N. N.I · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada parrandachilikda qo‘llaniladigan antibakterial preparatlarning parrandalar organizmida taqsimlanishi, metabolizmi va ularning go‘sht hamda tuxum mahsulotlarida qoldiq miqdorining dinamikasi o‘rganiladi. Antibakterial preparatlar parrandalarni bakterial kasalliklardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ularning noto‘g‘ri yoki me‘yoridan ortiq qo‘llanilishi oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada antibiotik qoldiqlarining shakllanish omillari va ularni nazorat qilish usullari tahlil qilingan.
K. Komiljonovich, I. Buriyevich, D. Muxitdinovich, X. Xasanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada chorvachilikda ozuqalarning mikotoksinlar bilan zararlanishi natijasida yuzaga keladigan mikotoksikozlar tahlil qilingan. Kasallikning o‘tkir va surunkali kechish shakllari, klinik belgilari, patologoanatomik o‘zgarishlar, tashxis qo‘yish usullari hamda davolash va oldini olish choralari yoritilgan. Shuningdek, mikotoksinlarni aniqlashning zamonaviy laborator usullari haqida ma‘lumot berilgan.
J. Bozorov, X. Yunusov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada broyler jo‘jalarning yoshga oid klinik va fiziologik ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Parrandachilik xo‘jaligi sharoitida broyler jo‘jalarning rivojlanish bosqichlariga qarab qondagi morfologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi, tana harorati, yurak urish tezligi, nafas olish chastotasi, tirik vazn o‘sishi va bo‘yining o‘sish ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari broylerlarni samarali parvarish qilish, optimal oziqlantirish tizimini ishlab chiqish va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi.
I. Davletbayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu ilmiy maqolada tovuqlarda eymerioz va kolibakteriozning aralash kechishi sharoitida fensid va fensid premiks preparatlarining tovuqlar qonining gematologik ko‘rsatkichlariga ta‘siri o‘rganilib, tadqiqotlar ROSS 308 broyler jo‘jalarida olib borilganligi, ularda eritrotsitlar, leykotsitlar, gemoglobin, trombotsitlar dinamikasi tahlil qilinganligi bayon etilgan.
A. Nazarovich, M. Uktamovich, S. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada sanoatlashgan parrandachilikda va fermer xo‘jaliklarida boqilayotgan Loman Braun zot jo‘jalariga Gallimune H9+ND past patogenli parranda grippi vaksinasi bilan emlash va Innoprovet probiotigini qo‘llash orqali parranda grippi kasalligiga qarshi samarali immunoprofilaktika jarayonini o‘rganish bo‘yicha ma‘lumotlar berilgan. Emlash va Innoprovet qo‘llanilgandan so‘ng 7 va 14-kunlarda barcha jo‘jalardan qon namunalari olindi hamda GATR (gemagglutinatsiyani tormozlash reaksiyasi) tahlili yordamida ularning immunitet holati baholandi. Tajriba guruhlaridagi parrandalarda nazorat guruhiga nisbatan antigemagglutinin (antitana) titrlari sezilarli darajada oshganligi aniqlandi. Tadqiqotlarning 14-kunida antitana titrlarining barqaror va yuqori darajada saqlanishi jo‘jalarda kuchli va uzoq davom etuvchi immunitet shakllanayotganligini namoyon qildi. Shuningdek, tajriba guruhidagi jo‘jalarda tirik vazn ortishi nazorat guruhiga nisbatan barqaror yuqori bo‘lganligi aniqlandi.
A. Axmadov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarning asosiy klinik ko‘rsatkichlari, kasallikning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot davomida buzoqlarda dispepsiya paytida kuzatiladigan asosiy belgilar, jumladan tana haroratining oshishi, diareya, suvsizlanish, umumiy holsizlik va oziqa qabul qilishning kamayishi tahlil qilindi. Shuningdek, kasallikning og‘ir shakllarida najas tarkibida qon va shilliq moddalarning paydo bo‘lishi, elektrolitlar muvozanatining buzilishi kabi muhim klinik o‘zgarishlar aniqlangan.
М. Хамидовна · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Surunkali o‘pka kasalligi (SO‘K) bilan og‘rigan bemorlarda balog‘atga yetish davri rivojlanishi baholandi va zardobdagi gormonal holat o‘rganildi. Tadqiqotda SO‘K bilan og‘rigan 140 bola ishtirok etdi. Natijalar balog‘atga yetish davri o‘zgarishlarining boshlanish vaqti, ikkilamchi jinsiy xususiyatlar rivojlanishining intensivligi va SO‘K bilan og‘rigan o‘g‘il bolalarda follikulani stimulyatsiya qiluvchi gormon darajasining oshishi, lyuteinlashtiruvchi gormon (LH) ning pasayishi va testosteronning pasayishi bilan tavsiflangan gipofiz-gonadal o‘qdagi funksional buzilishlarda sezilarli farqlarni aniqladi. SO‘K bilan og‘rigan qizlarda balog‘atga yetish davrining boshida FSH darajasi sezilarli darajada oshmadi. Balog‘atga yetish davrida LH darajasi sezilarli darajada past bo‘ldi va katta yosh guruhlarida estradiol darajasi sezilarli darajada past bo‘ldi. Shunday qilib, SO‘K bolalarning jinsiy rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi, bu esa bu sohada aniq amaliy choralarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Z. A.U, M. I.B, J. Z.A · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada kuyish kasalligining og‘irligi va natijasini belgilovchi eng muhim omillardan biri sifatida nafas yo‘llari kuyishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda kuyish jarohati fonida nafas yo‘llari shikastlangan 144 nafar bemorda nafas olish tizimidagi klinik, funksional va morfologik o‘zgarishlar ko‘rib chiqilgan. Nafas yo‘llari kuyishining patogenezi, klinik kechishi va zamonaviy tekshirish usullarining diagnostik imkoniyatlari yoritilgan. Nafas yo‘llarining shikastlanishi ventilyatsiya va gaz almashinuvining sezilarli buzilishi, infeksion asoratlar xavfining yuqoriligi hamda o‘lim ko‘rsatkichining ortishi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Endoskopik va sitologik usullarni o‘z ichiga olgan kompleks diagnostika shikastlanish darajasini o‘z vaqtida aniqlash va kasallik kechishini prognoz qilish imkonini beradi.
T. Omonovna, K. Azizovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Tadqiqotning maqsadi bolalardagi bronxoobstruktiv sindromning kechishiga vitamin D ning ta‘sirini o‘rganish va uning sitokin statusi bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlashdan iborat edi. Tadqiqotda o‘tkir obstruktiv bronxit, retsidivlanuvchi obstruktiv bronxit va bronxial astma bilan og‘rigan 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 86 nafar bemor ishtirok etdi. Bemorlarga yagona diagnostik tekshiruvlar majmuasi: klinik tekshiruv, immunologik tekshiruv va qon zardobida vitamin D darajasini aniqlash o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari vitamin D yetishmovchiligi ikkilamchi immun yetishmovchiligi rivojlanishi bilan birga kelishini ko‘rsatdi.
T. Omonovna, K. Azizovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Tadqiqot maqsadi: bolalardagi bronxial astmani kompleks davolashda vitamin D qo‘shimchasining klinik samaradorligini baholash. Materiallar va metodlar: tadqiqotga bronxial astma bilan og‘rigan 60 nafar bola jalb etilgan. Ulardan 13 nafari (21,6%) og‘ir persistent shakldagi astma (I guruh), 33 nafari (55%) o‘rta og‘irlikdagi shakl (II guruh), 14 nafari (23%) yengil persistent shakldagi astma bilan kuzatildi (III guruh). Tadqiqotda ishtirok etish mezonlaridan biri jadal yordamga muhtoj holatlarning yo‘qligi edi. Nazorat guruhi o‘rta og‘irlikdagi o‘tkir obstruktiv bronxit bilan kasallangan va allergik kasalliklar anamnezi bo‘lmagan 50 nafar boladan iborat edi. Barcha ishtirokchilarning ota-onalaridan tushuntirilgan rozilik olindi. Bolalarda vitamin D statusini baholash uchun qonda 25(OH)D metaboliti darajasi aniqlandi. Natijalar va muhokama: qon zardobidagi vitamin D (25(OH)D) konsentratsiyasi davolanishdan oldin va keyin ferment immunoanaliz usulida baholandi. AQSh Tibbiyot institutining tavsiyalariga ko‘ra, 25(OH)D darajasi 20 ng/ml dan past bo‘lsa yetishmaslik, 21–30 ng/ml bo‘lsa kamlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Xulosalar: asosiy terapiya bilan vitamin D ning birgalikdagi qo‘llanilishi samarali ekanligini ko‘rsatdi va astma zo‘rayishlari xavfini kamaytirdi. Vitamin D ni kompleks davolashga kiritish kasallikning kechishi va dinamikasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, bu esa davolash va profilaktika choralarini yaxshilashga yordam beradi.
M. I.B, Z. A.U, J. Z.A · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Nafas yo‘llari kuyishi klinik kombustiologiyaning eng murakkab va dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, kuyish kasalligi kechishini sezilarli darajada og‘irlashtiradi va o‘lim ko‘rsatkichini oshiradi. Ushbu maqolada klinik, laborator va endoskopik tekshiruv usullari asosida nafas yo‘llari kuyishi bo‘lgan bemorlarni diagnostika va davolash tahlili natijalari keltirilgan. Bronxoalveolyar suyuqlikning sitologik tekshiruvi bilan birgalikdagi fibrobronxoskopiya nafas yo‘llari shikastlanishini aniqlashda eng informativ usul ekanligi aniqlangan. Shikastlanish og‘irligini baholashga ishlab chiqilgan yondashuv davolash taktikasini optimallashtirish va bemorlar natijalarini yaxshilash imkonini beradi.
M. I.B, Z. A.U, J. Z.A · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Termal ingalyatsion jarohat kuyish kasalligining eng og‘ir tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, uning kechishini sezilarli darajada og‘irlashtiradi va prognozini yomonlashtiradi. Ushbu maqolada termal ingalyatsion jarohatli 144 nafar bemorning klinik, laborator va endoskopik ma‘lumotlari tahlil qilingan. An‘anaviy davolashning qoniqarsiz natijalari sabablari ko‘rib chiqilgan hamda takomillashtirilgan terapevtik usullarning samaradorligi baholangan. Sanatsion fibrobronxoskopiya, optimallashtirilgan infuzion terapiya va respirator qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan kompleks davolash yondashuvi asoratlar va o‘lim holatlari kamayishiga yordam berishi aniqlangan. Nafas yo‘llari shikastlanishining og‘irlik darajasiga asoslangan differensial davolash strategiyasi davolash natijalarini yaxshilashning muhim omilidir.
B. qizi, M. Komiljonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada tishning qattiq (emal, dentin, sement) va yumshoq (pulpa) to‘qimalarida uchraydigan asosiy oqsillar, ularning tuzilishi, biologik vazifalari hamda klinik ahamiyati tahlil qilinadi. Tish to‘qimalari oqsillari mineralizatsiya jarayonini boshqarish, mexanik mustahkamlikni ta‘minlash va himoya funksiyalarini bajarishda muhim rol o‘ynashi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlar tahlili asosida emal oqsillari (amelogenin, enamelin), dentin oqsillari (kollagen va matriks oqsillari) hamda pulpa oqsillarining regeneratsiya va immun javobdagi o‘rni yoritildi. Olingan natijalar ushbu oqsillarning stomatologiyada biomarker sifatida qo‘llanishi va regenerativ davolash usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Y. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu tadqiqot talabalar nima sababdan yetarli uyqu olganidan keyin ham charchoq his qilishini o‘rganadi. Tadqiqot 20 nafar talaba ishtirokida so‘rovnoma hamda bir haftalik ekran vaqti kuzatuvi orqali olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, charchoqning asosiy sabablari uyqu yetishmasligidan ko‘ra telefon ishlatish, stress va ortiqcha o‘ylash bilan bog‘liqdir. Ushbu natijalar uyqu odatlarini yaxshilash va ekran vaqtini kamaytirish talabalarning energiya darajasi hamda akademik samaradorligini oshirishga yordam berishini ko‘rsatadi.
T. o‘g‘li, N. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning ahamiyati, har xil sport turlarining spetsifik jismoniy sifatlari bir-biridan farq qilishi hamda voleybolchilar jismoniy sifatlarining o‘zaro aloqadorligi yoritilgan.
E. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada oliy o‘quv yurti rahbarlarining kommunikativ-liderlik funksiyalarini amalga oshirish jarayonlari, ularning asosiy faoliyat sohalari, boshqaruv shakllari hamda psixologik omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kommunikativ-liderlikning strategik boshqaruv, motivatsiya, jamoa bilan ishlash, qarorlar qabul qilish va samarali kommunikatsiyani tashkil etishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, demokratik, avtoritar va liberal liderlik shakllarining o‘ziga xos jihatlari hamda ularning ta‘lim tizimidagi amaliy samaradorligi ochib berilgan. Oliy ta‘lim muassasalari rahbarlarining kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda psixologik-pedagogik yondashuvlar, jamoaviy hamkorlik va innovatsion boshqaruv mexanizmlarining roli asoslab berilgan.
S. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Milliy o‘yinlar yosh avlodda jasorat, adolat, Vatanga muhabbat, xalq manfaatiga xizmat qilish, mehnatsevarlik, saxovat, halollik va poklik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Shu bois, milliy o‘yinlarda nafaqat jismoniy mahorat, balki axloqiy yetuklik ham alohida e‘tirof etiladi.
S. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada yuqori malakali o‘rta masofaga yuguruvchi nazorat va tajriba guruhlari sportchilarining funksional rivojlanish dinamikasi aniqlangan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida olingan maxsus testlar asosida olingan natijalarni yoritishga e‘tibor berilgan. Olingan pedagogik natijalarni nazorat va tadqiqot guruhlaridagi jismoniy sifatlarning tadqiqot yakunidagi farqlari tahlili berilgan va ishning yakunida xulosalar ishlab chiqilgan.
R. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada ekologik muvozanat va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rniga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ekologik muvozanatni tartibga keltirish, bunda yoshlar tushunishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar, yurt rivojiga ta‘siriga oid tahlillar keltirilgan.
K. o‘g‘li, R. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada milliy ma‘naviy merosni o‘rganishda raqamli texnologiya va platformalardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilgan. Mamlakatimiz taraqqiyotida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda raqamli texnologiyalar asosida elektron ta‘lim resurslarini to‘g‘ri amalga oshirish, elektron darsliklar, multimediali o‘quv qo‘llanmalar, virtual kutubxonalar va onlayn platformalar orqali milliy ma‘naviy merosga oid bilimlarni tizimli va interfaol tarzda o‘zlashtirish tahlil qilingan.