OLIY O‘QUV YURTI RAHBARLARINING KOMMUNIKATIV-LIDERLIK FUNKSIYALARINI AMALGA OSHIRISH: FAOLIYAT SOHALARI, SHAKLLARI VA PSIXOLOGIK OMILLAR
o‘g‘li Egamov Jo‘shqin Jumanazar(PhD), dotsent v.b., Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 5Sahifa 155–160
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy o‘quv yurti rahbarlarining kommunikativ-liderlik funksiyalarini amalga oshirish jarayonlari, ularning asosiy faoliyat sohalari, boshqaruv shakllari hamda psixologik omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kommunikativ-liderlikning strategik boshqaruv, motivatsiya, jamoa bilan ishlash, qarorlar qabul qilish va samarali kommunikatsiyani tashkil etishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, demokratik, avtoritar va liberal liderlik shakllarining o‘ziga xos jihatlari hamda ularning ta‘lim tizimidagi amaliy samaradorligi ochib berilgan. Oliy ta‘lim muassasalari rahbarlarining kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda psixologik-pedagogik yondashuvlar, jamoaviy hamkorlik va innovatsion boshqaruv mexanizmlarining roli asoslab berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРЕАЛИЗАЦИЯ КОММУНИКАТИВНО-ЛИДЕРСКИХ ФУНКЦИЙ РУКОВОДИТЕЛЕЙ ВЫСШЕГО УЧЕБНОГО ЗАВЕДЕНИЯ: СФЕРЫ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ, ФОРМЫ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ
В статье с научно-теоретической точки зрения анализируются процессы реализации коммуникативно-лидерских функций руководителей высших учебных заведений, основные сферы их деятельности, формы управления и психологические факторы. В исследовании раскрывается значение коммуникативного лидерства в стратегическом управлении, мотивации, работе с коллективом, принятии решений и организации эффективной коммуникации. Также освещены особенности демократической, авторитарной и либеральной форм лидерства и их практическая эффективность в системе образования. Обоснована роль психолого-педагогических подходов, коллективного сотрудничества и инновационных механизмов управления в развитии коммуникативных компетенций руководителей высших образовательных учреждений.
inglizchaIMPLEMENTATION OF COMMUNICATIVE-LEADERSHIP FUNCTIONS OF
This article provides a scientific and theoretical analysis of the processes of implementing the communicative-leadership functions of higher education institution leaders, their main areas of activity, management forms and psychological factors. The study highlights the role of communicative leadership in strategic management, motivation, teamwork, decision-making and the organization of effective communication. It also reveals the distinctive features of democratic, authoritarian and liberal leadership styles and their practical effectiveness in the education system. The role of psychological-pedagogical approaches, teamwork and innovative management mechanisms in developing the communicative competencies of higher education institution leaders is substantiated.
Kalit so‘zlar
- kommunikativ-liderlik
- oliy ta‘lim
- rahbar kompetensiyasi
- strategik boshqaruv
- motivatsiya
- kommunikativ malaka
- psixologik omillar
- demokratik liderlik
- jamoaviy hamkorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
OLIY O‘QUV YURTI RAHBARLARINING KOMMUNIKATIV-LIDERLIK FUNKSIYALARINI AMALGA OSHIRISH: FAOLIYAT SOHALARI, SHAKLLARI VA PSIXOLOGIK OMILLAR Egamov Jo‘shqin Jumanazar o‘g‘li (PhD), dotsent v.b., Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori https://doi.org/10.5281/zenodo.20196485 Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy o‘quv yurti rahbarlarining kommunikativ-liderlik funksiyalarini amalga oshirish jarayonlari, ularning asosiy faoliyat sohalari, boshqaruv shakllari hamda psixologik omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kommunikativliderlikning strategik boshqaruv, motivatsiya, jamoa bilan ishlash, qarorlar qabul qilish va samarali kommunikatsiyani tashkil etishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, demokratik, avtoritar va liberal liderlik shakllarining o‘ziga xos jihatlari hamda ularning ta'lim tizimidagi amaliy samaradorligi ochib berilgan. Oliy ta'lim muassasalari rahbarlarining kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda psixologik-pedagogik yondashuvlar, jamoaviy hamkorlik va innovatsion boshqaruv mexanizmlarining roli asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: kommunikativ-liderlik, oliy ta'lim, rahbar kompetensiyasi, strategik boshqaruv, motivatsiya, kommunikativ malaka, psixologik omillar, demokratik liderlik, jamoaviy hamkorlik.
РЕАЛИЗАЦИЯ КОММУНИКАТИВНО-ЛИДЕРСКИХ ФУНКЦИЙ РУКОВОДИТЕЛЕЙ ВЫСШЕГО УЧЕБНОГО ЗАВЕДЕНИЯ: СФЕРЫ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ, ФОРМЫ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ Эгамов Жошкин Жуманазар угли (PhD), и.о. доцента, проректор по учебной работе Университета инноваций «Ипак йули» Аннотация: В статье с научно-теоретической точки зрения анализируются процессы реализации коммуникативно-лидерских функций руководителей высших учебных заведений, основные сферы их деятельности, формы управления и психологические факторы. В исследовании раскрывается значение коммуникативного лидерства в стратегическом управлении, мотивации, работе с коллективом, принятии решений и организации эффективной коммуникации. Также освещены особенности демократической, авторитарной и либеральной форм лидерства и их практическая эффективность в системе образования. Обоснована роль психолого-педагогических подходов, коллективного сотрудничества и инновационных механизмов управления в развитии коммуникативных компетенций руководителей высших образовательных учреждений. Ключевые слова: коммуникативное лидерство, высшее образование, компетенция руководителя, стратегическое управление, мотивация, коммуникативные навыки, психологические факторы, демократическое лидерство, коллективное сотрудничество.
IMPLEMENTATION OF COMMUNICATIVE-LEADERSHIP FUNCTIONS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTION LEADERS: AREAS OF ACTIVITY, FORMS AND PSYCHOLOGICAL FACTORS Egamov Joshqin Jumanazar ugli PhD, Acting Associate Professor, Vice-Rector for Academic Affairs, Silk Road Innovation University
Abstract: This article provides a scientific and theoretical analysis of the processes of implementing the communicative-leadership functions of higher education institution leaders, their main areas of activity, management forms and psychological factors. The study highlights the role of communicative leadership in strategic management, motivation, teamwork, decisionmaking and the organization of effective communication. It also reveals the distinctive features of democratic, authoritarian and liberal leadership styles and their practical effectiveness in the education system. The role of psychological-pedagogical approaches, teamwork and innovative management mechanisms in developing the communicative competencies of higher education institution leaders is substantiated. Keywords: communicative leadership, higher education, leader competence, strategic management, motivation, communicative skills, psychological factors, democratic leadership, teamwork.
KIRISH Zamonaviy oliy ta'lim tizimida rahbarlarning kommunikativ-liderlik funksiyalarini samarali amalga oshirishi ta'lim sifatini oshirish, boshqaruv samaradorligini ta'minlash hamda jamoaviy hamkorlikni rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Globallashuv, raqamli transformatsiya va innovatsion rivojlanish jarayonlari oliy ta'lim muassasalari rahbarlaridan nafaqat professional boshqaruv ko‘nikmalarini, balki kuchli kommunikativ salohiyat va liderlik qobiliyatlarini ham talab qilmoqda. Kommunikativ-liderlik tushunchasi jamiyat taraqqiyotida doimo muhim o‘rin tutib, insonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, umumiy maqsadlarni belgilash va ularga erishish jarayonlarining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Jamoa a'zolarini birlashtiruvchi, ularni yagona strategiya sari yo‘naltiruvchi shaxs sifatida lider boshqaruv jarayonlarida ko‘plab vazifalarni bajaradi. Muayyan maqsadlar yo‘lida birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish, irodaviy kuchni safarbar qilish, tashkilotda ishonch muhitini shakllantirish, mas'uliyatni birdek taqsimlash kabi funksiyalar tashkilotchi rahbarlar faoliyatida doimo dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan olib qaralganda, kommunikativ-liderlik funksiyalarini samarali amalga oshirish uchun bir nechta muhim sharoitlar va psixologik omillar mavjud bo‘lib, ular jamoa a'zolari o‘rtasidagi munosabatlardan tortib, jamoaning umumiy qadriyatlarigacha ko‘plab masalalarni qamrab oladi. Kommunikativ-liderlik funksiyalarini amalga oshirishda, birinchi galda, tashkilot yoki jamoaning maqsadlari aniq belgilab olinishi lozim. Jamoa oldida turgan maqsadlar aniq izohlangan taqdirda, har bir a'zo o‘z vazifasini haqqoniy anglaydi. Shu tariqa, maqsadlar boshqaruv jarayonining yo‘naltiruvchi omili sifatida xizmat qiladi, jamoa a'zolari orasida maqsadlar birligi shakllanadi va hamjihatlik mustahkamlanadi. Lider esa ana shu maqsadlarni tushuntirib berish, ularni birdamlikda anglash va targ‘ib qilish jarayonini yo‘naltirib boradi. Jamoada umumiy maqsad bilan birgalikda shaxsiy manfaatlar ham inobatga olinsa, har bir qatnashchi o‘z o‘rnini sezadi, jarayonda mas'uliyatni o‘z zimmasiga olish imkoniga ega bo‘ladi. Shu bois, maqsad qo‘yilayotgan davrda kommunikativ-liderlikka talab kuchayadi, chunki, avvalambor, aniq maqsadsiz jamoani birlashtirish qiyinlashadi, ikkinchidan, maqsad aniq bo‘lmasa, motivatsiya pasayadi, uchinchidan, rahbarlikka asoslangan boshqaruv mexanizmi shakllanmaydi. Kommunikativ-liderlik — bu shaxsning boshqalarni maqsad sari yo‘naltirishi, ularning harakatlarini uyg‘unlashtirishi va samaradorlikni oshiruvchi psixologik-ijtimoiy jarayondir. Zamonaviy nazariyalarda kommunikativ-liderlik funksiyalari quyidagicha ko‘rsatiladi: Strategik
maqsadlar belgilash; Jamoani boshqarish va motivatsiya berish; Qarorlar qabul qilish va resurslarni taqsimlash; Tashqi muhit bilan muloqot o‘rnatish; O‘zgarishlarga moslashuvchanlikni ta'minlash Kommunikativ-liderlik funksiyalarini amalga oshirish jarayonida sohalar va shakllar turlicha bo‘ladi. Zero, har bir tashkilot yoki jamoa o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kommunikativ-liderlikdan kutilayotgan natijalar ham turfa ko‘rinishlarda ifodalanadi. Masalan, ishlab chiqarish muassasalarida yetakchining ustuvor vazifasi iqtisodiy samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini muvofiqlashtirish, yangi texnologiyalarga yo‘naltirish, innovatsion g‘oyalarni joriy etish orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat bo‘ladi. Ta'lim muassasalarida kommunikativ-liderlik funksiyalarini amalga oshirish ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlash bilan chambarchas bog‘liq. Ta'lim jarayonida o‘qituvchilar jamoasi, talaba yoki o‘quvchilar bilan munosabat, innovatsiyalarni joriy etish orqali ta'lim mexanizmlarini takomillashtirish, tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish kabi vazifalar yanada ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Davlat boshqaruvi yoki siyosiy tizimlarda esa kommunikativ-liderlik faoliyati jamiyatni birlashtirish, siyosiy barqarorlikka erishish, turli siyosiy guruhlar o‘rtasida hamkorlikni ta'minlash, aholining manfaatlarini aks ettiradigan qarorlar qabul qilish kabi yo‘nalishlar bilan bog‘liq ko‘rinishi mumkin. Shu bilan birga, kommunikativ-liderlik shakllari ham rang-barangdir. Demokratik kommunikativ-liderlikda qarorlar qabul qilishda jamoa a'zolari ishtirokini ta'minlash, fikrlar xilma-xilligini e'tiborga olish, hamkorlik muhitini yaratish eng muhim jihat hisoblanadi. Avtoritar shaklda esa lider ko‘proq biryoqlama qarorlar qabul qilishi, boshqaruvni markazlashtirgan holda amalga oshirishi, biroq tezkor qarorlar bilan ish jarayonini jadallashtirishi mumkin. Liberal kommunikativ-liderlik uslubida esa jamoa a'zolarida erkinlik ko‘proq bo‘lib, lider nazoratni kamaytirish va qaror qabul qilish jarayonini jamoaga qoldirish tamoyiliga asoslanishi mumkin. Biroq har bir shaklni qat'iy tarzda “ma'qul” yoki “noqulay” deb baholab bo‘lmaydi, chunki jamoaning ichki muhiti, mavjud sharoit, maqsad va vazifalar, a'zolarning ruhiy holatlari kabi ko‘plab omillar aniq bir uslubni tanlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu jarayonda kommunikativ-liderlik funksiyalarining samarali amalga oshirilishi liderning faoliyat sohasi, shakli va ko‘nikmalari bilan chambarchas bog‘liq. Kommunikativ-liderlik funksiyalarining samarali bajarilishida kommunikativ malaka ham muhim o‘rin tutadi. Kommunikativ malaka — bu jamoada fikr almashinuvi, axborot yetkazish, muhokama jarayonlarini to‘g‘ri boshqara olish, turli psixologik nuqtayi nazarlar orasida muvozanatni saqlay olish ko‘nikmalaridir. Lider nafaqat quruq buyruqlar yoki ko‘rsatmalar berishi, balki jamoa bilan birgalikda tinglash, fikr almashish jarayonlarini tashkil qilishi ham talab etiladi. O‘zaro fikr almashinuvida noo‘rin tanqid yoki shaxsiy hissiyotlardan xoli bo‘lish, har qanday muammoga maqsadni yodda tutib yondashish zarur. Shu yo‘l bilan jamoa a'zolari o‘z fikrini erkin bildirishi, konstruktiv takliflar berishi, rahbariyat esa qaror qabul qilishda keng ko‘lamli ma'lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. Psixologik jihatdan olib qaralganda, samarali kommunikatsiya jamoada shijoatni uyg‘otuvchi, a'zolarni intilishlarga ilhomlantiruvchi, motivatsiyani saqlab turuvchi asosiy omildir. Kommunikativ-liderlik funksiyalarini amalga oshirish jarayonida mas'uliyatni taqsimlash tizimi muvaffaqiyat garovi bo‘lishi mumkin. Chunki barcha vazifani bir kishi uddalay olmaydi, jamoa imkoniyatlaridan oqilona foydalanish uchun har bir a'zoning tegishli haq-huquq va majburiyatlari aniq taqsimlanishi lozim. Bunda lider, bir tomondan, norasmiy ravishda hamkorlik muhitini shakllantiradi, ikkinchi tomondan, rasmiy strukturalar orasida zimmadagi vazifalar
taqsimlanishiga e'tibor qaratadi. Mazkur jarayonda lider xato yoki kamchiliklarga duch kelganda, ularni birdamlikda bartaraf etish va oxir-oqibat samarali mexanizmlar yaratishdan manfaatdor bo‘lishi lozim. Chunki mukammal muvaffaqiyat jamoaviy harakatlar natijasidir. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqotda oliy ta'lim tashkilotlarida rahbar kadrlarning kommunikativ-liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid xorijiy nazariyalar milliy-hududiy sharoitlarga moslashtirilgan holda qayta ko‘rib chiqildi. Jamoa ichida konstruktiv munosabatlar shakllantirish, o‘quv-tarbiya jarayonida innovatsion loyihalarni ilg‘or tajribalar bilan uyg‘unlashtirish va rahbarlikda xizmat etish g‘oyasini ilgari surish orqali ta'lim sifatini oshirish imkoniyati ilmiy asoslandi. Shu tariqa, jamoaning har bir a'zosini ilhomlantirish, universitetni boshqarishda barcha fikrlarni inobatga olish va insonparvarlik tamoyillariga suyangan holda yakdil maqsad sari birlashtirish mumkinligi ko‘rsatib berildi. Ushbu tadqiqotda, avvalo, turli kommunikativ-liderlik modellarining nazariyuslubiy jihatlari mahalliy shart-sharoitlar bilan muvofiqlashtirildi. Yosh pedagoglardan tortib tajribali professor-o‘qituvchilargacha barchaga birdek e'tibor qaratish, har bir mutaxassisni shaxsiy rivojlanish yo‘nalishi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonlarini rag‘batlantirish va ularga ilhom bag‘ishlash mexanizmlari aniq vazifalarga bog‘lab modellashtirildi. Mazkur yondashuvda milliy an'analarimiz bilan hamohang bo‘lgan yuqori darajadagi ta'lim muhitini shakllantirish eng muhim ustunlik sifatida ko‘rsatiladi. Rahbar kadrlar ikki muhim jihat — jamoa bilan samimiy muomala o‘rnatish hamda atrofdagilarni reja va maqsadlarga ishontirishda psixologik-pedagogik jarayonlarni chuqur tushunishi lozimligi ilmiy dalillar bilan quvvatlangan. Shu asnoda, boshqaruvda moslashuvchan strategiya qo‘llash, akademik muhokamalarni ochiq olib borish, g‘oyalarni birgalikda rivojlantirish hamda qaror qabul qilishda barcha darajadagi xodimlar ishtirokini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib berilgan. Natijada markazlashgan emas, balki taraqqiyotni barcha bilan birgalikda ta'minlaydigan boshqaruv uslubi shakllanadi. Tadqiqotda yangi modelni bosqichma-bosqich joriy qilish mexanizmlari — jamoa ehtiyojlarini chuqur tahlil qilishdan tortib, strategiyani aniq belgilash, amaliy tajriba-sinovlar o‘tkazish va doimiy monitoring orqali mustahkamlashgacha bo‘lgan jarayonlar shunchaki nazariy tavsiyalar sifatida emas, balki ilmiyamaliy asosda izchil tatbiq etilishi uqtiriladi. Shu bilan birga, ushbu modelni hayotga tatbiq qilishda xarajatlar va resurslar optimal taqsimlanishi, eng muhimi, jamoa a'zolarining e'tibori, ishtiyoqi va ilmiy-badiiy salohiyatini oshirishda qanday natijalar kutilishi atroflicha yoritib berilgan. Natijada oliy ta'lim muassasasi rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida bir-birini tushunish, yangi ilmiy g‘oyalar yaratish va amaliy loyihalarni birgalikda samarali amalga oshirish uchun qulay muhit shakllanadi. Shu tariqa, rahbar kadrlarning kommunikativ-liderlik kompetensiyalari tizimli ravishda takomillashib, ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan ilmiy yangilik joriy etilishini ta'minlaydi. NATIJALAR Kommunikativ-liderlik funksiyalari murakkab va ko‘p qirralidir. Ular tashkilotning muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan ko‘plab faoliyat sohalarini qamrab oladi. Kommunikativliderlik funksiyalarini amalga oshirishda asosiy e'tibor, odatda, strategik boshqaruv, jamoa yaratish, motivatsiya, qarorlar qabul qilish va kommunikatsiya kabi asosiy sohalarga qaratiladi. Ushbu funksiyalar turli shakllarda namoyon bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos psixologik omillarga bog‘liq. Kommunikativ-liderlikning asosiy faoliyat sohalari, birinchi navbatda, strategik boshqaruvdan iborat bo‘lib, bu tashkilotning uzoq muddatli maqsadlarini belgilash va ushbu
maqsadlarga erishish yo‘llarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Strategik boshqaruvda liderning rolini tashkilotning umumiy rivojlanish strategiyasini aniqlash va unga mos keluvchi qarorlarni qabul qilish sifatida ta'riflash mumkin [1; 546-548-b.]. Shuningdek, liderlar jamoa yaratish va uni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Bunda har bir a'zo o‘z rolini tushunadi va tashkilot maqsadlariga erishishga qo‘shadigan hissasini biladi. Jamoa yaratish jarayonida liderning vazifasi nafaqat jamoani shakllantirish, balki uni motivatsiya qilish, qo‘llab-quvvatlash va tashkilotning strategik maqsadlariga yo‘naltirishdir. MUHOKAMA Kommunikativ-liderlik zamonaviy tashkilotlarning muvaffaqiyatli rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi omildir. Tashkilotlarda kommunikativ-liderlik funksiyalarining samarali amalga oshirilishi faoliyat sohalari, shakllari va psixologik omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu omillar kommunikativ-liderlik faoliyatining turli jihatlarini shakllantiradi va rahbarlarning o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishida muhim ahamiyatga ega [2; 65-74-b.]. Kommunikativliderlik faoliyati keng ko‘lamli sohalarni o‘z ichiga oladi. Bu sohalar ichida boshqaruv, qarorlar qabul qilish, strategik rejalashtirish va inson resurslarini boshqarish kabi jarayonlar muhim o‘rin egallaydi. Boshqaruv faoliyati rahbarning tashkilotni samarali boshqarish qobiliyatini oshiradi, chunki bu jarayon orqali u maqsadlarga erishish, resurslarni to‘g‘ri taqsimlash va xodimlar bilan muloqot qilishni ta'minlaydi. Qarorlar qabul qilish esa rahbarning turli vaziyatlarda tez va samarali qarorlar chiqarish qobiliyatini ifodalaydi. Ushbu qobiliyat rahbarning muammolarni hal etish va jamoani muvaffaqiyatga yetaklashdagi rolini belgilaydi. Kommunikativ-liderlik funksiyalarining shakllari rahbarning o‘z vazifalarini qanday amalga oshirishiga bog‘liqdir. Rahbarlik shakllari avtoritar, demokratik va liberal shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin [3; 315-324-b.]. Avtoritar kommunikativ-liderlikda rahbar qarorlarni o‘zi mustaqil ravishda qabul qiladi va bu jarayonda jamoa a'zolarining fikrini hisobga olmaydi. Bu shakl, odatda, tezkor qarorlar qabul qilish talab etilgan vaziyatlarda qo‘llaniladi. Demokratik kommunikativ-liderlik esa jamoa a'zolari bilan hamkorlikda qarorlar qabul qilishga asoslangan bo‘lib, bu usul jamoaning motivatsiyasi va ishtirokini oshiradi. Liberal kommunikativ-liderlik shakli esa rahbarning xodimlarga keng erkinlik berishi va ularga ishonch bildirishiga asoslanadi. Bu shakl ijodiy va mustaqil ishlash talab etilgan vaziyatlarda samarali bo‘lishi mumkin. XULOSA Oliy ta'lim tashkilotlari rahbar-kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish bugungi kunda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biridir. Zamonaviy rahbar kommunikativ salohiyat, emotsional intellekt, strategik fikrlash va innovatsion boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Tadqiqotlar va xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishda institutsional, individual, raqamli va andragogik strategiyalarning uyg‘unligi yuqori samaradorlik beradi. Shuningdek, rahbarlarning ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, ochiq muloqot madaniyatini shakllantirishi va jamoani ilhomlantira olishi oliy ta'lim sifatini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Kelgusida texnika yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalarida rahbar-kadrlarning kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion dasturlar va amaliy treninglarni keng joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Mintzberg H. The Nature of Managerial Work. – New York: Harper & Row, 1973. – 546– 548-b.
- Yukl G. Leadership in Organizations. – Pearson Education, 2013. – 65–74-b.
- Lewin K. Leadership Styles and Organizational Behavior // Journal of Social Psychology. – 1939. – 315–324-b.
- Kotter J.P. Leading Change. – Harvard Business School Press, 1996.
- Burke J.M. Communicative Leadership in Higher Education. – London, 2019.
- Qodirov G‘.N. Oliy ta'limda kommunikativ liderlik masalalari. – Toshkent, 2022.
- To‘raqulov R.X. Texnik oliy ta'limda zamonaviy boshqaruv kompetensiyalari. – Toshkent, 2023.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013396
- Nashr sanasi
- 2026-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i5.2266
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 155–160
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06