SHAHAR AHOLISINING TURMUSH MADANIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI (YANGI O‘ZBEKISTON MASSIVLARI MISOLIDA)
Xafiza AbdullayevaO‘zDSMI "Madaniyat va san‘at menejmenti" kafedrasi o‘qituvchisi2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 3Sahifa 259–261
Annotatsiya
Insonning turmush madaniyati shaxsning jamiyatidagi ijtimoiylashuvi natijasidir. Zero, jamiyatning sog‘lomligi har bir insonning yuqori darajada turmush madaniyatiga ega bo‘lishini taqozo etadi. Ushbu maqolada shahar aholisining turmush madaniyatini yuksaltirish masalalari (yangi O‘zbekiston massivlari misolida) haqida fikr yuritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ КУЛЬТУРЫ БЫТА ГОРОДСКОГО НАСЕЛЕНИЯ (НА ПРИМЕРЕ МАССИВОВ «НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН»)
Культура жизнедеятельности человека-это результат социализации личности в обществе. Ведь здоровье общества требует, чтобы у каждого человека был высокий уровень культуры жизни. В данной статье рассмотрены вопросы повышения культуры жизни горожан (на примере массивов нового Узбекистана).
inglizchaISSUES OF ENHANCING THE CULTURE OF EVERYDAY LIFE OF THE URBAN POPULATION (ON THE EXAMPLE OF THE NEW UZBEKISTAN RESIDENTIAL AREAS)
A person‘s culture of everyday life is the result of the individual‘s socialisation in society. Indeed, the health of society requires every person to possess a high level of culture of everyday life. This article discusses the issues of enhancing the culture of everyday life of the urban population (on the example of the New Uzbekistan residential areas).
Kalit so‘zlar
- Jamiyat
- turmush madaniyati
- sivilizatsiya
- renessans
- yangi O‘zbekiston massivlari
- infratuzilma
- taraqqiyot
- milliy madaniyat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
SHAHAR AHOLISINING TURMUSH MADANIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI (YANGI O‘ZBEKISTON MASSIVLARI MISOLIDA)
Xafiza Abdullayeva O‘zDSMI “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7793355 Annotatsiya: Insonning turmush madaniyati shaxsning jamiyatidagi ijtimoiylashuvi natijasidir. Zero, jamiyatning sog‘lomligi har bir insonning yuqori darajada turmush madaniyatiga ega bo‘lishini taqozo etadi. Ushbu maqolada shahar aholisining turmush madaniyatini yuksaltirish masalalari (yangi O‘zbekiston massivlari misolida) haqida fikr yuritilgan. Kalit sо‘zlar: Jamiyat, turmush madaniyati, sivilizatsiya, renessans, yangi O‘zbekiston massivlari, infratuzilma, taraqqiyot, milliy madaniyat.
ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ КУЛЬТУРЫ ЖИЗНИ ГОРОЖАН (НА ПРИМЕРЕ МАССИВОВ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА)
Аннотация: Культура жизнедеятельности человека-это результат социализации личности в обществе. Ведь здоровье общества требует, чтобы у каждого человека был высокий уровень культуры жизни. В данной статье рассмотрены вопросы повышения культуры жизни горожан (на примере массивов нового Узбекистана). Ключевые слова: Общество, культура жизни, цивилизация, Ренессанс, новые узбекские массивы, инфраструктура, развитие, национальная культура.
ISSUES OF IMPROVING THE CULTURE OF LIFE OF CITIZENS (ON THE EXAMPLE OF THE ARRAYS OF NEW UZBEKISTAN) Abstract: The culture of human activity is the result of the socialization of the individual in society. After all, the health of society requires that every person has a high level of culture of life. This article discusses the issues of improving the culture of life of citizens (using the example of the arrays of new Uzbekistan).
Key words: Society, culture of life, civilization, Renaissance, new Uzbek massifs, infrastructure, development, national culture.
Bizning eng muhim vazifamiz - odamlarning bunyodkorona mehnati, hayot ta’minoti va dam olishi uchun qulay va munosib shart-sharoitlar yaratishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
KIRISH Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishish marosimida kelgusida 1 milliondan ortiq aholi uchun barcha qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilishini aytgan edi. Davlatimiz rahbari mazkur yangi massivlarda ko‘plab maktab, bog‘cha, madaniyat markazlari, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun muassasalar va tibbiyot maskanlari qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. 2021-yilning 9-dekabr kuni muhtaram prezidentimiz “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmonni imzoladilar. Farmonda aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan edi. Jumladan quyidagi muhim masalalar yurtboshimiz tomonidan ustuvor vazifa etib belgilandi: - “Yangi O‘zbekiston” massivlarida ko‘p qavatli uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyasi, ijtimoiy soha, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari kompleks tarzda quriladi - massivlarda tashkil etiladigan ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqlari asosida realizatsiya qilinadi; - ijtimoiy soha obyektlari (maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, tibbiyot punktlari, isitish qozonxonalari va boshqalar)ni qurish — Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda, ijtimoiy soha obyektlari davlatxususiy sheriklik asosida qurilganda, ushbu ishlar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq bajariladi. [1] TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI O‘zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko‘rsatkichlarini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq qo‘llaniladi. Unga to‘liq ilmiy ta’rif beradigan bo‘lsak, bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiyiqtisodiy kategoriyadir. Ma’lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar va iste’mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u ancha kengroq tushuncha hisoblanadi. Lekin hozircha bu boradagi konsepsiyalarni aholining turmush darajasi sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko‘rsatkichga keltirish bo‘yicha samarali usul mavjud emas. Har bir mamlakat qanday siyosiy va ijtimoiy harakatlarni amaliyotga joriy etishidan qat'iy nazar ularning yakuniy maqsadi xalq manfaatlari, aholi turmush darajasini yaxshilash, yetakchi mamlakatlar safidan joy olishga qaratiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, aholi turmush darajasining yaxshilanishi, bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligining ko‘lami, ilmiy-texnik taraqqiyot, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy madaniy xususiyatlar, albatta hukumat tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar hamda amaliy harakatlar natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Bugungi kunda uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvini takomillashtirish, ma’lumotlar sifatini oshirish maqsadida bir qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Jahon banki vakillari bilan hamkorlikda uslubiyotni takomillashtirish, savolnomalarni xalqaro standartlarga moslashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, aholining turmush madaniyatini yuksaltirish ya’ni, kuzatuv jarayonida 2020-yilgacha foydalanilgan qog‘oz shaklidagi savolnomalardan voz kechib, 2021-yildan boshlab to‘liq uy xo‘jaliklarida kuzatuvni planshetlar yordamida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu orqali yanada samarali natijalarga erishish ko‘zlangan. Albatta hozirgi kunda bunday amaliyot joriy qilinib o‘zinig amaliy natijasini ko‘rsatib kelmoqda.
Rivojlangan davlatlarda keng qo‘llaniladigan ushbu zamonaviy tizimga ko‘ra, kuzatuv so‘rovnomalari planshetlarga o‘rnatilib, intervyular ulardan foydalangan holda olinadi. Respondent tomonidan intervyu savollariga berilgan javoblar ana shu planshetda qayd etib boriladi va onlayn rejimda yagona ma’lumotlar bazasiga uzatiladi. Bu, o‘z navbatida, kuzatuvlar monitoringini yuritish, sifatni nazorat qilish imkonini beradi. [2] O‘ylaymanki, bizning yurtimizda ham shunday smart tizimlarni it texnalogiyalar vositasida amalga tadbiq etish aholi turmush madaniyatini yuksaltirishda muhim omillardan bo‘lib xizmat qiladi. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichidir. Madaniyat ijodkori, eng avvalo, xalqdir. Faylasuf olimlar madaniyatni eng muhim dolzarb soha sifatida e’tirof etib, ishlab chiqarish madaniyati, boshqarish madaniyati, rejalashtirish madaniyati, turmush madaniyati, xizmat ko‘rsatish madaniyati, muomala madaniyati, ekologiya madaniyati, bola tarbiyasi madaniyati kabilarni sanab o‘tadi. Turmush madaniyati ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, u jamiyatning barcha sohalarini sog‘lom barqarorlikka olib keladi. Turmush madaniyatini rivojlantirish jarayoni murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, insonni barkamollikka yetaklaydi. Turmush madaniyati kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, hamkorlik, mehr-muhabbat, insonparvarlik, tinch-totuvlik kabi hislatlarda, shu bilan bir qatorda, insonning o‘z salomatligi va jamiyatning sog‘lomligiga nisbatan mas’ullik bilan munosabatda bo‘lishi, o‘z salomatligining posboni sifatida faoliyat yuritishida ko‘rinadi. [3,15 b.] Aynan yangi barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston massivlarida ham aholi turmush madaniyatini yuksaltirish, kerakli shart-sharoitlarni yaratish, madaniy hordiq muhitini yaratish masalasi ham muhim hisoblanadi. Soha mutaxassislarini jalb qilgan holda bu kabi ishlarni amaliyotga joriy etish aholining yanada farovon va totuv yashashiga zamin yaratadi. Yurtimiz hududining barcha viloyatlarida bunyod etilayotgan Yangi Oʻzbekiston massivlari aholi uchun munosib turmush sharoitiga ega zamonaviy shaharchaga aylanib bormoqda. Uning atrofida turarjoy binolari qatorida ijtimoiy infratuzilma inshootlari, shuningdek, yashil maydonlar kiritilgan. Har yili ko‘plab xonadonlar foydalanishga topshirilmoqda. XULOSA Ko‘p qavatli uylarda yuzlab oila oʻzining shinam xonadoniga ega boʻlmoqda. Yangi uylarning taqdimot marosimida soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda aholining tobora oshib borayotgan turarjoyga boʻlgan talabini qondirish va buning oqilona yechimlarini hayotga tatbiq etish saʼy-harakatlariga alohida toʻxtalib oʻtishmoqda. Barcha qulaylikka ega xonadon kalitini qabul qilib olgan fuqarolar mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash yoʻlidagi amaliy ishlar uchun Muhtaram Prezidentimizga minnatdorlik izhor etishmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati: 1. “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2021-yil, 11-dekabr. 2. U.Madaminov. “Aholi turmush darajasi qanday baholanadi?”. Yuz.uz rasmiy sayti 2021-yil, 3-mart. 3. M.Abdujabborova “Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari” o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Navro‘z. 2020. – 242 b.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2021-yil, 11-dekabr.
- U.Madaminov. “Aholi turmush darajasi qanday baholanadi?”. Yuz.uz rasmiy sayti 2021-yil, 3-mart.
- M.Abdujabborova “Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari” o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Navro‘z. 2020. – 242 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010570
- Nashr sanasi
- 2023-04-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i3.171
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 259–261
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06