Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

O‘QITUVCHILARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISHDA QOBILIYAT VA MAHORATNING O‘RNI

M.U.OdilovaTermiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 11Sahifa 79–82

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘qituvchi ega bo‘lishi lozim bo‘lgan pedagogik mahorat hamda qobiliyatlar haqida batafsil ma‘lumot berilgan bo‘lib,unda pedagogning ta‘lim va tarbiya jarayonida turli xil vaziyatlarda o‘zini tuta olishi,muammoli vaziyatlarda tezlikda qaror qila olishi hamda pedagogik jarayonni to‘g‘ri va mukammal tashkil eta olishi yoritilgan

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ СПОСОБНОСТЕЙ И МАСТЕРСТВА В ФОРМИРОВАНИИ КРЕАТИВНОСТИ У ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ

В статье подробно изложены педагогические умения и навыки, которыми должен обладать учитель, особое внимание уделено умению учителя контролировать себя в различных ситуациях в процессе обучения и воспитания, быстро принимать решения в проблемных ситуациях, правильно и безупречно организовывать педагогический процесс.

inglizchaTHE ROLE OF ABILITY AND SKILL IN THE FORMATION OF CREATIVITY IN TEACHERS

This article provides detailed information about the pedagogical mastery and abilities that a teacher must possess; it sets out the teacher‘s ability to maintain self-control in various situations in the process of education and upbringing, to make quick decisions in problem situations, and to organize the pedagogical process correctly and impeccably.

Kalit so‘zlar

  • Pedagogik mahorat
  • qobiliyat
  • nutq ma‘daniyati
  • kuzatuvchanlik
  • diqqatni taqsimlay olish
  • dunyoqarash
  • fan-texnika
  • layoqatlilik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

O’QITUVCHILARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISHDA QOBILIYAT VA MAHORATNING O’RNI M.U.Odilova Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14318685 Annotatsiya: Ushbu maqolada o’qituvchi ega bo’lishi lozim bo’lgan pedagogik mahorat hamda qobiliyatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan bo’lib,unda pedagogning ta’lim va tarbiya jarayonida turli xil vaziyatlarda o’zini tuta olishi,muammoli vaziyatlarda tezlikda qaror qila olishi hamda pedagogik jarayonni to’g’ri va mukammal tashkil eta olishi yoritilgan Kalit so’zlar. Pedagogik mahorat, qobiliyat, nutq ma’daniyati, kuzatuvchanlik, diqqatni taqsimlay olish, dunyoqarash, fan-texnika, layoqatlilik

РОЛЬ СПОСОБНОСТЕЙ И УМЕНИЙ В ФОРМИРОВАНИИ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ПЕДАГОГОВ. Аннотация: В статье подробно изложены педагогические умения и навыки, которыми должен обладать учитель, особое внимание уделено умению учителя контролировать себя в различных ситуациях в процессе обучения и воспитания, быстро принимать решения в проблемных ситуациях, правильно и безупречно организовывать педагогический процесс. Ключевые слова: Педагогические умения, способности, культура речи, наблюдательность, умение распределять внимание, мировоззрение, наука и техника, компетентность.

THE ROLE OF ABILITIES AND SKILLS IN SHAPING CREATIVITY IN TEACHERS Abstract:This article provides detailed information about the pedagogical skills and abilities that a teacher should possess, highlighting the teacher's ability to control himself in various situations during the education and upbringing process, to make quick decisions in problematic situations, and to organize the pedagogical process correctly and perfectly. Keywords: Pedagogical skills, abilities, speech culture, observation, ability to divide attention, worldview, science and technology, competence.

KIRISH O'qituvchilik ishiga layoqatlilik - pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodirlik va ma’naviy- psixologik jihatdan mustahkam tayyorgarlikdir. Kasbga layoqatlilik shaxsning eng muhim tomonlarini- uning umumiy madaniy saviyasini, aql- idroki va ongini, qiymatlar mezonini, yo'nalishini aks ettiradi. Shaxsning yo'nalishi voqelikdagi narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo'lishdan iboratdir, u kishining yashirinib yotgan kuchlarini harakatga keltiradi va ishga soladi, unda tegishli qobiliyatni, kasb uchun ahamiyatli bo'lgan tafakkur, tuyg'u va xarakter xususiyatlarni shakllantirishga yordam beradi. ASOSIY QISM Pedagogik faoliyatning samarali bo'lishi uchun o'qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo'lishi lozim: 1. Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid (rnatematika, fizika, biologiya, adabiyot va hokazolarga doir) qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchi fanni o'quv kursi

hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o'z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi. materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi. 2. Tushuntira olish qobiliyati - o'quv materialini o'quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, material yoki muammoni aniq va tushunarli qilib gapirib berish, o'quvchilarni mustaqil ravishda fikrlashga o'rgatish, zarur holatda o'quv materialini o'zgartira olish, soddalashtira olish. qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o'quvchilarga yetkazishdir. Qobiliyatli pedagog o'quvchilarning ruhiyatni, bilim va qobiliyat darajastni hisobga oladi.Ba’zi o'qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi kam o'qituvchilarga o'quv materiali oddiy, tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyuladi. Bunday o'qituvchilar o'quvchilarni emas, balki o'zlarini nazarda tutadilar. Qobiliyatli, tajribali o'qituvchi o'zini o'quvchining o'rniga qo'ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo'lgan narsaning o'quvchiga tushunilishi qiyin va mavhum bir narsa bo'lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakteri va shaklini alohida o'ylab rejalashtiradi. Qobiliyatli o'qituvchi dars materialini bayon etish jarayonida turli o'quvchilarning qanday o’zlashtirayotganliklarini qator belgilar asosida payqab oladi va zarur hollarda bayon qilish usulini o'zgartiradi. Shuningdek, qobiliyatli o'qituvchi o'quvchilarni materialni o'zlashtirib olishlari uchun zamin tavyorlab, ularning dam olishdan ishga o'tishlari, bo'shashish, lanjlik, loqaydliklariga barham berish uchun biroz vaqt ajratish zarurligini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelgunga qadar darsni boshlamaydi. 3. Kuzatuvchanlik qobiliyati - o'quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog'liq bo’lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. O'quvchilar bunday o'qituvchi haqida: «Qaramayotganga o‘xshaydi-yu, hamma narsani ko'rib turadi!»,, «O'quvchining xafa bo’lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko'zidan biladi!», - deydilar. 4. Nutq madaniyati - nutq yordamida, shuningdek, imo - ishora vositasida o'z fikr - tuyg'ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o'qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O'qituvchining nutqi darsda hamisha o'quvchilarga qaratilgan bo'ladi. O'qituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, o'quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bo'lsa ham, uning nutqi hamisha o'zining ichki kuchi, ishonchi,o'zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrning ifodasi o'quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo'ladi. O'qituvchining bayoni o'quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi: o'qituvchi o'quvchilar oldiga savollar qo'yib, ularni asta - sekin to'g'ri javob berishga undaydi, o'quvchining diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi («Mana bu yerga alohida e’tibor bering!», «o'vlab ko’ring!.» kabi). Shuningdek, o'rinli qochiriq, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi va uni o'quvchilar tez o'zlashtiradilar. O'qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali, his - hayajonli bo'lib, unda grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi cho'ziq, zeriktiradigan nutq o'quvchilarii juda tez charchatadi, ularni loqayd qilib qo'yadi. Ayrim o'quvchilar tez gapirishga, boshqalarini sekin gapirishga moyil bo'ladilar. Haddan tashqari sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo'ladi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o'quvchilarning asabini buzadi, tez toliqtirib qo'yadi, o'qituvchining zaif ovozi yomon eshitiladi. Nihoyatda ko'p takrorlanadigan bir xildagi irno-ishora va harakatlar tinglovchining g'ashini keltiradi. 5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan. o'quvchilar jamoasini uyishtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o’z ishini to'g'ri uyushtirishni nazarda tutadi. O'z ishini tashkil etish deganda ishni to'g'ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish

ko'zda tutiladi, Tajribali o'qituvchilarda ishni vaqtga qarab to'g'ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo'ladi . Dars davomida ortiqcha vaqt sarflash hollari ba’zan uchrab turadi. Ammo tajrbali o'qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o'zgartira oladi. 6. Obro’orttira olish qobiliyati - o'quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta'sir ko'rsatish va shu asosda obro qozona olishdir. Obro’faqat shu asosdagina emas, balki o'qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hokazolar asosida ham qozoniladi. O'quvchilar qo'pollik qilmaydigan, qo'rqitmaydigan, to'g'ri talab qo'ya oladigan o'qituvchini juda hurmat qiladilar. 7. To'g'ri muomala qila olish qobiiiyati - bolaiarga yaqinlasha olish, u ar bitari pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o'zaro munosabatlar o'rnata bilish, pedagogik nazokatning niavjudligini bildiradi. 8. Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati – o’z harakatlarining oqibatini ko'ra bilishda, o'quvchining kelgusida qanday odam bo'lishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat tarbiyaning qudrati va odamga bo'lgan ishonchi bilan bog’liq. 9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - bu qobiliyat turi o’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari - hajmi, kuchi, ko'chuvchanligi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Pedagogik mahorat - izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o'qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigari jarayondir. Mahoratli pedagog deganda - ravon va ta'sirchan nutqqa ega bo'lgan, o'tilayotgan mavzuga o'quvchi diqqatini torta oladigari, qobiliyatli, mavzuga mos ko‘rgazmalar ijod qilib, undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o'quvchi qalbiga yo'l topa oladigan, har bir darsi jarayonida bolaning qiziqishi va faoliyatini oshira oladigan kishini tushunamiz. V. A. Suxomlinskiy o'zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» degan asarida «O'qituvchining mehnatini biror rarsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo'lmaydi». To'quvchi bir soatdan keyinroq o'z ishining hosilini ko'radi, po'lat erituvchi bir necha soatdan so'ng olovdagi metall oqimidan shodlanadi - bu uning orzusini yuksak cho'qqisi; yer haydovchi, don sepuvchi g'allikor bir necha oydan keyin dalada o'stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O'qituvchi esa o‘z ijodining mahsulini ko'rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O'qituvchi har bir minut, har bir daqiqada o'zining o'ttizta yoki qirqta tarbiyalanuvchisidan har birini ko'rib turishi, u shu daqiqada nimalar o'ylayotganligini, qanday g‘am-andug’lar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak O'qituvchi o'zini mahorat egasi sanasa. u quyidagi bilim, ko'nikma, malakalarni egallagan bo'lishi zarurdir: 1. O'qituvchi dunyoqarashi keng hamda voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir. 2. Mustaqil O'zbekistonimiz o'qituvchisi birinchi galda o'zi o'qitadigan fanni chuqur egallagan bo'lgandagina o'quvchilarda umumiy va kasbiy ta'lim sifatini oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqishi va istak hosil qila oladi. 3. O'qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutidan unumli foydalanishi zarur. 4. O'qituvchi yaxshi o'qituvchi bo'lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo'shib, o'z fanining metodikasini yaxshi bilmog'i lozim.

XULOSA Xulosa qilib shuni aytish joizki, o’qituvchilik kasbi sharafli kasblardan biri bo’lishi bilan birga juda ham mas’uliyatli kasbdir. Har bir o’qituvchi darsga tayyorgarlik ko’rar ekan, unga yengil-yelpi, yuzaki qaramasdan, balki uning mas’uliyatini bilgan holda sidqidildan yondashish kerak. Bu mas’uliyat, ayniqsa, boshlang’ich sinf o‘qituvchilaridan talab qilinadi. Chunki bolalarga ilk poydevorni boshlang‘ich sinf o’qituvchilari quradilar. Berilgan ta’lim, qurilgan poydevor qanchalik niustahkam bo’lsa, kelajakka ishonch shunchalik ortaveradi. Shunday ekan, har bir o'qituvchi ilm berar ekan, avvalo, bolalarni sevib, ularni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalab, o'z fanini chuqur bilgan holda sidqidildan dars o’tmog’i kerak.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. R.Mavlonova,D.Abdurahimova Pedagogik mahorat (o’quv qo’llanma)2009-y
  2. Mavlonova R .,X oliqberdiyev K.. T o‘rayeva O. Pedagogika Oliy o ‘quv yurtlari uchun darslik. Toshkent. « o’qituvchi». 2002 y.
  3. Hasanboyeva C. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi. -Т ., 1996 у.
  4. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. -Т ., 1993.у
  5. A.Xoliqov. “Pedagogik mahorat”. -Т.: Iqtisod-moliya.2010-y
  6. Bakhtyorovna, K. M. (2024). WAYS OF FORMING PEDAGOGICAL SKILLS IN THE PROCESS OF EDUCATIONAL WORK. Gospodarka i Innowacje., 48, 18-20.
  7. M., K. . (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE TECHNOLOGY OF FORMING REFLECTIVE SKILLS IN FUTURE TEACHERS. JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING, 2(8), 107–110. Retrieved from http://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/view/280
  8. Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. Internatiоnal Evaluatiоn Prоgrams. Internatiоnal Jоurnal оf Innоvatiоns in Engineering Research and Technоlоgy, 1-5.
  9. Mamatkоbilоva, S., & Julayeva, M. (2020). FACTОRS AFFECTING FAMILY STRENGTH
  10. DUAL EDUCATION IN THE INTEGRATIVE MACROENVIRONMENT OF PROFESSIONAL EDUCATION (JOURNAL OF EDUCATIONAL DISCOVERIES AND LIFELONG LEARNING( EJEDL)
  11. Ачилов, Н. А., & Джураев, Ф. Р. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА “ВОСПИТАНИЕ” В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.
  12. Ачилов, Н. А., & Джураев, Ф. Р. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА “ВОСПИТАНИЕ” В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Главный редактор ЕС Овечкина, 697.
  13. US Yakubova O ‘QITUVCHILАRNING IJTIMOIY-PEDАGOGIK KOMPETENTLILIGINI RIVOJLАNTIRISH METODIKАSI Inter education & global study, 2024
  14. Sharifovna, Y. U. (2022). Professional Qualities of a Social Educator. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(5), 171-175.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012653
Nashr sanasi
2024-12-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
11
DOI
10.66073/researchfocus.v3i11.1158
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
79–82
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11