Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

EKOLOGIK ONG TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI

To‘rayev Ahmed Xolmo‘minovichTermiz davlat pedagogika instituti “Pedagogika va inklyuziv ta‘lim” kafedrasi o‘qituvchisi.2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 11Sahifa 113–116

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ekologik ongi shakllantirish usullari, ushbu jarayonga ta‘sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Ekologik ong tuzilmasi, tushuncha mohiyati borasida nazariy yondashuvlar o‘zaro taqqoslangan hamda tahlil qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОНЯТИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО СОЗНАНИЯ

В данной статье проанализированы методы формирования экологического сознания учащихся начальных классов и факторы, влияющие на этот процесс. Сопоставлены и проанализированы теоретические подходы к структуре экологического сознания и сущности данного понятия.

inglizchaPSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE CONCEPT OF ECOLOGICAL CONSCIOUSNESS

This article analyses the methods of forming the ecological consciousness of primary school pupils and the factors influencing this process. Theoretical approaches to the structure of ecological consciousness and to the essence of the concept are compared with one another and analysed.

Kalit so‘zlar

  • Ong
  • ekologik ong
  • ta‘lim
  • shakllanish
  • tuzilma
  • nazariya
  • idrok
  • xotira
  • tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

EKOLOGIK ONG TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI To‘rayev Ahmed Xolmo‘minovich Termiz davlat pedagogika instituti “Pedagogika va Inklyuziv ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi. E-mail: torayevahmed9092@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.14317317 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ekologik ongi shakllantirish usullari, ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Ekologik ong tuzilmasi, tushuncha mohiyati borasida nazariy yondashuvlar o’zaro taqqoslangan hamda tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Ong, ekologik ong, ta’lim, shakllanish, tuzilma, nazariya, idrok, xotira, tafakkur

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ КОНЦЕПЦИИ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО СОЗНАНИЯ Аннотация В данной статье проанализированы методы формирования экологического сознания учащихся начальных классов, факторы, влияющие на этот процесс. Были сопоставлены и проанализированы теоретические подходы к структуре экологического сознания, сущности понятия. Ключевые слова: сознание, экологическое сознание, образование, формирование, структура, теория, восприятие, память, мышление

PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE CONCEPT OF ECOLOGICAL CONSCIOUSNESS Abstract: This article analyzes the methods of forming the ecological consciousness of primary school students, the factors influencing this process. Theoretical approaches to the structure of ecological consciousness and the essence of the concept were compared and analyzed. Keywords: consciousness, environmental consciousness, education, formation, structure, theory, perception, memory, thinking

KIRISH Tabiat muxofazasida insonparvarlik - gumanizm maqsadlari, ya’ni kishilarga yaxshilik, g‘amxo‘rlik qilish muhim o‘rin tutadi. Hamma mashhur pedagoglar o‘quvchilarni yoshligidan boshlab insonparvarlik, tabiatparvarlik ruhida tarbiyalashni ta’kidlab kelganlar. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko’rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib bormoqda. Ekologik ongni antik davriga xos chizgilari eramizdan oldingi V asrda paydo bo‘lgan. TAHLIL VA NATIJALAR O‘rta asr davridagi ekologik ong chizgilari eramizning ilk davrlarida shakllana boshlagan. Yangi zamon ekologik ongining alohida chizgilari XVII-XVIII asrlarda vujudga kelgan bo‘lib, XIX-XX asrlarda industrial inqilobdan keyin ekologik ongning ustuvor shakliga aylangan. Yangicha ekologik ong XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgani bilan hozirgi kunga qadar ekologik ongning yetakchi shakliga aylanmagan. Ekologik madaniyat -insonlarning ekologik

bilimlari va ko‘nikmalarini amalda qo‘llay olish qobiliyatidir. Atrof-muhitga qaratilgan ong esa, insondagi ekologik tushunchalar, dunyoqarash, pozitsiya, tabiatga bo‘lgan munosabat hamda amaliy xarakterga ega bo‘lgan strategiyalardan tarkib topadi. Ekologik muammo taraqqiyot, xavfsizlik, aholining turmushi va bevosita odamlar hayotining davomiyligiga ta’sir ko‘rsatib, ayniqsa aholining eng yosh qismi bo‘lgan bolalar hayotiga katta xavf soladi. Sir emaski, ifloslangan, zaharlangan atrof-muxit birinchi navbatda hali yosh, endi rivojlanib shakllanib borayotgan organizmga katta ta’sir ko‘rsatadi, uning fiziologik va ruhiy rivojlanish holatiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Bugungi kunga kelib, murakkab global ekologik muammolarni hal etishda estetik ta’limtarbiyaning roli tobora oshib bormoqda. Zero, ekologik ehtiyoj va uni badiiy-estetik ifodalash zaruriyati ham, tajribasi tarixi ham, tabiatga atropotexnogen ta’sirning oldini olish va salbiy oqibatlarini bartaraf etishda, ta’lim-tarbiyaga muqobil yo‘l yo‘qligini ko‘rsatmoqda. Boshqacha qilib aytganda, ekologik ehtiyojni badiiy-estetik ifodalash va uni keng jamoatchilikka transformatsiya qilishning maqsadi, yaxlit xarakterga ega bo‘lib, ta’lim-tarbiya tizimini: 1) insonning tabiatga ekologik-madaniy munosabati, amaliy faoliyati yo‘nalishlarini nafosat qonunlari asosida oqilona tashkillashtirish; 2) «tabiat-jamiyat-inson» majmuasi barqaror taraqqiyotning umuminsoniy estetik maqsadga va manfaatga muvofiqligini ta’minlash; 3) tabiat boyliklari muhofazasiga yo‘naltirilgan badiiy-estetik qadriyatlarga ongli, ijodiy munosabatni shakllantirish; 4) ekologik inqirozning ijtimoiy-ma’naviy, emotsional-ruhiy va boshqa salbiy ta’sirini, oqibatlarini bartaraf qilish; 5) insoniyatning barqaror ekologik taraqqiyoti, sivilizatsiyasi kelajagining badiiy-estetik ideallarini yaratishdan iborat vazifalar yaxlitligini belgilab bermoqda. Ekologik ongni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantirish mexanizmlarining psixologik chora-tadbirlari sifatida, televideniya, siyosiy ong, iqtisodiy bilim, ta’lim-tarbiya tavsiya etiladi. Bu jarayonni maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, hozirgi kunda har bir umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy fanlar, yuqori sinf o‘quvchilarida esa ekologiya fanlari chuqurlashtirilgan dasturlar asosida o‘tilmoqda. Ushbu dasturlar an’anaviy ta’lim dasturlariga muvofiq tuzilgan va har yili yangilanib boriladi. Ayniqsa, hozirgi paytda oilada ekologik omil va talablarga asoslanib sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari muhim kasb etmoqda. Bizning nazarimizda, oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, unga rioya qilish va targ‘ib qilish, zararli odatlarni oldini olish, toza musaffo tabiiy muhitni qaror toptirishning kichik yorqin modeli xisoblanadi. I.A.Sosunovaning so‘zlariga ko‘ra, ekologik ongni o‘rganish zarurati quyidagilar bilan bog‘liq sanaladi: - Ekologik ong - XIX asr oxiridan boshlab jamoatchilik xarakati sifatida o‘rganila boshlangan; - Ekologik ong - insonning tabiat haqidagi savolga javob qidirishi bilan bog‘liq; - Ekologik ong bu - inson ongining evolyusiyasi natijasi. Unda shaxs,oila, etnos, davlat, siyosat, sayyora, makon kabi tushunchalarda aks etgan V.V.Kalitanning ta’kidicha, inson tabiatning ajralmas qismidir, tabiatga qarshi bo‘lmaslik kerak, unga zarar yetkazmaslik kerak, uni doim asrab-avaylash lozim. Tabiat vakillari bo‘lgan o‘simliklar, hayvonlar, hashoratlar ham yashashda shaxs kabi to‘la huquqli sub’ektlardir. V.R.Arseniev insonning tabiatdan uzoqlashish sabablarini quyidagicha tasvirlaydi: - Insonning va tabiat o‘rtasidagi hamkorlikning buzilishi;

- Tabiatni keragidan ortiq o‘zlashtirish; -Tabiatni ilohiylashtirish; - Atrof-muhitni tabiiy yaratilgan va shundayligicha qolishi kerak qabilida munosabatda bo‘lish va hokazo. Tabiatdagi sodir bo‘layotgan hodisa va o‘zgarishlarning bevosita har bir kishining salomatligiga, ruhiyatiga, kayfiyatiga ta’sirini ota-onalar o‘z bolalariga astoydil tushuntirishlari, bu o‘gitlar bola ko‘nglida muhrlanib, narsa, hodisalarni bilishga hamda oqilona xatti-xarakatlarga rioya qilishlariga ularning intilishlari oshadi. Evropa, Markaziy Osiyo davlatlari, Janubiy Аfrika, АkSh, Turkiya, Braziliya, Koreya, Yaponiya, Vetnam, Tayland, Tayvan, Аvstraliya kabi mamlakatlar o‘z qizil kitoblariga ega. O’zbekistonning dastlabki qizil kitobi 1983 yilda joriy etilgan bo‘lib, unga noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlarning 184 ta turi kiritilgan. Yo’qolib borayotgan noyob o’simliklarni muhofaza qilish maqsadida 1984 yil O’zbekiston qizil kitobi nashr qilindi. Unga 301 ta o‘simlik turi kiritilgan edi. Tabiatni asrash, mavjud ekologik muammolarning oldini olish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashda Qizil kitoblar haqida maʼlumotga ega bo‘lish bilan bir qatorda taʼlim maskanlarida o‘tkaziladigan tabiy fan va ekologiya darslarida o‘quvchilarga ekologik va estetik tarbiya berib borish, ularda ekologik madaniyatni shakllantirish hamda mukammal ekologik bilim berib borishga asosiy eʼtibor qaratilsa maʼqul bo‘ladi. Inson samarali mehnati, tabiat noz-neʼmetlaridan oqilona foydalanishi va uning go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishi tufayli farovon hayot kechiradi. O‘quvchilarda bu tushunchani shakllantirishda ekologik tarbiya muhim o‘rin tutadi. XULOSА Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik ong tushunchasining psixologik asoslari mavzusidagi mavjud izlanishlar tahlili quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik ong shakllanishiga taʼsir ko‘rsatuvchi psixologik omillarga axloqiy xulq-atvor motivlari, va inqirozli vaziyatlarga munosabat, tabiatga estetik munosabat, tabiat bilan o‘zaro bog‘liqlik, atrof muxitga nisbatan ekotsentrik va antropotsentrik va ekologik paradigmalar kabi psixologik mexanizmlar o‘zining taʼsirini ko‘rsatishi yaqqol namoyon bo‘lgan. Turli yoshdagi shaxslarda ekologik ong rivojlanishining psixologik mexanizmlari tahlil qilinib, bunda ayniqsa, o‘quvchi va talabalarga qaraganda o‘qituvchilarda ekologik ong va dunyoqarash shakllanganligi yaqqol farqlarni namoyon qildi. Ekologik ongning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan omillari bu taʼlim jarayonidagi egallagan bilim-ko‘nikmalari xamda axloqiy xulq-atvorning pastligi sabab bo‘lishi mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

ReLibrary iqtiboslari

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Kim iqtibos qilgan1

ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.

  1. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK ONGINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZIMLARI

    To‘rayevAhmed Xolmo‘minovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

Adabiyotlar15 ta adabiyot

  1. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 .-6 (766)-son
  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan millatlar tashkiloti bosh assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. Xalq so‘zi. 2017 yil 20 sentabr, № 189(6883)
  3. O’zbekistondagi BMT vakolatxonasining Аxborot markazi tomonidan O’zbekiston hukumati hamda BMT Taraqqiyot dasturining “Raqamli rivojlanish tashabbusi” dasturi T:. 2003 - 262 b.
  4. Аbramov Yu.F., Аleshkevich M.P., Burovskiy А.M., Kostin А.K. Litsey ekologo-informatsion texnologiya. Irko‘tsk, 2008. 189 s.
  5. Ashirboy o‘g‘li X. A. Mehnatda yoshlarning ekologik madaniyati bilan axloqiy-estetik ong imkoniyatlari dialektikasi //Ustozlar uchun. – 2024. – Т. 57. – №. 2. – С. 80-93.
  6. Anvarjonovna A. O. Ekologik ong va madaniyatni estetikalashtirishdagi pedagogik faoliyat //Uzbek Scholar Journal. – 2023. – Т. 22. – С. 72-74.
  7. Bakhtyorovna, K. M. (2024). Ways of forming pedagogical skills in the process of educational work. Gospodarka i Innowacje., 48, 18-20.
  8. M., K. . (2023). Theoretical and methodological foundations of the technology of forming reflective skills in future teachers. Journal of science, research and teaching, 2(8), 107–110. Retrieved from http://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/view/280
  9. Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. Internatiоnal Evaluatiоn Prоgrams. Internatiоnal Jоurnal оf Innоvatiоns in Engineering Research and Technоlоgy, 1-5.
  10. Mamatkоbilоva, S., & Julayeva, M. (2020). Factоrs affecting family strength
  11. Dual education in the integrative macroenvironment of professional education (journal of educational discoveries and lifelong learning( EJEDL)
  12. Ачилов, Н. А., & Джураев, Ф. Р. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА “ВОСПИТАНИЕ” В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.
  13. Ачилов, Н. А., & Джураев, Ф. Р. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА “ВОСПИТАНИЕ” В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Главный редактор ЕС Овечкина, 697.
  14. US Yakubova O ‘QITUVCHILАRNING IJTIMOIY-PEDАGOGIK KOMPETENTLILIGINI RIVOJLАNTIRISH METODIKАSI Inter education & global study, 2024
  15. Sharifovna, Y. U. (2022). Professional Qualities of a Social Educator. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(5), 171-175.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012660
Nashr sanasi
2024-12-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
11
DOI
10.66073/researchfocus.v3i11.1169
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
113–116
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11