Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola09.00.00Ochiq kirish

(091)+165.82+130.121 (575.1) ZAMONAVIY BOZOR MUNOSABATLARI TRANSFORMATSIYASI HAMDA KASB-HUNAR VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM TIZIMIDA INTEGRATSIYA JARAYONINING AMALIY MUAMMOLARI

Qo‘chqorov Oybek G‘ulomovichFarg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 6Sahifa 130–137

Annotatsiya

Maqolada bozor munosabatlari transformatsiyasi jarayonida kasb-hunar va o‘rta maxsus ta‘lim tizimidagi integratsiya masalasi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Integratsiya jarayonining mohiyati, uning inson kapitali shakllanishidagi o‘rni, muammolari va yechimlari falsafa, sotsiologiya va ta‘lim nazariyasi nuqtai nazaridan o‘rganiladi.

Boshqa tillarda

ruschaТРАНСФОРМАЦИЯ СОВРЕМЕННЫХ РЫНОЧНЫХ ОТНОШЕНИЙ И ПРАКТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ИНТЕГРАЦИИ В СИСТЕМЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

В данной статье с социо-философской точки зрения анализируется вопрос интеграции в системе профессионального и среднего специального образования в условиях трансформации рыночных отношений. Изучаются сущность интеграционного процесса, его роль в формировании человеческого капитала, а также проблемы и пути их решения с позиций философии, социологии и теории образования.

inglizchaTRANSFORMATION OF MODERN MARKET RELATIONS AND PRACTICAL PROBLEMS OF THE INTEGRATION PROCESS IN THE VOCATIONAL AND SECONDARY SPECIALIZED EDUCATION SYSTEM

The article analyses, from a socio-philosophical perspective, the question of integration in the system of vocational and secondary specialised education in the course of the transformation of market relations. The essence of the integration process, its role in the formation of human capital, its problems and their solutions are studied from the standpoint of philosophy, sociology and the theory of education.

Kalit so‘zlar

  • bozor munosabatlari
  • ta‘lim tizimi
  • integratsiya
  • inson kapitali
  • falsafa
  • kasbiy ta‘lim
  • transformatsiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK: 1(091)+165.82+130.121 (575.1) ZAMONAVIY BOZOR MUNOSABATLARI TRANSFORMATSIYASI HAMDA KASB-HUNAR VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM TIZIMIDA INTEGRATSIYA JARAYONINING AMALIY MUAMMOLARI Qo‘chqorov Oybek G‘ulomovich Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi e-mail: oykuchkarov@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.15733018 Annotatsiya: Maqolada bozor munosabatlari transformatsiyasi jarayonida kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi integratsiya masalasi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Integratsiya jarayonining mohiyati, uning inson kapitali shakllanishidagi o‘rni, muammolari va yechimlari falsafa, sotsiologiya va ta’lim nazariyasi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: bozor munosabatlari, ta’lim tizimi, integratsiya, inson kapitali, falsafa, kasbiy ta’lim, transformatsiya.

ТРАНСФОРМАЦИЯ СОВРЕМЕННЫХ РЫНОЧНЫХ ОТНОШЕНИЙ И ПРАКТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ИНТЕГРАЦИИ В СИСТЕМЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация: В данной статье с социо-философской точки зрения анализируется вопрос интеграции в системе профессионального и среднего специального образования в условиях трансформации рыночных отношений. Изучаются сущность интеграционного процесса, его роль в формировании человеческого капитала, а также проблемы и пути их решения с позиций философии, социологии и теории образования. Ключевые слова: рыночные отношения, система образования, интеграция, человеческий капитал, философия, профессиональное образование, трансформация.

TRANSFORMATION OF MODERN MARKET RELATIONS AND PRACTICAL PROBLEMS OF INTEGRATION IN THE SYSTEM OF VOCATIONAL AND SECONDARY SPECIALIZED EDUCATION Abstract: This article analyzes the issue of integration in the vocational and secondary specialized education system during the transformation of market relations from a socio-philosophical perspective. The essence of the integration process, its role in the formation of human capital, as well as its problems and solutions, are studied from the viewpoints of philosophy, sociology, and educational theory. Keywords: market relations, education system, integration, human capital, philosophy, vocational education, transformation.

KIRISH Hozirgi global dunyoda bozor munosabatlari raqobat, innovatsiya, raqamlashuv va mehnat bozoridagi tez o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Bu vaziyatda kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim tizimi ham yangi sharoitlarga moslashishi, ya’ni ta’lim mazmuni, shakli va funktsiyalarini qayta ko‘rib chiqishi talab etilmoqda. Mashhur olim Zigmund Bauman zamonaviy jamiyatdagi tezkor o‘zgarishlar va ularning inson hayotiga ta’siri haqida yozadi. Uning fikricha, zamonaviylik “suyuq” holatga kelgan, ya’ni barqarorlik yo‘qolgan va bu ta’lim tizimiga ham ta’sir qilmoqda.

“Ta’lim instituti raqamli iqtisodiyot va global mehnat bozori talablariga moslashmasa, u ijtimoiy inertsiyaga aylanib qoladi”[1,206]. Kasbiy ta’lim integratsiyasining amaliy muammolari ko‘p qatlamli va tizimli xarakterga ega ekanligi. Har qanday integratsiya - bu faqat tashkiliy jarayon emas. Yangilanayotgan O‘zbekistonda integratsiya jarayonida quyidagi muammolar dolzarbligini saqlab turibdi: ta’lim dasturlarining tarkibiy uzviyligi yetarli emas; kadrlar malakasi va o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi past; ish beruvchilar va ta’lim muassasalari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik instituti sust; integratsiya jarayonida qadriyat va axloqiy standartlar inkor etiladi. Shu jihatdan, nafaqat tashkilotchilik, balki inson markazida bo‘lgan ijtimoiy-falsafiy yondashuv talab qiladi. Ta’limning ma’naviy, axloqiy va falsafiy funktsiyalari integratsiya jarayonida e’tibor markazida bo‘lishi lozim. Integratsiya jarayonida e’tibor ko‘proq texnik, moliyaviy va me’yoriy jihatlarga qaratiladi. Ammo inson shaxsining kamoloti, uning axloqiy pozitsiyasi va fuqarolik mas’uliyati ta’limning markaziy vazifasidir. Ma’lumotga ko‘ra, Djon Devyu ta’limni demokratik jamiyatning asosiy instituti sifatida ko‘radi, u ta’limni faqat bilim berish vositasi emas, balki shaxsni kamol toptirish va jamiyatni rivojlantirish vositasi sifatida ta’riflaydi. “Ta’lim hayotga tayyorgarlik yemas; ta’lim hayotning o‘zi”[2,400]. Shu sababli, integratsiya jarayonida axloqiy standartlar, ma’naviy qadriyatlar va jamiyat bilan uyg‘un munosabatlar falsafiy tahlil talab qiladi. Falsafa integratsiyani inson kapitalini tarkibiy jarayon sifatida talqin qiladi. G.Bekker inson kapitalini iqtisodiy tushuncha sifatida asoslagan bo‘lsa, A.Sen va J.Rolzlar buni ijtimoiy imkoniyatlar bilan bog‘liq etik tushuncha deb qaraydilar. Shunday ekan, integratsiya - bu insonning iqtisodiy samarasi emas, balki uning kompetentsiya, axloq, va shaxsiy yetukligi bilan bog‘liq jarayondir. Djon Roulz tomonidan adolat va tenglik kontseptsiyalarini muhokama qiladi. Uning fikricha, ta’lim jamiyatdagi tenglikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi, chunki u imkoniyatlar tengligini yaratadi: “Adolatli jamiyat - faqat qonunlar emas, imkoniyatlar tengligiga asoslangan jamiyatdir”[3,794]. Integratsiya jarayoni milliy falsafiy tafakkur bilan uyg‘unlashtirilishi lozim. O‘zbekistondagi kasb-hunar ta’limi milliy anhanalar, urf-odatlar, mehnat madaniyati, vatanparvarlik va ijtimoiy burch tushunchalari bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan. Integratsiya faqat islohot emas - bu milliy o‘zlikni saqlagan holda zamonaviy rivojlanishga o‘tish jarayonidir. Abdurauf Fitratning asarlarida kasbning inson shaxsiyati va jamiyatdagi o‘rni haqidagi fikrlari muhim o‘rin tutadi. Uning “Buxoroda islohot loyihasi” asarida kasbning inson hayotidagi ahamiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli haqida quyidagicha ta’kidlangan: “Kasb insonni nafaqat ovqatlantiradi, balki uning kimligini belgilaydi”[4,165]. Bu iqtibosda Fitrat kasbning inson shaxsiyati va jamiyatdagi maqomiga ta’sirini ta’kidlagan. Uning fikricha, kasb insonning faqat moddiy ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki uning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatdagi maqomini ham belgilaydi. Mazkur paragrafda tadqiq etiladigan masala - ta’limni bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday qilib insonparvar, ma’naviy barqaror, intellektual hamda raqobatbardosh tizim sifatida qayta shakllantirish mumkinligiga doir falsafiy va amaliy muammolarni ochib berishdir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi integratsiya jarayonida yuzaga keladigon muammolarni batafsilroq ochib berishga harakat qilamiz. Bu muammolar ta’lim tizimining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ularni hal etish uchun ilmiy asoslangan yondashuvlar talab etiladi.

Kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim tizimlari o‘rtasidagi integratsiya jarayonida yagona kontseptsiyaning mavjud emasligi, ta’lim mazmuni va maqsadlarining nomutanosibligiga olib keladi. Bu esa, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni qiyinlashtiradi va talabalarning bilim olish jarayonidagi uzviylikni buzadi. “Kasbiy ta’lim tizimidagi integratsiya jarayonlari aniq kontseptual asoslarga ega bo‘lmasligi, uning samaradorligini pasaytiradi”[5,15]. Integratsiyaning yagona kontseptsiyasining yo‘qligi - bu ta’lim tizimida kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni nazariy, metodologik va huquqiy jihatdan aniq belgilovchi umummilliy yoki sohaviy hujjat, strategiya yoki maqsadlar majmuasining yetishmasligini anglatadi. Ya’ni: Integratsiya nimani anglatadi? U qaysi bosqichlarda, qanday mexanizmlar orqali amalga oshiriladi? Ta’lim natijasi sifatida qanday kadr yetishtiriladi? Axloqiy, falsafiy va ijtimoiy tamoyillari qanday? Bu kabi savollarga yagona davlat siyosati darajasida javoblar mavjud emas, bu esa tizimli yondashuvni zaiflashtiradi. Integratsiya jarayonlari bevosita fanlararo, institutsional va madaniy yangilanishga bog‘liq. Lekin, aniq maqsad va mezonlarsiz integratsiya - bu ma’lumotlar qo‘shilishi, lekin bilim uyg‘unligi emas. O‘zbek ta’lim tizimida integratsiya tushunchasi ko‘proq tashkiliy maqsadlarda tilga olinadi, biroq uning falsafiy va ijtimoiy mezonlari ochiq emas.

Edgar Moren ta’kidlaganidek, integratsiya - bu Ma’lumotlarni qo‘shish emas, ma’noni uyg‘unlashtirish. Agar integratsiyaning kontseptual asosi bo‘lmasa, ta’limning maqsadi turlicha talqin qilinadi, bu esa tafakkur parchalanishi, qadriyatlar tarqoqligi, va inson kamolotining noto‘liq shakllanishiga olib keladi. “Umumiy falsafiy mezonlarsiz ta’lim ma’lumot tarqatadi, lekin shaxs tarbiyalamaydi”[6,85]. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, quydagi techimlarni ta’min qilamiz: davlat darajasida integratsiyaning milliy kontseptsiyasini ishlab chiqish (tarbiyaviy, falsafiy va iqtisodiy mezonlar bilan); Oliy va o‘rta maxsus ta’limni muvofiqlashtiruvchi ta’lim platformasi va milliy standartlarni joriy etish; integratsiya jarayonida fanlararo muloqot, kadrlar harakatchanligi, talabalar mobilligini qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarni rivojlantirish; integratsiya faqat o‘quv rejalari emas, inson salohiyati va tafakkurni uyg‘unlashtiruvchi falsafiy tushuncha sifatida yo‘lga qo‘yilishi lozim. Integratsiyaning aniq kontseptsiyasisiz, ta’lim tizimi tizimli harakat qilolmaydi. Bu esa inson kapitalini parchalangan, zamonaviylikdan uzoq va bozor talablariga nomos mutaxassis sifatida shakllantirishga olib keladi. Shuning uchun, integratsiya tushunchasi faqat ta’lim siyosatining bir qismi emas, balki inson haqidagi falsafiy g‘oyaning amaliy ifodasi bo‘lishi lozim.

Integratsiya kontseptsiyasi - bu kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim tizimlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni nazariy, metodologik, falsafiy va amaliy asosda belgilab beradigan ularni umumiy maqsad, umumiy qiymatlar va umumiy natijalar asosida birlashtiruvchi strategiya, tushuncha va tizimlar majmuidir. Agar kontseptsiya bo‘lmasa, har bir ta’lim bosqichi o‘zicha maqsad, mazmun, usul va natijani shakllantiradi - natijada ta’lim tizimi parchalangan, nomuvofiq va insonga to‘liq xizmat qilolmaydigan mexanizmga aylanadi. Bularning sabablari quydagilar: falsafiy asoslarning mavjud emasligi - ta’lim maqsadi inson ongini shakllantirish emas, kasb o‘rgatish bilan cheklanib qolgan; davlat darajasida strategik kontseptsiyaning yo‘qligi - integratsiyadagi manfaatdor tomonlar (ish beruvchi, davlat, jamoatchilik, ta’lim muassasalari)ning pozitsiyasi uyg‘un emas; mehnat bozori va ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik kontseptual emas, epizodik - ya’ni “reaktiv” harakatlar o‘rniga “preventiv” tizimlar yo‘q.

Ta’lim maqsadi: kasbmi, shaxsmi? – degan savolga javob bolishimiz lozim. Hozirgi ta’limda kasb tayyorlash asosiy mezon qilib olingan, lekin insonni shaxs sifatida kamol toptirish, uni jamiyatdagi ma’naviy sub’ekt sifatida tarbiyalash masalasi chetda qolmoqda. Bu esa integratsiyaning faqat “texnologik birlashuv” bo‘lib qolishiga olib keladi. “Ta’lim - bu ma’lumot uzatish emas, ma’no va qadriyat shakllantirishdir”[7,82]. Har bir ta’lim turi o‘z yo‘nalishida bilim va ko‘nikma beradi, lekin umumiy fuqarolik, axloq, jamoaviy faollik, mustaqil qaror qabul qilish kabi universal kompetentsiyalarni qaysi bosqichda, qay shaklda berish - noma’lum.

Inson kapitali va ma’naviy mazmun uyg‘unligining yo‘qligi. G.Bekker va T.Shults inson kapitalini iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan tushuntirgan bo‘lsa, hozirgi tahlillar (A.Sen, J.Rolz) inson kapitalini falsafiy-axloqiy mazmun bilan boyitish zarurligini ta’kidlaydi. Ammo integratsiyaning kontseptsiyasida bu talablar aks etmaydi. “Ma’naviy negizsiz inson kapitali - bu intellektual xavf manbaidir”[8,82]. Madaniy va milliy o‘zlik nuqtai nazaridan qadriyatlar tizimi. O‘zbekistonda kasb - faqat iqtisodiy vosita emas, balki insoniylik, mas’uliyat, urf-odat va ma’naviy merosning bir qismi sifatida qaraladi. Integratsiya jarayonlari shunday falsafiy asoslarsiz olib borilsa, milliy qadriyatlar tizimidagi barqarorlik ham zaiflashishi mumkin. Kasb insonni nafaqat ovqatlantiradi, balki uning kimligini belgilaydi.

NATIJA VA MUHOKAMA Hozirda: o‘rta maxsus ta’limni tan oluvchi yagona davlat standarti to‘liq integratsiyalangan holda belgilanmagan; texnikum, kasb-hunar maktabi va oliy ta’lim o‘rtasida mobillik, fan mosligi, kreditni tan olish tizimi faqat qisman mavjud; fuqarolar, ish beruvchilar va pedagoglar uchun integratsiyaning falsafiy va ijtimoiy ahamiyati keng targ‘ib qilinmagan. Integratsiya kontseptsiyasining yo‘qligi - bu faqat tashkiliy muammo emas, balki: inson kapitalini parchalangan holda shakllantirish; axloqiy va intellektual muvozanatni yo‘qotish; milliy o‘zlik va globallik o‘rtasidagi falsafiy pozitsiyani noaniqlashtirish; va ta’limni ahamiyatsiz, mexanik jarayonga aylantirish kabi oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun, integratsiya faqat tizimlar birligi emas, inson tafakkuri, bilim va ma’naviyatning falsafiy uyg‘unligi deb qaralishi lozim.

O‘quv dasturlari o‘rtasidagi uzviylikning yo‘qligi, talabalarning bilim olish jarayonidagi uzilishlarga va ularning kasbiy ko‘nikmalarini to‘liq shakllantirmaslikka olib keladi. Bu esa, mehnat bozorida talab qilingan mutaxassislarni tayyorlashdagi samaradorlikni kamaytiradi. “O‘quv dasturlarining uzviyligi ta’lim tizimining samaradorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi”[9,22]. Kasb-hunar ta’limida o‘qituvchilarning kasbiy va metodik tayyorgarligi muhim ahamiyatga ega. Ammo, hozirgi kunda bu sohadagi kadrlar tayyorgarligi yetarli darajada emas. Muslimov Narzulla Alixanovich va Qo‘ysinov Odil Almurotovichning ta’kidlashicha: “Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish muammosi yuzasidan ilmiy izlanishlar mohiyati yoritilgan. Unda kasb ta’limi yo‘nalishi bakalavr o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etishning nazariy asoslari, ushbu jarayonni tashkil etish shakllari, metodlari va vositalariga alohida e’tibor berilgan”[10,133]. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchilarni tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish muhim, ammo bu sohadagi ilmiy-metodik asoslar yetarli darajada ishlab chiqilmagan.

Metodik ta’minot, ya’ni o‘quv-metodik majmualarning zamonaviy talablarga mos kelmasligi ta’lim sifatini pasaytiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarorida ta’kidlangan: “O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika rivojini hisobga olgan holda kompetentsiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat”[11]. Bu qarordan ko‘rinib turibdiki, metodik ta’minotni takomillashtirish zarur, ammo amaliyotda bu sohada hali ham muammolar mavjud.

Pedagoglarning raqamli kompetentsiyasi pastligi. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan. Biroq, ko‘pgina o‘qituvchilarning raqamli kompetentsiyasi past darajada. Bu esa, masofaviy ta’limni samarali tashkil etishga to‘siq bo‘lmoqda. Muslimov va Qo‘ysinovning ta’kidlashicha: “Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda auditoriyada va auditoriyadan tashqarida mustaqil ta’lim olishning samarali shakl va metodlari tanlandi hamda ulardan foydalanishda ta’lim vositalarini qo‘llash usullari ishlab chiqildi”[12,47]. Bu iqtibosdan ko‘rinib turibdiki, raqamli texnologiyalardan foydalanish usullari ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ularni amaliyotga joriy etishda muammolar mavjud. Raqamli kompetentsiya - bu pedagogning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, masofaviy ta’limni tashkil etish, raqamli ta’lim platformalaridan unumli foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash va raqamli etik me’yorlarga rioya qilish ko‘nikmalarining majmuasidir. Raqamli kompetentsiya bugungi kun o‘qituvchisining yangi savodxonligi sifatida talqin etiladi. U axborotni bilish emas, aql bilan ishlash va tarqatish madaniyatini anglatadi. Aniqlangan muammolarga: texnik savodxonlikning past darajada ekani, ko‘pgina o‘qituvchilar MS Office, Google Works’ace, Zoom, Moodle, Google Classroom kabi asosiy raqamli vositalarda ishlashni hali ham yetarli darajada bilmaydi, ayniqsa 40 yoshdan yuqori pedagoglarda bu kompetentsiya sezilarli darajada past; raqamli pedagogik dizayn yo‘qligi, o‘qituvchilar raqamli dars yaratish, video darsni metodik qurish, onlayn testlar va masofaviy kuzatuv vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha yetarli bilimga ega emas; raqamli axloq va media xavfsizlikni bilmaslik, fayllar xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, media-madaniyat va kibernetika borasida bilimlar past; maxsus qayta tayyorlash kurslarining yetishmasligi, ta’lim tizimida raqamli ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan samarali, muntazam va natijaviy pedagogik kurslar kam. “Pedagogning raqamli kompetentsiyasi uning bilim darajasidan ko‘ra kengroq: u axborotni saralay olish, texnologik tarzda qayta ishlash va talaba bilan raqamli muloqotga kirishish qobiliyatini anglatadi”[13,8]. O‘qituvchi - raqamli madaniyatni shakllantiradigan yetakchi shaxs. Agar u raqamli dunyoga moslashmasa, ta’lim jamiyatning rivojidan ortda qoladi. “Zamonaviy pedagog raqamli texnologiyalarga faqat foydalanuvchi emas, balki ularni o‘quv jarayoniga ijodiy integratsiya qiluvchi mutaxassisga aylanishi zarur”[14,157]. Ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan, ta’lim shaxsni shakllantiruvchi jarayon bo‘lgani bois, pedagogning raqamli kompetentsiyasi nafaqat texnik bilim, balki inson va texnologiya o‘rtasidagi ma’naviy muloqotni boshqarish qobiliyatini ham qamrab oladi; agar raqamli kompetentsiya past bo‘lsa, o‘qituvchi zamonaviy bola ongiga yeta olmaydi, ya’ni yangi avlod bilan axborot madaniyati bo‘yicha teng muloqotda bo‘la olmaydi; pedagoglarni qayta tayyorlash tizimining samarasizligi. Pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samarasiz ishlamoqda. Bu esa, o‘qituvchilarning zamonaviy talablarga moslashishini qiyinlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida ta’kidlanganidek: “O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish”[15]. Bu qarordan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish zarur. Pedagogning raqamli kompetentsiyasi - bu XXI asrda shaxs tarbiyalash qobiliyatidir. U nafaqat raqamli vositalarni o‘rganish, balki axborotni axloqiy va madaniy mas’uliyat bilan uzatish, unga rahbarlik qilish qobiliyatidir. SHu sababli, ushbu masalani strategik muammo sifatida baholab, kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim tizimida ilmiy-metodik, madaniy va falsafiy asosda yechimlar ishlab chiqish talab etiladi.

Kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim tizimida kadrlar va metodik tayyorgarlik sohasidagi muammolar ta’lim sifatini oshirish va mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashda jiddiy to‘siqlar yaratadi. Bu muammolarni hal etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: pedagog kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etishning nazariy va metodik asoslarini takomillashtirish; metodik ta’minotni zamonaviy talablarga mos ravishda yangilash va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish; pedagoglarning raqamli kompetentsiyasini oshirish uchun maxsus kurslar va treninglar tashkil etish; pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish. Bu chora-tadbirlar kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim tizimida kadrlar va metodik tayyorgarlik sohasidagi muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.

Pedagoglarni qayta tayyorlash - bu ularni zamonaviy ta’lim talablariga, raqobatbardosh mehnat bozori ehtiyojlariga, yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga moslashtirish jarayonidir. Ammo amalda: qayta tayyorlash kurslari formal tashkil etiladi, mutaxassislikka mos emas, natijalar monitoringi yo‘q, talab va taklif o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud. Bu holat ta’lim sifatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pasaytiradi va kasb-hunar ta’limida innovatsion yondashuvlarni cheklaydi. “Qayta tayyorlash tizimi o‘qituvchi faoliyatini innovatsiyalashtirishni ta’minlamasa, u o‘z vazifasini yo‘qotgan institutsional mexanizmga aylanadi”[16,22]. “O‘qituvchilarni malaka oshirish tizimida uzluksizlik, individual yondashuv va tajriba bilan bog‘liq holda o‘qitish yetarli darajada rivojlanmagan”[17,17-18]. O‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarida mazmun jihatdan tub yangilanish talab qilinadi. Ya’ni, u formal Ma’lumot berish emas, pedagogik transformatsiyaning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lishi lozim. Ijtimoiy-falsafiy jihatlari: pedagog - bu faqat bilim beruvchi emas, inson tarbiyalovchi ma’naviy subhekt; agar qayta tayyorlash uning axloqiy, ijtimoiy, raqamiy, fanlararo kompetentsiyalarini yangilamasa, u ta’lim tizimida faqat “ikkinchi darajali ijrochi”ga aylanadi; shunday ekan, qayta tayyorlash - bu odamni o‘zgartiradigan jarayon, u “shaxs sifatida o‘sish” bilan ham bog‘liq bo‘lishi lozim. Ta’limdagi o‘zgarishlar - avvalo o‘qituvchining falsafiy dunyoqarashidagi o‘zgarishlardir. Qayta tayyorlash - bu pedagogning “yangi men”ini shakllantirish jarayonidir. U faqat yangi Ma’lumot berish emas, balki falsafiy, axloqiy, ijtimoiy rivojni ta’minlaydigan strategik jarayon sifatida tashkil etilishi shart. Shuning uchun, qayta tayyorlash tizimi: formal emas, shaxsiylashgan; nazariy emas, amaliy-qiymatli; markazlashgan emas, interaktiv va raqamlashgan; tizimsiz emas, yagona standart asosida kuzatuvli bo‘lishi zarur.

3. Ishlab chiqarish amaliyotining formalligicha qolishi. Ishlab chiqarish amaliyotining formal ravishda tashkil etilishi, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini yetarlicha shakllantirmaslikka olib keladi. Bu esa, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini pasaytiradi. “Amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi, ularning haqiqiy ishlab chiqarish muhitida tashkil etilishiga bog‘liq”[18,30].

Ishlab chiqarish amaliyoti - bu o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish, real ishlab chiqarish muhitida tajriba orttirish jarayonidir. Biroq, amaliyot ko‘plab holatlarda faqat rasmiy hujjatlarda qayd etilib, real ishlab chiqarish jarayoniga integratsiyalashmagan holda o‘tkaziladi. Amaliyotning real ishlab chiqarishdan uzilganligi, ko‘plab ta’lim muassasalari o‘quvchilarni ishlab chiqarish korxonalariga yuborish o‘rniga, amaliyotni o‘z bazalarida yoki shartnoma asosida boshqa tashkilotlarda o‘tkazadi. Bu esa o‘quvchilarning real ishlab chiqarish muhitida ishlash imkoniyatini cheklaydi. Amaliyot dasturlarining eskirganligi. Amaliyot dasturlari ko‘pincha zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va uslublarini inobatga olmaydi. Bunda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda to‘siq bo‘ladi. Korxonalar bilan hamkorlikning sustligi, ishlab chiqarish korxonalari bilan ta’lim muassasalari o‘rtasida amaliyot o‘tkazish bo‘yicha mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa amaliyotning sifatsiz o‘tishiga sabab bo‘ladi. Ijtimoiy-falsafiy jihatdan, ishlab chiqarish amaliyotining formal tarzda tashkil etilishi ta’limning amaliy ahamiyatini pasaytiradi. Bu esa o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini zaiflashtiradi va ularni real ishlab chiqarish muhitiga moslashishini qiyinlashtiradi. Ishlab chiqarish amaliyotining formal tarzda tashkil etilishi ta’limning amaliy samaradorligini pasaytiradi va o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini zaiflashtiradi. Bu muammoni hal etish uchun ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida mustahkam hamkorlik o‘rnatish, amaliyot dasturlarini yangilash va o‘qituvchilarning malakasini oshirish zarur.

Amaliyotning real ishlab chiqarishdan uzilganligining tahlilili. Ishlab chiqarish amaliyoti - bu talabaning nazariy bilimlarini haqiqiy ish muhitida sinab ko‘rish, turli kasbiy sharoitlarda amaliy ko‘nikma orttirish, ishlab chiqarish madaniyatiga moslashish jarayonidir. Ammo amaliyotning maqsadi quyidagilarni qamrab olishi kerak: zamonaviy ish jarayonini kuzatish va unda ishtirok etish; ish joyidagi axloqiy me’yorlarga rioya qilishni o‘rganish; kasbiy yetuklikka intilish orqali shaxsiy o‘sishga erishish.

XULOSA Ko‘p hollarda, amaliyot: ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladi (real ish joyi emas); kerakli sohada emas, formal ravishda “har qanday tashkilotda” tashkil etiladi; ayrim hollarda amaliy vazifalar emas, faqat “prisutstvie” yoki ishtirok qayd etiladi. Bu esa amaliyotning o‘z o‘rnida qiymatli ijtimoiy tajriba emas, balki “formal belgi” sifatidagi mavqeini yaratadi. “Ta’limning ishlab chiqarishdan uzilishi - insoniy salohiyatni real hayotdan uzib qo‘yish demakdir. Bu - o‘rganish emas, o‘ynashdir”[19,864]. “Amaliy bilim - bu faqat yodlash emas, amal qilish qobiliyatidir. Ta’lim bunda to‘liq ishtirok etmasa, natija formal qoladi”[20,45]. “Kasbiy ta’limda tajriba - inson intellektual salohiyati bilan mehnat muhiti o‘rtasidagi ko‘prikdir. Agar bu ko‘prik yo‘q bo‘lsa, shaxs o‘z kasbida ongli ishtirokchi emas, ijrochi bo‘lib qoladi”. Ta’lim - bu insonni jamiyatda “mutaxassis” sifatida emas, balki shaxs sifatida shakllantirish vositasi. Agar u ish muhitidagi voqelikni his qilmasa: o‘z mas’uliyatini sezmaydi, o‘z mehnatining ijtimoiy qadrini anglamaydi, mehnat axloqi, intizomi, mas’uliyati shakllanmaydi. “Inson faqat fikr orqali emas, tajriba orqali yetuklikka erishadi”[22,170].

Amaliyot - bu ta’limning “jamiyatga birinchi qadami”dir. U o‘z mohiyatida shaxsni mehnat muhiti bilan tanishtiruvchi, axloqan yetkazuvchi va faol fuqaro sifatida rivojlantiruvchi jarayon bo‘lishi lozim. Amaliyotning ishlab chiqarishdan uzilganligi ta’limni real hayotdan ajratadi. Shu sababli, uni qayta falsafiy asosga qo‘yib, amaliyotni inson kapitalining to‘liq shakllanishidagi hal qiluvchi bosqich sifatida ko‘rish zarur.

Tashkiliy-me’yoriy muammolar, kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim tizimlarining samarali integratsiyasiga to‘siq bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu muammolarni hal etish uchun, ta’lim tizimida yagona kontseptsiyani ishlab chiqish, o‘quv dasturlarining uzviyligini ta’minlash va amaliy mashg‘ulotlarni haqiqiy ishlab chiqarish muhitida tashkil etish zarur.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar22 ta adabiyot

  1. Bauman Z. Liquid Modernity. - Oxford, England: Polity press. 2025.
  2. John Dewey. Democracy and Education (Edited and with an introduction by Nicholas Tampio) - Columbia University Press. 1916.
  3. Rawls John. Justice as Fairness: A Restatement. - Harvard University Press, 2001.
  4. Abdurauf Fitrat. Buxoroda islohot loyihasi, 1918.
  5. Jo‘rayev A. Kasbiy ta’lim tizimida integratsiya muammolari // O‘zbekiston ta’lim jurnali, 2020, № 4.
  6. Sandel M. Justice: What’s the Right Thing to Do? - Farrar: Straus and Giroux, 2009.
  7. M.Nussbaum, Not For Profit: Why Democracy Needs the Humanities - Princeton University Press, 2010.
  8. Rawls J. A Theory of Justice. - Belknap Press, 1971.
  9. Karimov Sh. Ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvlar // Ta’lim va fan jurnali, 2019, № 2, - B. 22.
  10. Muslimov N.A., Qo‘ysinov O.A., “Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish nazariyasi va metodikasi”, - Toshkent: 2009.
  11. https://lex.uz/docs/5443524
  12. Muslimov N.A., Qo‘ysinov O.A., Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish nazariyasi va metodikasi, - Toshkent: O‘qituvchi, 2009.
  13. Euro’ean Framework for the Digital Com’etence of Educators (DigCom’Edu), 2017.
  14. Urmanov N. Raqamli ta’lim muhitida o‘qituvchining kompetentsiyasi // Ta’lim va innovatsiyalar jurnali, 2022, № 1.
  15. https://lex.uz/docs/5443524
  16. Yusupov A. Pedagoglarni qayta tayyorlashda samaradorlik mezonlari // Ilm va taraqqiyot, 2021, № 3.
  17. Sharipov J. Ta’limda inson kapitali va pedagog tayyorgarligi // Pedagogika, 2022, № 1.
  18. Saidov N. Kasbiy ta’limda amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati // Kasbiy ta’lim jurnali, 2018, № 3.
  19. Weber Max. Economy and Society: An Outline of Interpretive Sociology (trans. Guenther Roth and Claus Wittich) - University of California ‘ress, 1978.
  20. Schön D. The Reflective practitioner. - Basic Books, 1983.
  21. Kolb D. Experiential Learning. - Prentice Hall, 1984.
  22. John Dewey Democracy and Education, - Macmillan, 1916.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013011
Nashr sanasi
2025-07-06
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v4i6.1687
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
130–137
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06