Asosiy mazmunga o‘tish

O‘ZBEK TARJIMA MAKTABI RIVOJLANISHINING TARIXIY BOSQICHLARI

Mamadaliyeva Risolat Imamali kizi1, Mamasiddikova Dilnoza Nuirddinjon kizi2, Ochilova Khursanoy Mahmud kizi32025

  1. 1Chirchiq davlat Pedagogika Universiteti talabasi
  2. 2Chirchiq Dalat Pedagogika Universiteti talabasi
  3. 3Chirchiq Davlat Pedogogika Universiteti Turizm fakulteti Turizm kafedrasi dotsenti

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 309–311

Annotatsiya

Ushbu tezisda o‘zbek tarjima maktab rivojlanishining tarixiy bosqichlari haqidama‘lumot beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaИСТОРИЧЕСКИЕ ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНСКОЙ ШКОЛЫ ПЕРЕВОДА

В данной работе представлена ​​информация об исторических этапах развития узбекской школы перевода.

inglizchaHISTORICAL STAGES OF THE DEVELOPMENT OF THE UZBEKISTAN TRANSLATION SCHOOL

This thesis provides information about the historical stages of the development of the Uzbek translation school.

Kalit so‘zlar

  • O‘zbek tarjima maktabi
  • tarjima tarixi
  • tarjimaning bosqichlari
  • ilmiy tarjima
  • badiiy tarjima
  • tarjima nazariyasi
  • til me‘yorlari
  • tarjimon malakasi
  • Xiva tarjima maktabi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

O'ZBEK TARJIMA MAKTABI RIVOJLANISHINING TARIXIY BOSQICHLARI

Mamadaliyeva Risolat Imomali qizi Chirchiq davlat Pedagogika Universiteti talabasi Mamasiddiqova Dilnoza Nuirddinjon qizi Chirchiq Dalat Pedagogika Universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Ochilova Xursanoy Mahmud qizi Chirchiq Davlat Pedogogika Universiteti Turizm fakulteti Turizm kafedrasi dotsenti

Annotatsiya: Ushbu tezisda o'zbek tarjima maktab rivojlanishining tarixiy bosqichlari haqida ma'lumot beriladi. Kalit so'zlar: O'zbek tarjima maktabi, tarjima tarixi,tarjimaning bosqichlari, ilmiy tarjima, badiiy tarjima, tarjima nazariyasi, til me'yorlari,tarjimon malakasi, Xiva tarjima maktabi.

ИСТОРИЧЕСКИЕ ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ШКОЛЫ ПЕРЕВОДЧЕСКОГО ДЕЛА УЗБЕКИСТАНА

Мамадалиева Рисолат Имамали кизи Студентка Чирчикского государственного педагогического университета Мамасиддикова Дилноза Нурддинжон кизи Студентка Чирчикского педагогического университета Далат Научный руководитель: Очилова Хурсаной Махмуд кизи Доцент кафедры туризма, факультет туризма, Чирчикский государственный педагогический университет

Аннотация: В данной тезисе представлена информация об этапах развития узбекской школы перевода, Хивинская школа перевода Ключевые слова: Узбекская школа перевода, история перевода, этапы перевода, научный перевод, теория перевода, языковые нормы, квалификация переводчика.

HISTORICAL STAGES OF THE DEVELOPMENT OF THE UZBEKISTAN TRANSLATION SCHOOL Mamadaliyeva Risolat Imamali qizi Student of Chirchik State Pedagogical University Mamasiddikova Dilnoza Nuirddinjon qizi Student of Chirchik Dalat Pedagogical University Scientific supervisor: Ochilova Khursanoy Mahmud qizi Associate Professor of the Department of Tourism, Faculty of Tourism, Chirchik State Pedagogical University

Annotation: This thesis provides information about the historical stages of the development of the Uzbek school of translation. Keywords: Uzbek school of translation, history of translation, stages of translation, scientific translation, translation theory, language norms, translator’s competence, Khiva translation school.

Tarjima maktabi deganda asosan bir tildan boshqa tilga adabiy, ilmiy yoki hujjatli matnlarni o'tkazish tarjima san'ati va amaliyoti an'analarining shakllanishi tushuniladi. Ushbu maqolada o'zbek tarjima maktabi rivojlanishning tarixiy bosqichlari va badiiy tarjimaning adabiyotlar o'rtasidagi madaniy almashinuv va boyitish jarayoni sifatida tutgan o'rni hamda uning ko'p qirrali tabiati tahlil qilinadi.Tarjimashunoslik sohasida O'zbekistonda ham o'ziga xos tarix, an'ana va rivojlanish bosqichlari mavjud. Quyida o'zbek tarjima maktabining ya'ni, adabiy tarjima, xalqaro tarjima amaliyoti va tarjimashunoslik nazariyalarining tarixiy bosqichlari ko'rib chiqiladi. Badiiy tarjima- murakkab san'at turi bo'lib, u ko'plab o'ziga xos qiyinchiliklari bilan ajralib turadi va milliy madaniyat taraqqiyoti hamda xalqaro adabiy aloqalarni aks ettiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada tog'ridan-to'gri va bilvosita tarjima amaliyotlari, qayta tarjima qilishning ijtimoiy-ma'naviy ehtiyojlari, tarjimonning dunyoqarashi va badiiy fikrining tarjimaga ta'siri kabi nazariy jihatlar yoritiladi. O'zbek va jahon adabiyoti o'rtasidagi tarjima misollari orqali adabiyotlararo aloqalarning jipsligi ko'rsatiladi. Shuningdek, tarjima nazariyasini rivojlantirish, lingvistik va stilistik jihatlardagi muammolarni hal qilish zaruriyati ta'kidlanadi. Tarjimada yuksak mahoratga erishish uchun ijodiy mehnat va doimiy izlanishning ahamiyati alohida qayd etiladi. Tarjima - milatlararo muloqotning eng muhim ko'rinishi hisoblanadi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Tarjima qadimgi davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi o'zaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu og'zaki turi hozirda ham saqlanib qolgan. Zamonlar osha tarjimaga bo'lgan talablar yangilana boradi.Ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish san'ati ekanligi o'zgarmaydi. Tarjimaning ko'lami va taraqqiyoti har bir xalqnig ma'rifiy darajasiga bog'liq va o'z navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali ta'sir etadi. " Tarjima" termini bir tildan ikkinchi tilga o'girish jarayoni, shuningdek, tayyor tarjima asarini anglatadi. Badiiy tarjimaning asosiy xususiyati tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi.Til badiiy asarda estetik hodisa, san'at faktiga aylanadi.Adabiy asar tili-"badiiy voqelik" unsuridir. Tarjimada ana shu obrazli ifodali tildagi badiiy ma'no boshqa tilning obrazli ifodaviy zaminiga o'tkazish, obrazni obraz bilan qayta ifodalash jarayoni yuz beradi.Shuning uchun tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur jarayonini yangidan idrok etadi.Zamonaviy tarjima talablariga asosan tarjimon asliyatning san'at asari sifatida shakl va mazmun birligini qayta yaratishi, milliy va individual xususiyatlarini saqlashi lozim.Tarjimon ona tilining rivojlanish darajasi, tarjimachilik an'analari, tajribalariga suyanadi, turli xil tafovutlarning mavjudligini hisobga oladi.Tarjimonning ijodiy qobiliyati va bilimi uning imkoniyatlarini kengaytiradi.Tarjima jarayonida tarjimon hamma vaqt o'z ona tilida fikrlaydi,ona tili unga tahlil quroli,sinov me'zoni bo'lib hizmat qiladi.Masalan, Nizomiyning "Xusrav va Shirin"dostonini o'girgan Qutb (Nizomiy bolidan holva pishurdim) tarjima nusxa ko'chirish kabi bir ish bo'lmay, ijodiy jarayon ekanini,tarjiimon esa boldan holva pishiruvchi mohir yozuvchi bo'lishi kerakligini aytadi.Turli davrlarda muayyan hududagi adabiy muhit, ayniqsa, maxsus tarjima maktablari yuzaga kelganligining o'ziyoq uning shakllangan tamoyillari, an'analari bo'lganligini ko'rsatadi. O'zbek tarjima maktabi rivojlanishining tarixiy davrida Xiva tarjima maktabi asosiy o'rin tutadi. Xiva tarjima maktabi Xiva xonligida XVI asr boshidan XX asr boshlarigacha mavjud bo'lgan tarjima maktabi hisoblanadi. O'sha davrlarda ko'plab mashhur fors va arab tilidagi badiiy va tarixiy asarlar o'zbek tiliga tarjima qilingan. XIX asrda Muhammad Rahimxon Feruz tashabbusi bilan Xiva tarjima maktabiga asos solingan. Ma'lumotlarga ko'ra o'sha davrda saksondan ziyod kishi tarjimonlik bilan shug'ullanishgan va ular tomonidan 120 ga yaqin asarlar tarjima qilingan. Aksar asarlar fors-tojik tilidan o'zbekchaga tarjma qilingan. Tarjima qilingan asarlar janrlari turlicha bo'lgan. Asarlar orasida badiiy-didaktik asarlar, ishqiysarguzasht kabi janrlardagi asarlar ham katta o'rin egallagan. Tarjimonlar orasida Ogahiy, Bayoniy kabi mashxur insonlar ham bo'lgan. Xiva ziyolilarining mashhur namoyondalaridan biri bo'lga Xudoyberdi ibn Qo'shmuhammad 1823-1826-yillarda Munis topshirig'iga asosan Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarining qisqacha tarjimasini yaratadi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida tarjima faoliyatida yangicha yo'nalishlar paydo bo'lgan. Tarjimonlik kasbiy jihatdan rivojlangan. Masalan, XX asr boshlarida O'zbekistonda tarjimashunoslik

nazariyasi ham shakllana boshlagan. Tarjimonlar shoir-ilmiy ijod bilan shug'ullanib, adabiy tarjima asarlarini yaratganlar. O'sha davrda tarjima tili soddalashgan, xalq tiliga yaqin bo'lishga intilish boshlangan. Masalan, tarjimonlar so'zlashuv uslubini oddiylashtirishga "zabondarozlik" (til qurilishida befoyda bezaklar) dan saqlanishga chaqirilgan. Shuningdek, Rus va Yevropa adabiyoti asarlari ham o'zbek tiliga tarjima qilina boshlagan. Mustaqillikdan oldin ko'plab tarjimalar rus tili orqali amalga oshirilgan. Mustaqillikdan so'ng esa biror vositali tilga emas to'g'ridan to'g'ri asl tilidan o'zbek tiliga tarjma qilishga e'tibor oshdi. Bu yuqori sifatli tarjima madaniy yetkazuvchanlik va tilning o'ziga xosligini saqlab qolish jihatidan muhim edi. Adabiy tarjima bilan birga ilm-tarjima, xuquqiy tarjima, texnik tarjma kabi yo'nalishlar ham rivojlanmoqda. Tarjima nazariyasi mashinasozlik, kompyuter tarjimasi va elektron resurslar bilan boyitilmoqda. Shuningdek, tarjima maktabi-tarjimashunoslik ilmiy yo'nalishlari universitetlarda ochilmoqda, tarjimonlik kasbiy yo'nalish sifatida ko'proq e'tibor qozonmoqda. Hozirgi kunda ham tarjimonlik kasbiga bo'lgan talab oshmoqda. Bu kasbda til jihatidan - ma'noni to'liq yetkazish, mintaqaviy va xalqaro kontekstni xis qilish muhim hisoblanadi. Texnologik jihatdan, avtomatik tarjima vositalari kengaymoqda lekin badiiy va madaniy tarjmalar uchun inson omili hanuz muhim hisoblanadi. Xulosa: O'zbek tarjima maktabi qadimiy davrlardan boshlab bosqichma-bosqich shakllanib, katta yo'lni bosib o'tgan. Ilk bosqichlarda tarjima faoliyati asosan vositali tillar orqali, madrasalarda, saroylarda amalga oshirilgan bo'lsa, XIX-XX asrlarda adabiy tarjima va tarjimashunoslik an'anasi rivojlandi. Mustaqil O'zbekistonda esa tarjima faoliyati milliy tilga, xalqaro kontekstga va zamonaviy texnologiyalarga moslashmoqda. Tarjima maktabini yanada rivojlantirish uchun tilni puxta bilish, madaniyatlararo kompetensiya va zamonaviy tarjima uslublarini o'zlashtirish muhim omil hisoblanadi. Foydalanilgan manbalar: 1." O'zbek tarjima maktabining rivojlanish tarixi" (2022) maqola. 2. " Tarima nazariyasi" o'quv qo'llanmasi. 3. " Xiva adabiy muhiti " kitobidan. 4. " O'zbek tarjimashunoslik maktabi asoschisi " maqolasi. 5. " O'zbekiston mlliy ensiklopediyasi" ( 2000-2005) ma'lumotlaridan foydalanilgan. 6.O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI, MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 701-710. 7.Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. " O'zbek tarjima maktabining rivojlanish tarixi" (2022) maqola.
  2. " Tarima nazariyasi" o'quv qo'llanmasi.
  3. " Xiva adabiy muhiti " kitobidan.
  4. " O'zbek tarjimashunoslik maktabi asoschisi " maqolasi.
  5. " O'zbekiston mlliy ensiklopediyasi" ( 2000-2005) ma'lumotlaridan foydalanilgan.
  6. 6.O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI,
  7. MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak
  8. Bunyodkori, 1(2), 701-710.
  9. 7.Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA
  10. MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011341
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/341
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
309–311
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25