DISPEPSIYA BILAN KASALLANGAN BUZOQLARNING KLINIK KO‘RSATKICHLARI
Axmadov A.I.Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 5Sahifa 212–215
Annotatsiya
Ushbu maqolada dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarning asosiy klinik ko‘rsatkichlari, kasallikning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot davomida buzoqlarda dispepsiya paytida kuzatiladigan asosiy belgilar, jumladan tana haroratining oshishi, diareya, suvsizlanish, umumiy holsizlik va oziqa qabul qilishning kamayishi tahlil qilindi. Shuningdek, kasallikning og‘ir shakllarida najas tarkibida qon va shilliq moddalarning paydo bo‘lishi, elektrolitlar muvozanatining buzilishi kabi muhim klinik o‘zgarishlar aniqlangan.
Boshqa tillarda
ruschaКЛИНИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ ДИСПЕПСИИ У ТЕЛЯТ
В данной статье рассматриваются основные клинические признаки диспепсии у телят, причины заболевания и механизмы его развития. В исследовании проанализированы основные симптомы, наблюдаемые у телят при диспепсии, включая повышение температуры тела, диарею, обезвоживание, общую слабость и снижение потребления пищи. Кроме того, при тяжелых формах заболевания были выявлены значительные клинические изменения, такие как появление крови и слизи в кале, а также электролитный дисбаланс.
inglizchaCLINICAL INDICATORS OF DYSPEPSIA IN CALVES
This article examines the main clinical signs of dyspepsia in calves, the causes of the disease, and the mechanisms of its development. The study analyzed the main symptoms observed in calves with dyspepsia, including fever, diarrhea, dehydration, general weakness, and decreased feed intake. Furthermore, in severe forms of the disease, significant clinical changes were identified, such as the appearance of blood and mucus in the stool, as well as electrolyte imbalances.
Kalit so‘zlar
- dispepsiya
- infeksiya
- invaziya
- harorat
- antibiotik
- probiotik
- og‘iz suti diareya
- salmonella
- meteorizm
- diareya
- dehidratatsiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UDK: 619:616.34-07:636.2 DISPEPSIYA BILAN KASALLANGAN BUZOQLARNING KLINIK KO‘RSATKICHLARI A.I. Axmadov Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi E-mail: abroraxmadov7@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.20540787 Annotatsiya: Ushbu maqolada dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarning asosiy klinik ko‘rsatkichlari, kasallikning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot davomida buzoqlarda dispepsiya paytida kuzatiladigan asosiy belgilar, jumladan tana haroratining oshishi, diareya, suvsizlanish, umumiy holsizlik va oziqa qabul qilishning kamayishi tahlil qilindi. Shuningdek, kasallikning og‘ir shakllarida najas tarkibida qon va shilliq moddalarning paydo bo‘lishi, elektrolitlar muvozanatining buzilishi kabi muhim klinik o‘zgarishlar aniqlangan. Kalit so‘zlar: dispepsiya, infeksiya, invaziya, harorat, antibiotik, probiotik, og‘iz suti, diareya, salmonella, meteorizm, diareya, dehidratatsiya.
КЛИНИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ ДИСПЕПСИИ У ТЕЛЯТ А.И. Ахмадов Младший научный сотрудник Научно-исследовательского института ветеринарии E-mail: abroraxmadov7@gmail.com Аннотация: В данной статье рассматриваются основные клинические признаки диспепсии у телят, причины заболевания и механизмы его развития. В исследовании проанализированы основные симптомы, наблюдаемые у телят при диспепсии, включая повышение температуры тела, диарею, обезвоживание, общую слабость и снижение потребления пищи. Кроме того, при тяжелых формах заболевания были выявлены значительные клинические изменения, такие как появление крови и слизи в кале, а также электролитный дисбаланс. Ключевые слова: диспепсия, инфекция, инвазия, температура, антибиотик, пробиотик, молозиво, диарея, сальмонелла, метеоризм, диарея, обезвоживание.
CLINICAL INDICATORS OF DYSPEPSIA IN CALVES A.I. Axmadov Junior Researcher, Veterinary Research Institute E-mail: abroraxmadov7@gmail.com Abstract: This article examines the main clinical signs of dyspepsia in calves, the causes of the disease, and the mechanisms of its development. The study analyzed the main symptoms observed in calves with dyspepsia, including fever, diarrhea, dehydration, general weakness, and decreased feed intake. Furthermore, in severe forms of the disease, significant clinical changes were identified, such as the appearance of blood and mucus in the stool, as well as electrolyte imbalances. Keywords: dyspepsia, infection, invasion, temperature, antibiotic, probiotic, colostrum, diarrhea, salmonella, flatulence, diarrhea, dehydration.
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda chorvachilik sohasida buzoqlarning oshqozonichak kasalliklari, ayniqsa dispepsiya, eng koʻp uchraydigan va iqtisodiy zarar keltiradigan muammolardan biri hisoblanadi. Shu sababli dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarning klinik koʻrsatkichlarini oʻrganish mavzusi ilmiy va amaliy jihatdan nihoyatda dolzarbdir. Dispepsiya yosh buzoqlar orasida yuqori kasallanish va oʻlim ko‘rsatkichlariga sabab boʻladi. Ayniqsa, hayotining dastlabki kunlarida buzoqlarda hazm tizimi toʻliq shakllanmagan boʻlib, notoʻgʻri oziqlantirish, gigiyena talablariga rioya qilmaslik yoki infeksiyalar taʼsirida kasallik tez rivojlanadi. Klinik belgilarni erta aniqlash esa kasallikning ogʻirlashib ketishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarda kuzatiladigan klinik koʻrsatkichlar (ishtahaning pasayishi, diareya, suvsizlanish, tana haroratining oʻzgarishi, umumiy holsizlik) kasallikning shakli va darajasini aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkichlarni tizimli ravishda oʻrganish veterinariya amaliyotida aniq tashxis qoʻyish va samarali davolash usullarini tanlash imkonini beradi. Chorvachilik xoʻjaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Kasallik tufayli buzoqlarning oʻsishdan ortda qolishi, vazn yoʻqotishi, yemdan foydalanish samaradorligining pasayishi kuzatiladi. Shu sababli klinik koʻrsatkichlarni chuqur tahlil qilish orqali kasallikni erta aniqlash va profilaktika choralarini ishlab chiqish iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Zamonaviy veterinariya tibbiyotida kasalliklarni erta diagnostika qilish va oldini olishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarning klinik holatini monitoring qilish, ularning organizmidagi oʻzgarishlarni aniqlash ilmiy izlanishlar uchun muhim yoʻnalishlardan biridir. Dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarning klinik koʻrsatkichlarini oʻrganish nafaqat kasallikni aniqlash va davolashda, balki uning oldini olish, buzoqlarning yashovchanligini oshirish hamda chorvachilikning iqtisodiy samaradorligini taʼminlashda ham katta ahamiyatga ega. Shu jihatdan mazkur mavzu hozirgi kunda dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi. Dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarning klinik koʻrsatkichlarini oʻrganishdan asosiy maqsad — kasallikning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi va klinik kechishini aniqlash hamda samarali tashxis, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqishdan iborat. Shu bilan birga, quyidagi aniq maqsadlar ham koʻzda tutiladi: dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarda kuzatiladigan asosiy klinik belgilarni aniqlash va tizimlashtirish; – kasallikning yengil va ogʻir shakllarini klinik koʻrsatkichlar asosida baholash; – buzoqlarda organizmning umumiy holati (harorat, nafas olish, yurak urishi, ichak faoliyati)dagi oʻzgarishlarni oʻrganish; – erta diagnostika uchun ishonchli klinik mezonlarni ishlab chiqish; – samarali davolash va profilaktika choralarini asoslash. Umuman olganda, tadqiqotning maqsadi buzoqlarning sogʻligʻini saqlash, ularning nobud boʻlishini kamaytirish va chorvachilik xoʻjaliklarida iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqotning joyi, obyekti va uslublari. Tadqiqot Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari hamda Veterinariya ilmiytadqiqot institutining Mikrobiologiya laboratoriyasida olib borildi. Tadqiqotning obyekti — Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklaridagi shved, golshtin zotli sigirlar, aholi qaramog‘idagi
qoramollar va ulardan tug‘ilgan buzoqlar, sigir va buzoqlardan olingan qon va uviz suti hamda buzoqlarning fekal namunalari. Tadqiqotlarda klinik, morfologik, biokimyoviy, refraktometrik, mikroskopik, patologoanatomik, mikrobiologik, oziqa namunalarini zootexnikaviy tahlil qilish, olingan raqamli ma’lumotlarning statistik va biometrik tahlili usullaridan foydalanilgan. NATIJALAR Klinik ko‘rsatkichlar. Dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarda kasallikning klinik belgilari ularning yoshiga, kasallik darajasiga va organizmning umumiy holatiga qarab turlicha namoyon bo‘ldi. Kasallikning dastlabki bosqichida buzoqlarda umumiy holsizlik, ishtahaning pasayishi va emishga bo‘lgan refleksning sustlashishi kuzatildi. Ayrim hollarda buzoqlar ko‘proq yotib qolishi, tashqi ta’sirlarga sust javob berishi aniqlandi. Asosiy klinik belgilar quyidagilardan iborat bo‘ldi: ich ketish (diareya) — axlatning yomon hidli, quyuq yoki suyuq shaklda bo‘lishi, ba’zan ko‘pik aralash, sarg‘ish yoki kulrang rangda, qorin dam bo‘lishi (meteorizm), qayt qilish, gaz chiqishi, ishtahaning yo‘qolishi kuzatildi. Dehidratatsiya — terining elastikligi pasayib, ko‘zlar ichkariga tortilgan holatda kuzatildi. Tana haroratining o‘zgarishi — kasallikning yengil shaklida me’yor atrofida (38,5– 39,5°C), og‘ir holatlarda pasayishi kuzatildi. Yurak urish tezligi — taxikardiya (100–140 marta/min) qayd etildi. Nafas olish tezligi — tezlashgan (30–50 marta/min) holatlar kuzatildi. Kasallikning og‘ir shakllarida buzoqlarda kuchli suvsizlanish, umumiy intoksikatsiya belgilari, mushaklar titrashi va ba’zan koma holatiga yaqin belgilar aniqlanishi mumkin. Klinik kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarda eng asosiy va doimiy belgilar ich ketish, suvsizlanish va umumiy holsizlik, letargiya (harakatsizlik, yotaverish), ko‘zlarning cho‘kishi, og‘iz shilliq qavatining quruq bo‘lishi, tana vaznining kamayishi va o‘sishdan qolishdir. 1-jadval. Buzoqlarning klinik ko‘rsatkichlari (taqqoslama jadval) Dispepsiya bilan Sog‘lom buzoqlar № Ko‘rsatkichlar kasallangan (nazorat) buzoqlar 1 Umumiy holati Faol, harakatchan Holsiz, ko‘p yotadi Pasaygan yoki 2 Ishtaha (emish refleksi) Yaxshi rivojlangan yo‘qolgan 37,5–39,0 (og‘ir 3 Tana harorati (°C) 38,5–39,5 holatda pasayadi) 4 Yurak urish tezligi (marta/min) 80–100 100–140 (taxikardiya) 5 Nafas olish (marta/min) 20–30 30–50 (tezlashgan) Suyuq, ko‘pik 6 Najas holati Shakllangan, normal aralash, sarg‘ish 7 Suvsizlanish (dehidratatsiya) Yo‘q Kuchli ifodalangan 8 Teri elastikligi Saqlangan Pasaygan 9 Ko‘z holati Normal Ichkariga tortilgan Sust, depressiya 10 Umumiy xulq-atvor Faol holati MUHOKAMA
Qisqa tahlil. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarda eng muhim o‘zgarishlar - ich ketish, suvsizlanish, yurak va nafas olish tezligining oshishi hamda umumiy holsizlik bilan xarakterlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar kasallikni erta aniqlash va baholashda muhim ahamiyatga ega. XULOSA Buzoqlarda dispepsiya - ko‘p uchraydigan, ammo oldini olish mumkin bo‘lgan kasallikdir. U organizmning holsizlikka tushishi, o‘sishdan qolishi va hatto o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu kasallikni erta aniqlash, to‘g‘ri parvarish va davolash choralari bilan buzoqlarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash mumkin. Chorvachilikda buzoqlarni ilk kunlaridanoq to‘g‘ri parvarish qilish ularning sog‘lom o‘sishini kafolatlaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Б.М. Эшбуриев – “Сигирларни сунъий уруғлантириш, сигир ва бузоқларларнинг касалликлари ва уларни олдини олиш бўйича тавсиялар”.
- Б.А. Элмурадов, С.Ҳ. Абдалимов, Н.И. Наврузов, И.Д. Шералиева “Ёш ҳайвонлар касалликлари” // Зарафшон, Самарқанд, 2016. 59–114-б.
- Б.А. Элмурадов, Н. Наврузов, Ф. Қурбонов, И. Султанова “Чорва ҳайвонлари касалликларини олдини олишда янги инновацион ёндашув” “Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш истиқболлари: Замонавий амалиёт ва инновацион технологиялар” // Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами I- қисм, (21–22 май, 2020 й.) Самарқанд, 10-б.
- A.I. Axmadov, N.I. Navruzov “Buzoqlar dispepsiyasining etiopatogenezi” Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti “Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi tadqiqotchilar talqinida” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plami-1/25. Samarqand, 2025-yil.
- M.T. Isayev, A.I. Axmadov, I.Yu. Sultanova. “Qoramollar oyoq bo‘g‘inlarining yiringli yallig‘lanishlarining klinik tekshirish natijalari” Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti “Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi tadqiqotchilar talqinida” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plami-1/25. Samarqand, 2025-yil.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013406
- Nashr sanasi
- 2026-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i5.2276
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 212–215
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-27 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06