Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING ENGLISH READING COMPETENCE IN 5TH–6TH GRADE STUDENTS

Xabibovna Mashrapova SevaraNamangan State chet tillari Institute, Tayanch doktoranti2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 5Sahifa 119–124

Annotatsiya

Mazkur maqolada 5–6-sinf o‘quvchilarining psixofiziologik xususiyatlari va ularning xorijiy tilda o‘qish kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlari talablariga mos ravishda matnni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodologik asoslari tahlil qilinadi. Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim paradigmasida 5–6-sinf o‘quvchilarining ingliz tili o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning fundamental psixofiziologik va pedagogik-psixologik asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekiston ta‘lim tizimining xalqaro baholash dasturlari, xususan, boshlang‘ich va o‘rta bo‘g‘in tutashuvidagi savodxonlikni o‘lchovchi PIRLS hamda funksional savodxonlikka yo‘naltirilgan PISA tadqiqotlari talablariga integratsiyalashuvi bilan belgilanadi. Maqolada 11–12 yoshli o‘quvchilarning kognitiv rivojlanish bosqichlari — konkret tafakkurdan mavhum-mantiqiy mushohadaga o‘tish davri tahlil qilinadi. Muallif o‘qish jarayonini shunchaki dekodlashtirish (harf va tovush mosligi) emas, balki murakkab kognitiv faoliyat sifatida talqin etadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning matnni interpretatsiya qilish, muallif pozitsiyasini tahlil etish va axborotni hayotiy kontekstga ko‘chirish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda "yaqin rivojlanish zonasi", "metakognitiv monitoring" va "skayffolding" kabi psixologik konsepsiyalarning o‘rni yoritib berilgan. Maqolaning amaliy qismida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, "tushunmaslik qo‘rquvi" (reading anxiety) kabi psixologik to‘siqlarni bartaraf etish hamda matn bilan ishlashda vizualizatsiya va assotsiativ xotira imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ilgari suriladi. Xulosa sifatida, o‘qish kompetensiyasini tizimli rivojlantirish o‘quvchining nafaqat lisoniy boyligini, balki uning intellektual salohiyati va tanqidiy fikrlash darajasini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishining asosiy omili ekanligi isbotlanadi.

Boshqa tillarda

inglizchaPSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING ENGLISH READING COMPETENCE IN 5TH–6TH GRADE STUDENTS

This article discusses the psychophysiological characteristics of 5th–6th grade students and their importance in the formation of reading competence in a foreign language. It also analyzes the methodological foundations of developing text comprehension and analysis skills in accordance with the requirements of international PISA and PIRLS studies. This article examines the fundamental psychophysiological and pedagogical-psychological foundations of developing English reading competence in 5th–6th grade students in the modern educational paradigm. The relevance of the study is determined by the integration of the Uzbek education system with the requirements of international assessment programs, in particular, PIRLS, which measures literacy at the junction of primary and secondary education, and PISA, which focuses on functional literacy. The article analyzes the stages of cognitive development of 11–12-year-old students - the period of transition from concrete thinking to abstract-logical observation. The author interprets the reading process as a complex cognitive activity, not just decoding (letter and sound correspondence). The research highlights the role of psychological concepts such as the "zone of proximal development", "metacognitive monitoring" and "scaffolding" in the formation of students‘ skills in interpreting the text, analyzing the author‘s position and transferring information to a real-life context. The practical part of the article puts forward methodological recommendations on increasing students‘ motivation to read in English lessons, overcoming psychological barriers such as "fear of not understanding" (reading anxiety), and using the possibilities of visualization and associative memory when working with text. In conclusion, it is proven that the systematic development of reading competence is the main factor in bringing not only the student‘s linguistic wealth, but also his intellectual potential and critical thinking level to international standards.

o‘zbek5–6-SINF O‘QUVCHILARIDA INGLIZ TILI O‘QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada 5–6-sinf o‘quvchilarining psixofiziologik xususiyatlari va ularning xorijiy tilda o‘qish kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlari talablariga mos ravishda matnni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodologik asoslari tahlil qilinadi. Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim paradigmasida 5–6-sinf o‘quvchilarining ingliz tili o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning fundamental psixofiziologik va pedagogik-psixologik asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekiston ta‘lim tizimining xalqaro baholash dasturlari, xususan, boshlang‘ich va o‘rta bo‘g‘in tutashuvidagi savodxonlikni o‘lchovchi PIRLS hamda funksional savodxonlikka yo‘naltirilgan PISA tadqiqotlari talablariga integratsiyalashuvi bilan belgilanadi. Maqolada 11–12 yoshli o‘quvchilarning kognitiv rivojlanish bosqichlari — konkret tafakkurdan mavhum-mantiqiy mushohadaga o‘tish davri tahlil qilinadi. Muallif o‘qish jarayonini shunchaki dekodlashtirish (harf va tovush mosligi) emas, balki murakkab kognitiv faoliyat sifatida talqin etadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning matnni interpretatsiya qilish, muallif pozitsiyasini tahlil etish va axborotni hayotiy kontekstga ko‘chirish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda "yaqin rivojlanish zonasi", "metakognitiv monitoring" va "skayffolding" kabi psixologik konsepsiyalarning o‘rni yoritib berilgan. Maqolaning amaliy qismida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, "tushunmaslik qo‘rquvi" (reading anxiety) kabi psixologik to‘siqlarni bartaraf etish hamda matn bilan ishlashda vizualizatsiya va assotsiativ xotira imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ilgari suriladi. Xulosa sifatida, o‘qish kompetensiyasini tizimli rivojlantirish o‘quvchining nafaqat lisoniy boyligini, balki uning intellektual salohiyati va tanqidiy fikrlash darajasini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishining asosiy omili ekanligi isbotlanadi.

ruschaПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ КОМПЕТЕНЦИИ ЧТЕНИЯ НА АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ У УЧАЩИХСЯ 5–6 КЛАССОВ

В данной статье рассматриваются психофизиологические характеристики учащихся 5–6 классов и их значение в формировании навыков чтения на иностранном языке. Также анализируются методологические основы развития навыков понимания и анализа текста в соответствии с требованиями международных исследований PISA и PIRLS. В статье исследуются фундаментальные психофизиологические и педагогико-психологические основы развития навыков чтения на английском языке у учащихся 5–6 классов в современной образовательной парадигме. Актуальность исследования определяется интеграцией узбекской системы образования с требованиями международных программ оценки, в частности, PIRLS, измеряющей грамотность на стыке начального и среднего образования, и PISA, ориентированной на функциональную грамотность. В статье анализируются этапы познавательного развития учащихся 11–12 лет – период перехода от конкретного мышления к абстрактно-логическому наблюдению. Автор интерпретирует процесс чтения как сложную познавательную деятельность, а не просто декодирование (соответствие букв и звуков). В исследовании подчеркивается роль психологических концепций, таких как «зона ближайшего развития», «метакогнитивный мониторинг» и «поддержка», в формировании у учащихся навыков интерпретации текста, анализа позиции автора и переноса информации в реальный жизненный контекст. Практическая часть статьи предлагает методические рекомендации по повышению мотивации учащихся к чтению на уроках английского языка, преодолению психологических барьеров, таких как «страх непонимания» (тревожность при чтении), и использованию возможностей визуализации и ассоциативной памяти при работе с текстом. В заключение доказано, что систематическое развитие навыков чтения является основным фактором, позволяющим привести не только языковое богатство ученика, но и его интеллектуальный потенциал и уровень критического мышления в соответствие с международными стандартами.

Kalit so‘zlar

  • reading competence
  • 5th–6th grade psychology
  • PIRLS
  • PISA
  • cognitive development
  • functional literacy
  • English language methodology
  • metacognition
  • interpretation motivation

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

5–6-SINF O‘QUVCHILARIDA INGLIZ TILI O‘QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI Mashrapova Sevara Xabibovna Namangan davlat chet tillari instituti, Tayanch doktoranti E-mail: sevaramasrapova30@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.20568974 Annotatsiya: Mazkur maqolada 5–6-sinf o‘quvchilarining psixofiziologik xususiyatlari va ularning xorijiy tilda o‘qish kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlari talablariga mos ravishda matnni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodologik asoslari tahlil qilinadi. Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim paradigmasida 5–6-sinf o‘quvchilarining ingliz tili o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning fundamental psixofiziologik va pedagogik-psixologik asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro baholash dasturlari, xususan, boshlang‘ich va o‘rta bo‘g‘in tutashuvidagi savodxonlikni o‘lchovchi PIRLS hamda funksional savodxonlikka yo‘naltirilgan PISA tadqiqotlari talablariga integratsiyalashuvi bilan belgilanadi. Maqolada 11–12 yoshli o‘quvchilarning kognitiv rivojlanish bosqichlari — konkret tafakkurdan mavhum-mantiqiy mushohadaga o‘tish davri tahlil qilinadi. Muallif o‘qish jarayonini shunchaki dekodlashtirish (harf va tovush mosligi) emas, balki murakkab kognitiv faoliyat sifatida talqin etadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning matnni interpretatsiya qilish, muallif pozitsiyasini tahlil etish va axborotni hayotiy kontekstga ko‘chirish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda "yaqin rivojlanish zonasi", "metakognitiv monitoring" va "skayffolding" kabi psixologik konsepsiyalarning o‘rni yoritib berilgan. Maqolaning amaliy qismida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, "tushunmaslik qo‘rquvi" (reading anxiety) kabi psixologik to‘siqlarni bartaraf etish hamda matn bilan ishlashda vizualizatsiya va assotsiativ xotira imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ilgari suriladi. Xulosa sifatida, o‘qish kompetensiyasini tizimli rivojlantirish o‘quvchining nafaqat lisoniy boyligini, balki uning intellektual salohiyati va tanqidiy fikrlash darajasini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishining asosiy omili ekanligi isbotlanadi. Kalit so‘zlar: o‘qish kompetensiyasi, 5–6-sinf psixologiyasi, PIRLS, PISA, kognitiv rivojlanish, funksional savodxonlik, ingliz tili metodikasi, metakognitsiya, interpretatsiya, motivatsiya.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ КОМПЕТЕНЦИИ ЧТЕНИЯ НА АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ У УЧАЩИХСЯ 5–6 КЛАССОВ Машрапова Севара Хабибовна Наманганский государственный институт иностранных языков, базовый докторант E-mail: sevaramasrapova30@gmail.com Аннотация: В данной статье рассматриваются психофизиологические характеристики учащихся 5–6 классов и их значение в формировании навыков чтения на иностранном языке. Также анализируются методологические основы развития навыков понимания и анализа текста в соответствии с требованиями международных исследований PISA и PIRLS. В статье исследуются фундаментальные психофизиологические и педагогико-психологические основы развития навыков чтения на английском языке у учащихся 5–6 классов в современной образовательной парадигме. Актуальность исследования определяется интеграцией узбекской системы образования с требованиями международных программ оценки, в частности, PIRLS, измеряющей грамотность на стыке начального и среднего образования, и PISA, ориентированной на функциональную грамотность. В статье анализируются этапы познавательного развития учащихся 11–12 лет – период перехода от конкретного мышления к абстрактно-логическому наблюдению. Автор интерпретирует процесс чтения как сложную познавательную деятельность, а не просто декодирование (соответствие букв и звуков). В исследовании подчеркивается роль психологических концепций, таких как «зона ближайшего развития», «метакогнитивный мониторинг» и «поддержка», в формировании у учащихся навыков интерпретации текста, анализа позиции автора и переноса информации в реальный жизненный контекст. Практическая часть статьи предлагает методические рекомендации по повышению мотивации учащихся к чтению на уроках английского языка, преодолению психологических барьеров, таких как «страх непонимания» (тревожность при чтении), и использованию возможностей визуализации и ассоциативной памяти при работе с текстом. В заключение доказано, что систематическое развитие навыков чтения является основным фактором, позволяющим привести не только языковое богатство ученика, но и его интеллектуальный потенциал и уровень критического мышления в соответствие с международными стандартами.

Ключевые слова: навыки чтения, психология 5–6 классов, PIRLS, PISA, когнитивное развитие, функциональная грамотность, методика преподавания английского языка, метакогниция, интерпретация, мотивация.

PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING ENGLISH READING COMPETENCE IN 5TH–6TH GRADE STUDENTS Mashrapova Sevara Xabibovna Namangan State Institute of Foreign Languages, basic doctoral student E-mail: sevaramasrapova30@gmail.com Abstract: This article discusses the psychophysiological characteristics of 5th–6th grade students and their importance in the formation of reading competence in a foreign language. It also analyzes the methodological foundations of developing text comprehension and analysis skills in accordance with the requirements of international PISA and PIRLS studies. This article examines the fundamental psychophysiological and pedagogical-psychological foundations of developing English reading competence in 5th–6th grade students in the modern educational paradigm. The relevance of the study is determined by the integration of the Uzbek education system with the requirements of international assessment programs, in particular, PIRLS, which measures literacy at the junction of primary and secondary education, and PISA, which focuses on functional literacy. The article analyzes the stages of cognitive development of 11–12-year-old students - the period of transition from concrete thinking to abstract-logical observation. The author interprets the reading process as a complex cognitive activity, not just decoding (letter and sound correspondence). The research highlights the role of psychological concepts such as the "zone of proximal development", "metacognitive monitoring" and "scaffolding" in the formation of students' skills in interpreting the text, analyzing the author's position and transferring information to a real-life context. The practical part of the article puts forward methodological recommendations on increasing students' motivation to read in English lessons, overcoming psychological barriers such as "fear of not understanding" (reading anxiety), and using the possibilities of visualization and associative memory when working with text. In conclusion, it is proven that the systematic development of reading competence is the main factor in bringing not only the student's linguistic wealth, but also his intellectual potential and critical thinking level to international standards. Keywords: reading competence, 5th–6th grade psychology, PIRLS, PISA, cognitive development, functional literacy, English language methodology, metacognition, interpretation, motivation.

KIRISH O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘quvchilarning savodxonlik darajasini xalqaro standartlar (PISA, PIRLS) darajasiga ko‘tarish ustuvor vazifadir [1; 5; 6]. Xususan, 11–12 yoshli o‘quvchilarda (5–6-sinf) ingliz tili o‘qish kompetensiyasini shakllantirish nafaqat lisoniy bilim, balki chuqur psixologik tayyorgarlikni ham talab etadi. Bu davr bolaning konkret tafakkurdan mavhum tafakkurga o‘tish bosqichi bilan xarakterlanadi. Mazkur maqolaning maqsadi — 5–6-sinf o‘quvchilarida ingliz tili o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning psixologik asoslarini hamda xalqaro PISA va PIRLS baholash dasturlari talablariga mos metodik yondashuvlarni tahlil qilishdan iborat. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODLARI Tadqiqot obyekti — 11–12 yoshli (5–6-sinf) o‘quvchilarning kognitiv-psixologik xususiyatlari va ularning ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini shakllantirish jarayoni. Tadqiqot materiallarini yosh psixologiyasi, kognitiv rivojlanish hamda chet tilini o‘qitish metodikasiga oid ilmiy manbalar, shuningdek xalqaro savodxonlikni baholash dasturlarining (PIRLS, PISA) hujjatlari tashkil etdi. Ishda quyidagi usullardan foydalanildi: psixologik-pedagogik adabiyotlarni nazariy tahlil qilish; o‘qish kompetensiyasini baholovchi xalqaro freymvorklarni (PIRLS, PISA) qiyosiy tahlil qilish; o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini umumlashtirish va tizimlashtirish. Tadqiqotning nazariy-metodologik asosini rivojlanish psixologiyasi sohasidagi ishlar [2; 3; 9], chet tilida o‘qishni o‘rgatish metodikasiga oid tadqiqotlar [4; 7; 8; 10] hamda xalqaro baholash dasturlarining metodologik hujjatlari [5; 6] tashkil etdi. NATIJALAR O‘tkazilgan nazariy tahlil 5–6-sinf o‘quvchilarining o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda hisobga olinishi zarur bo‘lgan psixologik xususiyatlar hamda o‘qish jarayonining tarkibiy darajalarini aniqlash imkonini berdi. 5–6-sinf o‘quvchilari o‘smirlik davrining ilk bosqichida bo‘ladilar. Bu davrda bilish jarayonlarida quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi [9]: Ixtiyoriy diqqatning shakllanishi: O‘quvchi endi faqat qiziqarli emas, balki zarur bo‘lgan ma’lumotlarga ham diqqatini jamlay oladi. Mantiqiy xotira ustuvorligi: So‘zlarni shunchaki yodlashdan ko‘ra, ularning matn ichidagi bog‘liqligini anglash samaraliroq bo‘ladi. Refleksiya: O‘zining o‘qish jarayonini kuzatish va qayerda xatoga yo‘l qo‘yganini tushunish qobiliyati shakllana boshlaydi. 11–12 yosh – bu bolalikdan o‘smirlik bo‘sag‘asiga o‘tish davri bo‘lib, J. Piaje tasnifiga ko‘ra, "konkret operatsiyalar" bosqichidan "formal operatsiyalar" bosqichiga o‘tish davridir [3]. Mavhum fikrlashning uyg‘onishi: 5-sinfgacha bola matndagi voqealarni faqat rasm yoki hayotiy tajriba orqali tasavvur qilsa, 6-sinfga kelib u matndagi yashirin ma’no va ko‘chma ma’nolarni (metaforalarni) tahlil qila boshlaydi.

Ixtiyoriy diqqat va charchoq: Bu yoshda o‘quvchi diqqatini 15-20 daqiqa davomida bir nuqtaga qarata oladi. Shuning uchun ingliz tilidagi matnlar hajmi va murakkabligi "vazifa-dam olish" tamoyili asosida qurilishi kerak.

Ijtimoiy motivatsiya: 5–6-sinfda o‘qish faqat baho olish uchun emas, balki tengdoshlari orasida obro‘qozonish vositasiga aylanadi. Agar o‘qish kompetensiyasi "qiziqarli muhokama" shaklida tashkil etilsa, psixologik to‘siqlar oson yengiladi.

Xalqaro baholash dasturlarida o‘qish kompetensiyasi shunchaki harf tanish emas, balki "axborot bilan ishlash san’ati" sifatida ko‘riladi. 5–6-sinflarda poydevor qo‘yilishi kerak bo‘lgan to‘rtta asosiy jarayon mavjud [5]: Axborotni qidirish va topish: Matndan faktik ma’lumotlarni ajratib olish (Scanning).

Xulosalar chiqarish: Matnda ochiq aytilmagan ma’nolarni (inferring) tushunish. Integratsiya va interpretatsiya: O‘qilgan ma’lumotlarni o‘zining hayotiy tajribasi bilan bog‘lash.

Matn mazmuni va shaklini baholash: Muallif nima uchun aynan shu so‘zni tanlaganini tahlil qilish. Xalqaro baholash tizimlari o‘quvchidan matnni uch xil darajada idrok etishni talab qiladi, ularning har biri o‘ziga xos psixologik operatsiyalarni o‘z ichiga oladi [6]:

Literal tushunish (Literal Comprehension): Bu bosqichda bola matndagi faktlarni (kim?, qayerda?, qachon?) aniqlaydi. Bu xotira va diqqatning barqarorligiga tayanadi.

Interpretativ tushunish (Inferential Comprehension): Matn qatorlari orasidagi ma’noni o‘qish. Masalan, "Qahramon nega bunday qildi?" degan savolga javob topish uchun o‘quvchi o‘zini qahramon o‘rniga qo‘yib ko‘rishi (empatiya) va sabab-oqibat bog‘lanishlarini qurishi kerak.

Kritik va Kreativ tahlil: PISA talabi bo‘yicha, 6-sinf o‘quvchisi matndagi ma’lumotni shubha ostiga olishi yoki unga muqobil yechim taklif qilishi lozim. Bu jarayon bolada "mustaqil shaxs" pozitsiyasining shakllanishi bilan bog‘liq.

MUHOKAMA Yuqorida keltirilgan psixologik xususiyatlar va o‘qish darajalari o‘quvchilar bilan ishlashda muayyan metodik yondashuvlarni qo‘llashni taqozo etadi.

O‘quvchilarda matnga nisbatan ijobiy psixologik munosabatni shakllantirish uchun quyidagi metodlar tavsiya etiladi [4; 10]: Skayffolding (Ko‘mak berish): Murakkab matnlarni kichik bo‘laklarga bo‘lib, tayanch tushunchalar orqali o‘qitish.

Metakognitiv ko‘rsatmalar: O‘quvchiga o‘qishdan oldin "Men nima uchun o‘qiyapman?", o‘qish davomida "Men buni tushunyapmanmi?" degan savollarni berishni o‘rgatish.

Vizualizatsiya: Matndagi voqealarni tasavvur qilish va sxemalar ko‘rinishiga keltirish orqali kognitiv yuklamani kamaytirish.

O‘quvchini matn bilan "yuzma-yuz" qoldirishdan oldin, unda kognitiv qulaylik yaratish lozim: Skayffolding (Tayanch ko‘priklari): Yangi lug‘at va grammatik qurilmalar o‘quvchining "yaqin rivojlanish zonasi" (L.Vygotskiy) doirasida bo‘lishi kerak. Matn o‘quvchining bilim darajasidan 10-15% yuqori bo‘lsagina, u rivojlanishga xizmat qiladi [2].

Predicting (Bashorat qilish): Matn sarlavhasi yoki rasmlariga qarab voqealar rivojini taxmin qilish. Bu usul miyaning "antitsipatsiya" (oldindan ko‘ra bilish) markazlarini faollashtiradi va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni (kognitiv ehtiyojni) uyg‘otadi.

Graphic Organizers (Vizual modellashtirish): Venn diagrammalari yoki "fikrlar xaritasi" (Mind maps). 5–6-sinf o‘quvchilari vizual ma’lumotni matnli ma’lumotga qaraganda 60,000 marta tezroq qayta ishlaydi. Bu matnni mantiqiy tizimlashtirishga yordam beradi.

Ingliz tilida o‘qishda o‘quvchilarda ko‘pincha "tushunmaslik qo‘rquvi" (Foreign Language Reading Anxiety) paydo bo‘ladi. Buni bartaraf etish uchun: Xato qilish huquqi: O‘quvchi har bir notanish so‘zni lug‘atdan qidirmasligi, balki matn mazmunidan kelib chiqib taxmin qilishi (Contextual guessing) rag‘batlantirilishi kerak [7; 8].

Muvaffaqiyat hissi: Kichik hajmli, tushunarli va yakunida aniq xulosaga ega matnlar o‘quvchida "Men eplay olaman!" degan ishonchni (Self-efficacy) mustahkamlaydi.

Matn tanlovi: 5–6-sinflar uchun matnlar ularning qiziqishlariga (gadjetlar, sarguzashtlar, hayvonlar olami) mos bo‘lishi shart. Psixologik jihatdan qiziqish — diqqatning eng kuchli stimulyatoridir.

XULOSA 5–6-sinf o‘quvchilarida ingliz tili o‘qish kompetensiyasini shakllantirish shunchaki til o‘rgatish emas, balki ularning fikrlash uslubini o‘zgartirishdir. Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko‘rishda psixologik yondashuv — o‘quvchini matnni "iste’mol qilish"dan uni "tahlil qilish"ga o‘tkazish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida, o‘quvchining nafaqat tilda, balki hayotda ham muvaffaqiyatli bo‘lishiga xizmat qiluvchi fundamental poydevordir. 5–6-sinf o‘quvchilarida ingliz tili o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish – bu murakkab psixofiziologik jarayon. PISA va PIRLS tadqiqotlarida yuqori natijaga erishish uchun dars jarayonida faqat grammatikaga e’tibor bermasdan, bolaning tanqidiy fikrlashi, intuitsiyasi va axborotni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi psixologik treninglar va interaktiv metodlarni uyg‘unlashtirish lozim. Bu yoshda qo‘yilgan to‘g‘ri poydevor kelajakda o‘quvchining global axborot maydonida erkin harakatlanishini ta’minlaydi. 5–6-sinf o‘quvchilarida ingliz tili o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni shunchaki lingvistik bilimlar jamlanmasi emas, balki bolaning intellektual va psixofiziologik o‘sishini muvofiqlashtiruvchi murakkab kognitiv tizimdir. Tadqiqot va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi 11–12 yoshda matnni idrok etishning yangi bosqichiga qadam qo‘yadi; bu davrda u so‘zlarni mexanik o‘qishdan ularning kontekstual ma’nolarini chaqib olishga (deep reading) o‘tadi.

Xalqaro PISA va PIRLS baholash dasturlarining talablarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, o‘quvchilarda quyidagi uchta fundamental ustunni mustahkamlashni taqozo etadi:

Psixologik tayyorgarlik: Matn bilan ishlashda "xato qilishdan qo‘rqmaslik" muhitini yaratish va o‘quvchining o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini (self-efficacy) oshirish.

Kognitiv strategiyalar: O‘quvchilarga matnni shunchaki o‘qishni emas, balki uni tahlil qilish (inferencing), bashorat qilish (predicting) va baholash (evaluating) usullarini o‘rgatish.

Metakognitiv nazorat: O‘quvchining o‘z tushunish darajasini nazorat qila olishi, qaysi qismda qiyinchilikka uchrayotganini anglab, uni bartaraf etish strategiyasini tanlay olishi.

5–6-sinflarda qo‘yilgan poydevor o‘quvchining keyingi akademik hayotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ingliz tili darslarida o‘qish kompetensiyasini psixologik asosda rivojlantirish orqali biz nafaqat xalqaro sinovlarda yuqori natija ko‘rsatuvchi, balki axborot asrida tanqidiy fikrlaydigan, global raqobatga bardoshli shaxsni tarbiyalagan bo‘lamiz. Bu esa ta’lim sifatini oshirishning eng samarali va istiqbolli yo‘lidir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Mirziyoyev Sh.M. «Yangi O‘zbekiston strategiyasi». – Toshkent: «O‘zbekiston», 2021. (Ta’lim islohotlari qismi).
  2. Vygotskiy L.S. Thinking and Speech (Tafakkur va nutq). (Yaqin rivojlanish zonasi nazariyasi).
  3. Piaget J. The Psychology of the Child. (Bolaning kognitiv rivojlanish bosqichlari bo‘yicha).
  4. Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi. – Toshkent: «O‘qituvchi», 2012.
  5. Mullis I.V.S., Martin M.O. PIRLS 2021 Assessment Framework. – Chestnut Hill, MA: Boston College.
  6. OECD. PISA 2022 Results: Factsheets. (O‘qish savodxonligi bo‘yicha xalqaro standartlar).
  7. Anderson N.J. Exploring Second Language Reading: Issues and Strategies. – Heinle & Heinle, 1999.
  8. Grellet F. Developing Reading Skills: A Practical Guide to Reading Comprehension Exercises. – Cambridge University Press, 2010.
  9. Vohidov M. «Bolalar psixologiyasi». – Toshkent, 1982.
  10. Nutall C. Teaching Reading Skills in a Foreign Language. – Macmillan Education, 2005.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013390
Nashr sanasi
2026-06-05
Til
inglizcha
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
5
DOI
10.66073/researchfocus.v5i5.2260
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
119–124
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06