Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

MAMLAKATIMIZ AHOLISINING TURMUSH MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING TARIXIY VA ZAMONAVIY MASALALARI

Xafiza AbdullayevaO‘zDSMI "Madaniyat va san‘at menejmenti" kafedrasi o‘qituvchisi2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 3Sahifa 262–265

Annotatsiya

Bugungi kunda yurtimizda xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, san‘atni yanada ravnaq toptirish borasida yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Maqolada aholi turmush madaniyatini yuksaltirishning tarixiy va zamonaviy masalalari haqida fikr yuritilgan va tahlillar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaИСТОРИЧЕСКИЕ И СОВРЕМЕННЫЕ ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ КУЛЬТУРЫ БЫТА НАСЕЛЕНИЯ НАШЕЙ СТРАНЫ

Сегодня невозможно перечислить ни с чем не сравнимые возможности, которые создаются в нашей стране в плане повышения культуры нашего народа, дальнейшего развития искусства. В статье рассмотрены и проанализированы исторические и современные вопросы повышения культуры жизни населения.

inglizchaHISTORICAL AND MODERN ISSUES OF ENHANCING THE CULTURE OF EVERYDAY LIFE OF OUR COUNTRY‘S POPULATION

Today it is impossible to enumerate the incomparable opportunities that are being created in our country for enhancing the culture of our people and for the further flourishing of art. The article discusses and analyses the historical and modern issues of enhancing the culture of everyday life of the population.

Kalit so‘zlar

  • Jamiyat
  • integratsiya
  • sivilizatsiya
  • renessans
  • urbanizatsiya
  • strategiya
  • milliy madaniyat. turmush madaniyati
  • transformatsiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MAMLAKATIMIZ AHOLISINING TURMUSH MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING TARIXIY VA ZAMONAVIY MASALALARI Xafiza Abdullayeva O‘zDSMI “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7793363 Annotatsiya: Bugungi kunda yurtimizda xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, sanʼatni yanada ravnaq toptirish borasida yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. Maqolada aholi turmush madaniyatini yuksaltirishning tarixiy va zamonaviy masalalari haqida fikr yuritilgan va tahlillar berilgan. Kalit sо‘zlar: Jamiyat, integratsiya, sivilizatsiya, renessans, urbanizatsiya, strategiya, milliy madaniyat. turmush madaniyati, transformatsiya.

ИСТОРИЧЕСКИЕ И СОВРЕМЕННЫЕ ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ЖИВОЙ КУЛЬТУРЫ НАСЕЛЕНИЯ НАШЕЙ СТРАНЫ

Аннотация: Сегодня невозможно перечислить ни с чем не сравнимые возможности, которые создаются в нашей стране в плане повышения культуры нашего народа, дальнейшего развития искусства. В статье рассмотрены и проанализированы исторические и современные вопросы повышения культуры жизни населения. Ключевые слова: Общество, интеграция, цивилизация, Ренессанс, урбанизация, стратегия, национальная культура. культура жизни, трансформация.

HISTORICAL AND MODERN ISSUES OF INCREASING THE LIVING CULTURE OF THE POPULATION OF OUR COUNTRY

Abstract: Today it is impossible to list the incomparable opportunities that are being created in our country in terms of improving the culture of our people, further development of art. The article discusses and analyzes historical and modern issues of improving the culture of life of the population. Key words: Society, integration, civilization, Renaissance, urbanization, strategy, national culture. culture of life, transformation.

Albatta, erishayotgan barcha yutuqlarimiz, inson qadri ulug‘bo‘lgan diyor – Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi dastlabki natijalardir. Biz bunyodkor xalqimiz bilan birga bunday ezgu ishlarni davom ettiramiz va oldimizga qo‘ygan katta-katta marralarga albatta erishamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

KIRISH So‘nggi yillarda barcha soha va yo‘nalishlarda fundamental islohotlar amalga oshirildi. Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizda rivojlanishning yangi bosqichini boshlab berdi. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish uning birinchi maqsadi etib belgilangan. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo

totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Mamlakatimizda xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, barcha sohalarni modernizatsiyalash, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinlarini ta’minlash asosida O‘zbekistonning yangi qiyofasi yaratilmoqda. Milliy madaniyatimizni yanada kengroq o‘rganish, turmush tarzimizga tadbiq etish, xalqimizning ma’naviy -ma’rifiy saviyasini yuksaltirish maqsadida 2018-yil 28-noyabrda muhtaram prezidentimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qilingan edi. Davlatimiz rahbarining milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir tashabbusi tafakkur tarzimiz, hayotga munosabatimiz, millat va xalqning buguni, ertasini, navqiron avlod maʼnaviy kamolotini, odamlarimizning nurli kelajagini yaratishga qaratilgan ishlarimizning tub ildizlarini ham oʻz ichiga qamrab oladi, desak, yanglishmagan boʻlamiz. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida aholi turmush madaniyatini yuksaltirishni boshqarish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Davlat dasturlarini amalga oshirishda tizimli yondashuv, boshqarishni axborot bilan ta’minlash, turmush madaniyatini yuksaltirishga oid qarorlarni bajarilishini nazorat qilish, aholi o‘rtasida turmush madaniyatini targ‘ib qilish, aholi turmush madaniyatini yuksaltirishda madaniy-ma’rifiy muassasalar, jumladan kutubxonalarning o‘rni va roli masalalari ham keng o‘rin olgan. [1, 4-b.] Aynan shunday islohotlar tufayli bugungi kunda aholining turmush madaniyati yuksalib, kelajak uchun mustahkam poydevor barpo etilmoqda. Turmush madaniyati va turmush tarzi kishilar hayotining kundalik amal qilish jarayonidir. Kishilar o‘rtasidagi munosabatlar, turli an’ana va urf-odatlar, mehnatga hamda jamiyatga, yashash qoidalariga munosabat turmushda o‘z ifodasini topadi. Jamiyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida turmush madaniyati rivojlanib, o‘zgarib boradi. Turmush madaniyatida har bir xalqning uzoq asrlar davomida yaratgan ma’naviy va moddiy boyliklari, yon-atrof, muhit va kelajak haqidagi tasavvurlari, milliy-etnik belgilari, mentaliteti, urf-odatlari, an’analari hamda yashash usuli to‘la aks etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda turmush madaniyati xalq, millat, etnosning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan hayot kechirish usullarining majmuidir. Turmush madaniyati inson hayoti va insoniyat mavjudligining, borligining asosiy belgisi sifatida qadim kishilik jamiyati bilan birga mavjudlik kasb etgan. TADQIQOT NATIJALARI O‘zbek ma’rifatparvarlaridan biri bo‘lgan Ishoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat XX asrning 20-30-yillarida boshqa o‘zbek jadidlari kabi o‘zining “Tarixi madaniyat” asarida mustaqil davlatning moddiy va ma’naviy zamini haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildiradi. Allomaning uzoq vaqt xorijiy mamlakatlarda bo‘lgani va bu yurtlarning ilm-fani, texnikasi, ijtimoiy hayoti, tili va dini bilan yaqindan tanish bo‘lgani juda katta foyda beradi. Jumladan, u xorijiy davlatlarni ko‘rgan, ularning turmush tarsi bilan yaqindan tanish bo‘lgan alloma sifatida madaniy taraqqiyotga erishgan davlatni quyidagicha ta’riflaydi: “madaniyat degan so‘z nizom va qonun ostida idora

bo‘lib, xalqi ilm va hunarni bilib, qilib turg‘on kasbi ila bahuzur tiriklik qilsa, ana o‘shal yerni shahar va odamlarni madaniy derlar”.[2, 6-bet.] Ibrat o‘zining “Tarixi madaniyat” asarini yozish davomida xalqning madaniy taraqqiyot va tanazzuli haqidagi fikrlarini kengaytirish, taraqqiyot mohiyatini tushuntirib berishni maqsad qilib oladi. Shuningdek, xususiy maktablarda ta’lim olayotgan talabalarni taraqqiyot yo‘l-yo‘riqlaridan ma’lumot olishlari, binobarin, ushbu taraqqiyot yo‘nalishlarini o‘zida aks ettirgan asar muassasa kishilariga ham foyda berishini ko‘zda tutgan holda, millatga o‘z fikr va mulohazalari orqali yordam berishini maqsad qilganligini bayon etadi. Muhtaram prezidentimiz aholining farovon, baxtli, tinch va totuv yashashi uchun uning turmush madaniyati yuksak bo‘lmog‘i uchun ko‘plab islohotlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, butun Respublikamiz bo‘ylab aholi uchun zamonaviy Yangi O‘zbekiston massivlarining bunyod etilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. “Yangi O‘zbekiston” massivlarini rivojlantirish va aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2023-yilda yangi uy-joylar qurish hajmi ikki barobarga oshirilishi 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan. MUHOKAMA Unga ko‘ra, 53 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda, jumladan, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan yangi uy-joylar qurishning yillik hajmlari ikki barobarga oshirilib, 90 mingga yetkaziladi. 2022-yilda 44 mingta xonadon qurilib va foydalanishga topshirilgan boʻlib, belgilanayotgan choralar amalga oshirilishi natijasida, 2023-yilda quriladigan xonadonlar soni oʻtgan yilga nisbatan kamida 100 foizga koʻpayadi. 26 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqarolarga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun davlat budjetidan yetarli mablagʻlar yoʻnaltiriladi. Natijada 2023-yilda aholiga ipoteka kreditlari doirasida boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga 1 trillion soʻm miqdorda subsidiya ajratiladi. [3] “Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Bu siyosat bir yil bilan cheklanib qolmasligi, doimo bardavom bo‘lishi barchamizga ayon” – deya ta’kidlagan edi muhtaram Prezidentimiz. Aynan 2023-yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” deya nomlanishi ham bejiz emas zero yangi O‘zbekistonda xalqimizning turmush sharoitini yaxshilash, uning tinch va totuv yashashini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridandir. Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, turmush madaniyatini yuksaltirish respublikamizning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini milliy cholg‘ular, musiqa darsliklari, notalar to‘plamlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida 2022-yil 02-fevralda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” muhtaram prezidentimiz tomonidan qaror imzolandi. Ushbu qarorga muvofiq 2022-yildan boshlab madaniyat va san’at sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi qo‘shimcha choralari joriy etiladi: – Madaniyat vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida har yili quyidagilar uchun davlat buyurtmalari beriladi: – teatrlarda sahnalashtiriladigan kamida 40 ta yangi spektaklga;

– kompozitorlar va bastakorlarga 40 ta yangi musiqa asarlari, shu jumladan, opera, simfoniya, oratoriya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar, xususan, estrada bo‘yicha asarlar yaratishga; – kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo‘ljallangan audiovizual asarlar yaratishga (keng ommalashgan 20 ta audiovizual asar ijodkorlari Madaniyat vazirligi hay’atining qarori bilan tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi); – kamida 150 ta eng yaxshi milliy qo‘shiqlarni karaoke yordamida ijro qilish uchun qayta ishlashga; – atoqli ijodkor-ziyolilar, aholi orasida yuksak hurmatga ega san’at va ijod vakillari tomonidan olis va chekka hududlar aholisi, ushbu hududlardagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishga (bir yillik reja-jadval hamda Madaniyat vazirligi bilan tuziladigan fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida); – ta’lim muassasalari (tanaffus paytida), aeroport, temir yo‘l va avtovokzallar, savdoko‘ngilochar majmualar, madaniyat va istirohat bog‘lari, xiyobonlar, mehmonxonalar va boshqa tashkilotlarning lokal tarmoqlari orqali eshittiriladigan va tashrif buyuruvchilarning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladigan milliy kuylardan iborat musiqiy albomlarni tayyorlash va ommalashtirish ishlariga (mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda); XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimiz prezidenti rahbarlgida keying yillarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. M.Abdujabborova “Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari” o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Navro‘z. 2020. – 242 b.
  2. Ishoqxon Ibrat. “Tarixi madaniyat”. – Toshkent: O‘zR FA “Fan” nashriyoti, 2019. – 72 b.
  3. “O‘zbekistonda 2023-yilda yangi uy-joylar qurish ikki barobarga oshirilishi kutilmoqda”. Daryo.uz rasmiy sayti. 2023/02/07/.
  4. “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qarori 2022-yil 02-fevral. Lex.uz.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010571
Nashr sanasi
2023-04-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v2i3.172
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
262–265
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06