UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARINING SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA JISMONIY MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK TAHLILI
Saidmaxmud MirzayevNamangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi dotsenti, b.f.n.2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 5Sahifa 125–131
Annotatsiya
Maqolada umumta‘lim maktablarida o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatini takomillashtirishning pedagogik tahlili, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bo‘lgan munosabati, pedagogik texnologiya mashg‘ulotlarini tashkil etish yo‘llari va uslublari keng yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПЕДАГОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ И ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ
В статье представлен педагогический анализ совершенствования здорового образа жизни и физической культуры учащихся общеобразовательных школ, широко освещены отношение молодежи к формированию здорового образа жизни, пути организации занятий на основе педагогических технологий и их методики.
inglizchaPEDAGOGICAL ANALYSIS OF IMPROVING THE HEALTHY LIFESTYLE AND PHYSICAL CULTURE OF STUDENTS IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS
The article presents a pedagogical analysis of improving the healthy lifestyle and physical culture of students in general education schools. It widely covers young people‘s attitude toward the formation of a healthy lifestyle, ways of organizing pedagogical technology-based classes, and their methods.
Kalit so‘zlar
- yoshlar
- sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
- funksional tayyorgarlik
- xos xususiyatlar
- maxsus jismoniy tayyorgarlik
- tahlil
- pedagogik texnologiya
- uslub
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARINING SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA JISMONIY MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK TAHLILI Mirzayev Saidmaxmud Namangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi dotsenti, b.f.n. E-mail: MirzayevS@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.20540432 Annotatsiya: Maqolada umumta’lim maktablarida o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatini takomillashtirishning pedagogik tahlili, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bo‘lgan munosabati, pedagogik texnologiya mashg‘ulotlarini tashkil etish yo‘llari va uslublari keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: yoshlar, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, funksional tayyorgarlik, xos xususiyatlar, maxsus jismoniy tayyorgarlik, tahlil, pedagogik texnologiya, uslub.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ И ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ Мирзаев Саидмахмуд Доцент кафедры физического воспитания и прикладных видов спорта, Наманганский государственный университет, к.б.н. E-mail: MirzayevS@gmail.com Аннотация: В статье представлен педагогический анализ совершенствования здорового образа жизни и физической культуры учащихся общеобразовательных школ, широко освещены отношение молодежи к формированию здорового образа жизни, пути организации занятий на основе педагогических технологий и их методики. Ключевые слова: молодежь, формирование здорового образа жизни, функциональная подготовленность, специфические особенности, специальная физическая подготовка, анализ, педагогическая технология, метод.
PEDAGOGICAL ANALYSIS OF IMPROVING THE HEALTHY LIFESTYLE AND PHYSICAL CULTURE OF STUDENTS IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS Mirzayev Saidmakhmud Associate Professor, Department of Physical Education and Applied Sports, Namangan State University, Candidate of Biological Sciences E-mail: MirzayevS@gmail.com Abstract: The article presents a pedagogical analysis of improving the healthy lifestyle and physical culture of students in general education schools. It widely covers young people’s attitude toward the formation of a healthy lifestyle, ways of organizing pedagogical technologybased classes, and their methods. Keywords: youth, formation of a healthy lifestyle, functional preparedness, specific characteristics, special physical training, analysis, pedagogical technology, method.
KIRISH Ishning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, kadrlar tayyorlashning milliy tizimini zamonaviylashtirish, oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga
zamonaviy yangi texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi. “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab– quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni mamlakat aholisining salomatligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarligini oshirib borish bo‘yicha chora-tadbirlarni maqsadli amalga oshirishga yordam bermoqda. MATERIALLAR VA METODLAR Tajriba-sinov ishlari 2024–2025 yillarda uchta viloyat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 8- sinfning 365 nafar respondenti ishtirok etdi: Namangan shahar 11-sonli umumta’lim maktabi (120), Farg‘ona shahar 1-sonli umumta’lim maktabi (122), Andijon 24-sonli umumta’lim maktabi (123) nafar o‘quvchilar. Belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi: asoslovchi, shakllantiruvchi va umumlashtiruvchi. Har bir bosqichda o‘ziga xos vazifalar hal etildi, tadqiqot maqsadiga erishish yo‘lida olingan oraliq natijalar aniqlashtirildi. Tajribalarimizning birinchi bosqichini Namangan shahrining 7-sonli umumiy ta’lim maktablarining 8-parallel sinflarida, 120 nafar o‘quvchi ishtirokida (77 nafar o‘g‘il bolalar, 43 nafar qizlar)dan iborat o‘quvchilar bilan, ularga “O‘quvchi jismoniy statusi va somatik salomatligining yillik nazorat”i daftarini ilk bor amaliyotga tatbiq etish bilan boshladik (2-ilovaga qarang). Kuzatishlarimiz eksperimental maktablarning 77 foizdan ortiq o‘quvchilari jismoniy statusi, somatik salomatligi holatining nazoratini olib boradigan jismoniy tarbiya fanidan daftar yuritilmasligini aniqladik. Tajribalarni boshlanishida eksperimental sinflarimiz o‘quvchilarini qayd qilingan daftar bilan ta’minladik va uni yuritish bo‘yicha qisqacha tushuntirish berdik. Qayd qilingan daftarning yuritilishi o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlariga steriotipni shakllanishini tezlashtirdi. Chunki o‘quvchilarning jismoniy statusi ko‘rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quvchilarning sinflar, parallel sinflarning chempionlari, maktab rekordchilari paydo bo‘ldi va sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyatining mustaqil mashg‘ulotlarida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Tajribalarimizning ikkinchi bosqichini – shu kun maktab jismoniy madaniyat ta’limida umuman e’tibordan chetda qolayotgan tajriba-sinov sinflari o‘quvchilariga tana skeleti mushaklari, ularni joylashishi, bajaradigan xizmatlari, aynan shu kun uchun ularning zaruriy tonusi (tarangligi)ni yaratish, organizmni ishga kirishishga tayyorlash, ishga kirishishi, uni holatini eshitishni bilish hamda jismoniy yuklamalarni tana tuzilmalariga ta’siri, sarflangan quvvatni tiklashga oid bilimlari, eng muhim masala o‘quvchini mashqni qaysi mushaklar guruhiga mo‘ljallanganligini mohiyatiga e’tibor bermay, taqlid qilish bilan bajarishini, harakatni o‘zlashtirishga ongli munosabatga e’tiborni qaratdik. Tajriba-sinov sinfi o‘quvchilariga qo‘yilgan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savollarga javoblarning mazmuniga 10 ball bilan belgilandi.
Tajribalarimiz boshlanishida maktablarimizning tajriba-sinov sinflari o‘quvchilarida faqat 6% dagina individual “tibbiy nazorat kartochkalari” yuritilayotganligini guvoh bo‘ldik. Ular ham kasallikdan tuzalgan o‘quvchilarniki bo‘lib, tajribalarimiz davomida tibbiy ko‘riklarning mazmuni va sifatini talab darajasiga yaqinlashtirishga urindik. Bunday bilimlar faqat sport seksiyalarida, sportning biror turi bilan mahoratini oshirish maqsadida tizimli shug‘ullanuvchi o‘quvchilarda, kuzatdik xolos. Asosiy mushaklar guruhiga kiruvchi mushaklarni 12 tasini, qanday funksiyani bajarishini 19 nafar sportchidan 23,2% qoniqarli bahoga loyiq jismoniy bilimlari borligini, sinfning asosiy tibbiy guruhdagi so‘rovda ishtirok etganlarning 90% ga yaqini asosiy tana skeleti mushaklarni belgilang, deb qo‘yilgan savolga yaxshi bilmayman degan javobni berish bilan cheklandilar. Tavsiya qilingan mavzularning qay darajada o‘zlashtirilganligini tajriba-sinov sinf o‘quvchilari tomonidan yuritilgan maxsus kartochkalardagi biz tavsiya qilgan savollarga javoblari orqali nazoratini yo‘lga qo‘ydik. Sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyatining nazariy bilimlarni har bir mashg‘ulotda “organizmni ishga kirishishga tayyorlash mashqlari”dan oldingi 10 daqiqali vaqtni nazariy mashg‘ulotlarimiz uchun foydalandik. Mashg‘ulotdan oldingi organizmni ishga kirishishga tayyorlash daqiqalari shug‘ullanuvchi jismi a’zolari tuzilmalarini ruhiy tayyorgarligini o‘z zimmasiga olishining muhimligi tadqiqotlarda isbotlangan. Tashqi muhit ta’siri, turmush tarzi tarkibidagi – uyg‘onish bilan, jismoniy yuklamani – dam olish bilan to‘g‘ri navbatlashuvi, havo harorati, atmosfera bosimining o‘zgarishiga moslashuv, gormonlar organizmning modda almashinuvi jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qayd qilinganlar faqat mushaklar faoliyati bilan bog‘liq funksional o‘zgarishlarni yuzaga keltiradigan jarayonlarga oid nazariy bilimlar sifatida umumta’lim maktabining o‘rta, katta maktab yoshidagi o‘quvchilarga o‘qitishni vaqti yetdi va u shu kunning talabidir. NATIJALAR Tadqiqotlarimiz davomini nazariy tahlili va ularning natijalarini umumlashtirish orqali sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyati sohibi bilishi zarur sanalgan harakat faolligiga oid bilimlar tizimi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz: a) inson tanasining shakllanishi, ya’ni hujayralarni shakllanishi, ko‘payishi, yetilishi va ularni tarkibiga kiruvchi strukturalarni takomillashishi, voyaga yetishi, rivojlanishini murakkab jarayonligi haqidagi eng boshlang‘ich ma’lumotlar; b) o‘quvchi jismini rivojlanishida bosib o‘tiladigan bosqichlar va ularni o‘quvchilar egallashi zarur deb hisoblagan o‘ziga xos xususiyatlariga oid bilimlar; v) jismoniy mashqlarni bajarishda ishtirok etadigan mushaklar guruhini tanlash, ularga autent mashqlarni ajratishni bilishi malakasi va ularni mashqlantirish; g) mashg‘ulot uchun jismoniy yuklamani me’yorlash bilimlari; d) harakat faolligida foydalanadigan sog‘lomlashtirish mashqlari orqali sog‘lom, uzoq kasalliklarsiz yashash uchun, organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi eng oddiy bilimlar; e) tana skeleti mushaklarining aniq guruhiga maqsadli, tanlab, yo‘naltirib ta’sir etishni nazarda tutib mashq bajarish (67% o‘quvchi tana skeleti mushaklari uchun mashqlarni manzilli emas, taqlid qilish orqali bajarayotganligini kuzatdik) malakasiga oid bilimlar; e) mushaklar, ularning tana skeletida joylashishi, xizmatlari hamda qanday mashqlar bilan ta’sir etish mavzulari bo‘lishi maqsadga muvofiq deb hisobladik. Tajriba-sinovda jami 737 nafar o‘quvchilar qatnashdi. Shundan, tajriba guruhida 365 nafar o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa, nazorat guruhida 372 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Tajriba va nazorat guruhida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining statistik ko‘rsatkichlari 1 va 2-jadvallarda keltiriladi. 1-jadval. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish orqali jismoniy madaniyatini takomillashtirish darajasi (tajriba ishidan oldin) Tajriba guruhi (365 nafar Nazorat guruhi Mezonlar: respondent) (372 nafar respondent) Bilim, tasavvur yuqori o‘rta quyi yuqori o‘rta quyi Harakat faolligi 1 uchun samarali 78 180 107 77 170 125 “vaqt ritmi”ni aniqlash Tana skeletini 2 yirik 84 176 105 79 171 122 mushaklarining atalishi Tana skeletini yirik 3 82 174 109 81 172 119 mushaklarining joylashishi Kun uchun mushaklarning 4 zaruriy 76 183 106 75 173 124 “tonus”ini yaratish “Somatik” holatni eshitishga 81 176 108 74 178 120 oid bilimlar Organizmni 6 “ishga 85 170 110 82 170 120 kirishish”ga tayyorlash STT mashg‘ulotlari 7 83 178 104 77 171 124 shakllariga oid bilimlari Jismoniy 8 yuklamalarga oid 75 179 111 79 174 119 bilimlari Sarflangan quvvatni 9 tiklashga oid 80 182 103 78 169 125 “aktiv” “passiv” bilimlar
Sog‘lom 10 ovqatlanishga 82 181 102 75 180 117 mansub bilimlari Sog‘lom uyquga 11 77 176 112 81 166 125 oid bilimlari Jismoniy 12 rivojlanganlikka 78 181 106 76 173 123 oid bilimlari Jismoniy 13 tayyorgarlikka 83 174 108 80 171 121 oid bilimlari Umumiy o‘rtacha 80 178 107 78 172 122 2-jadval. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish orqali jismoniy madaniyatini takomillashtirish darajasining o‘sish dinamikasi (tajribadan so‘ng) Tajriba guruhi (365 nafar Nazorat guruhi Mezonlar: Bilim, respondent) (372 nafar respondent) tasavvur yuqori o‘rta quyi yuqori o‘rta quyi Harakat faolligi 1 uchun samarali 159 176 30 84 165 123 “vaqt ritmi”ni aniqlash Tana skeletini 2 yirik 155 176 34 85 165 122 mushaklarining atalishi Tana skeletini yirik 3 151 178 36 86 162 124 mushaklarining joylashishi Kun uchun mushaklarning 4 163 167 35 80 164 128 zaruriy “tonus”ini yaratish “Somatik” holatni eshitishga oid 152 182 31 90 164 118 bilimlar Organizmni 6 “ishga 162 169 34 82 166 124 kirishish”ga tayyorlash STT 7 161 172 32 88 162 122 mashg‘ulotlari
shakllariga oid bilimlari Jismoniy 8 yuklamalarga oid 153 175 37 81 164 127 bilimlari Sarflangan quvvatni 9 tiklashga oid 150 186 29 89 164 119 “aktiv” “passiv” bilimlar Sog‘lom 10 ovqatlanishga 164 165 36 83 169 120 mansub bilimlari Sog‘lom uyquga 11 157 178 30 87 159 126 oid bilimlari Jismoniy 12 rivojlanganlikka 159 177 29 79 171 122 oid bilimlari Jismoniy 13 tayyorgarlikka 155 173 37 91 157 124 oid bilimlari Umumiy o‘rtacha 157 175 33 85 164 123 MUHOKAMA Harakatlar mazmunini ifodalashda so‘z boyligini kamligi, jismoniy mashqlarga oid maxsus va badiiy adabiyotlarni kamligi, ularning jismoniy madaniyat va sportga oid fikrlarini ifodalashda, sog‘lomlashtirish jismoniy madaniyat atamalarini tajribalarimizni boshlanishida qo‘llash kulgilarga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, keyinchalik o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatdi. So‘z boyligi, qisqa vaqt ichida bajarib qo‘ygan harakatni tasvirlash, xotirada qoldirish, mazmunini zudlik bilan bayon qilish, ular haqida ijobiy salbiy fikrlar aytish malakalarini egallash keyinchalik nisbatan oson kechdi. Chunki, bo‘lajak sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyati egasi o‘zi yoki sinfdoshini jismoniy statusi yoki somatik salomatligiga mansub biologik, pedagogik, joiz bo‘lsa individual tibbiy bilimlarga ega bo‘lish talabini bir yo‘la hal qilishiga to‘g‘ri keldi. Farmonda sog‘lom ovqatlanish madaniyati, tirik, vitaminga boy mahsulotlar, yog‘shirinliklardan me’yorida oziqlanish, tarkibida yog‘moddalari kam, zararli odatlar, palapartish turmush tarzidan, voz kechish zaruriyatligi ta’kidlangan. Bevaqt uyqu, o‘z organlarini somatikasini eshita bilish, tanamiz a’zolarini zaruriy funksional tonusni yaratish, kunlik, haftalik va boshqa biologik ritmlardan o‘rinli foydalanishga oid amaliy malakalarni takomillashtirish va boshqa odatlardan chegaralanish, sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilish, umum jahon pandemiyasi xavfidan saqlanishdek aniq vazifalar belgilangan. 3-jadval. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish orqali jismoniy madaniyatini takomillashganlik darajasi Sarflangan Yoshi Ming qadam Km vaqt, soat
Suxarev Tajriba Suxarev Tajriba sinov bo‘yicha sinov bo‘yicha 11-14 20-25 23-27 12-17 15-20 3,6-4,8 15-16 o‘g‘il 18-23 21- 23 18-23 21-23 4,8-5,6 bolalar 15-17 qiz 20-23 19-21 15-20 18-19 3,6-4,8 bolalar Tajriba-sinov sinflarimiz o‘quvchilarning sutkalik harakat faolligini hozirgi kunda quyidagi jadvalda qayd qilingan baholash normalari asosida baholashni tajribalarimizda sinab ko‘rdik. Demak, kunlik harakat faolligi 15-16 yoshdagi o‘smirlar va yoshlar uchun sutkasiga kamida 8–10 ming qadamdan kam bo‘lishini harakatlarga bo‘lgan minimal talab bajarilmaganligi deb qabul qildik (4-jadvalga qarang). 4-jadval. O‘quvchilarni sutkalik harakat aktivligi me’yorini baholash Qadam Baho 6-7ming Past 8-9 ming o‘rtacha 10-12 ming Yuqori 13 ming va undan ortiq Maksimal yuqori XULOSA Kunlik, haftalik harakat me’yorlari sifatida odatga aylangan harakatlarni bajarish individni - shug‘ullanuvchining organizmini faol funksional xizmat ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan jismoniy tayyorgarligining belgilangan darajasiga ega bo‘lish talabini qo‘yishini o‘quvchilarimiz tajribalarimiz oxirida tushunib yetdilar. Natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, “o‘quvchilarning aksariyati jismoniy tarbiya va sog‘lom hayot tarzining ahamiyati haqida yyetarlicha tushunchaga ega emas, bu borada quyidagi muammolar aniqlandi: jismoniy faollikning past darajasi: Ko‘pchilik o‘quvchilar vaqtining ko‘p qismini kompyuterda yoki muntazam mashg‘ulotlarga e’tibor bermay o‘qishda o‘tkazadilar”; sog‘lom ovqatlanish haqida bilimlarning yetishmasligi: O‘quvchilar har doim ham muvozanatli ovqatlanishning ahamiyatini va uning umumiy salomatlikka ta’sirini tushunmaydilar; “motivatsiyaning yetishmasligi: Ba’zi o‘quvchilar jismoniy mashqlar va sog‘lom hayot tarzini saqlab qolish uchun yetarli rag‘bat ko‘rmaydilar”; “Ushbu natijalardan kelib chiqib, o‘quvchilarning jismoniy faollikka, sog‘lom turmush tarziga qiziqishini oshirishga qaratilgan dasturlarni ko‘proq o‘rganish va ishlab chiqish zarurligini xulosa qilish mumkin”. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2020-yil 24-yanvar, PF–5924-son. 2. “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2020-yil 30- oktyabr, PF–6099-son. 3. Kerimov F.A. Sportda ilmiy tadqiqotlar. Toshkent: “Ilmiy-texnika axboroti – press nashriyoti”, 2021. – 68 b. 4. Salomov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014. – 284 b.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2020-yil 24-yanvar, PF–5924-son.
- “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2020-yil 30- oktyabr, PF–6099-son.
- Kerimov F.A. Sportda ilmiy tadqiqotlar. Toshkent: “Ilmiy-texnika axboroti – press nashriyoti”, 2021. – 68 b.
- Salomov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014. – 284 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013391
- Nashr sanasi
- 2026-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i5.2261
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 125–131
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06