QISHLOQ XO‘JALIGIDA BANK XIZMATLARI BOZORINING NAZARIY ASOSLARI
Xidirovich Hamrayev Fayzulla, Fayozbek Fayzullayevb.f.n., dotsent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 5Sahifa 48–55
Annotatsiya
Ushbu maqolada bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning nazariy asoslari muhokama qilingan bo‘lib, bank xizmatlari va operatsiyalari tahlil qilingan. Maqolada tahlillarga asoslangan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Boshqa tillarda
ruschaТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РЫНКА БАНКОВСКИХ УСЛУГ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ
В статье рассматриваются теоретические основы банковских услуг и анализируются банковские услуги и операции. В статье разработаны научнопрактические рекомендации на основе анализа.
inglizchaTHEORETICAL FOUNDATIONS OF THE BANKING SERVICES MARKET IN AGRICULTURE
This article discusses the theoretical foundations of banking services and analyzes banking services and operations. The article develops scientific and practical recommendations based on analysis.
Kalit so‘zlar
- tijorat banklari
- bank xizmatlari
- operatsiyalar
- to‘lovlar
- kredit
- depozit samaradorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
QISHLOQ XO‘JALIGIDA BANK XIZMATLARI BOZORINING NAZARIY ASOSLARI Hamrayev Fayzulla Xidirovich b.f.n., dotsent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Fayzullayev Fayozbek talaba, Navoiy innovatsiyalar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.20605642 Annotatsiya: Ushbu maqolada bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning nazariy asoslari muhokama qilingan bo‘lib, bank xizmatlari va operatsiyalari tahlil qilingan. Maqolada tahlillarga asoslangan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, bank xizmatlari, operatsiyalar, to‘lovlar, kredit, depozit, samaradorlik.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РЫНКА БАНКОВСКИХ УСЛУГ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ Хамраев Файзулла Хидирович кандидат биологических наук, доцент, Навоийский государственный горнотехнологический университет Файзуллаев Файозбек студент, Навоийский инновационный университет Аннотация: В статье рассматриваются теоретические основы банковских услуг и анализируются банковские услуги и операции. В статье разработаны научнопрактические рекомендации на основе анализа. Ключевые слова: коммерческие банки, банковские услуги, операции, платежи, кредит, депозит, эффективность.
THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE BANKING SERVICES MARKET IN AGRICULTURE Hamrayev Fayzulla Xidirovich Candidate of Biological Sciences, Associate Professor, Navoi State University of Mining and Technologies Fayzullayev Fayozbek student, Navoi University of Innovations Abstract: This article discusses the theoretical foundations of banking services and analyzes banking services and operations. The article develops scientific and practical recommendations based on analysis. Keywords: commercial banks, banking services, operations, payments, credit, deposit, efficiency.
KIRISH O‘zbekiston bank tizimida so‘nggi yillarda bank xizmatlarini sifati va ko‘lamini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Lekin, jahonda bo‘layotgan o‘zgarishlar, globallashuv jarayoni, raqobatbardoshlikni haddan ziyod rivojlanishi, tijorat banklarining transformatsiya jarayonini yanada faollashtirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.
Bu jarayonda, bank tizimidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga o‘rgatishga qaratilgan. Shu jihatdan, bank tizimini transformatsiyalash borasidagi islohotlarni amalga oshirish, zamonaviy, bilimli kadrlarga bog‘liq bo‘lib, bank sohasi vakillarining bank tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasini va mazmun-mohiyatini yaxshi o‘zlashtirganligi asosiy omillardan sanaladi. Harakatlar strategiyasining 71-bandida barcha xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamli transformatsiyani amalga oshirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar transformatsiyasi bo‘yicha «yo‘l xarita»larini 2020-yil 1- iyundan boshlab amalga oshirish, shu jumladan aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish hamda zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini ko‘paytirish choralari belgilangan. Shu maqsaddan kelib chiqib, joriy yilda bank tizimi faoliyatini keng transformatsiyalash, shuningdek, bank biznesini yuritishning zamonaviy modellarini joriy qilish borasidagi belgilangan vazifalar ijrosi Markaziy bank va tijorat banklari o‘zaro hamkorligining amaliy va samarali shakllarini qo‘llashni taqozo etmoqda. Bunday yondashuv, pandemiya sharoitida aholida bank tizimiga bo‘lgan ishonchni shakllantirishga va uni oshirishga xizmat qilmoqda. Bank xizmatlarining spektri har yili kengayib bormoqda, bozorda doimiy ravishda mahsulot va xizmatlarning yangi turlari paydo bo‘lmoqda. Ushbu omil kredit tashkilotlari o‘rtasidagi har bir mijoz uchun raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun, har bir bank mijoz bilan bo‘lgan munosabatlarini sheriklik tamoyillariga asoslangan holda tuzmoqda. Shunday qilib, kredit muassasalari o‘z mijozlarining mablag‘larini nafaqat doimiy ravishda himoya qilibgina qolmay balki yangi bank mahsuloti va xizmatlarini taklif qilish orqali aholining tadbirkorlik faoliyati rivojiga hissa qo‘shishlari haqida fikr yuritishlari shart. Ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy omillar ta‘siri ostida bank mahsulotlari va xizmatlarining evolyutsiyasi amalga oshirilmoqda. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Bank xizmatlari bozorida mijozlarning ehtiyojlari va ularni qondirish, shuningdek bank xizmatlari kabi masalalarni tadqiq qilish, rossiyalik olimlar Ye. F. Jukov, O. I. Lavrushin, T. N. Nesterova, A. N. Ivanov, va fransiyalik iqtisodchi olim S. De Kusserlarning ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan. Piter S. Rouz[7] jamoatchilikka banklar tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlar, xususan banklar to‘g‘risida shunday deydi: “Bank – bu moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladigan, jamiyatning pul mablag‘larini professional boshqarib turadigan, shuningdek iqtisodiyotda ko‘pgina funksiyalarni bajarib turadigan firmadir”. Bundan tashqari Piter S. Rouz o‘quv qo‘llanmasida valyutani ayirboshlash, tijorat veksellar hisobini yuritish va korxonalarga kreditlar taqdim qilish, jamg‘ariluvchi depozitlar, qimmatliklarni saqlash, hukumat faoliyatini kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlash, chek hisob raqamlari (talab qilib olinguncha depozitlari), trast xizmatlari va oxirgi yillarda o‘z rivojini topgan iste‘mol kreditlarini taqdim qilish, sug‘urta xizmatlarini sotish, nafaqa rejalarini sotish, qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha brokerlik xizmatlarini taklif qilish kabi bank xizmatlari ustidan tadqiqot ishlarini olib borgan. Mazkur iqtisodchi olimning fikricha, bank shaklining o‘zgarishi bir qancha asosiy tendensiyalar yordamida amalga oshadi: xizmatlar soni o‘sishi, raqobatning o‘sishi, deregulyatsiya, moliyalashtirish narxining o‘sishi, foiz stavkalarga o‘ta sezuvchan fondlar, texnologik revolyutsiya, konsolidatsiya va geografik ekspansiya, bank ishining globallashuvi, bankrotlik xatarining o‘sishi va davlat tomonidan depozitlarni sug‘urtalash tizimining kuchsizlanishi.
Rossiyalik olim Ye. F. Jukov [3] o‘zining o‘quv qo‘llanmasida bank muassasasiga va bank operatsiyalariga quyidagicha fikr bildirgan: “bankka mablag‘larni yig‘uvchi va ularni qaytarishlik asosida joylashtiruvchi muassasa sifatida qaralganda, uning bu faoliyatida aktiv va passiv operatsiyalarni ajratish mumkin bo‘ladi”. Mazkur qo‘llanmada bankning passiv operatsiyalari qismida omonatlar (depozitlar) qabul qilish, mijozlar, shu jumladan bank-korrespondentlar uchun hisob raqamlarni ochish va ularni yuritish kabi xizmatlar ustida to‘xtalib o‘tgan. Aktiv operatsiyalar qismida mijozlarga ssudalar taqdim etish, kassa xizmatlarini ko‘rsatish va hokazo ko‘rsatilgan. Shu bilan birga Ye. F. Jukov tijorat banklarining moliyaviy xizmat turlari tarkibiga kiruvchi lizing, faktoring, forfeting, trast operatsiyalari; boshqa xizmat turlari turkumidan kassa hisob-kitob xizmatlari, yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish kabi bank xizmat turlari borasida o‘rganish ishlarini olib borgan. Taniqli rossiyalik olim O. I. Lavrushin [5], bankning xususiyati uning faoliyati mohiyatlari yordamida belgilanadi va mazkur faoliyatning natijasi bank mahsulotining yaratilishi hisoblanadi, deb belgilab o‘tgan. MATERIALLAR VA METODLAR Ilmiy tadqiqot olib borishda jadvallarni analitik taqqoslash, tadqiqotning mantiqiy va taqqoslama tahlil ma’lumotlarni guruhlash, ularni bir-biri bilan solishtirish yo‘li bilan statistik qayta ishlash usuli, miqdor va sifat ko‘rsatkichlar hisoblash kabi uslublardan foydalanildi. NATIJALAR Banklarni transformatsiya qilish jarayonida mijozlarning talablari ortib borishi muqarrar va bu borada ilg‘or innovatsion bank xizmatlarini sifatli ko‘rsatilmasligi natijasida bank mijozlarining o‘z bankiga bo‘lgan ishonchining kamayishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bank mijozlari banklarini almashtirishga yoki boshqa bank xizmatlaridan foydalanishga harakat qiladi. Shuning uchun banklar mijozlarining talablariga binoan faoliyatini transformatsiya qilishi, ya‘ni bank mahsulotlari va xizmatlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yangi bank xizmatlarni yaratishni taqozo etadi. Bank mahsuloti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - to‘lov mablag‘larini yaratish; - xizmatlarni taqdim qilish. To‘lov mablag‘larini yaratish butun iqtisodiyot miqyosida (yoki boshqacha qilib aytganda makrodarajada) olinadi. Bizga ma‘lumki, mehnat mahsulotlarini ayirboshlash bir mahsulotning boshqa mahsulot turiga almashtirish shaklida emas, balki sotib olish-sotish shakli ko‘rinishida amalga oshiriladi. Tovar ishlab chiqaruvchi bozorga o‘zining tovarini taklif qiladi. O‘z navbatida, sotib oluvchi o‘zining tovarini sotgan taqdirda o‘ziga kerak bo‘lgan mahsulotni sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sotib olish-sotish jarayonini amalga oshirish uchun umumiy to‘lov mablag‘lari ko‘rinishidagi pul zarur bo‘ladi. To‘lov mablag‘larisiz tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mehnat mahsulotlarini ayirboshlash imkoniyati bo‘lmaydi. Markaziy bank moddiy boyliklarning aylanishi, ishlatilishi va iste‘mol qilinishi, shuningdek ishlab chiqarish jarayoni davom etishi uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini chiqaradi. Bank mahsulotining ikkinchi tarkibiy qismi bo‘lgan bank xizmatlarini quyidagi tartibda tasniflash mumkin (1-jadval): Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bank xizmatlarini o‘ziga xos va o‘ziga xos bo‘lmagan turlarga ajratish mumkin. O‘ziga xos bo‘lgan xizmatlar tarkibiga bank tomonidan amalga oshiriladigan uchta operatsiyalarni kiritish mumkin: 1) depozit operatsiyalari;
2) kredit operatsiyalari; 3) hisob-kitob operatsiyalari. 1-jadval. Bank mahsulotining ikkinchi tarkibiy qismi bo‘lgan bank xizmatlarining tasniflanishi. Tasniflash mezonlari Taqdim qilinayotgan xizmatlar turi Bank faoliyati xususiyatiga muvofiq O‘ziga xos bo‘lgan xizmatlar. bo‘lishiga qarab. O‘ziga xos bo‘lmagan xizmatlar. Yuridik shaxslar. Xizmat ko‘rsatiladigan subyektlarga qarab. Jismoniy shaxslar. Bank resurslarini jalb qilish va joylashtirish Aktiv operatsiyalar. usuliga qarab. Passiv operatsiyalar. Pulli xizmatlar. Taqdim qilingan xizmatlar to‘loviga qarab. Pulsiz xizmatlar. Depozit operatsiyalari deganda- mijozlar mablag‘larining bank omonatlariga (depozitlariga) ko‘chishi tushuniladi. Mijozlar bankka qo‘ygan pul mablag‘lari uchun foiz to‘lovlarini oladilar. Kredit operatsiyalari - bankning asosiy operatsiyalari hisoblanadi. Chunki banklar foiz daromadlarining asosiy qismini kreditlar taqdim qilish jarayonidan oladilar. Lekin ba‘zi mamlakatlarda (asosan iqtisodiy krizis mavjud bo‘lgan va inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda) yuqori xatar darajasidan qochib, tijorat banklari asosan kreditlash emas, balki xatar darajasi past bo‘lgan bank operatsiyalarini (masalan, valyuta operatsiyalari va hokazo) amalga oshirishni afzal ko‘radilar. Hisob-kitob operatsiyalari - banklar tomonidan naqd va naqdsiz ko‘rinishda amalga oshiriladi. Mijoz topshirig‘iga ko‘ra banklar ularga tovar-moddiy boyliklarni sotish yoki sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirish, ish haqlarini to‘lash, soliq, yig‘imlar bilan bog‘liq va boshqa zarur bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun turli xil hisob raqamlar ochadilar. Bu jarayonda tijorat banklari vositachi rolini bajarib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun o‘z xizmat haqini oladi. 2020-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, bank hisobvaraqlarinirini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni 10, 4 million kishidan oshdi, shundan «Internet-banking» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar 699 ming kishidan ko‘proq odamni tashkil etdi, «Mobil-banking» va «SMS-banking» xizmatlaridan foydalanuvchilar 9, 68 million kishidan ziyodroq tashkil etib, ularning soni 2014-yilga nisbatan deyarli 40 barobarga ko‘paydi. 2020- yilning 1-mart holatiga ko‘ra, bank hisobvaraqlarinirini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni 10, 4 million kishidan oshdi, shundan «Internet-banking» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar 699 ming kishidan ko‘proq odamni tashkil etdi, «Mobil-banking» va «SMS-banking» xizmatlaridan foydalanuvchilar 9, 68 million kishidan ziyodroq tashkil etib, ularning soni 2014-yilga nisbatan deyarli 40 barobarga ko‘paydi. Tahlil etilayotgan yillarda kartalarning har 100000 kishiga to‘g‘ri keladigan umumiy plastik kartalarning soni 2022-dan 97939 ga oshgan. Bunda 2019-yilda Xumo kartalari va Konversion kartalarning joriy etilishi o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan. Biroq bizning fikrimizcha, bunday o‘sish baribir aholining plastik kartalarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirmaydi. Demak, mamlakatimizda plastik kartalardan samarali foydalanish yo‘llarini oshirish lozim. Bundan tashqari banklarning noan‘anaviy xizmatlar turlari mavjudki, uning tarkibiga qolgan boshqa barcha bank xizmatlari kiradi.
MUHOKAMA Noan‘anaviy bank xizmatlari soni ko‘pchilikni tashkil qilib, ularning ba‘zi ko‘rinishlarini quyida keltirib o‘tamiz: - vositachilik xizmatlari; - korxonani rivojlantirishga qaratilgan xizmatlar (ya‘ni birjaga kiritish, aksiyalarni joylashtirish, yuridik xizmat ko‘rsatish, axborot xizmatlari va hokazo); - kafolat va kafilliklar taqdim qilish; - ishonchli operatsiyalar (jumladan mijozning topshirig‘iga ko‘ra uning mulkini boshqarishda konsultatsiya va yordam berish); - korxonalarga buxgalterlik yordamlarini ko‘rsatish; - sud organlarida mijozning manfaatlarini taqdim qilish; - seyflarni taqdim qilish bo‘yicha xizmatlar; - turistik xizmatlar va boshqalar.
Yuqoridagi klassifikatsiya asosida ko‘rib chiqilgan bank xizmatlari ham yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mijozlar uchun, ham jismoniy shaxslar uchun ko‘rsatiladi. Bank amaliyotida yuqoridagi bank xizmatlarining to‘plami banklarda bir xil bo‘lishi mumkin, faqat ularning ko‘lami har xil bo‘ladi. Bank xizmatlarning pulli bo‘lishi va bankning daromadi nuqtai nazaridan qaralganda, qo‘shimcha aniqlik kiritishga yordam beradigan quyidagi belgilarni kiritish mumkin: daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan xizmatlar; qimmat va arzon xizmatlar. Bankning ko‘pgina aktiv operatsiyalari bankka daromad olish imkoniyatini beradi va aksincha omonatlar (depozitlar) bo‘yicha foizlarni to‘lanishini taqozo qiluvchi passiv operatsiyalar bank uchun xarajat keltiradi. Ba‘zi bank xizmatlari ko‘p mehnatni talab qiladi, shuning uchun ularning narxi qimmat bo‘ladi. Masalan, akkreditivni rasmiylashtirish va uni amalga oshirish xizmati to‘lov topshiriqnomaga asosan mijozning pulini o‘tkazib yuborish xizmatiga nisbatan bankka qimmatga tushadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, moddiy mahsulotning harakatlanishiga bog‘liq ravishda bank xizmatlari ikki turga bo‘linadi: moddiy mahsulotning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar va sof xizmatlar. Banklar o‘zlarining pul mablag‘lari operatsiyalari yordamida asosan moddiy tovarlarning harakatiga xizmatlar ko‘rsatadi, bularning asosiy qismi birinchi turga mansub bo‘ladi. Tovar harakatiga yordam beruvchi bankning bu xizmatlari (masalan, korxonalarga transport xizmatlari, aloqa, savdo) yangi qo‘shimcha narxni keltirib chiqaradi. Bank tomonidan sof xizmatlar bevosita moddiy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, shuningdek shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun ma‘lum toifadagi fuqarolarga taqdim qilinadi.
Ta‘kidlab o‘tganimizdek, bank mahsuloti - bu har xil xizmatlardir. Ishlab chiqarish korxonalarining xizmatidan farqli o‘laroq, bank xizmati moddiy ko‘rinishga ega emas. Shuning uchun, mehnat mahsuli predmet shaklini oladigan moddiy ishlab chiqaruvchi tarmoqlardan farqli ravishda bank xizmatlarini omborlarda saqlash, zaxira shaklida ishlab chiqarish mumkin emas.
Bank xizmatlarining muhim xususiyatlaridan biri ularning ishlab chiqarish xarakteri hisoblanadi. Hatto oddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan bank omonatlariga fuqarolarning va korxonalarning mablag‘larini jalb qilish amaliyoti yuqori ishlab chiqarish ma‘nosiga ega. Bunda bank nafaqat pullarni yig‘adi, balki “ishlamayotgan” mablag‘larni ishchi holatga keltiradi. Shu tariqa bank operatsiyalari mijozlarning xo‘jalik faoliyatiga xizmat ko‘rsatish orqali ishlab chiqarishni rivojlanishiga va jadallashuviga sabab bo‘ladi.
Bank xizmatlarining yana bir xususiyati shundan iboratki, bunda yuqori miqdordagi mablag‘lar bir hisob raqamdan ikkinchi hisob raqamga, bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chadi, ya‘ni bunda kapitalning pul ko‘rinishdagi harakati vujudga keladi. Masalan, kreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan bank operatsiyasini olaylik. Ma‘lumki, taqdim qilingan kredit belgilangan muddat ichida bankka ustama foiz to‘lovlari bilan birgalikda qaytib kelishi lozim. Bu shuni anglatadiki, qarzdor kreditni shunday ishlatmog‘i lozimki, bunda qarzdor hech bo‘lmaganda bank foizlarini to‘lash uchun foyda ko‘rishi lozim. Mijoz kredit shartnomasiga asosan kredit mablag‘larini “eb ketish” (iste‘mol maqsadlari) uchun emas, balki kapital shaklida ishlatishga majbur bo‘ladi.
Aytib o‘tish joizki, banklar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ham oshirilishi mumkin, ya‘ni ular bank monopoliyasi hisoblanmaydi. Masalan maxsus korxona va agentliklar buxgalterlik yordami ko‘rsatish, seyflarni ijaraga berish va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishlari mumkin. Binobarin belgilab o‘tish mumkinki, banklar nobank operatsiyalarini ham bajarishlari mumkin bo‘ladi. Bunday fikr bildirilishiga sabab — bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab raqobat vujudga kelishi oqibatida yuqori daromadli operatsiyalarni kengaytirish imkoniyati cheklanadi va banklar o‘z navbatida daromad olishning yangi manbalarini qidirishga majbur bo‘ladilar.
Demak biz bank xizmatlarining xususiyatlarini quyidagi tartibda ajratishimiz mumkin bo‘ladi: - zaxira sifatida ishlab chiqarish; - ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lish; - kapital, bank xizmatlarining obyekti bo‘lib xizmat qiladi; - aktiv va passiv operatsiyalarni qamrab oladi; - bankning monopoliyasi hisoblanmaydi; - nobank operatsiyalariga ham tegishli bo‘lish.
Bank xizmatlari standart to‘plamining evolyutsiyasi shundan iboratki, ko‘pgina omillarning (bunda nafaqat raqobat, balki yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, yangi bank mahsulotini yaratish va hokazo) ta‘siri ostida xizmatlar bozorida ularning ko‘lami ko‘payishi bilan bir qatorda ularning tarkibi ham kengayib bormoqda. Bunday holatni mamlakatimiz tijorat banklari amaliyotida ham kuzatish mumkin. Bundan bir necha yillar muqaddam mamlakatimiz tijorat banklari sertifikatlar, veksellar, kredit kartochkalari bilan ishlamaganlar; bank xizmatchilarining leksikonida faktoring, lizing, kontokorrent, opsion, bankomat va boshqa tushunchalar ishlatilmagan. Bunday holatning vujudga kelishining asosiy sababi, banklar markazlashtirilgan tizimda faoliyat yuritganlar va bunday tizimda ma‘lum bir bank xizmatlariga ehtiyoj bo‘lmagan. Bozor iqtisodiyoti banklar oldiga yangi talablarni qo‘ydi: banklar mijozlarining manfaatlariga to‘g‘ri keluvchi yangi operatsiyalarni o‘zlashtirishga majbur bo‘ldilar. Afsuski, banklar bu operatsiyalarning hammasini birdaniga o‘zlashtirib ololmaydilar, chunki ma‘lum darajada vaqt o‘tgan bo‘lsada, banklar hali yetarli darajada tajriba ortishga ulgurganlari yo‘q. Ba‘zi operatsiyalar inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lishi, zamonaviy aloqa vositalari yetarli darajada bo‘lmasligi natijasida o‘z rivojini topmagan. Bundan tashqari, tijorat banklarining ko‘pchiligi yangi bank xizmatlari to‘g‘risida yetarli darajada tasavvurga ega emaslar, bu borada banklar o‘z xodimlarini yangi xizmatlarning mohiyati va ularni mijozlarga taqdim qilish amaliyoti borasida o‘qitishlari lozim.
T. N. Nesterova[6] tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘zining o‘quv qo‘llanmasida batafsil to‘xtalib o‘tgan. Mazkur o‘quv qo‘llanmada olim xalqaro tartib asosida banklarning tashqi iqtisodiy faoliyatlari yo‘nalishlarini ko‘rib chiqqan. T. N. Nesterovaning fikricha, tashqi iqtisodiy faoliyat va pul - valyuta bozorida operatsiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq bank xizmati ma‘lum darajada xatar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos va murakkab amaliyotidir. U chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishni faqat xalqaro hisob-kitob qoidasini biluvchi, pul va valyuta bozorida bitimlarni tuza oladigan, valyuta bozorining konyukturasini tahlil qila oladigan, shuningdek o‘z mamlakatida valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi huquqiy bazani yaxshi biluvchi yuqori saviyali mutaxassis amalga oshirishi mumkin, deb hisoblaydi. Undan tashqari T. N. Nesterova o‘zining o‘quv qo‘llanmasida valyuta operatsiyalarini tashkil qilish, valyuta mablag‘larini jalb qilish, tovar va xizmatlar uchun xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar, bank o‘tkazmasi, inkass, akkreditiv, tashqi iqtisodiy faoliyatni milliy va xorijiy valyutada kreditlash, forfetlash, valyutani sotish bo‘yicha operatsiyalar, valyuta xatarlarini sug‘urtalash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z tadqiqot ishlarini olib borgan. A. N. Ivanov[4] bank “xizmati” va bank “operatsiyasi” kabi iqtisodiy kategoriyalarni to‘g‘ri farqlash lozimligini, shuningdek ular o‘rtasidagi sezilarli farqlar mavjudligini belgilab o‘tgan. Mazkur olim bank xizmatlari sohasidagi o‘z tadqiqotlari davomida “xizmatlar” va “operatsiyalar”larni umumlashtiruvchi quyidagi terminologik jadvalini tuzib chiqqan (2-jadval): 2-jadval. “Xizmat” va “operatsiya” tushunchalarining farqlanishi
Xizmat - O‘zgalar yordam ko‘rsatuvchi faoliyat. - Moddiy shakl va tabiat kuchiga ega bo‘lish, o‘zgartirish bilan bevosita band bo‘lmagan mehnatning barcha turlari. - Bajarish jarayonida yangi mahsulot yaratilmasdan balki mavjud eski mahsulotning sifatini o‘zgartiradigan faoliyat turlari.
Operatsiya - O‘ziga xos bo‘lgan faoliyat. - Bir maqsad uchun birlashtirilgan bir qancha faoliyatlar. - Mijoz topshirig‘i bilan bajariladigan komission yoki vositachilik operatsiyalari. - Yagona iqtisodiy vazifani hal qilishga qaratilgan yalpi o‘zaro bog‘liq bank faoliyatlari.
Mazkur keltirilgan jadvalda “xizmat” va “operatsiyalar” o‘rtasida farqlar ko‘rsatilgan. Bir tomondan, bular asosiy faoliyatni qo‘llab quvvatlovchi ma‘lum bir xususiyatlarni bildirsa, ikkinchi tomondan – ma‘lum bir maqsadga erishishga qaratilgan faoliyatlarni bildiradi. Bank xizmatlari va operatsiyalarning ma‘nosini tushunishda ingliz tilidagi “service” va “operation” so‘zlarining semantikasini (so‘zning ko‘p ma‘nolarga ega bo‘lishi) tahlil qiladigan bo‘lsak, qiziq bir faktni kuzatishimiz mumkin. 2-jadval “Service” so‘zining semantikasi quyidagi farqlanuvchi xususiyatlarni ajratib olish imkoniyatini beradi: - mijozga yordam berish yoki daromad olishida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyat; - ma‘lum bir ehtiyojlarni qanoatlantiruvchi tizim; - doimiy ravishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan maslahat va yuqori toifali yordam. “Operation” so‘zining semantikasi quyidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi: - harakat holati; - faoliyat, harakat, faoliyatlarning yaxlitligi; - faoliyat amalga oshirilayotgan holat. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida banklar o‘z mablag‘larini joylashtiradigan korxonalarning moliyaviy holati bilan kamdan kam holatda qiziqadilar. Ko‘pchilik holatlarda faqat qarz olgan korxonalarning moliyaviy holati ustidan nazorat o‘rnatilgan. Ammo ta‘kidlab o‘tish joizki, barqaror bo‘lgan resurs bazasi bankning moliyaviy holati barqaror bo‘lishi asosidir. XULOSA
O‘zbekistonda tijorat banklari tomonidan dastur yaratuvchilari bilan birga joriy etilgan mobil ilova dasturlari orqali mijozlarga real vaqt rejimida bank operatsiyalarini bajarish imkonini beruvchi quyidagi: - kartadan kartaga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalarini bajarish; - soliq, budjet, kommunal va boshqa bir qancha to‘lovlarni amalga oshirish; - mijozning talabiga ko‘ra bank kartasini bloklash (blokdan chiqarish); - jismoniy shaxslar uchun mikroqarz olish va kreditlarni so‘ndirish; - onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, depozit hamda ssuda (kredit) hisobvaraqlarinirini masofadan ochish (bank hisobvaraqlarinirini o‘rnatilgan tartibda ochgan mijozlar uchun); - xalqaro bank karta hisobvarag‘idan to‘lovlarni amalga oshirish va monitoring qilish, onlayn konversiya xizmatlari; - bank infratuzilmalari (filiallar, ayirboshlash shoxobchalari, bankomat va infokiosklar) dislokatsiyasi haqida ma‘lumot olish; - xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali kelgan mablag‘larni mijozning xohishiga ko‘ra bank hisobvarag‘i (omonati) yoki bank kartasiga kiritish kabi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda bank tizimi jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvini jadallashtirishda quyidagi masalalarga alohida e‘tibor qaratishi lozim: 1. Banklarning faoliyatini ish uslubini o‘zgartirish, bunda har bir mijozga yo‘naltirilgan o‘z strategiyasini ishlab chiqish; 2. Qishloq xo‘jaligidagi muammoli kreditlarni tanqidiy o‘rganish, bu borada bankning olis hududlaridagi mijozlarining ham moliyaviy ahvolini tahlil qilish, har bir mijozga individual yondashish; 3. Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirgan holda aholiga sifatli bank xizmatlarini onlayn shaklda taqdim etishning innovatsion yangi turlarini joriy qilish; 4. Raqamli bankning moliyaviy xizmatlarni mobil va onlayn-platformalar orqali amalga oshirishda vaqt va xarajatlarni tejalash, shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta‘minlash, xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini oshirish;
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12 maydagi PF-5992- sonli farmoni. 2020– 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida //O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2020. – № 6 (766). – 32-b
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3620 sonli Qarori.
- Jukov Ye. F. “Banki i bankovskie operatsii”. M. , 2017, “YuNITI”.
- Ivanov A. N. “Bankovskie uslugi: zarubejnыy opыt i rossiyskiy opыt”, M. , 2019.
- Lavrushin O. I. “Bankovskie operatsii”. , /darslik/, M. , 2019.
- Nesterova T. N. “Bankovskie operatsii”. , M. , 2020.
- Piter S. Rouz, “Bankovskiy menedjment”, M. 2007.
- www. cbu. uz.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013377
- Nashr sanasi
- 2026-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i5.2247
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 48–55
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06