Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola09.00.00Ochiq kirish

FALSAFIY ANTROPOLOGIYA VA MADANIY ANTROPOLOGIYA DOIRASIDA MIGRATSIYA

Paxriddinov Umidjon Mo‘minovichFarDU tadqiqotchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 6Sahifa 126–129

Annotatsiya

Bugungi kunda globalizatsiya sharoitida migratsiya jarayoni yanada kuchayib bormoqda, bu esa yangi ijtimoiy muammolar va madaniy to‘qnashuvlarga olib kelmoqda. Shuning uchun, falsafiy va madaniy antropologiya nuqtai nazaridan migratsiyani o‘rganish, insonlar va ularning jamiyatlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni tushunishga yordam beradi. Ushbu maqolada, biz migratsiyaning falsafiy va madaniy antropologiya kontekstida qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lishini, shuningdek, bu jarayonning ijtimoiy identitet, madaniy integratsiya va inson huquqlari bilan bog‘liq jihatlarini tahlil qilamiz.

Boshqa tillarda

ruschaМИГРАЦИЯ В РАМКАХ ФИЛОСОФСКОЙ АНТРОПОЛОГИИ И КУЛЬТУРНОЙ АНТРОПОЛОГИИ

Сегодня в условиях глобализации миграционный процесс становится все более интенсивным, что приводит к новым социальным проблемам и культурным конфликтам. Следовательно, изучение миграции с точки зрения философской и культурной антропологии помогает понять сложные отношения между людьми и их обществами. В этой статье мы проанализируем, как миграция проявляется в контексте философской и культурной антропологии, а также аспекты этого процесса, связанные с социальной идентичностью, культурной интеграцией и правами человека.

inglizchaMIGRATION WITHIN THE FRAMEWORK OF PHILOSOPHICAL ANTHROPOLOGY AND CULTURAL ANTHROPOLOGY

Today, under the conditions of globalisation, the migration process is becoming ever more intense, which gives rise to new social problems and cultural conflicts. Therefore, studying migration from the perspective of philosophical and cultural anthropology helps to understand the complex relations between people and their societies. In this article we analyse how migration manifests itself in the context of philosophical and cultural anthropology, as well as the aspects of this process related to social identity, cultural integration and human rights.

Kalit so‘zlar

  • falsafiy antropologiya
  • populyasiyalar
  • ko‘p madaniyatli identiklik
  • madaniy antropologiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FALSAFIY ANTROPOLOGIYA VA MADANIY ANTROPOLOGIYA DOIRASIDA MIGRATSIYA Paxriddinov Umidjon Mo‘minovich FarDU tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.15732918 Annotatsiya: Bugungi kunda globalizatsiya sharoitida migratsiya jarayoni yanada kuchayib bormoqda, bu esa yangi ijtimoiy muammolar va madaniy to'qnashuvlarga olib kelmoqda. Shuning uchun, falsafiy va madaniy antropologiya nuqtai nazaridan migratsiyani o'rganish, insonlar va ularning jamiyatlari o'rtasidagi murakkab munosabatlarni tushunishga yordam beradi. Ushbu maqolada, biz migratsiyaning falsafiy va madaniy antropologiya kontekstida qanday ko'rinishda namoyon bo'lishini, shuningdek, bu jarayonning ijtimoiy identitet, madaniy integratsiya va inson huquqlari bilan bog'liq jihatlarini tahlil qilamiz. Kalit so‘zlar: falsafiy antropologiya, populyasiyalar, ko‘p madaniyatli identiklik, madaniy antropologiya.

МИГРАЦИЯ В РАМКАХ ФИЛОСОФСКОЙ АНТРОПОЛОГИИ И КУЛЬТУРНОЙ АНТРОПОЛОГИИ Пахриддинов Умиджон Муминович Исследователь ФерГУ Аннотация: Сегодня в условиях глобализации миграционный процесс становится все более интенсивным, что приводит к новым социальным проблемам и культурным конфликтам. Следовательно, изучение миграции с точки зрения философской и культурной антропологии помогает понять сложные отношения между людьми и их обществами. В этой статье мы проанализируем, как миграция проявляется в контексте философской и культурной антропологии, а также аспекты этого процесса, связанные с социальной идентичностью, культурной интеграцией и правами человека. Ключевые слова: философская антропология, население, мультикультурная идентичность, культурная антропология.

MIGRATION IN THE FRAMEWORK OF PHILOSOPHICAL ANTHROPOLOGY AND CULTURAL ANTHROPOLOGY Paxriddinov Umidjon Mominovich The researcher of FerSU Abstract: Today, in the context of globalization, the migration process is becoming more intense, which leads to new social problems and cultural conflicts. Consequently, studying migration from the perspective of philosophical and cultural anthropology helps to understand the complex relationships between people and their societies. In this article, we will analyze how migration manifests itself in the context of philosophical and cultural anthropology, as well as aspects of this process related to social identity, cultural integration, and human rights. Keywords: philosophical anthropology, population, multicultural identity, cultural anthropology.

KIRISH Migratsiya jarayoni insoniyat tarixining eng muhim va murakkab fenomenlaridan biri hisoblanadi. U nafaqat geografik harakatni, balki ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy o'zgarishlarni ham o'z ichiga oladi. Falsafiy antropologiya va madaniy antropologiya doirasida migratsiya masalasi insonning mavjudligi, identiteti va ijtimoiy aloqalarini chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Falsafiy antropologiya, insonning mohiyati va uning jamiyatdagi o'rni haqida savollarni o'rganish orqali migratsiyaning ontologik jihatlarini yoritadi. Boshqa tomondan, madaniy antropologiya migratsiya jarayonida madaniyatlararo aloqalar, o'zaro ta'sirlar va integratsiya jarayonlarini o'rganadi. Falsafiy antropologiya va madaniy antropologiya doirasida migratsiya inson tabiati va madaniyati bilan bog‘liq ravishda o‘rganiladi. Antropologik yondashuvning asosiy savoli, “Inson nima uchun ko‘chadi va bu uning turmush tarzi va madaniyatiga qanday ta’sir qiladi?”dir [1. 41- 68]. Inson zoti tarixan ko‘chmanchi hayot tarzidan boshlab, keyincha o‘troq sivilizatsiyalar barpo etgan. Shu ma’noda, migratsiya - insoniyat tabiatiga xos qadimiy hodisa. Arxeologik va genetik dalillar insonning ilk populyasiyalari juda uzoq masofalarni bosib o‘tib, turli qit’alarga tarqalganini ko‘rsatadi. Demak, inson fitratida harakatchanlik va yangi muhitlarga moslashuvchanlik bor. Falsafiy antropologiyada bu jihat insonni hayvonlardan farqlatuvchi qobiliyatlardan biri sifatida ko‘riladi - inson atrof-muhitini faol ravishda o‘zgartiradi va o‘zgarib turadi, zarurat tug‘ilsa, jismoniy makonini ham almashtiradi.

Madaniy antropologiya nuqtai nazaridan, migratsiya madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlab kelgan mexanizmdir. Insonlarning ko‘chishi orqali turli madaniy qadriyatlar, an’analar va bilimlar tarqalgan va bir-biriga singishgan. Masalan, Marko Polo yoki Ibn Batuta kabi sayyohlar sayohatlari orqali Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kuchaytirgan; savdo karvonlari va hijratlar natijasida turli dinlar, tillar va urf-odatlar bir joydan ikkinchisiga o‘tgan [2.]. Antropologlar migratsiyani jamiyatning “madaniy dinamikasi”ning bir bo‘lagi sifatida o‘rganib, uning natijasida paydo bo‘ladigan gibrid madaniyatlar, diaspora hamjamiyatlari va madaniy identifikatsiya jarayonlarini tahlil qiladi.

Migratsiyaning antropologik tahlili insonning oilaviy va qavm-qarindoshlik munosabatlariga ham e’tibor qaratadi. Ko‘chish jarayonida oila tuzilmalariga o‘zgarish kirishi mumkin - masalan, mehnat muhojirligidan kelib chiqadigan “tanglikda qolgan oila” fenomeni (ota yoki ona muhojirda bo‘lib, bolalar vatanda qarindoshlari tarbiyasida qolishi) kuzatiladi [3. b. 145.]. Bunday holatlarda an’anaviy oilaviy rollar qayta taqsimlanadi va antropologik nuqtai nazardan bu yangi ijtimoiy tajribalar qanday yangi urf-odat va qadriyatlar paydo qilishi qiziqdir. Shuningdek, migratsiya etnik guruhlar tarkibi va ularning madaniy o‘zligini saqlash yoki o‘zlashtirish masalalarini keltirib chiqaradi. Masalan, diasporadagi etnik guruh o‘z vatani madaniyatini saqlashga intilgani holda, ayni paytda mezbon jamiyat madaniyati elementlarini ham o‘ziga singdiradi - natijada “ko‘p madaniyatli identiklik” shakllanadi.

Antropologik yondashuv shuni ko‘rsatadiki, migratsiya - nafaqat iqtisodiy yoki siyosiy zarurat, balki insonning yangi tajriba orqali o‘z dunyoqarashini boyitish usuli hamdir. Ba’zi antropologik tadqiqotlarda qayd etilishicha, turli xalqlarning afsona va rivoyatlarida migratsiya (vatanni tark etish va yangi yurt topish) haqidagi syujetlar uchraydi. Bu, migratsiya qadimdan insoniyatning kollektiv xotirasida muhim o‘rin tutgan mavzudir, degan xulosaga olib keladi. Masalan, diniy manbalardagi Ibrohim payg‘ambarning hijrati, yunonlar mifologiyasidagi Odisseyning sayohati, o‘zbek xalq dostoni “Alpomish”da Qalmiq yurtiga safari kabi syujetlar - barchasi bir mavzuning turli talqinidir [4. b. 464.]. Binobarin, inson tabiati va madaniyati doirasida migratsiya doimo ma’no qidiruv, sinov va o‘zgarish ramzi bo‘lib kelgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ahloqiy yondashuv migratsiya bilan bog‘liq axloqiy masalalar va qadriyatlar muhokamasiga qaratilgan. Bu yerda asosiy masala – migratsiya jarayonida kimning qanday huquq va majburiyatlari borligi, davlatlar va jamiyatlar migrantlarga nisbatan qanday axloqiy mas’uliyatlarga ega ekani masalasidir. Zamonaviy dunyoda inson huquqlari konsepsiyasiga muvofiq, har bir insonning erkin harakatlanish huquqi tan olingan (masalan, BMT Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 13-moddasi bunga ishora qiladi) [5.]. Lekin amalda davlat chegaralari bu huquqni cheklaydi - insonning istagan mamlakatiga borib yashash huquqi suveren davlat qonunlari bilan tartibga solinadi. Falsafiy etika shu mojaroli vaziyatni turlicha talqin qiladi: bir tarafdan, kosmopolitik (jahonfuqaro) yondashuvga ko‘ra, barcha odamlar teng huquqlarga ega va chegaralar inson erkinligiga sun’iy tosiq, shuning uchun migratsiyaga maksimal erkinlik berish adolat talabi, deb hisoblanadi. Masalan, siyosatshunos - faylosof Jozef Karens “ochiq chegaralar” g‘oyasini ilgari surib, insonlarning harakat erkinligini adolat tamoyillaridan biri sifatida himoya qilgan (uning fikricha, tasavvur qiling, agar ichki davlatlar ichida harakatlanish taqiqlanganida, biz buni adolatsizlik deb baholar edik, xuddi shu kabi xalqaro miqyosdagi qattiq migratsiya cheklovlari ham insoniyatning erkinligiga zid). [6.b. 386].

Boshqa tarafdan, kommunitar yondoshuv yoki millatparvaronlik migratsiya masalasida jamoaviy qadriyat va manfaatlarning ustunligini ta’kidlaydi. Bu qarashga ko‘ra, davlat o‘z fuqarolari oldida axloqiy majburiyatlarga ega va shu bois u o‘z chegaralarini nazorat qilishga haqli - bu orqali jamiyatning birdamligi va barqarorligini saqlaydi. Masalan, faylasuf Maykl Uolzer millat jamiyatini “qabul qilish klubi”ga qiyoslab, har bir klub o‘z a’zoligini nazorat qilish vakolatiga egaligini aytgan [7.b. 431-468].

Kommunitar qarashlar shuni ko‘rsatadiki, agar muhojirlar juda ko‘p kelib qolsa yoki ular mutlaqo boshqa qadriyatlarni olib kelsa, mezbon jamiyatning ijtimoiy tuzumi va birdamligi buzilishi mumkin; shuning uchun ba’zi cheklovlar axloqiy jihatdan oqlanadi. Samyuel Xantington kabi mutafakkirlar AQSH misolida shuni ta’kidlagan edi: yurtga immigrantlar kelishi muammo emas, asosiy muammo - ularni assimilyatsiya qilish, ya’ni milliy identiklikka singdira olishdir; agar bu amalga oshmasa, millat ichida tashqaridan kelgan yangi madaniy guruhlar uyg‘unlasha olmay, jamiyat birligini xatarga qo‘yishi mumkin. Xantingtonning fikricha, katta immigratsiya oqimi davom etar ekan, qabul qiluvchi jamiyatning burchi - ularni o‘z madaniy o‘ziga xosliklarini saqlagan holda umummilliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdir (u buni AQSHda lotin amerikalik muhojirlar misolida yoritgan).

NATIJA VA MUHOKAMA Migratsiya jarayoni, falsafiy antropologiya va madaniy antropologiya nuqtai nazaridan, insoniyat tarixining muhim jihatini tashkil etadi. Ushbu maqolada ko'rib chiqilgan tahlillar va misollar orqali, migratsiyaning ijtimoiy, madaniy va falsafiy jihatlari o'zaro bog'liqligi va murakkabligini ko'rsatdi. Falsafiy antropologiya: falsafiy antropologiya nuqtai nazaridan, migratsiya insonning mohiyati va uning mavjudligi bilan bog'liq chuqur savollarni keltirib chiqaradi. Migratsiya jarayoni, insonning o'zligini qayta shakllantirish, yangi identitetlarni izlash va mavjud ijtimoiy tuzilmalarga qarshi turish imkoniyatini yaratadi. Bu jarayon, shuningdek, insonning erkinligi, tanlov va mas'uliyat kabi falsafiy tushunchalarni ham o'z ichiga oladi.

Madaniy antropologiya: madaniy antropologiya esa migratsiya jarayonida madaniyatlararo aloqalar va integratsiya jarayonlarini o'rganadi. Migrantlar yangi muhitga kirishganda, ular o'z madaniyatlarini saqlab qolish, yangi madaniyatlar bilan integratsiyalashish va madaniy to'qnashuvlarga duch kelishadi. Bu jarayonlar ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini oshiradi va yangi madaniy identitetlarning shakllanishiga olib keladi.

Ijtimoiy identitet va huquqlar: migratsiya ijtimoiy identitet va inson huquqlari masalalarini ham o'z ichiga oladi. Migrantlar ko'pincha diskriminatsiya, marginalizatsiya va ijtimoiy izolyatsiya kabi muammolarga duch keladilar. Shu bilan birga, migratsiya jarayoni yangi imkoniyatlar va resurslarga kirish imkonini beradi, bu esa ijtimoiy adolat va tenglikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.

XULOSA Migratsiyaning falsafiy va madaniy jihatlari bir-birini to'ldiradi va ularning o'zaro ta'siri ijtimoiy hayotning turli jabhalarida sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Falsafiy antropologiyaning yondashuvi migratsiyaning ontologik jihatlarini ochib beradi, bu esa insonlarning yangi sharoitlarda qanday yashashini tushunishga yordam beradi. Boshqa tomondan, madaniy antropologiya migratsiyaning ijtimoiy kontekstini, madaniy integratsiyani va mintaqaviy identitetlarni o'rganadi.

Shu bilan birga, globalizatsiya jarayonida migratsiyaning ta'siri yanada kuchaymoqda. Buning natijasida, turli madaniyatlar o'rtasidagi aloqalar kuchaymoqda, lekin bu jarayon ba'zan ijtimoiy to'qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, migratsiyani o'rganishda ijtimoiy adolat, huquqlar va madaniy farqliliklarni inobatga olish zarur.

Kelajakda migratsiya jarayonini o'rganishda yangi metodologiyalarni qo'llash va transdistsiplinar yondashuvlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bu esa, nafaqat ilmiy tadqiqotlar uchun, balki siyosat ishlab chiqish jarayonida ham foydali bo'ladi. Migrantlar huquqlarini himoya qilish, madaniy integratsiyani qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy adolatni ta'minlash uchun ko'proq e'tibor berilishi kerak.

Umuman olganda, falsafiy antropologiya va madaniy antropologiya doirasida migratsiyani o'rganish, insoniyatning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan masalalarni ochib beradi. Bu jarayonlarni chuqurroq tushunish orqali, biz ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va madaniy farqlilikni qadrlash yo'lida yangi yechimlar topishimiz mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Caroline Brettell. Perspectives on migration theory-anthropology. // In International handbook of migration and population distribution. 2016. Vol. 6. Edited by J.White Michael, - Р. 41-68. Dordrecht, The Netherlands: Springer Science+Business Media. / DOI: 10.1007/978-94-017-7282-2_410.1007/978-94-017-7282-2_4
  2. По следам Ибн Баттуты / URL: https://uzbekistan.travel/ru/o/po-sledam-ibn-battuty/?utm_source=chatgpt.com/
  3. З.Д.Ибрагимова Ўзбекистонда меҳнат муҳожирлигининг оила институтлари ва болалар ҳуқуқларига таъсири: ижтимоий-фалсафий таҳлил. Фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертацияси, - Тошкент: Тошкент давлат педагогика университети, 2022. - Б. 145.
  4. Қуръони Карим. (Анкабут сураси, 26-оят. Таржимон: Алоуддин Мансур.) - Тошкент: Тошкент ислом университети, 2004. - Б. 159.
  5. Гомер. Одиссея (Перевод М.И.Гаспаров.) - Москва: Художественная литература, 2016. - С. 464.
  6. Ўзбек халқ достони "Алпомиш". (Тўпловчи: Ҳодизода Раҳимов.) - Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2017. - Б. 384.
  7. https://www.ohchr.org/en/press-releases/2018/11/universal-declaration-human-rights-70-30-articles-30-articles-article-13?utm_source=chatgpt.com
  8. Joseph H.Carens. The Ethics of Immigration. - Oxford: Oxford University Press. 2013. - Р. 386.
  9. Ammar Ahmed Abbood. Michael Walzer’s Theory of Complex Equality // Przestrzeń Społeczna (Social Space) October 2024. 24(02): - P. 431-468.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013010
Nashr sanasi
2025-07-06
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v4i6.1686
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
126–129
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06