Asosiy mazmunga o‘tish

2 086 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

Tegishlilik
Kengaytirilgan qidiruvTahlil
Eksport

Joriy tartibdagi birinchi 1 000 ta yozuv yuklanadi (2 086 tadan).

Qidiruvni saqlash

Qidiruvni saqlash va yangi yozuvlar haqida xabar olish uchun hisobingizga kiring. Kirish

  1. Ochiq kirishMaqola

    ENSURING THE INTELLECTUAL AND SOCIAL DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN BASED ON PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES

    Boymirzayeva Shahnozaxon Olimjon kizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada maktabgacha ta‘limda ta‘lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va ularning ahamiyati, tarbiyachilar faoliyatida pedagogik texnologiyalarning o‘rni haqida so‘z boradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    EXPERIMENTAL STUDY OF THE DEVELOPMENT OF INTELLECTUAL ABILITIES THROUGH PLAY

    Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqola o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarining o‘rni hamda samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. O‘yin texnologiyalari o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv va muammolarni hal qilish kabi intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ta‘lim jarayonida samarali vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. Tadqiqotda o‘yin texnologiyalari ta‘limda qanday qo‘llanilishi va ular orqali qobiliyatlarni rivojlantirish usullari ko‘rib chiqilgan. Eksperimental tadqiqotlar va so‘rovnomalar an‘anaviy ta‘lim usullariga nisbatan o‘yin texnologiyalaridan foydalanilganda o‘quvchilarning intellektual salohiyati yaxshilanishini tasdiqladi. Maqolada, shuningdek, o‘yin texnologiyalaridan ta‘limda samarali foydalanish uchun zarur bo‘lgan pedagogik yondashuvlar ko‘rsatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    CHALLENGES OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES AMONG PRE-SERVICE FOREIGN LANGUAGE TEACHERS IN UZBEKISTAN

    Botirova Zebo Xakimjon Kizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada O‘zbekistonning Namangan Davlat Universiteti, Farg‘ona Davlat Universiteti hamda Andijon Davlat Chet Tillar Instituti ingliz filologiyasi yo‘nalishi 4-bosqich bakalavriat talabalari o‘rtasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida kelajakdagi chet til o‘qituvchilarining ta‘lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etishda duch kelayotgan asosiy muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, talabalar Google Classroom va Moodle kabi asosiy raqamli platformalar bilan boshlang‘ich darajada tanish bo‘lsalar-da, ularni samarali pedagogik maqsadlarda qo‘llash, o‘qitish strategiyalarini ishlab chiqish va ularga moslashtirish bo‘yicha yetarlicha bilim va ishonchga ega emaslar. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari O‘zbekistonning ayrim hududlarida internet tarmog‘ining ishonchsizligi va past tezligi kabi infratuzilmaviy muammolarni ham ochib berdi. Shuningdek, o‘qituvchilar va talabalar orasida kompyuter terminologiyasi va raqamli tilning asosiy tushunchalarini yetarli bilmaslik keng tarqalganligi ham aniqlangan. Maqolada raqamli savodxonlikni oshirish va mavjud to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    EKOLOGIK MADANIYATNING TARIXIY-PEDAGOGIK TAHLILI

    Asadova Muxlisa Abdilaxat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada ekologik madaniyat haqida tushuncha, ekologik madaniyatning tarixiy-pedagogik tahlili haqida ma‘lumotlar keltiriladi. Bundan tashqari, bu maqolada Markaziy Osiyoning va Jahon faylasuflarining ekologik madaniyat haqidagi pedagogik qarashlari hamda ilmiy asoslangan fikrlari keltirilgan. Ekologik madaniyatning tarixiy rivojlanish bosqichlari va inson faoliyati bilan bog‘liq jihatlari bayon qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    APPLYING VARIOUS EXERCISES TO DEVELOP THE PHYSICAL FITNESS OF 11-YEAR-OLD FOOTBALL PLAYERS

    Amirov Javlonbek Olimjon O‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada 11-12 yoshli futbolchilarning koordinatsion qobiliyatlari har tomonlama ko‘rib chiqilib, ularning kuchi, chaqqonligi, tezligi va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar beriladi. Har bir test natijalari va ularni yaxshilash bo‘yicha amaliy takliflar, shuningdek, o‘yinchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatiga asos solishga mo‘ljallangan mashg‘ulot strategiyalari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    THE ENVIRONMENTAL MOVEMENT OF UZBEKISTAN AS AN IMPORTANT SUBJECT OF ELECTORAL LAW

    Jumaboev Akhrorjon · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada O‘zbekiston Ekologik harakatining (2019 yildan — O‘zbekiston Ekologik partiyasi) saylov huquqidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Harakatning huquqiy maqomi, uning saylov jarayonlarida ishtirok etish tartibi va ekologik siyosat rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, barqaror rivojlanishni ta‘minlash uchun saylov huquqi mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    СОЦИАЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ ДЖАДИДОВ В СЕКУЛЯРИЗАЦИИ ОБЩЕСТВА: ИСТОРИКО-СОЦИАЛЬНЫЙ АНАЛИЗ НА ПРИМЕРЕ УЗБЕКИСТАНА.

    Пулатов К.А · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada jamiyat sekulyarizatsiyasi jarayonida jadidchilik harakatining ijtimoiy ahamiyati XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi O‘zbekistonning tarixiy konteksti misolida tadqiq etiladi. Jadidchilikning ta‘lim tizimini modernizatsiya qilishga, madaniy transformatsiyaga va milliy o‘zlikni anglashning rivojlanishiga ta‘siri tahlil qilinadi. Ijtimoiy modernizatsiya va sekulyarizatsiyaning nazariy jihatlari muhokama qilinadi, shuningdek, jadidlarning zamonaviy dunyoviy jamiyat asoslarini shakllantirishga hissa qo‘shgan o‘zgarishlar agenti sifatidagi roli ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО И СЕКУЛЯРИЗМ: ВОПРОСЫ ОТДЕЛЕНИЯ РЕЛИГИИ ОТ ГОСУДАРСТВЕННОЙ ВЛАСТИ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ ПЕРИОДА КОЛОНИАЛЬНОГО РЕЖИМА

    Пулатов К.А · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Gender tengligi va sekulyarizm Markaziy Osiyoning podsho Rossiyasi davridagi ijtimoiy-siyosiy kontekstida murakkab jarayonlarni ifodalaydi. Bu jarayonlar islohotchi harakatlarni hamda dinni davlatdan ajratishga bo‘lgan urinishlarni o‘z ichiga olgan. Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida muhim rol o‘ynagan musulmon modernizmining ta‘sirchan yo‘nalishi — jadidchilik g‘oyalari tahlil qilinadi. Jadidlarning gender tengligiga bo‘lgan qarashlari, ayollar uchun ta‘lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan sa‘y-harakatlari va diniy institutlarni davlat tuzilmalaridan ajratish yo‘lidagi intilishlariga alohida e‘tibor qaratiladi. Shuningdek, bu masalalar atrofida kechgan munozaralar va islohotchilarning o‘sha davr jamiyat ongiga ko‘rsatgan ta‘siri tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    (091)+165.82+130.121 (575.1) ZAMONAVIY BOZOR MUNOSABATLARI TRANSFORMASIYASI HAMDA KASB-HUNAR VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM TIZIMIDA INTEGRASIYA JARAYONINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI

    Qo‘chqorov Oybek G‘ulomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada zamonaviy bozor munosabatlarining o‘zgarishi va ularning kasbiy va o‘rta maxsus ta‘lim tizimidagi integratsiya jarayonlariga ta‘siri ijtimoiy-falsafiy tahlil qilinadi. Globallashuv, raqamlashtirish va mehnat bozori talablarining o‘zgarishi sharoitida ta‘lim makonini rivojlantirishning asosiy tendentsiyalari ko‘rib chiqiladi. Muallif ta‘lim muassasalarini yangi ijtimoiy-iqtisodiy voqelikka moslashtirishning ahamiyatini, shuningdek, kasbiy ta‘limni biznes muhiti va davlat tuzilmalari bilan birlashtirish zarurligini ta‘kidlaydi. Talabalar o‘rtasida yangi vakolatlarni shakllantirish, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda uzluksiz ta‘lim va ijtimoiy sheriklikning o‘rni masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    (091)+165.82+130.121 (575.1) BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA MILLIY TA‘LIM TIZIMINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI VA IJTIMOIY TARAQQIYOTNING FALSAFIY MOHIYATI

    Qo‘chqorov Oybek G‘ulomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada milliy ta‘lim tizimi va bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy taraqqiyotning falsafiy mohiyati o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Ta‘lim siyosatining jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta‘sirining asosiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi, shuningdek, progressiv ijtimoiy jarayonlarni shakllantirishda ta‘limning rolini asoslaydigan falsafiy tushunchalar tahlil qilinadi. Muallif ta‘lim strategiyalarini iqtisodiy sharoitlarga qarab o‘zgartirishga, ularning ijtimoiyharakatchanlikka, qiymat yo‘nalishlarini shakllantirishga va jamiyatning barqarorligiga ta‘sirini aniqlashga alohida e‘tibor beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    (091)+165.82+130.121 (575.1) ZAMONAVIY BOZOR MUNOSABATLARI TRANSFORMATSIYASI HAMDA KASB-HUNAR VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM TIZIMIDA INTEGRATSIYA JARAYONINING AMALIY MUAMMOLARI

    Qo‘chqorov Oybek G‘ulomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada bozor munosabatlari transformatsiyasi jarayonida kasb-hunar va o‘rta maxsus ta‘lim tizimidagi integratsiya masalasi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Integratsiya jarayonining mohiyati, uning inson kapitali shakllanishidagi o‘rni, muammolari va yechimlari falsafa, sotsiologiya va ta‘lim nazariyasi nuqtai nazaridan o‘rganiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    FALSAFIY ANTROPOLOGIYA VA MADANIY ANTROPOLOGIYA DOIRASIDA MIGRATSIYA

    Paxriddinov Umidjon Mo‘minovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Bugungi kunda globalizatsiya sharoitida migratsiya jarayoni yanada kuchayib bormoqda, bu esa yangi ijtimoiy muammolar va madaniy to‘qnashuvlarga olib kelmoqda. Shuning uchun, falsafiy va madaniy antropologiya nuqtai nazaridan migratsiyani o‘rganish, insonlar va ularning jamiyatlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni tushunishga yordam beradi. Ushbu maqolada, biz migratsiyaning falsafiy va madaniy antropologiya kontekstida qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lishini, shuningdek, bu jarayonning ijtimoiy identitet, madaniy integratsiya va inson huquqlari bilan bog‘liq jihatlarini tahlil qilamiz.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    MIGRATSIYA: ONTALOGIK FALSAFIY NUQTAI NAZARDAN TAHLIL

    Paxriddinov Umidjon Mo‘minovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqalada migratsiya jarayonining zamonaviy tendensiyalari, globalizatsiya sharoitidagi o‘zgarishlar va migratsiya siyosatining ahamiyati muhokama qilinadi. Falsafiy va sotsiologik yondashuvlar yordamida, migratsiyaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, inson huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq masalalar ham o‘rganiladi. Ushbu maqola natijalari, migratsiya jarayonini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    FALSAFIY VA SOSIOLOGIK TADQIQOTLARDA MIGRATSIYA TUSHUNCHASINING ILMIY-NAZARIY TAHLILI

    Paxriddinov Umidjon Mo‘minovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada falsafiy va sotsiologik nuqtai nazardan migratsiya tushunchasi ilmiy-nazariy tahlil etiladi. Migratsiya, insonlarning bir joydan boshqa joyga ko‘chishi jarayoni sifatida, turli ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Tadqiqotda avvalo, migratsiyaning falsafiy asoslari, uning insoniyat tarixidagi o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Keyinchalik, sotsiologik jihatdan migratsiyaning ijtimoiy tuzilmalarga, identitetga va madaniyatlararo munosabatlarga ta‘siri tahlil etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    PHILOSOPHICAL ASPECTS OF THE SOCIAL PHENOMENON OF WOMEN‘S ENTREPRENEURSHIP

    Maqsumova Umidaxon Sodiqjonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada ayollar tadbirkorligining ijtimoiy-falsafiy tabiati va uning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada ayollar tadbirkorligining ko‘p o‘lchovli jihatlari — iqtisodiy, huquqiy, madaniy va ramziy jihatlari — Burd‘yoning kapital turlari nazariyasi, Nussbaumning «imkoniyatlarga yondashuvi» va Batlerning «interseksionallik» konsepsiyalari asosida yoritilgan. Yakunda tadbirkorlikda gender inklyuziyani joriy etish (shuningdek, uni mustahkamlash strategiyalari) uchun demokratik institutlar, ta‘lim va ijtimoiy siyosat mexanizmlari taklif etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    SOCIO-PHILOSOPHICAL INTERPRETATION OF THE CONCEPT OF A NATIONALISTIC STATE (ON THE EXAMPLE OF UZBEKISTAN)

    Karimov Hayotdzon Abdulboqievich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada «inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat» tushunchasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Insonmarkazlilik prinsipining tarixiy ildizlari va uning Sharq hamda G‘arb falsafiy an‘analaridagi ko‘rinishlari ko‘rib chiqiladi. Muallif davlat va jamiyat o‘rtasidagi dialektik aloqani inson qadr-qimmati va ijtimoiy adolat kategoriyalari orqali ochib beradi, inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlatni paternalistik modeldan farqlovchi asosiy jihatlarni aniqlaydi. Zamonaviy O‘zbekiston misolida maqolada ijtimoiy siyosat, huquqiy islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi inson manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv mezonlariga qanday ta‘sir ko‘rsatishi ko‘rsatib berilgan. Konseptual tahlil, tarixiy-genetik izlanish va normativ yondashuvlardan foydalangan holda tadqiqotda inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat g‘oyasining ham konseptual asoslari, ham amaliy tatbiqi uchun nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar taklif etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    SOCIAL ESSENCE OF THE ACTIVITIES OF EMPLOYEES OF INTERNAL AFFAIRS OF UZBEKISTAN(PHILOSOPHICAL ANALYSIS)

    Dadakhanov Shavkat Shakirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada O‘zbekiston ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy mohiyati falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan shaxslarning jamiyatdagi o‘rnini, ularning huquqni muhofaza qilish va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash funksiyalarining falsafiy asoslarini aniqlashdan iborat. Maqolada huquq, etika va siyosatshunoslikning sharhlovchi hamda nazariy yondashuvlarini birlashtirgan dialektik-materialistik va fenomenologik metodlardan foydalanilgan. Tahlil jarayonida ichki ishlar organlari xodimlarining jamiyat bilan o‘zaro munosabati, ijtimoiy shartnoma chegaralari, ular asosida shakllangan vakolat va mas‘uliyat hamda prinsip o‘rganilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    MUSTAQILLIK DAVRIDA MILLIY O‘ZLIKNI SHAKLLANTIRISH SIYOSATINING TARIXIY ASOSLARI VA IJTIMOIY TA‘SIRI (1991–2010)

    Saloydinova Maxliyoxon Abduvali qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqola O‘zbekistonning 1991–2010-yillardagi mustaqillik davrida milliy o‘zlikni shakllantirish siyosatining tarixiy asoslari va ijtimoiy ta‘sirini tahlil qiladi. Sovet Ittifoqining parchalanishi fonida boshlangan bu jarayon davlat ramziyligi, ta‘lim tizimi va adabiyot orqali milliy identitetni mustahkamlashga qaratilgan strategiyalarni o‘rganadi. Maqolada Temuriylar merosi, Alisher Navoiy va Abdulla Oripov kabi shaxslarning adabiy faoliyati hamda ularning milliy o‘zlikni shakllantirishdagi roli alohida e‘tibor markazidadir. Shuningdek, globalizatsiya va etnik guruhlar integratsiyasi kabi sinovlar tahlil qilinadi. Maqola ushbu davrda milliy o‘zlik tushunchasining jamiyatdagi o‘zgarishlarga ta‘sirini yoritib, zamonaviy O‘zbekistonning madaniy va ijtimoiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi. Bundan tashqari maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng amalga oshirilgan milliy o‘zlikni shakllantirish siyosatining tarixiy ildizlari, g‘oyaviy asoslari va uning ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy-ma‘naviy hayotga ta‘siri tahlil qilinadi. Shuningdek, 1991–2010 yillar davomida bu siyosatning asosiy yo‘nalishlari, natijalari va ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    ЎЗБЕКИСТОНДА СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИДАГИ ЎЗГАРИШЛАР (1945-1955 ЙИЛЛАР МИСОЛИДА)

    Junayev Farxod Abduxamidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу мақолада муаллиф иккинчи жаҳон урушидан кейинги йилларда Ўзбекистон ССРда соғлиқни сақлаш соҳасида бир мунча ўзгаришлар ҳамда муаммолар ва уларнинг тарихий таҳлилига тўхталиб ўтган. Бундан ташқари Республика аҳолисининг саломатлигини муҳофаза қилиш, уларга тиббий хизмат кўрсатишни сифат жиҳатдан яхшилаш вазифаларининг амалга оширилиши ҳамда йўл қўйилган хато ва камчиликлар ёритиб берилган.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    1916-YIL QO‘ZG‘OLONI NEGA AYNAN TURKISTONDA BOSHLANDI?

    Abduqahorov Anvarjon Alijon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Garchi ko‘plab tadqiqotchilar 1916-yilda Turkistonda yuz bergan qo‘zg‘olonni o‘rgangan bo‘lishsa-da, hanuzgacha quyidagi asosiy savolga aniq javob yo‘q: nega keng ko‘lamli qo‘zg‘olon aynan Turkistonda yuz berdi, holbuki harbiy safarbarlik Sibir, Kavkaz va Qalmoq aholisi orasida ham e‘lon qilingan edi? Ushbu maqolada men bu savolga javob topishga harakat qilaman — xususan, podsho Rossiyasi davridagi Turkiston ma‘muriyati faoliyatining ayrim institutsional va amaliy xususiyatlarini tahlil qilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish