Asosiy mazmunga o‘tish

402 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    YOZMA TARJIMA KO‘NIKMASINI PARALLEL VA QIYOSIY KORPUSLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, Axmedova Anorxon Nasivali qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada parallel va qiyosiy korpuslarning tarjimashunoslik va yozma tarjimani o‘qitish jarayonidagi roli va amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi. Parallel korpuslar tarjima aniqligini oshirish, lug‘at boyligini kengaytirish va mashina tarjimasi tizimlarini takomillashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta‘kidlanadi. Parallel korpuslar yordamida turli tizimli matnlardagi madaniy va kontekstual tafovutlarni aniqlash, tabiiy til xususiyatlarini lingvistik tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, korpusga asoslangan elektron lug‘at orqali talabalar uchun yozma tarjimani o‘qitish jarayonida amalga oshirilgan kuzatishlar tahlilga tortilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    10-12 YOSH GIMNASTIKACHILARNING JISMONIY SIFATLARINI TAKOMILLASHTIRISH AHAMIYATI

    Abdullayev Nuritdin Mashrabayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada 10-12 yoshli gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini takomillashtirishda individual ta‘lim rejasi asosida mashq qilgan gimnastikachilar kuch, chidamlilik, tezlik va moslashuvchanlik kabi jismoniy sifatlarni ancha samarali rivojlantirganlar. Ushbu tadqiqot, yosh gimnastikachilar uchun ta‘lim jarayonida individual yondashuvning ahamiyatini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТЬ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

    Якубова Умида Шарифовна · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada ijtimoiy-pedagogik kompetentsiyaning tuzilishi va uning mazmuni ko‘rib chiqiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasi va ijtimoiy pedagogikaning kasbiy tayyorgarlikda pedagogik bilimlarning mustaqil sohasiga bo‘linishi bilan bog‘liqligi, shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy sharoitlarda tayyorlashning alohida ahamiyati.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СЛОЖНЫХ АТАКУЮЩИХ ДЕЙСТВИЙ ПАРА-ДЗЮДОИСТОВ

    Эльвина Ураловна Ишлаева · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada para-dzyudochining taktik tayyorgarligining uslubiy asoslaridan foydalangan holda, zaif ko‘rgan va ko‘rmaydigan sportchilarga taktik kurash olib borish to‘g‘risida ma‘lumot berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH JARAYONIDA REFLEKSIV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHIDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLARI

    Xurramova Mohidil Baxtiyorovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishidagi o‘ziga xos juhatlari faoliyat jarayonida pedagogik refleksiv ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari, refleksiv ko‘nikmani egallashning shartlari, mazmuni, mohiyati, zaruriyati, bunda doimiy tadqiqotlar o‘tkazish, tajribani o‘rganish, tahlil qilish va xulosalar ishlab chiqish zarurati, professionallik, tizimli bilimlarni olish qobiliyati, mashqlar, takrorlashlar, xulosalar chiqarish, natijalar asosida olingan xulosalar, falsafiy, pedagogik, psixologik, uslubiy bilimlarni olish, ta‘lim mavzusi bo‘yicha keng va chuqur bilimlarni olish va takomillashtirish orqali shakllanish mazmuni ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    GENDER YONDASHUV ASOSIDA TALABA-QIZLARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

    Xolova Mohigul Shavkatovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Hozirgi kunda jamiyatda gender tengligi,  xususan,  ayollar va qizlarning ta‘limdagi o‘rni tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Ta‘lim tizimida o‘qitishning yangi metod va texnologiyalari yordamida talaba qizlarning bilim olish jarayonida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati ortmoqda. Tanqidiy fikrlash esa nafaqat bilimlarni chuqur o‘zlashtirishni ta‘minlaydi,  balki shaxsiy qarorlar qabul qilishda,  ijtimoiy hayotda,  va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishishda ham muhim rol o‘ynaydi. Maqolada gender yondashuv asosida talaba qizlarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari tahlil qilinadi va bu jarayonni samarali amalga oshirish uchun tavsiyalar beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    INKLYUZIV TA‘LIM: GLOBAL TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON MODELI

    Xolova Mohigul Shavkatovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Mazkur maqolada inklyuziv ta‘limning global tajribasi va O‘zbekistondagi amalga oshirilayotgan inklyuziv ta‘lim modeli tahlil qilinadi. Global tajribada inklyuziv ta‘limni amalga oshirishda ilg‘or mamlakatlarning tajribalari, jumladan, Finlandiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Afrika va boshqa davlatlarning inklyuziv ta‘limga bo‘lgan yondashuvlari keltiriladi. O‘zbekistonda esa inklyuziv ta‘limni rivojlantirish bo‘yicha ijobiy qadamlar tashlanib, o‘quvchilarga maxsus ehtiyojlar asosida individual yondashuvlar qo‘llanilmoqda. Maqolada ta‘lim tizimida inklyuziv ta‘limni qo‘llashdagi asosiy me‘yoriy-huquqiy hujjatlar, pedagogik yordam, o‘qituvchilarni tayyorlash va maxsus ta‘lim dasturlarining rivojlanishi haqida so‘z yuritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    EKOLOGIK ONG TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI

    To‘rayev Ahmed Xolmo‘minovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ekologik ongi shakllantirish usullari, ushbu jarayonga ta‘sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Ekologik ong tuzilmasi, tushuncha mohiyati borasida nazariy yondashuvlar o‘zaro taqqoslangan hamda tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    ANALYSIS OF METACOGNITIVE CHARACTERISTICS OF DECISION-MAKING IN MANAGERS‘ NEGOTIATION ACTIVITIES.

    Toshov Muhiddin Jurabayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqola ijtimoiy pedagogikaning tarixiy rivojlanishini turli xalqaro kontekstlarda ko‘rib chiqadi, uning 19-asrdan hozirgi kungacha bo‘lgan evolyutsiyasini kuzatadi. Keng ma‘noda ijtimoiy ish va ta‘limning kesishishi sifatida ta‘riflangan ijtimoiy pedagogika shaxsiy va ijtimoiy farovonlikka yaxlit yondashuvni ta‘kidlaydi. Tadqiqot turli mamlakatlar ijtimoiy pedagogikani madaniy, siyosiy va iqtisodiy omillar ta‘sirida noyob ta‘lim va ijtimoiy istiqbollar orqali qanday shakllantirganini o‘rganadi. Germaniya, Daniya, Buyuk Britaniya va Braziliya kabi mamlakatlarning asosiy hissalarini o‘rganib chiqqan holda, ushbu maqola ijtimoiy pedagogikaga turli yondashuvlarni ta‘kidlaydi va uning zamonaviy jamiyatdagi rolini muhokama qiladi. Natijalar ijtimoiy inklyuziyani rivojlantirish, tengsizliklarni bartaraf etish va ta‘limda jamoatchilik asosidagi yechimlarni ilgari surishda ijtimoiy pedagogikaning muhimligini ta‘kidlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    BOLALARNING INGLIZ TILIDA MULOQOTCHANLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA SO‘Z YODLASH USULLARI

    Shotemirov Sanjar, Ergasheva Malohat Yo‘ldosh qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada bolalarning ingliz tilida muloqotchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishda so‘z yodlash usullarining ahamiyati tahlil qilinadi. Vizual kartochkalar, kontekstda o‘rganish, o‘yinlar, takrorlash va audio-videomateriallardan foydalanish kabi samarali usullar ko‘rib chiqiladi. Mazkur yondashuvlar bolalarning qiziqishini oshirib, ularni tilni faol o‘rganishga undaydi. Maqola so‘z boyligini oshirish orqali muloqotda ishonchni mustahkamlash yo‘llarini ham yoritadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ASARLARIDAN FOYDALANISH ILMIY ASOSLARI

    Sh.A.Mamatqobilova · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik kompetentligini takomillashtirishda Imom at-Termiziy asarlaridan foydalanish mazmuni, alloma asarlari qiyosiy tahlillar asosida kelib chiqqan nazariy tushunchalarni, Imom at-Termiziy asarlari deontologik kompetentlik uchun qay jihatdan muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKILLANTIRISH TAMOYILLARI

    S.A. Boltobayev, S.V. Azizov · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Мақола хозирги замоннинг энг долзарб муаммосига бағишланган бўлиб, унда соғлом турмуш тарзини шакллантиришнинг тамойиллари чуқур ўрганилган. Хусусан, to‘g‘ri, sog‘lom, ratsional ovqatlanish; doimo harakatda bo‘lib, kam harakatlik (gipodinamiya) hayot tarzudan qochish; kun tartibini va ishni biologik rejim asosida tashkil qilish; ruhiy osoyishtalikni ta‘minlash; ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik singari zararli odatlardan tiyilish; ozodalik, orastalikka rioya qilish, atrof-muhitga munosabat masalasi каби соғлом турмуш тарзини шакллантиришнинг олтита тамойили батафсил, кенг ёритилган.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR DEONTOLOGIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH NAZARIY ASOSLARI

    Mamatqobilova Shodiya Azamat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada Imom at-Termiziy hayot faoliyati, ilm yo‘lidagi izlanishlari, «Al-Jomi‘ as-Sahiyh»  asari, asarlarida keltirilgan fikrlar, o‘qituvchi deontologik tayyorgarligi takomillashtirish uchun foydalaniladigan qismlari, foydalanish asoslari haqida keltirib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    USE OF STEAM EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN PRIMARY SCHOOL CLASSES AS A RELEVANT PEDAGOGICAL ISSUE

    Madina Xaydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san‘at va matematika) ta‘limini boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishga integratsiyalashuvi o‘quvchilarni 21-asrning muhim ko‘nikmalari bilan qurollantiradigan kompetensiyalarni shakllantirish uchun zarurdir. Ushbu maqola yosh o‘quvchilarda STEAM kompetentsiyalarini samarali shakllantirish uchun zarur bo‘lgan didaktik talablarni o‘rganadi. U ilmiy bilimlarni texnologiya, muhandislik, san‘at va matematika bilan uyg‘unlashtirgan fanlararo o‘qitish strategiyalarini o‘rganadi va loyihaga asoslangan ta‘lim, so‘rovga asoslangan o‘qitish va texnologiya integratsiyasi kabi asosiy pedagogik yondashuvlarni ta‘kidlaydi. Tadqiqot shuningdek, o‘qituvchilar duch keladigan muammolarni, jumladan, resurslarning cheklanganligi, o‘qituvchilarning etarli darajada tayyorlanmaganligi va qat‘iy o‘quv dasturlarini belgilaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    O‘QITUVCHILARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISHDA QOBILIYAT VA MAHORATNING O‘RNI

    M.U.Odilova · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada o‘qituvchi ega bo‘lishi lozim bo‘lgan pedagogik mahorat hamda qobiliyatlar haqida batafsil ma‘lumot berilgan bo‘lib,unda pedagogning ta‘lim va tarbiya jarayonida turli xil vaziyatlarda o‘zini tuta olishi,muammoli vaziyatlarda tezlikda qaror qila olishi hamda pedagogik jarayonni to‘g‘ri va mukammal tashkil eta olishi yoritilgan

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    KURASH BO‘YICHA MURABBIYLARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI.

    I.Yo‘ldoshev · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Kurash bo‘yicha murabbiylarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u pedagogik usullar, sport fanlari va amaliy mashg‘ulotlarni birlashtirishni nazarda tutadi. Ushbu maqolada kurash bo‘yicha murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslari yoritilgan. U samarali murabbiylik uchun zarur bo‘lgan asosiy vakolatlarni shakllantirishda rasmiy ta‘lim va norasmiy ta‘limning rolini o‘rganadi. Tahlil sportchilarning to‘liq salohiyatini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan psixologik tayyorgarlik, muloqot qobiliyatlari va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarning muhimligini ta‘kidlaydi. Bundan tashqari, maqolada murabbiylar malakasini oshirishning markaziy tarkibiy qismi sifatida uzluksiz kasbiy rivojlanish, amaliy tajriba va yangi o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash alohida ta‘kidlangan. Nazariy asoslarni ham, amaliy strategiyalarni ham o‘rganish orqali ushbu tadqiqot kurash bo‘yicha murabbiylarni zamonaviy sportning o‘sib borayotgan talablarini qondirish uchun qanday qilib rivojlantirish mumkinligi haqida keng qamrovli fikrni taqdim etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    BELBOG‘LI KURASH BILAN SHUG‘ULLANUVCHI YOSH SPORTCHI QIZLARNING KOORDINATSION QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

    Gaziev Nuritdin Ruxiddinovich. · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Belbog‘li  kurash  bilan shug‘ullanuvchi sportchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida dastur (kompleks mashqlar to‘plami) tuzilib, amaliy asoslangan. Ish belbog‘li  kurash  chilarning individual psixologik xususiyatlariga mos keladigan koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan Belbog‘li  kurash  bilan shug‘ullanuvchi 9-12 yoshli qizlarning koordinatsiya qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    NEW METHODS AND ANALYSES OF COMMUNICATIVE APPROACH IN LEARNING FOREIGN LANGUAGES

    Gazieva Shakhnoza · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada chet tillarni o‘rganishda kommunikativ yondashuvning yangi metod va usullari ko‘rib chiqiladi. Kommunikativ yondashuvning mohiyati, zamonaviy metod va usullarning o‘quv jarayonidagi samaradorligi hamda til o‘rganishda innovatsion metodik yondashuvning harakatchanligi tahlillariga asoslangan ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary2
    • OpenAlex0
    • Crossref2

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    SMART TEXNALOGIYALARNING TA‘LIMGA KIRIB KELISHI VA PEDAGOGLARNI FOYDALANISHGA O‘RGATISH

    Aliqulov Abdulla Baxtiyor o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada SMART texnalogiyalarining ta‘lim jarayoniga kirib kelishi va ularning turlari haqida keng yoritib berilgan. SMART texnalogiyalarining hozirgi kunda ta‘lim tizimida o‘rni beqiyos hisoblanib zamon talablaridan kelib chiqgan holda kadrlarni yuqori bilim egasi qilib tayorlashda darslarni yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida bir nechta ilovalar, dasturlar, patformalar hamda texnik uskunalardan samarali foydalanish haqida so‘z boradi. Shuningdek qayta tayorlash inistitularida pedagog kadrlarning malakasini oshirish, ta‘lim tizimiga kirib kelgan eng so‘ngi texnalogiyalardan xabardor qilish va ulardan bemalol foydalanishlari, darslarda qo‘lay bilishlari uchun maxsus kurslarni tashkil qilish kerakligi, SMART texnalogiyaladan foydalangan holda masofaviy o‘qitish tizimini takomillashtirish haqida fikir mulohozalar yuritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish