Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA TA‘LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI

    Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich, Jamoliddinov Boburjon Bahromjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Musiqa ta‘limi har bir insonning shaxsiy va estetik rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Musiqa faqatgina san‘at turi sifatida emas, balki pedagogik jarayonning samarali vositasi sifatida ham e‘tiborga molikdir. Musiqa orqali o‘quvchilar nafaqat musiqiy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, balki ularning hissiy va estetik didi shakllanadi, ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi va shaxsiy tafakkuri boyitiladi. Musiqa ta‘limi o‘quvchilarda hissiyotlarni chuqur his etish, musiqiy ohang va ritmni to‘g‘ri anglash, turli janr va uslublarni tan olish qobiliyatini rivojlantiradi. Shu bilan birga, musiqa ta‘limi bolalarni madaniyati, jamiyatdagi o‘rni va jamiyat bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Tayanch iboralar: Interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar, rolli mashqlar, duet va ansambl, estetik did, estetik va ijtimoiy qobiliyat, kuy, ohang, estetika, musiqa darsi faoliyati, tinglash, kuylash, ritmik jo‘r bo‘lish, uslublar, axloqiy poklik, ma‘naviy boylik.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA TA‘LIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR: NAZARIYA VA AMALIYOT

    Ibrohimov Azizbek Ismonjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada o‘quvchilarga innovatsion yondashuv asosida musiqa fanini o‘qitish nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Talabalarda musiqiy tafakkurni rivojlantirish, estetik didni shakllantirish hamda dars samaradorligini oshirishda interfaol metodlar, axborot texnologiyalari va kreativ ta‘lim usullarining o‘rni tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA TA‘LIMIGA ZAMONAVIY ART-PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARNI INTEGRATSIYALASH TEXNOLOGIYALARI

    Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, Erbulayev Mo‘min Savkatjonovich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola musiqa ta‘limida zamonaviy art-pedagogik yondashuvlar asosida xorijiy tajribalarni integratsiyalash texnologiyalarini o‘rganadi. Musiqa ta‘limining samaradorligini oshirish uchun zamonaviy usullar va texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA TA‘LIMI MUHITIDA DEVORIY BADIIY BEZAKLARNING DIDAKTIK VA DIZAYN AHAMIYATI

    Doniyor Xudoyberdiyev · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu tezisda musiqa ta‘limi muassasalarida estetik muhitni shakllantirishda devoriy badiiy bezaklarning o‘rni tahlil qilinadi. Musiqa ta‘limi xonalarining dizayni nafaqat vizual go‘zallik, balki didaktik va muhandislik yechimlari (akustika) nuqtayi nazaridan asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQASHUNOSLIK FAN SIFATIDA: TARIXIY RIVOJLANISH VA NAZARIY ASOSLAR

    Daminova Gulmira Komiljonovna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada musiqashunoslik fanining shakllanishi, rivojlanishi va nazariy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot musiqashunoslikning mustaqil fan sifatida vujudga kelish jarayonlarini, uning asosiy yo‘nalishlarini va zamonaviy holatini ko‘rib chiqadi. Maqolada musiqashunoslikning tarixiy, nazariy va amaliy sohalarining o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, fan sifatida musiqashunoslikning asosiy vazifa va maqsadlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalarida musiqashunoslikning XVIII-XIX asrlarda mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishi, XX asrda metodologik jihatdan boyishi va hozirgi zamon faniy-nazariy maktablarining rivojlanishi ko‘rsatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    1930-YILLARNING O‘RTALARIDA TORLI CHOLG‘U ASBOBLARINING MODERNIZATSIYALASH ISHLARI

    Axmedova E‘zoza Adashli qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbek milliy torli cholg‘u asboblaridan chang, ruboblar oilasi, dutorlar oilasi hamda g‘ijjaklar oilasini A.Petrosyans, V.Romanchenka, A.Kevxoyans, hamda S.Didenko kabi ustalar tomonidan torli cholg‘u asboblarini modernizatsiyalash ishlari haqida ma‘lumotlar keltirib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BO‘LAJAK MUSIQA TA‘LIMI KADRLARINI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY SAN‘ATSHUNOSLIK METODLARI VA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBANI O‘RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI

    R. Ormonov · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada musiqa ta‘limi sohasida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning nazariy va metodologik asoslari ko‘rib chiqiladi, zamonaviy san‘atshunoslik metodlarining mazmuni va ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba tahlil qilinadi hamda uni milliy ta‘lim tizimiga joriy etish imkoniyatlari asoslanadi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SAN‘AT VA MADANIYAT TARAQQIYOTI

    Shokirov Toxirjon Nurmamatovich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola sun‘iy intellektning (SI) san‘at va madaniyatga bo‘lgan ta‘sirini keng miqyosda o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar madaniy merosni saqlash, san‘at asarlarini yaratish, ulardan foydalanish va auditoriya tajribasini kengaytirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Sun‘iy intellektning ijodiy jarayonlarga qo‘shgan hissasi, uning san‘at va madaniyat rivojiga ta‘siri, ijodiy jarayonlarni avtomatlashtirishdagi yutuqlari va shu bilan birga yuzaga keladigan estetik hamda etik muammolar keng yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda sun‘iy intellekt texnologiyalarining san‘at va madaniyat sohasidagi qo‘llanilish imkoniyatlari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAKTABGACHA TA‘LIMDA MUSIQIY TARBIYANI TASHKIL ETISHDA PYOTR FRANTSEVICH LESGAFT PEDAGOGIK G‘OYALARINING ILMIY-METODIK AHAMIYATI

    Sapoyeva Fotima Abdullayevna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Maqolada P.F. Lesgaftning pedagogik qarashlari maktabgacha ta‘lim tizimida musiqiy tarbiyani tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Lesgaft tomonidan ilgari surilgan majburlashsiz tarbiya, yoshga mos rivojlanish va ongli faoliyat tamoyillari “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida belgilangan musiqiy faoliyat mazmuni bilan qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Tahlil natijalari maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqiy faoliyatni erkin va psixologik jihatdan qulay muhitda tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHISINING KASBIY-MA‘NAVIY FAZILATLARINI RIVOJLANTIRISHDA USTOZ–SHOGIRD TIZIMINING AHAMIYATI

    Sapoyeva Fotima Abdullayevna, Nuraddinova Ruxshona Ozodjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy va ma‘naviy fazilatlarini shakllantirish jarayonida ustoz–shogird tizimining pedagogik ahamiyati yoritiladi. Musiqa ta‘limida ustoz shaxsining namunaviy roli, kasbiy tajribaning shogirdga uzatilishi hamda shogird shaxsida mas‘uliyat, ijrochilik madaniyati va pedagogik ongning rivojlanishi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Ustoz–shogird munosabatlari bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy yetukligini ta‘minlovchi muhim omil sifatida asoslanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHISINING PEDAGOGIK AMALIYOTIDA RAQAMLI METODLARDAN FOYDALANISH

    Muxitdinova Maloxat Saidjabborovna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur tezisda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining pedagogik amaliyotida raqamli metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Raqamli metodlar bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, ta‘lim jarayonini interfaol tashkil etish va nazariya hamda amaliyot integratsiyasini ta‘minlashda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUMTOZ MUSIQANING UMUMNAZARIY MASALALARI

    Qo‘shayev Ilhom Axtamovich, Zaripova Zarifa G‘olibjonovna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada mumtoz musiqaning umumnazariy masalalari va milliy musiqa merosini tasniflash muammosi ko‘rib chiqiladi. Milliy musiqa merosi serqatlam, sernav va rango-rang uslubli ijodkorlik hamda ijrochilikka oid jabhalardan tashkil topishi asoslanadi. Muallif bu jabhalarning farqli tub xususiyat va qonuniyatlarini hisobga olgan holda merosni ikki yirik qatlamga ajratishni taklif etadi: azaliy quyi qatlam bo‘lgan o‘zbek musiqa folklori — xalq musiqiy ijodiyotining barcha shakl, janr va oqimlarini qamrab oluvchi, xalq og‘zaki ijodiyotining ajralmas qismi; hamda hozirda "kasbiy" nomi bilan yuritilayotgan ikkinchi qatlam. Maqolada mazkur atamaning shakllanish tarixi va musiqiy atamashunoslikdagi chalkashliklarni bartaraf etish masalasi yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA XX ASR KOMPOZITORLARI IJODINI O‘RAGATISH METODIKASI

    Jurayeva Gulchehra Zokirjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola XX asr kompozitorlari ijodini musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarga o‘rgatish metodikasini tahlil qiladi. Metodik yondashuvlar va o‘quv jarayonida innovatsion usullarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning musiqiy bilimlarini kengaytirish maqsad qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARNING MUSTAQIL TA‘LIMINI TASHKIL ETISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING IMKONIYATLARI

    Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, Turg‘unboyeva Dilshoda · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida mustaqil ta‘limning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Zamonaviy ta‘lim tizimida kredit-modul tizimi talabalarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada ushbu tizimning musiqa pedagogikasi sohasida mustaqil ta‘limni tashkil etishdagi imkoniyatlari atroflicha yoritiladi. Kredit-modul tizimi orqali talabalarga o‘quv dasturlarini moslashtirish, shaxsiy o‘quv traektoriyalarini yaratish, o‘zlashtirish tezligini belgilash hamda ijodiy va amaliy ko‘nikmalarni mustaqil rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratilishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, tizimning talabalarda o‘z-o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va mas‘uliyatni oshirishdagi roli hamda musiqa o‘qituvchilarining kelajakdagi faoliyatida zarur bo‘lgan pedagogik va ijrochilik mahoratini rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab beriladi. Maqola kredit-modul tizimini musiqa ta‘limi amaliyotiga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MUSIQIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH: INTEGRATIV TA‘LIM MODELLARI TAHLILI

    Axtamov Islom Ilxom o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada musiqiy intellektni rivojlantirishda xorijiy tajribalar asosida shakllangan integrativ ta‘lim modellari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, Orff, Kodaly va Reggio Emilia kabi xalqaro pedagogik tizimlar asosida musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish metodlari o‘rganildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    IMMERSIVE VR/AR VA AI YORDAMIDA MILLIY CHOLG‘U ASBOBLARINI O‘QITISHNING INNOVATSION PEDAGOGIK MODELI: 4K KO‘NIKMALAR VA MADANIY MEROSNI RIVOJLANTIRISH

    Sultanov Akmaljon Normaxammatovich, Normuhammedov Oyatilloh · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Zamonaviy ta‘limda immersiv texnologiyalar (VR/AR) va sun‘iy intellekt (AI) milliy madaniy merosni saqlash va o‘qitishda yangi imkoniyatlar ochmoqda. Ushbu maqola O‘zbekiston musiqa to‘garaklari uchun ishlab chiqilgan innovatsion pedagogik modelni taklif etadi, unda virtual reallik (VR), kengaytirilgan reallik (AR) va AI milliy cholg‘u asboblari (qashqar rubobi, doira, g‘ijjak, dutor) o‘qitishini 4K ko‘nikmalari (kritik fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) bilan integratsiya qiladi. Model “Zamonaviy ‘4K‘ musiqa o‘qitish texnologiyalarining modernizatsiyalashgan innovatsion tizimlarini ishlab chiqish” loyihasi doirasida yaratilgan elektron dasturlar, “Innovatsion musiqa daftari”, “Musiqiy mo‘jizalar” o‘yini va VR maket (“Musiqa to‘garaklarini 4K texnologiyalari yordamida ijodiy rivojlantirish markazi”) asosida shakllantirilgan. Yangilik shundaki, model an‘anaviy pedagogik yondashuvlarni (Orff, Kodály, gamifikatsiya) immersiv va AI asosidagi muhit bilan uyg‘unlashtirib, o‘quvchilarda madaniy identifikatsiyani mustahkamlaydi va hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Tajribaviy natijalar immersiv muhitda o‘quvchilarning motivatsiyasi va musiqiy savodxonligi oshishini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEK MILLIY TORLI CHOLG‘ULAR IJROCHILIGI TARIXI: AN‘ANA VA ZAMONAVIYLIK INTEGRATSIYASI

    Shokirxanov Baxtiyorxon Botirxonovich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    ; Mazkur tadqiqot o‘zbek milliy torli cholg‘ular ijrochiligining tarixiy shakllanishi va evolyutsion rivojlanishini kompleks yondashuv asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda torli cholg‘ularning genezisi, ularning ijtimoiymadaniy funksiyalari hamda ijrochilik an‘analarining transformatsiyasi tarixiy davrlar kesimida o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, torli cholg‘ular ijrochiligi an‘anaviy musiqiy tafakkur va zamonaviy ijro amaliyotining sintezi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayon milliy identifikatsiyani saqlash bilan birga, global musiqiy makon bilan integratsiyani ham ta‘minlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    XOR IJROCHILIGI MALAKASINI SHAKLLANTIRISH

    Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Partiturani o‘rganish jarayonida ijro sur‘ati haqida umumiy taassurot keltirib chiqariladi, asar (jumlalari) qismlari belgilanadi, asarning kulminatsiyasi (eng yuqori darajasi) bir butun holda va bo‘lak qismlarda aniqlanadi. Bularni tasvirlash, ifodali ko‘rsatish bu yillar davomida egallangan tajribaga bog‘liq. Tayanch iboralar: dirijorlik apparati, orkestr, xor, mushaklar, «Parvoz » harakati, «charxpalak», partitura, metronom, iste‘dod, ifoda vositalar, musiqiy eshitish, xotira, temperament, xirgoyi, ritm hissi, musiqiy jumla, tempo-ritm.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ZAMONAVIY MUSIQA TA‘LIMI VAZIFALARI VA MUAMMOLARI

    Asraqulova Adiba Nabiyevna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Maqolada zamonaviy musiqa ta‘limi tizimi oldida turgan vazifalar va muammolar tahlil qilinadi. Musiqa ta‘limi cholg‘u chalish yoki qo‘shiq aytishni o‘rgatish bilan cheklanmay, shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan murakkab jarayon sifatida talqin etiladi. Sohaning asosiy vazifalari uch yo‘nalishda guruhlanadi: ma‘naviy va estetik tarbiya — talabalarda yuksak badiiy didni shakllantirish, milliy merosga va jahon klassik musiqasiga hurmat uyg‘otish hamda hissiy intellektni rivojlantirish; kognitiv va ijodiy rivojlanish — improvizatsiya, kompozitsiya va musiqiy tahlil orqali mustaqil fikrlashni, ko‘ruv va eshituv xotirasini kuchaytirish; kasbiy mahorat va kompetensiyalar — bitiruvchining mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta‘minlash.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘QUVCHILAR BADIIY-ESTETIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA SAN‘ATINING O‘RNI

    Xoshimova Diyora Zokirjon qiz · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada o‘quvchilarda estetik didni shakllantirish jarayonida musiqashunoslik fanining o‘rni yoritilgan. Maqolada estetik did tushunchasining mohiyati, uning shaxs ma‘naviy kamolotidagi ahamiyati hamda musiqashunoslikning tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil etilgan. Shuningdek, musiqaning shaxs ruhiyati, tafakkuri va axloqiy qarashlariga ta‘siri haqida ilmiy asoslangan fikrlar keltiriladi. Muallif musiqashunoslikni o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, interaktiv metodlardan va milliy hamda jahon musiqasi namunalaridan foydalanishning samarali yo‘llarini ko‘rsatib o‘tadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, musiqashunoslik fani talabalarning nafaqat estetik didini, balki ularning ma‘naviy, hissiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim omil ekanligi isbotlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya