M. Saidmaxmud · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada umumta‘lim maktablarida o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatini takomillashtirishning pedagogik tahlili, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bo‘lgan munosabati, pedagogik texnologiya mashg‘ulotlarini tashkil etish yo‘llari va uslublari keng yoritilgan.
M. Xabibovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada 5–6-sinf o‘quvchilarining psixofiziologik xususiyatlari va ularning xorijiy tilda o‘qish kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlari talablariga mos ravishda matnni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodologik asoslari tahlil qilinadi. Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim paradigmasida 5–6-sinf o‘quvchilarining ingliz tili o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning fundamental psixofiziologik va pedagogik-psixologik asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekiston ta‘lim tizimining xalqaro baholash dasturlari, xususan, boshlang‘ich va o‘rta bo‘g‘in tutashuvidagi savodxonlikni o‘lchovchi PIRLS hamda funksional savodxonlikka yo‘naltirilgan PISA tadqiqotlari talablariga integratsiyalashuvi bilan belgilanadi. Maqolada 11–12 yoshli o‘quvchilarning kognitiv rivojlanish bosqichlari — konkret tafakkurdan mavhum-mantiqiy mushohadaga o‘tish davri tahlil qilinadi. Muallif o‘qish jarayonini shunchaki dekodlashtirish (harf va tovush mosligi) emas, balki murakkab kognitiv faoliyat sifatida talqin etadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning matnni interpretatsiya qilish, muallif pozitsiyasini tahlil etish va axborotni hayotiy kontekstga ko‘chirish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda "yaqin rivojlanish zonasi", "metakognitiv monitoring" va "skayffolding" kabi psixologik konsepsiyalarning o‘rni yoritib berilgan. Maqolaning amaliy qismida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, "tushunmaslik qo‘rquvi" (reading anxiety) kabi psixologik to‘siqlarni bartaraf etish hamda matn bilan ishlashda vizualizatsiya va assotsiativ xotira imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ilgari suriladi. Xulosa sifatida, o‘qish kompetensiyasini tizimli rivojlantirish o‘quvchining nafaqat lisoniy boyligini, balki uning intellektual salohiyati va tanqidiy fikrlash darajasini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishining asosiy omili ekanligi isbotlanadi.
M. Xabibovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro baholash dasturlari — PIRLS va ePIRLSning mazmun-mohiyati, metodologik asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholashda qo‘llaniladigan kognitiv jarayonlar, matn turlari va topshiriqlar darajasi batafsil yoritilgan. Ayniqsa, raqamli muhitda axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ePIRLS tizimining an‘anaviy baholashdan farqli jihatlariga alohida urg‘u berilgan. Maqolada o‘quvchilarning muvaffaqiyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, oilaviy muhit va ota-onalar ishtirokining ahamiyati statistik ma‘lumotlar asosida asoslab beriladi. Tadqiqot yakunida milliy ta‘lim tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va o‘quvchilarning tahliliy fikrlash qobiliyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
M. Abduvohid · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada musobaqa oldidan sportchilarning umumiy psixologik holatini aniqlash usullari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Sportchilarning ruhiy tayyorgarlik darajasi, stressga chidamliligi, motivatsiyasi va emotsional barqarorligini baholashda qo‘llaniladigan psixodiagnostik metodlar yoritiladi. Shuningdek, psixologik holatni aniqlash natijalariga asoslangan holda mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish va sport natijadorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
K. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada yoshlarda ekologik ong va mas‘uliyatni oshirishda milliy qadriyatlarning o‘rniga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ekologik muvozanatni tartibga keltirish, bunda yoshlar tushunishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar hamda bu jarayonning yurt rivojiga ta‘siriga oid tahlillar keltirilgan.
I. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada raqamli ta‘lim muhitida bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash malakasini takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tajriba-sinov ishlarining metodologiyasi, natijalari va ilmiy-amaliy xulosalari bayon etiladi. O‘zbekiston Respublikasining 6 ta oliy ta‘lim muassasasini qamrab olgan, jami 463 nafar talaba ishtirokidagi kvazi-eksperimental tadqiqotda CTDF (Critical Thinking Development Framework) modeli sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari tajriba guruhi talabalarining tanqidiy fikrlash malakasi barcha besh mezon bo‘yicha statistik jihatdan ahamiyatli darajada o‘sganligini ko‘rsatdi (p
D. Baxodirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada “fuqaro kompetensiyasi”, “fuqarolik tuyg‘usi” tushunchalarining mazmun-mohiyati orqali fuqarolik kompetensiyasi tuzilmasi aniqlashtirilgan. Shuningdek, fuqarolik kompetensiyasining asosiy jihatlari va funksiyalari yoritib berilgan.
B. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada yoshlar tarbiyasida ma‘naviy tarbiyani madaniy qadriyatlar orqali uyg‘un holda yuksaltirish borasida so‘z yuritilgan. Mamlakatimiz taraqqiyotida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda yoshlar tarbiyasida madaniy qadriyatlarning o‘rni tahlil etilgan. Bunda madaniy qadriyatlarni har bir shaxsning ongida shakllantirishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.
B. Soliha · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada 14–15 yoshli voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Unda yoshga xos xususiyatlar, asosiy jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish metodlari hamda mashg‘ulot jarayonini tashkil etish ko‘rib chiqilgan. Ilmiy va tizimli yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan.
B. Soliha · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur ishda kurash sportida muhim bo‘lgan asosiy jismoniy sifatlar — kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Ushbu sifatlarni shakllantirish va takomillashtirishda qo‘llaniladigan asosiy mashg‘ulot usullari hamda ularning sport natijalariga ta‘siri qisqacha tahlil qilingan. Ish kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
A. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada yosh milliy kurashchilarning mashg‘ulotlarini dastlabki bosqichlarda tashkil etishda ta‘lim va tarbiya jarayonini individuallashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida sportchilarning yoshi, jismoniy tayyorgarligi, psixologik holati va individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil etishning samarali usullari tahlil qilingan. Shuningdek, murabbiy-pedagog faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, differensial yondashuv va individual rejalashtirish asosida sportchilarni tayyorlashning ahamiyati ochib berilgan. Natijada yosh kurashchilarning jismoniy rivojlanishi, texnik-taktik mahorati hamda ma‘naviy-axloqiy tarbiyasini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
O. Ravshanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi jargonlarning struktur va semantik xususiyatlari qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Jargonlarning shakllanish usullari, ularning nutqdagi funksional vazifalari hamda ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari ikki til leksik tizimida jargonlarning tutgan o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi.
A. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Bu maqolada veb nashrlari va onlayn media platformalarida ekologik mavzularning yoritilishi o‘rganilgan. Digital jurnalizmning rivojlanishi ekologik axborot tarqatishda yangi imkoniyatlar ochib berdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, veb saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va digital platformalar ekologik savodxonlikni oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. O‘zbekiston kontekstida onlayn media atrof-muhit masalalarini qamrab olishda rivojlanayotgan soha bo‘lib, davlat organlari va ijtimoiy tashkilotlar ekologik axborotni tarqatishda faol foydalanmoqda. Maqolada ekojurnalistika, digital kommunikatsiya strategiyalari, ijtimoiy medianing ahamiyati va veb platformalarining oqilona ishlatilishi tahlil qilinadi.
A. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Bu maqolada O‘zbekiston Respublikasining bosma nashrlari (gazeta va jurnallari) orqali ekologik masalalarning yoritilish xarakteristikasi o‘rganilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasidagi joriy ekologik muhim mavzular bosma ommaviy axborot vositalarida qanday taqdim etilayotganini tahlil qiladi. Ish jurnal va gazeta materiallarining 2020- 2024-yillardagi kontent-me‘yoriy tahlilini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekologik mavzular O‘zbekiston bosma nashrlarida muammoli o‘rin egallaydi va bu sohadagi ixtisoslashgan nashrlar yetishmaydi. Maqolada ekologik savodxonlik va ommaviy xabardorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar berilgan.
H. Xidirovich, F. Fayozbek · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning nazariy asoslari muhokama qilingan bo‘lib, bank xizmatlari va operatsiyalari tahlil qilingan. Maqolada tahlillarga asoslangan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
P. Djengisbaevna, K. Adilbaevna, B. Tleubergenovna, B. Tleubergenovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqola Orol dengizi mintaqasining, asosan, janubiy qismida 2000– 2025-yillardagi suv resurslari dinamikasini global modellar va masofadan zondlash ma‘lumotlari bilan ishlash metodikasiga tayangan holda raqamli tahlil qilishga qaratilgan.
N. Durdiyev, Z. G‘opporova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada 2024–2025-yillarda dala sharoitida olib borilgan tajribalar asosida kuzgi bug‘doyda ko‘chat qalinligining shakllanishi hamda o‘simliklarning qishki sovuqlarga chidamliligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida qishdan oldingi va erta bahordagi ko‘chat qalinligi hamda qishda sovuqdan nobud bo‘lgan o‘simliklar ulushi aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, qishdan oldingi ko‘chat qalinligi 451,4–471,4 ming dona/m² oralig‘ida, bahorgi ko‘rsatkich esa 401,4–455,8 ming dona/m² diapazonda qayd etildi. O‘simliklarning sovuqdan nobud bo‘lish darajasi variantlar va yillar kesimida 8,8–52,7 % oralig‘ida o‘zgarishi aniqlangan.
H. Xidirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada Navoiy viloyatining paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za o‘stirishda kaliyli o‘g‘itni 120 kg/ga (K2O) hisobida N-250, P-175 kg/ga fonida qo‘llash g‘o‘zaning “S-01” navining o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay oziqlanish muhitini yaratib, ko‘rsatib o‘tilgan sharoitda g‘o‘za navidan mo‘l va sifatli paxta hosili yetishtirish imkoniyati mavjudligi yoritilgan.
М. Н.А, Т. Гулзар, С. Цюйхуэй, И. Нурсултан · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi ehtimoliy kelajak energetika ssenariylari ko‘rib chiqilgan, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sektorining hozirgi holati haqida batafsil ma‘lumot berilgan.
А. Шавазов, И. Илекерова, Ш. Тураханов · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada turli texnologik sharoitlarda ishlaydigan kompressor va ventilyatorli elektromexanik tizimlarning energiya samaradorligini oshirishning zamonaviy usullari ko‘rib chiqiladi. Asinxron elektr yuritmalarning energetik xarakteristikalariga o‘zgaruvchan yuklama, o‘tish jarayonlari, qisman yuklama rejimlari va to‘xtab turish vaqtlarining ta‘siri tahlil qilindi. Chastotaviy boshqariladigan yuritma, adaptiv boshqarish algoritmlari va intellektual boshqarish usullarini qo‘llash orqali energiya yo‘qotishlarini kamaytirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Energiya samaradorligiga erishish uchun ventilyatsiya tizimlarini dinamik modellashtirish va kompressor qurilmalarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Ish rejimini optimallashtirish tizimlari va rostlanuvchi elektr yuritmalardan foydalanish energiya sarfini 20–40 foizga, ba‘zan esa undan ham ko‘proq tejash mumkinligi ko‘rsatilgan. O‘zgaruvchan texnologik sharoitlarda elektromexanik tizimlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar so‘nggi ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida ishlab chiqilgan.