OLIY TA‘LIM JARAYONIDA TALABALARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI.
Artiqova Karomat KamoldjonovnaTermiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 9Sahifa 69–73
Annotatsiya
Ushbu maqolada “kreativlik” ning turli vaziyatlarda ta‘lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda namoyon bo‘lishi, u talabalarning ijodiy faolligini tavsiflovchi xususiyatlari yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda OTM talabalarida kreativligini rivojlantirish va pedagogik, psixologik fanlardan to‘la xabardor bo‘lish, ular tomonian o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish tushunchalari keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОСТИ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ.
В данной статье раскрывается проявление «креативности» при принятии решений по вопросам обучения и воспитания в различных ситуациях, а также освещаются особенности, характеризующие творческую активность студентов. Наряду с этим приводятся понятия развития креативности студентов вузов, полной осведомлённости в педагогических и психологических науках, формирования умений и навыков активного применения усвоенных знаний на практике.
inglizchaPROBLEMS OF DEVELOPING STUDENTS‘ CREATIVITY IN THE HIGHER EDUCATION PROCESS.
This article describes how creativity manifests itself in taking decisions on issues of education and upbringing in various situations, and highlights the features that characterize students‘ creative activity. Along with this, it sets out the concepts of developing creativity in higher education institution students, of being fully informed in the pedagogical and psychological sciences, and of forming the skills and competencies to actively apply the knowledge they have acquired in practice.
Kalit so‘zlar
- Kreativlik
- innovatsiya
- ko‘nikma
- malaka
- kreativlik xaritasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
OLIY TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI. Artiqova Karomat Kamoldjonovna Termiz davlat Pedagogika Instituti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17291867 Annotasiya: Ushbu maqolada “kreativlik” ning turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda namoyon bo‘lishi, u talabalarning ijodiy faolligini tavsiflovchi xususiyatlari yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda OTM talabalarida kreativligini rivojlantirish va pedagogik, psixologik fanlardan to‘la xabardor bo‘lish, ular tomonian o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish tushunchalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: Kreativlik, innovatsiya, ko‘nikma, malaka, kreativlik xaritasi, pedagogik shart-sharoitlar.
PROBLEMS OF DEVELOPING STUDENTS' CREATIVITY IN THE PROCESS OF HIGHER EDUCATION. Artikova Karomat Kamoldjonovna Teacher at Termez State Pedagogical Institute Abstract: This article discusses the manifestation of "creativity" in various situations in decision-making on issues related to education and upbringing, its characteristics characterizing the creative activity of students. At the same time, the concepts of developing creativity in university students and forming skills and competencies to be fully aware of pedagogical and psychological disciplines, and to actively apply the acquired knowledge in practice are presented. Keywords: Creativity, innovation, skills, qualifications, creativity map, pedagogical conditions. ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСТВА СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ. Artiqova Karomat Kamoldjonovna Преподаватель Термезского государственного педагогического института Ананотасия: В статье рассматривается проявление «креативности» в различных ситуациях принятия решений по вопросам образования и воспитания, её особенности, характеризующие творческую активность студентов. Представлены концепции развития креативности студентов вуза, формирования у них умений и компетенций, позволяющих им в полной мере владеть педагогическими и психологическими дисциплинами, активно применять полученные знания на практике. Ключевые слова : Креативность, инновации, навыки, квалификации, карта креативности, педагогические условия.
KIRISH O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini ta’minlashda moddiy omillar o‘rinda ta’lim muasasasalarida mustaqil ta’limni tashkil etishni takomillashtirish darajasi, salohiyati ham zarur. Talabalar mustaqil ishi mexanizmlarini takomillashtirish va davr talablariga muvofiq faoliyat yurita olishlari uchun zarur shart -sharoit yaratishda oliy ta’lim tizimi alohida o‘rin tutadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan va Senat tomonidan 2020 yil 23 sentabrda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim, to‘g‘risida” gi O‘RQ 637- sonli qonunida ham ta’lim sifatini yaxshilash, talabalarning turli shakllarda ta’lim olishi(ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (masofaviy, sirtqi, kechki); dual ta’lim; oilada ta’lim olish va mustaqil ishi; katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; inklyuziv ta’lim; eksternat tartibidagi ta’lim; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasidagi kadrlarni tayyorlash) belgilab qo‘yilgan. Shunday ekan, yuqoridagilarni inobatga olib mustaqil ta’limni tashkil etishni takomilashtirish, mustaqil o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Darhaqiqat, jamiyat va fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ta’lim-tarbiya jarayoni, uning mazmuni, shakl, metod va vositalari, mutaxassislar tayyorlash jarayoniga ta’sirini tahlil etganda, ta’lim jarayoniga kreativ yondashuvga bo‘lgan ehtiyoj quyidagilar bilan belgilanishini aniqladik: Birinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ta’lim tizimi, metodologiyasi va o‘quv jarayoni texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchining faoliyati pedagogik yangiliklar yaratish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini egallashdan iborat. Bu esa, o‘z -o‘zidan bo‘lajak pedagoglarda kreativ qobilyatlarini rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish o‘qitishning yangi tashkiliy shakllari, texnologiyalarini izlash, ya’ni ta’limga innovatsiyalar kiritishni taqozo qiladi. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalar kiritishning muhim shartlari dan biri esa, o‘qituvchining innovatsion tayyorgarligi, ijodkorligi va kreativ faolligi bilan tavsiflanadi. ASOSIY QISM Uchinchidan, pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni amaliyotga tatbiq etishga nisbatan bo‘lajak o‘qituvchilarda faol mayllarni rivojlantirish kabilar tadqiqot muammosining ijtimoiy, pedagogik-psixologik jihatdan dolzarbligini ifodalaydi. Ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga kreativ yondashuv asosida talabalarda ijodkorlik qobiliyatlarni rivojlantirishning zarurligi o‘zaro faol munosabatlar ta’sirida rivojlanadigan ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim muhiti, o‘qitish shart -sharoitlari va metodlarining interfaol xarakter kasb etishini ta’minlashni talab qiladi. “Mustaqil ta’lim olishni tashkil etish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga qiziqish, balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo‘lishi ham talab etiladi”. Mustaqil ta’lim bevosita mustaqil fikrlash bilan uzviy bog‘liqligi sababli unga berilgan ta’rifni ham keltirib o‘tish maqsadga muvofiq: «Mustaqil fikrlash -insonning o‘z oldida turgan muammolarni maqsad va vazifalarini belgilagan holda o‘z bilimi va hayotiy tajribalariga tayanib, turli yo‘l, usul, vositalar yordamida, o‘zining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat bo‘lgan aqliy faoliyatidir». Shunga ko‘ra, so‘nggi yillarda o‘ziga xos dolzarblik kasb etayotgan mustaqil ta’lim asosida talabalarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, erkin-ijodiy ta’lim muhitini shakllantirishning zaruriy pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni loyihalashtirishning integrallashgan pedagogik tizimini amaliyotga tatbiq etish orqali jarayon samaradaorligini oshirish masalasi tadqiqotimizning asosini tashkil etadi. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi. Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning
ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Talaba ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, masala yechimini mustaqil topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Talaba o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash keladi. Buning natijasida o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Talaba shaxsning kreativligi uning tafakkuri, muloqoti, his-tuyg‘ulari, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo‘llari mavjud. Birinchi yo‘l - kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg‘u kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy e’tibor markazida bo‘lib, talabalar fe’llar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga yo‘naltiriladi. Xususan, o‘qituvchilar kreativ fikrlash ko‘nikmasini samarali shakllantirish maqsadida talabalarga ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur fe’llarning bo‘lishiga e’tibor qaratadilar. Zero, savol tarkibidagi «ta’riflab bering» tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra «mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o‘ting» deyish bilan teng. Nazorat savollarini berishda talabalarni fikrlashga undovchi so‘z (fe’l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo‘liga ko‘ra pedagoglar turli, antiqa, noan’anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so‘z (fe’l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. Masalan, «bog‘liqlikni toping», «yarating», «bashorat qiling», «fikrni mantiqan bayon eting», «tasavvur qiling» kabi so‘z (fe’l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi. Pedagoglar birinchi yo‘lni qo‘llash – talabalarda kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda yosh o‘qituvchilarning “Kreativlik xaritasi”dan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi yo‘l – amaliy kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Pedagoglar talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko‘rsatmali metod va usullardan foydalanadilar. Bu o‘rinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, u talabalarda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi. Uchinchi yo‘l - kreativ faoliyat jarayonlarini tashkil etish. Mazkur yo‘lda talabalarni muammoni yechish va innovatsion g‘oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg‘u beriladi. Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo‘llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. Masalan, talabalara “major va minor tovushlari tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish” topshirig‘ini bajarar ekanlar, odamning qon aylanishi tizimi bilan bog‘liq turli muammolarni tahlil qiladilar. Natijada ushbu jarayonda ko‘p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro‘y beradi. To‘rtinchi yo‘l - kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish. Bu yo‘lni tutishda pedagog talabalarga Power Point dasturi yoki multimedia vositalari yordamida taqdimotni yaratish topshirig‘ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalari faol rivojlanadi. Talabalar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la namoyon qilishlari mumkin. Agar talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa, fikrni noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrashdan qo‘rqsalar, bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi. Talabalarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini muvaffaqiyatli
shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholashda qo‘llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. Kreativ fikrlash ko‘nikmasini mashq qildirish natijasida talabalar faqatgina o‘rnatilgan aloqalarga tayanibgina qolmay, balki miyada yangi, ma’noga boy aloqalarni o‘rnatish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va yangicha fikrlashga moyil bo‘ladilar. Doimiy ravishda olib borilgan mashqlar natijasida yangicha kreativ fikrlash odatiy va avtomatik xarakterga ega bo‘ladi. Inson miyasi doimo to‘g‘ri ishlashga odatlangan, ya’ni miya uchun faqat birgina to‘g‘ri javob mavjud bo‘ladi. Vaholanki, bu kreativlik emas. Kreativlik – talabalarning o‘z qarashlarini himoya qilish jarayonida barcha javoblar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin degani. Kreativlik muhitiga singib ketish sanaladi. Shu sababli kreativ fikrlashni odatga aylantirish uchun talabalar mazkur jarayonga ishonch bilan qaray olishlari lozim. Talabalarning kreativlik ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida ulardagi ixtisoslashgan ya’ni pedagogik kreativlik kompetentligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, bunda zamonaviy axborot - komunikatsiya texnologiyalari, innovatsion strategiyalar, interfaol ta’lim metodlari va texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Ta’lim muassasalari talabalarning kreativ kompetentligini uzluksiz rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish dasturlarini va texnologiyalarini takomillashtirib borish, shuningdek ta’lim oluvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy axborotmetodik ta’minotni yaratish jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning reproduktiv, ijodiy-izlanish va novatorlik bosqichlari samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ijodiy yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ta’lim oluvchilarning kreativ ko‘nikma va malkalarini rivojlanishining o‘zgarishini baholab borish lozim. XULOSA Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bo‘lajak muhandis talabalarda kreativlikni rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri ularni mustaqil bilim olish va ijodiy fikrlashga yo‘naltirishdan iborat. Pedagoglar tomonidan ishlab chiqilayotgan topshiriq va vazifalarni yaratishda kreativ yondashib, talabalarning tanlangan mutaxassisliklari yuzasidan o‘quv materiallarining g‘oyaviylik, ilmiylik, vizuallik, tizimlilik, o‘quv axborotlarining izchil tarzda bayon etilishi, o‘quv axborotlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikligini inobatga olish zarur. Bundan tashqari talabalarga berilayotgan topshiriqlar ularning yosh xususiyatiga mosligi, amaliy va aniq maqsadga yo‘naltirilganligi hamda talabalarning ehtiyoj va qiziqishlariga muvofiq tayyorlanishi lozim.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar12 ta adabiyot
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi 2017 - yil 7–fevraldagi 4947-Farmoniga 1- ilovasi (www.lex.uz)
- Pedagogik atamalar lug`ati. / O`zbek, rus, ingliz tillarida/ O.Musurmanova va boshqalar. T.: ―TURON – IQBOL, 2019.844
- B.X.Xodjaev “Umumta‘lim maktabi o`quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta‘minot vositasida rivojlantirish”: Ped. fan. dok. diss. – Toshkent, 2016. – 260 b.
- Kamoldjonovna.A.K, & Pirimkulovna.P.G. (2022). PROFESSIONAL DEDICATION AND PROFESSIONAL COMPETENCE AS A SUBJECT OF STUDY OF PSYCHOLOGY. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 766-772.
- Jovliyevna, A. D., & Kamoldjonovna, A. K. (2021). IMPROVING THE MANAGEMENT MECHANISMS OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN THE SYSTEM OF HIGHER EDUCATION ON THE BASIS OF A CREATIVE APPROACH. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 382-385.
- К.K Artikova Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3 (11), 165-172, 2022 MECHANISMS OF CREATION OF DIDACTIC SUPPLY OF TEACHING IN HIGHER EDUCATION SYSTEM ON THE BASIS OF CREATIVE APPROACH.
- Артиқова, К.К. (2023). КРЕАТИВ ЁНДАШУВ АСОСИДА ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА ЎҚИТИШНИНГ ДИДАКТИК ТАЪМИНОТИНИ ЯРАТИШ. IJODKOR O'QITUVCHI, 3(30), 35-41.
- Kamoldjonovna, A. K. (2023). MODERN MODELS OF EDUCATIONAL PROCESS ORGANIZATION IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS. World Bulletin of Social Sciences, 29, 105-107.
- Artiqova K. K., Artiqova M. K. KASBIY KOMPETENTLIKDA KREATIV SIFATLARNI ShAKLLANTIRISh //Interpretation and researches. – 2023. – T. 2. – №. 1.
- К.К.Артикова. “ОСОБЕННОСТИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО САМООПРЕДЕЛЕНИЯ В КЛАССАХ С ПРОФИЛЬНЫМ ОБУЧЕНИЕМ” Вестник современной науки, 2016 й. 67- 70ст.
- K.K. Artikova. Kreativ yondashuv asosida o‘quv va tarbiya jarayonlarinini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari. МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ. - Қароқалпоқ, 2023-yil. ISSN 2181-7138
- Artiqova, K. K. (2023). IJODIY YONDASHUV ASOSIDA OLIY TALIM TIZIMIDA U^ITISHNING DIDAKTIK TAYMINOTINI YARATISH. IJODKOR O'QITUVCHI, 3 (30), 35-41.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013083
- Nashr sanasi
- 2025-10-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 9
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i9.1765
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 69–73
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06