B.H.Qo‘shiyev, Dj.B.Sultanov, I.Yusupov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Boshqaruv tizimining barqarorligi turli sohalarda, jumladan aerokosmik, avtomobilsozlik, kimyo va energiya tizimlarida muhim xususiyatdir. Barqaror boshqaruv tizimi tizimdagi buzilishlar va shovqinlarga qaramay, kerakli qiymatga yaqinlashadigan boshqariladigan chiqishni ishlab chiqaradi. Boshqaruv tizimining beqarorligi jiddiy muammolarga va hatto halokatli nosozliklarga olib kelishi mumkin. Boshqarish tizimlarida barqarorlikni ta‘minlash uchun raqamli yondashuvlar tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Ushbu maqolada boshqaruv tizimining barqarorligini ta‘minlashning raqamli yondashuvlari, shu jumladan barqarorlikni tahlil qilish va boshqaruvni loyihalashning raqamli usullari haqida umumiy ma‘lumot berilgan.
Arabbayev Arobidin Xusnidinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqola oliy ta‘lim tizimiga AKTni integratsiyalash muammosiga va talabalarning ijodkorligi va motivatsiyasini rivojlantirishda texnologiyaning rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. Turli texnologiyalardan foydalanish va qo‘llash, shuningdek, AKT ning shaxs va jamiyatga ta‘siriga oid misollar keltirilgan. Texnologiyalar o‘rtasidagi aloqa vositalari va talabalar ijodiyotini rivojlantirish taklif etiladi.
Shukhratjon Ismoiljonov Boymirza o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Zamonaviy dunyo idrok etish, fikrlashning ko‘plab usullarini qo‘llash, tadqiqot olib borish, muammolarni hal qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari va ijodkorlikni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli malakalarga ega shaxslarni talab etadi. Muammolarni hal qilish jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan yana bir muhim jihat tanqidiy fikrlash bilan bir qatorda o‘quv uslublaridir. Ushbu tadqiqot talabalarning o‘qitish va o‘quv uslublari hamda tanqidiy fikrlashining ularning akademik o‘zlashtirishidagi ahamiyati va yo‘llarini aniqlashga qaratilgan.
Ergasheva Barno · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi. Ushbu soha bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o‘quv maqolada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e‘tibor qaratildi.
Abdullayev Farhod Dilshodbekovich, Zulunxo‘jayev Marufjon Mamurjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hozirgi kunda yosh sportchilar, xususan, yosh futbolchilarni har tomonlama rivojlantirish, ularning tayyorgarligini oshirish, yetarli shart-sharoitlar yaratib berish o‘smoqda, rivojlanmoqda.
Isoqova Muxlisa Faxriddin qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Kiberjinoyat millat, davlat, jamiyatga xavf solayotgan dolzarb muammolardan biridir. Bu raqamli elektron muhitni rivojlangani sayin ortib bormoqda. Yildan yilga kiberjinoyat qurbonlari soni ortmoqda. Kiberjinoyatga qarshi kurashish, kibermakonni yo‘q qilish kabi yo‘llarni ko‘rib gaplashib chiqamiz.
Elmurod Astanaliev · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada texnik hujjatlarni elektron formatga o‘tkazish uchun mavjud vositalar va ularning imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Texnik hujjatlarni elektron shaklda yuritish uchun qaysi usul eng qulay ekanligi tahlil qilingan hamda ularning imkoniyatlaridan yangi tizimlar bilan foydalanishning afzalliklari bayon etilgan. Texnik hujjatlarni elektron vositalar orqali saqlash ko‘plab afzalliklar beradi. Mavjud vositalar yordamida turli shakldagi texnik hujjatlarni elektron saqlashda bir nechta obyektlar yaratilgan hamda Spotlight Tracing uchun foydalanuvchi qo‘llanmasi tuzilgan. Vektor hosil qilish va matnni ajratib olish jarayonlarining ichki mexanizmi batafsil yoritilgan.
Xamidjonov Abdunazar Usubjonning ugli · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida sport sohasini rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi islohotlar haqida ma‘lumot berilgan.
D.B. Vaxobov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Мақолада, пара спорт турлари бўйича мурабийлларни тайёрлаш ва малакасини оширишда тренер-ўқитувчиларнинг касбий-амалий тайёргарлиги ҳамда касбий-компитентлигини ошириш механизмларини қўллаш самарадорлигига эътибор қаратилган
Kuchkarov Abdullo, Musashayxova Nozima, Sanayev Shahzod, Tursunov Muhiddin, Iskandarova Ro‘zaxon · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Маълумки, ҳозирги даврда технологик жараёнларнинг тезкорлик билан ривожланиши энергетика ва бошқа ишлаб чиқариш сохаларда ёқилғи ресурсларига бўлган талабнинг тобора ўсиб боришига сабаб бўлмоқда. Шу сабабли ушбу мақолада ҳар қандай органик ёқилғилар ишлатиладиган энергетик манбаларда ёқилғи маҳсулотлари ёқилганда атроф-муҳитга қандай турдаги зарарли моддалар тарқалиши ва уларнинг экологик муҳитга қандай тасир қилиш масалалари ёритилган
Haqberdiyeva Madina Shavkat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Mazkur maqolada Tasviriy san‘at fanini chuqurlashtirib o‘rgatish orqali talabalarning tafakkurini kengaytirish hamda umumiy o‘rta ta‘lim hamda san‘at maktablarida tasviriy san‘at darslarining samaradorligini yanada oshirish, tabaqalashtirilgan holda o‘qitish orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik shartlari hamda metodlari xususida so‘z yuritilgan.
Xafiza Abdullayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Bugungi kunda yurtimizda xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, san‘atni yanada ravnaq toptirish borasida yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Maqolada aholi turmush madaniyatini yuksaltirishning tarixiy va zamonaviy masalalari haqida fikr yuritilgan va tahlillar berilgan.
Xafiza Abdullayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Insonning turmush madaniyati shaxsning jamiyatidagi ijtimoiylashuvi natijasidir. Zero, jamiyatning sog‘lomligi har bir insonning yuqori darajada turmush madaniyatiga ega bo‘lishini taqozo etadi. Ushbu maqolada shahar aholisining turmush madaniyatini yuksaltirish masalalari (yangi O‘zbekiston massivlari misolida) haqida fikr yuritilgan.
Ilyos Mahmudov Ikromjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada XIX-XX asrlarda klassik musiqa merosida yetakchi o‘rinlarni egallagan voha - Farg‘ona vodiysida maqom shakllanishi tarixi, maqom turlari, aytish yo‘llari, turkumli va turkumsiz maqomlar, mahalliy ijrochilik an‘analari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashula bo‘limi kelib chiqishi tarixi haqida to‘liq ma‘lumot berilgan.
Gulzira Muhiddinova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Kanta va oratoriya janrlari to‘plam kabi, odatda umumiy nom ostida tsiklga birlashtirilgan mustaqil no‘merlardan iborat boladi. Oratorial-kanta janri kontsert ijrosi uchun mo‘ljallangan katta vokal-simfonik asarlarni o‘z ichiga oladi. U nafaqat oratoriyalar, kantatalar, ovoz va, balki asboblar uchun shunga o‘xshash asarlarni, balki xor va solistlar uchun musiqiy kompozitsiyalarni (jo‘rli va jo‘rsiz, a cappella) o‘z ichiga oladi. Dastlab cherkovda ijro etish uchun mo‘ljallangan edi.
Эльмурадов Ахтам Норбекович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Yo‘g‘on ichak (lot. intestinum crassum) - ovqat hazm qilish yo‘lining quyi, oxirgi qismi, ya‘ni ichakning oziq bo‘tqasidan (ximusdan) shakllangan najas hosil bo‘ladigan quyi qismi. U orqa ichakning hosilasi hisoblanadi. Yo‘g‘on ichak sut emizuvchilarda, shu jumladan insonda ham ichaklarning eng keng qismi bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ida va kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashadi hamda ko‘richak (caecum), chambar ichak va to‘g‘ri ichakdan iborat.
Шоназаров Искандар Шоназарович, Адизов Фаридун Эргашкул угли · Research Focus International Scientific Journal · 2023
operatsiyadan keyingi bitishmalar barcha o‘tkir ingichka ichak tutilishlarining 75 foizini tashkil etadi. Adgeziolizis uchun ochiq jarrohlik standart yondashuv hisoblansa-da, laparoskopik yondashuv ommalashib bormoqda. Bizning taxminimizcha, laparoskopik yondashuv bitishmali ingichka ichak tutilishida maqbul tanlov bo‘lib, ayrim bemorlarda ochiq yondashuvga qaraganda yaxshiroq natijalar beradi.
Шербеков У.А., Рустамов И.М. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqsad. O‘tkir paraproktitni kompleks davolashda ozonoterapiya va antioksidant/antigipoksant remaksolning samaradorligini o‘rganish. Materiallar va usullar. Ish asosini ikki guruhga bo‘lingan o‘tkir yiringli paraproktitli bemorlar (n=46) ustidagi klinik kuzatuvlar tashkil etadi. Nazorat guruhida (n=26) paraproktitli bemorlar bazaviy terapiya (antibiotiklar, yallig‘lanishga qarshi, detoksikatsion, antigistamin va boshqa dorilar) oldi, asosiy guruhda (n=20) esa terapiya 0,89% li ozonlashtirilgan izotonik natriy xlorid eritmasini vena ichiga yuborish bilan to‘ldirildi. Natijalar. Klinik-laboratoriya tadqiqotlari ozonoterapiya va remaksolni o‘z ichiga olgan o‘tkir paraproktitni kompleks davolash erta operatsiyadan keyingi davrda o‘z samaradorligini sezilarli oshirganini aniqladi, bu bir qator klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi bilan belgilandi. Ozonoterapiyaning davolovchi ta‘siri amalga oshishining muhim mexanizmlari uning alterativ hodisalarni kamaytirish, jarohatning zararlangan to‘qima tuzilmalarida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash hisobiga to‘qima tuzilmalarining reparativ salohiyatini oshirish qobiliyati ekanligi aniqlandi. Xulosalar. Kompleks terapiyada organizm darajasida bir qator gomeostatik ko‘rsatkichlarning korreksiyasi kuzatiladi. Endogen intoksikatsiya sindromi ifodalanganligining sezilarli kamayishi, eritrotsitlar funksional holatining tez tiklanishi isbotlangan.
С.А. Абдуллаев, Л.С. Абдуллаева · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Sepsis tashxisi juda murakkab masaladir. Sepsis holatlarining taxminan 30 foizi bakteriologik tasdiqsiz qoladi. Holatlarning 40-45 foizida sepsis stafilokokklar tomonidan keltirib chiqariladi. Biroq holatlarning 80 foizida jarrohlik infeksiyalari anaerob infeksiya bilan birga kechadi. Sepsisni davolashning jarrohlik usullari eng dolzarb hisoblanadi. Ayniqsa, sepsis yumshoq to‘qimalarning yallig‘lanish kasalliklari oqibati bo‘lsa, ularni davolash shoshilinch jarrohlik aralashuvidan boshlanishi kerak.
Мустафакулов Ишназар Бойназарович, Норов Мирвохид Чариевич, Джураева Зилола Арамовна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Og‘ir qo‘shma qorin jarohati shikastlanishlarning alohida turi bo‘lib, ham tinch, ham urush davrida yaradorlar va jabrlanganlar o‘limining yetakchi sabablaridan biri hisoblanadi. Qorin shikastlanishlari yo‘l-transport hodisalari oqibatida har yili qayd etiladigan halokatli holatlarning 30 foiziga bevosita sabab bo‘ladi va yana 58 foiz baxtsiz hodisalarda oqibatga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Qorin jarohati, qoida tariqasida, qorin bo‘shlig‘i va qorin parda orti bo‘shlig‘idagi hayotiy muhim a‘zolar funksiyasining sezilarli buzilishi bilan kechadi, bu esa keyinchalik moddalar almashinuvining hamda boshqa a‘zo va tizimlar faoliyatining buzilishiga olib keladi. Og‘ir qo‘shma qorin jarohati bilan bemorlarning aksariyatini tashxisni (peritonit va gemoperitoneum) tez qo‘yish, shuningdek zamonaviy faol jarrohlik taktikasi yordamida saqlab qolish mumkin.