EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNING O‘RNI
Ochilova Khursanoy Makhmud kizi1, Nishonboyeva Sevinch Olimjon kizi2, Kosimova Mashkhuraxon Zafarjon kizi32025
- 1Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti, Umumiy pedagogika kafedrasi (PhD) dotsent
- 2Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Turizm fakulteti
- 3Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Turizm fakulteti 2-kurs talabalari
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 326–329
Annotatsiya
Ushbu maqolada emotsional intellekt tushunchasi va uni rivojlantirishda interfaolmetodlarning o‘rni keng yoritilgan. Interfaol metodlar o‘quv jarayoni davomida o‘quvchi va talabalarningbilimga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning mustaqil fikrlash, boshqalar bilan muloqotga kirishish vaijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu ilmiy ishda zamonaviy ta‘lim texnologiyalariningahamiyati, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik, va shuningdek ta‘limning interfaol shakllariniqo‘llash orqali o‘quvchi va talabalarda intelektual salohiyatini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek,maqolada interfaol metodlardan samarali foydalanish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar ham ko‘rsatibo‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРОЛЬ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В РАЗВИТИИ ЭМОЦИОНАЛЬНОГО ИНТЕЛЛЕКТА
В данной статье подробно рассматривается концепция эмоционального интеллекта и роль интерактивных методов в его развитии. Интерактивные методы повышают интерес учащихся к знаниям в процессе обучения, развивают их самостоятельное мышление, навыки общения с другими и творческий подход. В научной работе анализируется важность современных образовательных технологий, сотрудничества между учителями и учениками, а также способы повышения интеллектуального потенциала учащихся посредством использования интерактивных форм обучения. В статье также указываются необходимые педагогические условия для эффективного применения интерактивных методов.
inglizchaTHE ROLE OF INTERACTIVE METHODS IN THE DEVELOPMENT OF EMOTIONAL INTELLIGENCE
This article extensively discusses the concept of emotional intelligence and the role of interactive methods in its development. Interactive methods increase the interest of pupils and students in knowledge during the educational process, develop their independent thinking, communication with others and creative approach skills. This scientific work analyzes the importance of modern educational technologies, cooperation between teachers and students, as well as ways to increase the intellectual potential of pupils and students through the use of interactive forms of education. The article also indicates the necessary pedagogical conditions for the effective use of interactive methods.
Kalit so‘zlar
- Interfaol intellect
- interfaol metod
- ta‘lim texnologiyalari
- ijodkorlik
- kommunikatsiya
- hamkorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNING O`RNI
Ilmiy rahbar: Ochilova Xursanoy Maxmud qizi Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti, Umumiy pedagogika kafedrasi (PhD) dotsent Nishonboyeva Sevinch Olimjon qizi E-mail: nsvabnn@gmail.com Kosimova Mashxuraxon Zafarjon qizi E-mail: kosimovamashhura257@gmail.com Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Turizm fakulteti 2-kurs talabalari
Annotatsiya: Ushbu maqolada emotsional intellekt tushunchasi va uni rivojlantirishda interfaol metodlarning o`rni keng yoritilgan. Interfaol metodlar o`quv jarayoni davomida o`quvchi va talabalarning bilimga bo`lgan qiziqishini oshiradi, ularning mustaqil fikrlash, boshqalar bilan muloqotga kirishish va ijodiy yondashuv ko`nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu ilmiy ishda zamonaviy ta`lim texnologiyalarining ahamiyati, o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi hamkorlik, va shuningdek ta`limning interfaol shakllarini qo`llash orqali o`quvchi va talabalarda intelektual salohiyatini oshirish yo`llari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada interfaol metodlardan samarali foydalanish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar ham ko`rsatib o`tilgan. Kalit so`zlar: Interfaol intellect, interfaol metod, ta`lim texnologiyalari, ijodkorlik, kommunikatsiya, hamkorlik.
THE ROLE OF INTERACTIVE METHODS IN DEVELOPING INTERACTIVE INTELLIGENCE
Scientific Supervisor: Ochilova Xursanoy Maxmud qizi Associate Professor, Chirchik State Pedagogical University, PhD, Associate Professor, Department of General Pedagogy Nishonboyeva Sevinch Olimjon qizi E-mail: nsvabnn@gmail.com Kosimova Mashxuraxon Zafarjon qizi E-mail: kosimovamashhura257@gmail.com 2nd Year Students, Faculty of Tourism, Chirchik State Pedagogical University
Annotation: This article provides a comprehensive overview of the concept of emotional intelligence and the role of interactive methods in its development. Interactive methods increase students’ interest in learning during the educational process and contribute to the development of independent thinking, communication, and creative skills. This scientific work examines the importance of modern educational technologies, cooperation between teachers and students, as well as ways to enhance learners’ intellectual potential through the application of interactive forms of education. In addition, the article highlights the necessary pedagogical conditions for the effective use of interactive methods in the learning process. Keywords: interactive intelligence, interactive methods, educational technologies, creativity, communication, collaboration.
РОЛЬ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В РАЗВИТИИ ИНТЕРАКТИВНОГО ИНТЕЛЛЕКТА
Научный руководитель: Очилова Хурсаной Махмуд кизи Доцент Чирчикского Государственного Педагогического Университета, Доцент (PhD), кафедра общей педагогики Нишонбоева Севинч Олимжон кизи E-mail: nsvabnn@gmail.com Косимова Машхурахон Зафаржон кизи E-mail: kosimovamashhura257@gmail.com Студенты 2 курса Факультета Туризма Чирчикского Государственного Педагогического Университета
Аннотация: В данной статье подробно раскрыто понятие эмоционального интеллекта и роль интерактивных методов в его развитии. Интерактивные методы повышают интерес учащихся и студентов к обучению, способствуют развитию самостоятельного мышления, коммуникации и творческих навыков. В научной работе рассматривается значение современных образовательных технологий, сотрудничество между преподавателем и учащимися, а также пути повышения интеллектуального потенциала обучающихся посредством использования интерактивных форм обучения. Кроме того, в статье указаны необходимые педагогические условия для эффективного применения интерактивных методов в учебном процессе. Ключевые слова: интерактивный интеллект, интерактивные методы, образовательные технологии, творчество, коммуникация, сотрудничество.
Kirish: Zamonaviy ta`lim tizimi o`quvchi va talabalarda nafaqat bilim, balki keng fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish hamda hissiy va ijtimoiy jihatdan yetuk shaxs sifatida shakllanishni talab qiladi. Bu jarayonda emotsional intellektni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Emotsional intellekt nima? Emotsional intellekt – bu shaxsning hissiy holatlarini to`g`ri baholay olish, his tuyg`ularini nazorat qilish, boshqa hissiyotlarni tushunib ularga hamdardlik bildirish va ijtimoiy munosabatlarda muvafaqqiyatli bo`lish ko`nikmalarini o`z ichiga oladi. Ta'lim jarayonida emotsional intellektni tushunish, o‘qituvchilarga o‘quvchilarning ichki dunyosini yaxshiroq anglashda va ularni yanada samarali o‘qitishda yordam beradi. Zamonaviy pedagogik jarayonning eng muhim jihatlaridan biri, o‘qituvchilarning
o‘quvchilarda emotsional intellektni shakllantirishdagi o‘rni va roli bo‘lib, ularning ijtimoiy va hissiy rivojlanishini yanada samarali amalga oshirishga yordam beradi. Va shuningdek emotsional intellektni rivojlantirishda interfaol metodlarning o`rni beqiyosdir. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahsmunozarada fikrlash asnosida, hamjixatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish; ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi; ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi; ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi; ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi; amalda bajarish orqali o’rganilishi Bundan tashqari, interfaol metodlar ta’lim oluvchilar o‘rtasida hamkorlik va muloqotni kuchaytiradi, bu esa jamoaviy fikrlash va muammolarni birgalikda hal etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu metodlar orqali o‘quvchilar nafaqat bilim oladilar, balki uni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashni ham o‘rganadilar. Interfaol metodlar dars jarayonini qiziqarli va samarali qiladi, bu esa o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Shuningdek, bu metodlar o‘qituvchiga ham o‘quvchilarni chuqurroq tushunish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash imkonini beradi. Natijada, ta’lim jarayoni ikki tomonlama faol muloqotga asoslanib, o‘quvchining shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozir interfaol mashg`ulotlarni olib borishda ma`lumki, asosan interfaol usullar qo`llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma`lum darajada interfaol texnologiyaga o`sib borishi maqsadga muvofiq. Interfaol usullarni qo`llash bo`yicha amerikalik psixolog va pedagog B. Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogic maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksinomiyasi debatashadi. (Taksinomiya – borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). Oqitishning interfaol talimga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda va hatto “bolalar oyini” kabi taassurot uygotadi. O`qituvchi talim jarayonida interfaol talim yordamida oquvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, oz-ozini nazorat, oz-ozini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikrmulohazalarini erkin bayon qilish, oz nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq boladi. Eng muhimi, interfaol metodlarni qollash orqali oqituvchi oquvchilarning aniq talimiy maqsadga erishish yolida ozaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yonaltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qolga kiritadi. Ta`lim jarayonida interfaol metodlardan samarali foydalanish o`qituvchidan yuqori pedagogic malaka va ijodkorlikni talab qiladi. O‘qituvchi interfaol metodlarni qo‘llashda darsni qanday tashki lqilish, guruhlarni qanday shakllantirish, faoliyatni qanday boshqarish va o‘quvchilarni qanday rag‘batlantirishni yaxshi bilishi kerak.O‘quvchilarni bir-biriga hurmat bilan yondashishga, fikrlarini izchil ifodalashga, muammoli vaziyatlarga yechim topishga va jamoada ishlashga o‘rgatish interfaol metodlarning asosiy maqsadidir. Shu bois, interfaol metodlar faqat dars jarayonini jonlantiribgina qolmay, balki o‘quvchilarda hayotga tayyor, mustaqil fikrlaydigan shaxslarni shakllantirishga xizmat qiladi. 1. Til va adabiyot o‘qitishda muammo va yechimlar; 2. Biologiya darslarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda interfaol metodlardan samarali foydalanish; 3. O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti. “Faol o‘qitish metodlari” jumladan o‘yin-mashq, muammoli dars, seminar, ekskursiya kabi usullar darslarni interfaol tashkil etishda ko‘rib chiqilgan. Xulosa qilib aytganda, interfaol ta’lim o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularni mustaqil fikrlashga, o‘z qarashlarini asoslab bera olishga, jamoada hamkorlikda ishlashga o‘rgatishning eng samarali vositasidir. Bunday yondashuv o‘quvchilarni dars jarayonining faol ishtirokchisiga
aylantiradi, ularning shaxsiy mas’uliyatini, ijodkorlik salohiyatini va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Interfaol metodlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro ishonch, hurmat va hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi hamda o‘quvchilarda mustaqil qaror qabul qilish, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l topa bilish, tanqidiy va mantiqiy fikrlash kabi hayotiy kompetensiyalarni shakllantiradi. Eng muhimi, interfaol ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni ta’minlab, o‘quvchilarda hayotga tayyor, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol va ongli fuqarolarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bois, har bir o‘qituvchi interfaol metodlarni ijodkorlik bilan qo‘llab, dars jarayonini zamonaviy talablarga mos tashkil etishi zarur.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Nurboyeva D, Ta`limda emotsional intellektning o`rni va o`qituvchilarda emotsional savodxonlikni rivojlantirish, 2025y.
- Abduraximov Z, Interfaol metodlar va ularning ta`lim jarayonidagi mohiyati, “Yangi O`zbekiston pedagoglari axborotnomasi” jurnali, 2023y
- Amanova A.N. O‘zbekistondagi gen muhandisligi sohasining istiqbollari va mavzuni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish. “Journal of Natural Science” №2(7) 2022 y
- Aynaqulov X, Pedagogikada interfaol metodlarning o`rni, 2022y.
- Taxonomy of Educational objectives, Handbook 1: Cognitive Domain 2 nd edition Edition, Benjamin S. Bloom.
- Xasanova Sh, Interfaol metodlarning ta`lim samaradorligini ta`minlashdagi o`rni, Internation Journal of Recently Scientific Researchers` Theory, 260-264.
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Oliy ta`lim muassasalari reytinglarini aniqlash tartibini takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi No: 467 – sonli qarori.
- Mustanov U, Interfaol metodlarning zamonaviy ta`limdagi o`rni va ahamiyati, Internation Journal of Recently Scientific Researchers, 2025y
- Maksimova Zeboxon. Til va adabiyot o‘qitishda muammo va yechimlar. Farg‘ona davlat universiteti, 2024-yil.
- Omonqulov Ulug‘bek Maxsiddin o‘g‘li. Biologiya darslarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda interfaol metodlardan samarali foydalanish. Universal jurnal, 2025-yil.
- Jizzax davlat pedagogika instituti. O‘zbek tili o‘qitish metodikasidan darslarni interfaol usulda tashkil qilish vositalari. Metodik qo‘llanma, 2024-yil.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011348
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/348
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 326–329
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25