Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

FUQAROLIK KOMPETENSIYASINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK MOHIYATI

Baxodirovich Djumaqulov ShuxratToshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti professori2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 5Sahifa 91–97

Annotatsiya

Mazkur maqolada “fuqaro kompetensiyasi”, “fuqarolik tuyg‘usi” tushunchalarining mazmun-mohiyati orqali fuqarolik kompetensiyasi tuzilmasi aniqlashtirilgan. Shuningdek, fuqarolik kompetensiyasining asosiy jihatlari va funksiyalari yoritib berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ ГРАЖДАНСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ

В данной статье структура гражданской компетентности уточняется на основе содержания понятий «гражданская компетентность» и «гражданское чувство». Также разъясняются основные аспекты и функции гражданской компетентности.

inglizchaTHE SOCIO-PEDAGOGICAL ESSENCE OF CIVIC COMPETENCE

This article clarifies the structure of civic competence based on the concepts of “civic competence” and “civic sense”. The key aspects and functions of civic competence are also explained.

Kalit so‘zlar

  • fuqaro
  • kompetensiya
  • kompetentlik
  • fuqarolik kompetensiyasi
  • tuzilma komponent
  • funksiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FUQAROLIK KOMPETENSIYASINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK MOHIYATI Djumaqulov Shuxrat Baxodirovich Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti professori E-mail: shuxratdjumaqulov834@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.20568251 Annotatsiya: Mazkur maqolada “fuqaro kompetensiyasi”, “fuqarolik tuyg‘usi” tushunchalarining mazmun-mohiyati orqali fuqarolik kompetensiyasi tuzilmasi aniqlashtirilgan. Shuningdek, fuqarolik kompetensiyasining asosiy jihatlari va funksiyalari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: fuqaro, kompetensiya, kompetentlik, fuqarolik kompetensiyasi, tuzilma, komponent, funksiya.

СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ ГРАЖДАНСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ Джумакулов Шухрат Баходирович профессор Ташкентского университета экономики и педагогики E-mail: shuxratdjumaqulov834@gmail.com Аннотация: В данной статье структура гражданской компетентности уточняется на основе содержания понятий «гражданская компетентность» и «гражданское чувство». Также разъясняются основные аспекты и функции гражданской компетентности. Ключевые слова: гражданин, компетенция, компетентность, гражданская компетенция, структура, компонент, функция.

THE SOCIO-PEDAGOGICAL ESSENCE OF CIVIC COMPETENCE Djumaqulov Shuxrat Baxodirovich Professor, Tashkent University of Economics and Pedagogy E-mail: shuxratdjumaqulov834@gmail.com Abstract: This article clarifies the structure of civic competence based on the concepts of “civic competence” and “civic sense”. The key aspects and functions of civic competence are also explained. Keywords: citizen, competence, competency, civic competence, structure, component, function.

KIRISH Bugungi globallashuv, axborotlashuv va jamiyat hayotining jadal transformatsiyasi sharoitida fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish masalasi pedagogika va ijtimoiy fanlarning dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Chunki demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida har bir shaxsning faol fuqarolik pozitsiyasi, huquqiy madaniyati, ijtimoiy mas’uliyati hamda jamiyat hayotida ongli ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, ta’lim tizimi oldida nafaqat bilimli, balki yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan va ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok eta oladigan shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Fuqarolik kompetensiyasi shaxsning jamiyatdagi huquq va burchlarini anglashi, demokratik qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, ijtimoiy faollik ko‘rsatishi hamda turli ijtimoiy vaziyatlarda mas’uliyatli qaror qabul qila olish qobiliyatini ifodalaydi. U nafaqat huquqiy bilimlar majmuasi, balki shaxsning ijtimoiy tajribasi, ma’naviy qarashlari, kommunikativ madaniyati va fuqarolik pozitsiyasi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Shu bois mazkur kompetensiyani shakllantirish jarayoni ijtimoiy-pedagogik yondashuvlar asosida amalga oshirilishi zarur.

Tadqiqotning maqsadi — fuqarolik kompetensiyasining ijtimoiy-pedagogik mohiyatini, ilmiy yondashgan holda, olimlar fikrlari asosida tadqiq etishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR Mazkur tadqiqot fuqarolik kompetensiyasining ijtimoiy-pedagogik mohiyatini ochib berishga qaratilgan nazariy izlanish bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy mualliflarning muammoga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlari, dissertatsiya tadqiqotlari hamda monografiyalari asosiy manba sifatida xizmat qildi.

Tadqiqot jarayonida nazariy tadqiqot metodlari qo‘llanildi. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarining mazmun-mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va qiyosiy-tahliliy yondashuvdan foydalanildi: turli mualliflar tomonidan berilgan ta’riflar o‘zaro solishtirilib, ulardagi umumiy va farqli jihatlar ajratib ko‘rsatildi. Manbalardagi qarashlarni umumlashtirish va tizimlashtirish metodlari yordamida “fuqaro kompetentligi”, “fuqarolik kompetensiyasi” va “fuqarolik tuyg‘usi” tushunchalari o‘rtasidagi mazmuniy aloqadorlik aniqlandi. Tahlil natijalariga tayangan holda, fuqarolik kompetensiyasining tarkibiy komponentlari, asosiy jihatlari va funksiyalarini belgilashda konseptual modellashtirish metodidan foydalanildi.

NATIJALAR Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda “kompetensiya” va “kompetentlik” atamalari turlicha talqin etiladi. Yaqin vaqtlargacha ularning mazmuni bo‘yicha ikkita nuqtai nazar mavjud edi, ba’zi mualliflar ushbu atamalarga bir-biridan alohida tarzda qarashgan bo‘lsa, boshqalari ularni bir xil deb hisoblashgan. Hozirda tadqiqotchilar ushbu tushunchalar o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, ularni farqlash zarurligini ta’kidlashmoqda.

Biz “kompetentlik” va “kompetensiya” tushunchalarini ta’riflashda N.Muslimov [1], B.Xodjayev [2], J.Otepbergenov [3], I.Galyamina [4], I.Zimnyaya [5], A.Xutorskiy [6], O.Yarigin [7]larning nuqtai nazarlariga alohida e’tibor qaratdik.

N.Muslimovning fikricha inglizcha “competence” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi “qobiliyat” demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi; kompetentlik talabalarning shaxsiy sifatlari to‘plami hamda kasbiy sohaning tayanch talablarini o‘zida ifoda etadi [1, 130-b.].

B.Xodjayev kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyat uchun zarur bo‘lgan o‘quvchining avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan ham o‘zib ketishi; kompetentlik esa, tayanch, umumiy va fanga doir kompetensiyalarning o‘zlashtirilishi, degan xulosaga kelgan [2, 79-b.].

Kognitiv kompetentlik sohasida ilmiy izlanishlarni amalga oshirgan J.Otepbergenov o‘zining ilmiy tadqiqotida ko‘pchilik mualliflarning fikrlariga qo‘shilgan holda umumiy, obyektiv va ma’lum bir faoliyat turini egallash bo‘yicha shaxsiy tajriba sifatida “kompetensiya” va “kompetentlik” kategoriyalarini farqlash lozimligini qayd etib o‘tgan. Natijada, kompetentlik deganda insonning ma’lum bir sohada samarali faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi va qobiliyatini ifoda etuvchi uning integrativ shaxsiy dinamik tavsifi tushuniladi, degan nuqtai nazarni ilgari surgan [3, 2-b.].

I.G.Galyamina kompetensiyani turli sohalardagi kasbiy muammolarni hal qilishda bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish qobiliyati va unga insonning tayyorligi, kompetentlikni esa – kompetensiyalar yig‘indisining namoyon bo‘lishi sifatida tushunadi [4].

I.A.Zimnyaya kompetensiyalar deb ba’zi ichki, potensial, yashirin bilimlar, tasavvurlar, harakatlar algoritmlari, qadriyatlar tizimlarini hisoblaydi, ular esa keyinchalik insonning kompetentligida o‘zini namoyon etadi, degan fikrni qayd etib o‘tgan. Kompetentlik, uning fikriga ko‘ra, bilimlarga asoslangan dolzarb, shakllantiradigan shaxsiy sifat, insonning intellektual va shaxsiy belgilangan ijtimoiy-kasbiy tavsifnomasi, uning shaxsiy sifatidir [5]. A.V.Xutorskoy kompetensiyani o‘quvchining ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyati uchun zarur bo‘lgan, uni ta’limga tayyorlash uchun uzoqni ko‘zlaydigan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab (me’yor) sifatida tavsiflaydi. Kompetentlik deganda, ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy-ahamiyatli sohada o‘quvchining faoliyat tajribasi bilan belgilangan, uning shaxsiy sifatlari yig‘indisi, tegishli kompetensiyalarni egallash, o‘zlashtirish natijasi tushunilishini alohida ta’kidlab o‘tgan [6]. O.N.Yarigin kompetensiyani faoliyatning maqsadiga erishish mezonlari bilan birgalikda yechilishi kerak bo‘lgan bir qator muammolarni o‘z ichiga oladi, kompetentlikni esa bu motivatsiya, intellektual qobiliyatlar, refleksiya, kreativlik va yashirin bilimlarning dinamik birligi deb hisoblaydi [7]. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, “kompetensiya” tushunchasini tavsiflashda ko‘pincha intilish, qobiliyat, tayyorlik fe’llariga tayaniladi, kompetentlik esa, integrativ shaxsiy sifat yoki sifatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Eng umumiy ma’noda, kompetensiyani o‘z bilim, malaka, tajriba, shaxsiy sifatlarini amalga oshirishga intilish, tayyorlik va qobiliyatlar yig‘indisi sifatida tushunish mumkin. Faoliyatda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan kompetensiyalar ma’lum bir sohadagi kompetentlikni belgilab beradi. Zamonaviy tadqiqotlarda kompetensiya va kompetentlik bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda belgilanadi va kompetentlik darajasi uning kompetensiya talablariga muvofiqligiga bog‘liq, degan qarash mavjud. Kompetensiya ijtimoiy buyurtma, ish beruvchilar tomonidan qo‘yiladigan talablar asosida belgilanadi, kompetentlik esa o‘quv jarayonida shakllanib, kasbiy faoliyat davomida amalga oshiriladi va rivojlanib boradi. Zamonaviy ta’limning asosiy muammolaridan biri bu asosiy kompetensiyalarni tanlab olish bo‘lib, ular umumkasbiy va fanga doir guruhlarga ajratiladi. Zamonaviy tadqiqotlarda asosiy kompetensiyalarning psixologik-pedagogik asoslarini ajratib ko‘rsatish, ularning mazmuni, xususiyatlari va tarkibiy asoslarini aniqlash muammolariga katta e’tibor qaratiladi. Yuqorida nomlari qayd etib o‘tilgan mualliflarning “tayanch kompetensiyalar” tushunchasiga bergan ta’riflari mazmunini tahlil qilib, umumiy olganda ularning nuqtai nazarlaridagi umumiylikni ta’kidlab o‘tgan holda quyidagi xulosaga kelindi: tayanch kompetensiyalar – bu umummadaniy, kasbiy va fanga doir kompetensiyalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, hayotiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan, bilim, malaka, ko‘nikma, shaxsiy sifatlar, dunyoqarash va dunyoni idrok etish tizimida ifodalangan ma’lum bir muhim tarkibiy asoslar majmuidir. Bizning tadqiqotlarimiz doirasida ma’naviy fazilat sifatida fuqarolik kompetensiyasini tadqiq etish muhim o‘rin tutadi. Fuqarolikni asosiy kompetensiya sifatida ajratib ko‘rsatish 1990-yillarning ikkinchi yarmida boshlanadi. I.A.Zimnyaya tomonidan “fuqarolik tuyg‘usi bilan bog‘liq kompetensiyalar” atamasi fanga kiritildi [8]. Zamonaviy pedagogika fanida “fuqarolik kompetensiyalari” tushunchasi va o‘z mazmun-mohiyati jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan yana bir qator atamalar uchraydi: “fuqaro kompetentligi”, “fuqarolik hissi kompetentligi”, “fuqarolik kompetensiyasi”.

OTM talabalarining fuqarolik kompetentliligini shakllantirish muammosi V.G.Jurova [9], A.Akramov [10], yuqori sinf o‘quvchilarining fuqarolik kompetentliligini shakllantirishning ayrim masalalari YE.V.Mitina [11], V.A.Gladik [12], M.Usmonboyeva [13]lar tomonidan o‘rganilgan. Fuqarolik kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishning siyosiy jihati Y.Ye.Podlesnaya [14] tomonidan tahlil etilgan. Fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish muammosiga I.A.Zimnyaya [8], Z.S.Mazir [15], V.Sh.Maslennikova [16], L.V.Orinina [17] tadqiqotlarida alohida e’tibor qaratilgan. I.A.Zimnyayaga ko‘ra, fuqarolik kompetensiyalari deganda, fuqaroning huquq va majburiyatlarini bilish va ularga rioya qilish; erkinlik va mas’uliyat, o‘ziga ishonch, o‘z qadr-qimmati, fuqarolik burchi; davlat ramzlari (gerb, bayroq, madhiya) haqida bilimga ega bo‘lish va ulardan g‘ururlanish nazarda tutiladi. Uning fikricha, fuqaro kompetentligiga, insonni jamiyat a’zosi, davlatga tegishlilik sifatida uning sotsial, ijtimoiy mohiyatining asosi sifatida qarash kerak [8]. Z.S.Mazir fuqarolik kompetensiyasini huquq, siyosat, jamiyat, davlat to‘g‘risidagi bilimlarni qo‘llashga, muayyan ijtimoiy vaziyatlarda fuqarolik rollarini bajarishga imkon beradigan siyosiy-huquqiy ko‘nikma va malakalarni egallashga (saylovchi, qonunlarni hurmat qiluvchi fuqaro, jamoatchilik ishlarida faol, volonter) tayyorlik, deb ta’riflaydi [15]. V.Sh.Maslennikovaning fikriga ko‘ra, fuqarolik kompetensiyasi – bu demokratik jamiyatda fuqarolik huquq va majburiyatlarining butun majmuini shaxsan faol, mas’uliyatli va samarali amalga oshirish, o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini amalda qo‘llashga imkon beradigan tayyorlik va qobiliyatlar yig‘indisidir [16]. L.V.Orininaning fikricha, fuqarolik kompetensiyasi deganda shaxsning integrativ sifati tushunilib, u kognitiv, qadriyatli, xulq-atvorli va refleksiv komponentlarni o‘z ichiga oladi va Vatanni sevish, o‘z Vatani manfaatlarini himoya qilish, ona tabiatni asrash-avaylash, o‘z xalqining madaniy urf-odatlari, an’analarini saqlab qolish va avloddan avlodga yetkazish qobiliyati va boshqa xalqlarga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini rivojlantirishda namoyon bo‘ladi [17]. MUHOKAMA Yuqoridagi tahlillarga tayangan holda, fuqaro kompetentligi va fuqarolik kompetensiyasi tushunchalariga quyidagi tarzda aniqlik kiritish mumkin: fuqaro kompetentliligi – bu subyektning fuqarolik kompetensiyalari yig‘indisini egallashdan iborat bo‘lib, u o‘zini jamiyatning (davlatning) to‘laqonli a’zosi sifatida anglashi, uning manfaatlariga sodiq bo‘lishi, huquq, erkinlik va majburiyatlar yig‘indisini egallashi, fuqaro sifatida harakat qilishida namoyon bo‘ladi; fuqarolik kompetensiyasi – bu o‘z bilim, malaka, tajribasi, shaxsiy sifatlarini faoliyatda amalga oshirishga intilish, buning uchun tayyorlik va qobiliyati yig‘indisidir. Bizgacha amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalari fuqaro kompetentliligi va fuqarolik kompetensiyasi mazmuni hamda fuqarolik tuyg‘usi tushunchasi o‘rtasida o‘xshashlik mavjudligini ko‘rsatdi. “Fuqarolik tuyg‘usi” atamasi jamiyat va davlat rivojining ichki resurslari, davlatchilik nazariyasi va metodologiyasida asosiy o‘rinni egallaydi. Fuqarolik tuyg‘usi davlatga nisbatan o‘z huquq va majburiyatlarini anglash sifatida namoyon bo‘ladi: “Vatanni himoya qilish – bu fuqaroning burchi va majburiyati” sanalib, u “vatanparvarlik” va “fuqarolik tuyg‘usi” tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro mustahkam aloqadorlik mavjudligini ko‘rsatadi.

Fuqarolik tarbiyasi – bu ma’lum bir axloqiy qadriyatlarga egalikka qobiliyatlilikni belgilab beruvchi turli-tuman sifatlar yig‘indisi. Shuning uchun biz “fuqarolik kompetensiyasi” tushunchasi “fuqarolik tuyg‘usi” atamasidan kengroq mohiyatga ega degan, xulosaga keldik. Natijada, fuqarolik kompetensiyasining to‘rtta asosiy komponentini aniqlashtirdik: kognitiv, qadriyatga yo‘naltirilgan, xulq-atvorga doir va refleksiv. Fuqarolik kompetensiyasining kognitiv komponenti bilish jarayoni natijasini aks ettiruvchi asosiy bilim, tushuncha, tasavvurlar bilan bog‘liqdir. Mazkur bilimlar o‘z navbatida, qadriyatlar va madaniyatning umumiyligi hamda farqli jihatlari (umummadaniy kompetensiya), shuningdek, milliy madaniyat va boshqa etnoslar madaniyati (bilish jarayoni talabalarning fuqarolik tolerantligi bilan bog‘liq) an’analaridagi uyg‘unlashuv jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Qadriyatga yo‘naltirilgan komponentning mohiyati fuqarolik kompetensiyasi muhim qadriyat ekanligida namoyon bo‘ladi. Xulq-atvorga doir komponent talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ma’lum bir xatti-harakatlar strategiya va taktikasini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi. Refleksiv komponentning o‘ziga xosligi uning mazmunida refleksiv ko‘nikmalar (o‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘zini anglash, o‘z o‘rnini belgilay olish, o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash) va ijodiy yo‘nalganlikning uyg‘unligini ifoda etishidir. Fuqarolik kompetensiyasi tuzilmasida uning asosiy jihatlari va funksiyalari ham muhim o‘rin tutadi. Fuqarolik kompetensiyasining asosiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: lingvistik – ona va boshqa tillarda fuqarolik qadriyatlarini ifoda etish usullari haqidagi bilimlar; ekzistensial – vatanparvarlik tuyg‘usi, fuqarolik burchiga ega insonlar qanday bo‘lishi lozimligi haqidagi asrlar davomida shakllangan bilimlar; strategik – turli milliy mansublikka ega shaxslar o‘rtasidagi hamkorlikdagi faoliyat; boshqa madaniyatga doir qadriyatlar nuqtai nazaridan u yoki bu vaziyatning ikkinchi tomonini ham ko‘ra olishga qobiliyatlilik; ijtimoiy-madaniy – universal madaniy qadriyatlar, milliy va umuminsoniy madaniyatga doir bilimlarga egalik; fuqarolik-vatanparvarlik va umummadaniy qadriyatlar o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rnata olish ko‘nikmasi; ijtimoiy – fuqaro shaxsida o‘zining umummilliy va ijtimoiy mansubligini anglagan holda o‘zi va tengdoshlari o‘rtasida mediator bo‘lish ko‘nikmasiga egalik. Fuqarolik kompetensiyasining mohiyati oliy ta’limda talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash sharoitida uning roli, munosabatlar tizimidagi tashqi namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq funksiyalarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Fuqarolik kompetensiyasining funksiyalari sifatida quyidagilar aniqlashtirildi: refleksiv-bilishga doir: boshqa kishilarning emotsional holati, o‘zaro munosabatlari, shaxsiy xususiyatlarining anglanishini ta’minlashda fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish jarayonida o‘zaro birgalikdagi harakatni amalga oshirishga oid bilimlar tizimini shakllantirish; moslashuv: stressga moyillikni bartaraf etish, yangi madaniy sharoit va fuqarolik xulq-atvoriga ko‘nikuvchanlik; faoliyatga doir: vatanparvarlik, fuqarolik tolerantligi va madaniyatni rivojlantirish jarayonida samarali muloqot uchun aniq xulq-atvor shakllarini tanlashni ta’minlaydi; qadriyatga yo‘naltirilgan: fuqarolik jamiyatida o‘z-o‘zini va kishilarni anglashga imkon beruvchi ijtimoiylashuvning erkin usuliga ustuvorlik beruvchi qadriyat sifatida fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan;

rag‘batlantirish: boshqalar bilan shaxs identifikatsiyaga imkon beradi, fuqarolik tolerantligi, empatiya, ko‘p madaniyatlilikni namoyon qilishga undaydi; rivojlantiruvchi: “boshqalar”ni idrok etishga tayyor, muloqotga samarali kirishishga layoqatli fuqaro shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan; integrativ: boshqa madaniy me’yor va qadriyatlarni qabul qilish, shuningdek, milliy madaniy an’analarni boshqa etnoslarniki bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi; boshqarish: fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda ishtirokchilarning o‘zaro bir-birini to‘g‘ri tushunishga doir refleksiv xatti-harakatga doir ko‘nikmalarni tarkib toptirish, o‘zining fuqarolik pozitsiyasini aniq anglashga yo‘naltirilgan; prognostik: jamoaviy birgalikdagi faoliyat jarayonida o‘z xulq-atvori oqibatlarini ko‘ra olish, fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha his-tuyg‘ularni uyg‘otishga imkon beradi; baholovchi: boshqa kishilarning hayoti, ularda fuqarolik kompetensiyasining rivojlanganligi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga yordam beradi. XULOSA Fuqarolik kompetensiyasi o‘zida kognitiv, qadriyatli, xulq-atvorga doir, refleksiv komponentlarni aks ettiruvchi hamda Vatanni sevish, o‘z xalqining qiziqishlarini himoya qilish, ona tabiatni muhofaza qilish, o‘z xalqining tili va madaniy an’analarini saqlash, avloddan avlodga yetkazish, shuningdek, turli etnoslarning madaniyatini hurmat qilish va e’zozlash, boshqa xalqlarga tolerant munosabatda bo‘lish qobiliyatini namoyon etuvchi shaxs integrativ sifatidir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar17 ta adabiyot

  1. Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шакллантиришнинг назарий- методик асослари: Пед.фан.докт. ... дисс. – Тошкент: 2007. – 357 б.
  2. Ходжаев Б.Х. Умумтаълим мактаби ўқувчиларида тарихий тафаккурни модернизациялашган дидактик таъминот воситасида ривожлантириш: Педагогика фанлари доктори. ... дисс. – Тошкент, 2016. – 314 б.
  3. Отепбергенов Ж.С. Ахборот таълим муҳити шароитида талабаларда когнитив компетентликни ривожлантириш: педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD). ...дисс. – Нукус, 2020. – 167 б.
  4. Галямина И.Г. Проектирование государственных образовательных стандартов высшего профессионального образования нового поколения с использованием компетентностного подхода: материалы к шестому заседанию методологического семинара 29 марта 2005 г. М, 2005.
  5. Зимняя И.А. Общая культура и социально-профессиональная компетентность человека // Профессиональное образование. – 2006. - №2. – С. 18.
  6. Хуторской А.В. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированного образования // Народное образование. – 2003. – №2. – С. 58-64. - С. 62.
  7. Ярыгин О.Н. Методология формирования компетентности в аналитической деятельности при подготовке научных и научно-педагогических кадров: Диссертация … доктора педагогических наук. – Тольятти, 2012. – 494 с.
  8. Зимняя И.А. Ключевые компетенции – новая парадигма результата современного образования. // Компетенции в образовании: опыт проектирования: сб. науч. тр. / Под ред. А.В. Хуторского. М.: ИНЭК, 2007.
  9. Журова В.Г. Становление гражданской компетентности студенческой молодежи в вузе: автореферат диссертации … кандидата педагогических наук. – М., 2010. – 37 с.
  10. Акрамов А. Шахсга йўналтирилган таълим технологиялари асосида бўлажак ўқитувчиларнинг фуқаролик позициясини ривожлантиришнинг ташкилий-методик асосларини такомиллаштириш. – Тошкент: Фан ва технология, 2016. – 185 б.
  11. Митина Е.В. Становление гражданской компетентности старшеклассников в учебном процессе: на материале гуманитарных дисциплин: диссертация … кандидата педагогических наук. – Тула, 2011. – 277 с.
  12. Гладик В.А. Развитие гражданской компетентности обучающихся старших классов в условиях государственно-общественного управления школой: диссертация ... кандидата педагогических наук. – Москва, 2010. – 320 с.
  13. Усмонбоева М. Умумий ўрта таълим мактаби ўқувчиларининг ҳуқуқий маданиятини шакллантириш (VIII-IX синфлар мисолида): Пед.фан.ном.… дисс. – Т., 2000. – 164 б.
  14. Подлесная Ю.Е. Гражданская компетентность в современном обществе: политологические аспекты формирования и развития: диссертация … кандидата политических наук. – Москва, 2006. – 185 с.
  15. Мазыр З.С. Формирование гражданской компетенции учащихся в процессе обучения в школе: диссертация … кандидата педагогических наук. – Самара, 2005. – 176 с.
  16. Масленникова В.Ш. Педагогическая модель социально-ориентированной личности студента: метод. пособие. – Казань, 2006. – 124 с.
  17. Оринина Л.В. Формирование гражданской компетенции студентов в условиях поликультурной образовательной среды университета: диссертация … кандидата педагогических наук. – Магнитогорск, 2007. – 159 с.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013385
Nashr sanasi
2026-06-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
5
DOI
10.66073/researchfocus.v5i5.2255
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
91–97
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06