muloqotlarinimg ayrimjihatlarini noto‘g‘ri talqin etish orqali ularninf shaxslararo munosabatiga ta‘sier qilmoqda. Muloqotsamaradorligi tobora ko‘proq shaxslarning madaniy ongi, qadriyatlari va dunyoqarashiga bog‘liq bo‘libbormoqda. Maqolada stereotiplarni shakllantiruvchi omillar, ularning shaxslararo munosabatlarga ta‘siri vanoto‘g‘ri talqinlarga olib keladigan lingvistik va madaniy farqlar o‘rganiladi. Muammolarni hal qilishdamadaniyatlararo kompetentsiya, empatiya va ochiq fikrlashni rivojlantirishning muhimligi ta‘kidlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ВЛИЯНИЯ ДРАМАТИЧЕСКИХ КРУЖКОВ НА ОВЛАДЕНИЕ АНГЛИЙСКИМ ЯЗЫКОМ СТУДЕНТАМИ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ
Ibragimova Dilafruz Shukhratovna · Республиканская научно-практическая конференция на тему «Новые парадигмы в науке, технологиях и образовании» · 2025
Ushbu maqolada drama to‘garaklarining oliy ta‘lim muassasalari talabalari tomonidan ingliz tilini o‘zlashtirishga ta‘siri o‘rganiladi. Tadqiqotning dolzarbligi talabalarning kommunikativ kompetensiyasi, tanqidiy fikrlashi va ijodkorligini rivojlantirishga yordam beradigan innovatsion usullarni topishga qaratilgan ta‘limdagi zamonaviy tendentsiyalar bilan belgilanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
REKLAMA MATNLARIDA TIL VOSITALARINING TA‘SIRCHANLIK DARAJASI
Kariyeva Sevinch Rustamovna, Alimbayeva Fazilat Rustam kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada reklama matnlarida qo‘llaniladigan til vositalarining ta‘sirchanlikdarajasi, ularning iste‘molchiga psixologik, emotsional va kommunikativ ta‘siri ilmiy tahlil qilinadi.Muallif reklama matnlarining samaradorligini oshirishda metafora, anafora, alliteratsiya, antiteza, vaboshqa lingvopoetik vositalarning o‘rni hamda ularning auditoriyaga ta‘sir mexanizmini ko‘rib chiqadi.Maqolada xalqaro va mahalliy reklama namunalari tahlil qilinib, ularning til xususiyatlari qiyosiy tarzdayoritiladi. Natijada reklama matnlarining lingvistik samaradorligini oshirish uchun amaliy takliflar beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNING O‘RNI
Ochilova Khursanoy Makhmud kizi, Nishonboyeva Sevinch Olimjon kizi, Kosimova Mashkhuraxon Zafarjon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada emotsional intellekt tushunchasi va uni rivojlantirishda interfaolmetodlarning o‘rni keng yoritilgan. Interfaol metodlar o‘quv jarayoni davomida o‘quvchi va talabalarningbilimga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning mustaqil fikrlash, boshqalar bilan muloqotga kirishish vaijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu ilmiy ishda zamonaviy ta‘lim texnologiyalariningahamiyati, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik, va shuningdek ta‘limning interfaol shakllariniqo‘llash orqali o‘quvchi va talabalarda intelektual salohiyatini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek,maqolada interfaol metodlardan samarali foydalanish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar ham ko‘rsatibo‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ISHALGIYA HOLATLARIDA ZAMONAVIY MIORELAKSANT VOSITALARNING SAMARADORLIGI
Khudaiberdiyeva Mohinur Janonbek kizi, Jalilova Dildora Murat kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada markaziy ta‘sir etuvchi miorelaksant Midakalm (tolperizon)preparatining ishalgiya holatlarida qo‘llanish samaradorligi tahlil qilinadi. Ishiass -bu o‘tiruvchi nervning(nervus ischiadicus) siqilishi yoki yallig‘lanishi natijasida paydo bo‘ladigan og‘riqli sindrom bo‘lib, uasosan bel, dumba va oyoq bo‘ylab og‘riq bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu patologiya asab tizimi kasalliklariorasida eng ko‘p uchraydigan holatlardan biridir etiologiyasida asosan umurtqa pog‘onasi diskdegeneratsiyasi, asab ildizchalarining siqilishi, mushak spazmlari va lokal qon aylanish buzilishlariyetakchi o‘rinni egallaydi. Tolperizon bu jarayonlarda mushak spazmini kamaytirish, og‘riqni pasaytirishva mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash orqali kompleks terapevtik ta‘sir ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
REKLAMA VA MARKETINGDA MADANIYATLARARO FARQLAR
Murodova Raykhona Jorabek kizi, Ochilova Khursanoy Makhmud kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada reklama va marketing sohasida turli madaniyatlar o‘rtasidagi farqlartahlil qilinadi. Globalizatsiya jarayonida xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatga erishish uchun madaniyomillarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda Hofstede madaniy o‘lchovlari nazariyasiasosida turli mamlakatlardagi iste‘molchilarning qadriyatlari, reklama uslublari va marketingstrategiyalaridagi farqlar yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA REFLEKSIYANING ROLI VA UNING O‘QUV JARAYONIGA TA‘SIRI
Shukirullaeva Sarbinaz Alliyar kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta‘limda refleksiyaning shaxsiy rivojlanishdagi rolitahlil qilinadi. Refleksiya jarayoni o‘quvchilarning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, xatolaridan saboq olish,o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BOLALIKDAN O‘SMIRLIKKA O‘TISHDAGI PSIXOLOGIK O‘ZGARISHLAR VA RUHIY SALOMATLIK MUAMMOLARINI OLDINI OLISH STRATEGIYALARI
Akhmedov Bakhtiyor Shodiyorovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Bolalikdan o‘smirlikka o‘tish davri inson rivojlanishining eng murakkabbosqichlaridan biri bo‘lib, unda jismoniy, emotsional, kognitiv va ijtimoiy o‘zgarishlar kuchayadi. Ushbumaqolada ushbu o‘zgarishlarning psixologik jihatlari, ruhiy salomatlik muammolarining paydo bo‘lishmexanizmlari va ularning uzoq muddatli oqibatlari tahlil etiladi. Jahon va milliy (O‘zbekiston) olimlariningtadqiqotlari asosida oldini olish strategiyalari, shu jumladan oilaviy, maktab va jamiyat darajasidagiinterventsiyalar muhokama qilinadi. Maqola empirik ma‘lumotlar va nazariy modellarga tayanib, ruhiysalomatlikni saqlashning samarali usullarini taklif etadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
1917–1945-YILLARDA O‘ZBEKISTONDA MAKTAB VA PEDAGOGIKA FANI
Orayeva Barchinoy Behzod kizi, Khairullayeva Farangizbonu Bekzod qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada 1917–1945-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda maktab ta‘limi tizimiva pedagogika fanining shakllanishi hamda rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shu davrda Sovethokimiyatining ta‘lim siyosati, yangi o‘quv dasturlari va milliy kadrlar tayyorlashdagi islohotlarning o‘rniyoritiladi. Pedagogika fani shakllanishida Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, MunavvarqoriAbdurashidxonov kabi ma‘rifatparvarlarning o‘rni va ularning ilmiy-pedagogik merosi tahlil etiladi.Shuningdek, ta‘lim tizimida yuzaga kelgan muammolar va ularning yechimlari tarixiy dalillar asosidaasoslab beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YOSHLARNING XALQARO MAYDONDAGI ISHTIROKINI OSHRISH
Jurayeva Barchinoy Behzod kizi, Xayrullayeva Farangizbonu Bekzod qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada yoshlarning xalqaro maydondagi ishtirokini kengaytirishning dolzarbligi,mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Global integratsiya jarayonlarisharoitida yoshlarning raqobatbardoshligini oshirish, xorijiy tajribani o‘zlashtirish va xalqaro hamkorliknirivojlantirishning ahamiyati yoritilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEK TARJIMA MAKTABI RIVOJLANISHINING TARIXIY BOSQICHLARI
Mamadaliyeva Risolat Imamali kizi, Mamasiddikova Dilnoza Nuirddinjon kizi, Ochilova Khursanoy Mahmud kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda o‘zbek tarjima maktab rivojlanishining tarixiy bosqichlari haqidama‘lumot beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE EFFECTIVENESS OF STUDENT-CENTERED LEARNING IN HIGHER EDUCATION
Xusniddinova Munisaxon, Firuza Turopova · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025
Ushbu maqola oliy ta‘limda talabaga yo‘naltirilgan o‘qitishning (SCL) samaradorligini o‘rganadi, uning nazariy asoslari, afzalliklari va qiyinchiliklariga e‘tibor qaratadi. Konstruktiv va tajribaviy o‘rganish nazariyalariga asoslangan SCL avtonomiya, hamkorlik va faol ishtirokni rag‘batlantiradi, tanqidiy fikrlashni, muammolarni hal qilishni va bilimlarni saqlashni kuchaytiradi. Shuningdek, u muloqot, jamoaviy ish va moslashuvchanlik kabi o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Qiyinchiliklar o‘qituvchilar va talabalarning qarshiligi, cheklangan resurslar, baholash qiyinchiliklari va madaniy farqlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda o‘qituvchilarning rahbarligini talabalar avtonomiyasi bilan birlashtirgan aralash yondashuvlar natijalarni optimallashtirishi va SCLni zamonaviy oliy ta‘lim uchun samarali va istiqbolli strategiya sifatida joylashtirishi ta‘kidlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Лингвистика, перевод и межкультурная коммуникация
Soburboeva Zebo Ergashboy qizi, Murodboyeva Kumushoy Nodirbek qizi, Ochilova Xursanoy Maxmud qizi · Республиканская научно-практическая конференция на тему «Новые парадигмы в науке, технологиях и образовании» · 2025
Ushbu maqola zamonaviy globallashgan dunyoda tilshunoslik, tarjima va madaniyatlararo muloqot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadi. Tilshunoslik til tuzilmalari va ma‘nolarini tushunish uchun nazariy asos yaratadi, tarjima esa bu ma‘nolarni til chegaralari orqali o‘tkazadigan ko‘prik vazifasini bajaradi. Madaniyatlararo muloqot bu jarayonda madaniy xabardorlik va sezgirlikning muhimligini ta‘kidlaydi. Birgalikda, bu sohalar turli til va madaniy kelib chiqishi bo‘lgan odamlar o‘rtasida samarali muloqotga hissa qo‘shadi. Tadqiqot tarjimonlar va tilshunoslarning nafaqat til aniqligini, balki madaniy moslikni ham ta‘minlaydigan vositachilar sifatidagi rolini ta‘kidlaydi. Ko‘p madaniyatli kontekstda til, madaniyat va muloqot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunish o‘zaro tushunish va hamkorlikni rivojlantirish uchun juda muhimdir.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В УСЛОВИЯХ МОДЕРНИЗАЦИИ ОБРАЗОВАНИЯ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Kilic Ozoda Olimovna, Miryakupova Vera Sergeevna, Yung Leili Rustamovna · Республиканская научно-практическая конференция на тему «Новые парадигмы в науке, технологиях и образовании» · 2025
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimini modernizatsiya qilish sharoitida pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan boshlangan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, ta‘lim jarayonini raqamlashtirish, interaktiv o‘qitish usullarini joriy etish va o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish tahlil qilinadi. 2030-yilgacha Xalq ta‘limi tizimini rivojlantirish davlat konsepsiyasi va uning raqobatbardosh yosh avlodni tarbiyalashdagi roliga alohida e‘tibor qaratilgan. Unda pedagogik texnologiyalar "Inson kapitali - barqaror rivojlanish poydevori" strategiyasini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligi ta‘kidlangan. Innovatsiyalarni joriy etishning afzalliklari va qiyinchiliklari aniqlangan hamda ta‘lim muhitini yanada takomillashtirish istiqbollari bayon etilgan.