Ochiq kirishMaqola
Abduraxmanova Ro‘zixon Xasanboy qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqola informatika darslarida Universal Design for Learning (UDL) tamoyillarini qo‘llab, inklyuziv o‘qitish uchun amaliy dizayn modelini taklif etadi. UDL‘ning uch yo‘nalishi — taqdim etishning ko‘p usullari (multiple means of representation), faoliyat va ifodalashning ko‘p usullari (action & expression), hamda jalb etishning ko‘p usullari (engagement) — informatika mazmuniga moslashtiriladi: algoritmlash, kod yozish, mantiqiy sxemalar, vizualizatsiya va loyihaviy ishlar. Tadqiqotda adabiyot sharhi, o‘qituvchi va o‘quvchi intervyulari, dars kuzatuvlari hamda UDL chek-listi asosida dars ssenariylari ishlab chiqiladi. Moslashtirish misollari sifatida ekran o‘qish qurilmalari (NVDA/JAWS) bilan mos web-resurslar, klaviatura navigatsiyasi, rang-kontrast standartlari, multimodal qo‘llanmalar (matn–audio–video–kod bloklari), differensiallashgan topshiriqlar va adaptiv baholash rubrikalari keltiriladi. Natijada o‘qituvchilar uchun UDL asosidagi informatika darsi dizayn chek-listi, baholash mezonlari va namuna ssenariylar taqdim etiladi; ular turli ehtiyojli o‘quvchilar (ko‘rish/eshitishdagi cheklovlar, o‘qish qiyinchiliklari, ikkinchi til sifatida o‘zbek tili) uchun kirish imkonini kengaytirish, ishtirok va o‘rganish natijalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Maqola yakunida joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich tavsiyalar, monitoring va refleksiya mexanizmlari beriladi.