Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

YOZMA TARJIMA KO‘NIKMASINI PARALLEL VA QIYOSIY KORPUSLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi1, Axmedova Anorxon Nasivali qizi22025

  1. 1Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori
  2. 2O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 12Sahifa 80–86

Annotatsiya

Ushbu maqolada parallel va qiyosiy korpuslarning tarjimashunoslik va yozma tarjimani o‘qitish jarayonidagi roli va amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi. Parallel korpuslar tarjima aniqligini oshirish, lug‘at boyligini kengaytirish va mashina tarjimasi tizimlarini takomillashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta‘kidlanadi. Parallel korpuslar yordamida turli tizimli matnlardagi madaniy va kontekstual tafovutlarni aniqlash, tabiiy til xususiyatlarini lingvistik tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, korpusga asoslangan elektron lug‘at orqali talabalar uchun yozma tarjimani o‘qitish jarayonida amalga oshirilgan kuzatishlar tahlilga tortilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ПИСЬМЕННОГО ПЕРЕВОДА С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПАРАЛЛЕЛЬНЫХ И СОПОСТАВИТЕЛЬНЫХ КОРПУСОВ

В данной статье рассматриваются роль и практическое значение параллельных и сопоставительных корпусов в процессе обучения переводоведению и письменному переводу. Подчеркивается, что параллельные корпуса служат важным ресурсом повышения точности перевода, ра сширения словарного запаса и совершенствования систем машинного перевода. Используя параллельные корпуса, можно выявить культурные и контекстуальные различия в разных структурных текстах, а также лингвистически проанализировать особенности естественного языка. Также были проанализированы наблюдения, сделанные в процессе обучения студентов письменному переводу посредством корпусного электронного словаря.

inglizchaFEATURES OF DEVELOPING WRITTEN TRANSLATION SKILLS WITH THE HELP OF PARALLEL AND COMPARABLE CORPORA

This article discusses the role and practical significance of parallel and comparable corpora in translation studies and in the process of teaching written translation. It is emphasized that parallel corpora serve as an important resource for increasing the accuracy of translation, expanding vocabulary and improving machine translation systems. With the help of parallel corpora it is possible to identify cultural and contextual differences in texts of different systems and to carry out a linguistic analysis of the features of natural language. The observations made in the process of teaching written translation to students by means of a corpus-based electronic dictionary are also analysed.

Kalit so‘zlar

  • Parallel korpus
  • qiyosiy korpus
  • tarjimashunoslik
  • yozma tarjima
  • mashina tarjimasi
  • madaniy moslashuv
  • lingvistik tadqiqotlar
  • til o‘qitish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

YOZMA TARJIMA KO‘NIKMASINI PARALLEL VA QIYOSIY KORPUSLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Axmedova Anorxon Nasivali qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10. 5281/zenodo.14611269 Annotatsiya: Ushbu maqolada parallel va qiyosiy korpuslarning tarjimashunoslik va yozma tarjimani o‘qitish jarayonidagi roli va amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi. Parallel korpuslar tarjima aniqligini oshirish, lug‘at boyligini kengaytirish va mashina tarjimasi tizimlarini takomillashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlanadi. Parallel korpuslar yordamida turli tizimli matnlardagi madaniy va kontekstual tafovutlarni aniqlash, tabiiy til xususiyatlarini lingvistik tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, korpusga asoslangan elektron lug‘at orqali talabalar uchun yozma tarjimani o‘qitish jarayonida amalga oshirilgan kuzatishlar tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: Parallel korpus, qiyosiy korpus, tarjimashunoslik, yozma tarjima, mashina tarjimasi, madaniy moslashuv, lingvistik tadqiqotlar, til o‘qitish.

SPECIFIC FEATURES OF DEVELOPING WRITTEN TRANSLATION SKILLS USING PARALLEL AND COMPARATIVE CORPORA Abstract: This article discusses the role and practical significance of parallel and comparative corpora in the process of teaching translation studies and written translation. It is emphasized that parallel corpora serve as an important resource for increasing translation accuracy, expanding vocabulary, and improving machine translation systems. Parallel corpora provide an opportunity to identify cultural and contextual differences in texts of various structures, and to perform linguistic analysis of natural language features. Also, observations made during the process of teaching written translation to students using a corpus-based electronic dictionary are analyzed. Keywords: Parallel corpus, comparative corpus, translation studies, written translation, machine translation, cultural adaptation, linguistic research, language teaching.

ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ПИСЬМЕННОГО ПЕРЕВОДА С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПАРАЛЛЕЛЬНЫХ И СОПОСТАВИТЕЛЬНЫХ КОРПУСОВ Аннотация: В данной статье рассматриваются роль и практическое значение параллельных и сопоставительных корпусов в процессе обучения переводоведению и письменному переводу. Подчеркивается, что параллельные корпуса служат важным ресурсом повышения точности перевода, расширения словарного запаса и совершенствования систем машинного перевода. Используя параллельные корпуса, можно выявить культурные и контекстуальные различия в разных структурных текстах, а также лингвистически проанализировать особенности естественного языка. Также были проанализированы наблюдения, сделанные в процессе обучения студентов письменному переводу посредством корпусного электронного словаря. Ключевые слова: Параллельный корпус, сравнительный корпус, переводоведение, письменный перевод, машинный перевод, культурная адаптация, лингвистические исследования, обучение языку.

KIRISH So‘nggi yillarda korpus tilshunosligining rivojlanishi va lingvistik materiallarni qayta ishlashning statistik usullariga e’tiborning kuchayishi turli tillardagi parallel yoki o‘xshash matnlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan qator tadqiqotlarning bajarilishiga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqotimiz jarayonida korpus tilshunosligida tarjimashunoslikning ajralmas qismiga aylanib borayotgan tarkibiy qismlaridan biri – parallel matnlarga asosiy e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq. Tarjima ishlari, tarjima ta’limi va tarjima tadqiqotlarida korpusdan foydalanish bo‘yicha izlanishlar 1990-yillarda boshlangan. Baker1 tarjimonlarning faoliyatini tadqiq qilish maqsadida parallel korpusda asliyat matni va tarjima matni orasidagi farqni o‘rgangan. Xuddi shu davrda, Aston2 korpuslardan tarjima va tarjima o‘rgatish jarayonida foydalanish usullarini aniqlab bergan, shuningdek, “Corpus Use and Learning to Translate (CULT)” korpuslardan tarjima jarayonida foydalanishga bag‘ishlangan birinchi konferensiyalari o‘tkazilgan. O‘sha vaqtdan buyon tarjimani o‘rganish uchun korpuslarni yaratish va ularni takomillashtirishga, shuningdek, tarjimonlar uchun zarur ma’lumotlarni topishga yordam beradigan mos korpuslardan qanday foydalanishni ko‘rsatishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbek tilshunosligi, tarjimashunosligi va tarjimani o‘qitishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda ham korpuslardan foydalanish, korpus orqali tarjima metodlari, texnikalarini o‘qitish yuzasidan bir qancha ishlar, bir nechta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda. Mana shu kabi loyihalardan biri O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan IL-7823051524 sonli “PARATRANSLATOR- parallel korpusga asoslangan elektron kontekstologik tarjima lug‘at platformasini yaratish” nomli amaliy loyihamiz doirasida ilk bor o‘zbek tilining ko‘p tilli parallel korpus dasturiy ta’minotining interfeysi Respublikamizning yetuk mutaxassislari tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan yaratildi va takomillashtirib kelinmoqda3. Ushbu loyihada ingliz, franzus, rus, turk, koreys, yapon tillari doirasida tarjima qilingan parallel korpuslardan iborat web dastur yaratish amalga oshirilmoqda. Shuningdek, platformada tarjima elektron lug‘atlar mavjud. Ma’lumki, korpus faqat bir til doirasida yaratilgan bo‘lsa, monolingval korpus, boshqa tillar doirasida yaratilgan bo‘lsa parallel korpus deb nomlanadi. Parallel korpusda asliyatdagi matn va uning muayyan tildagi tarjimasiga doir paragraf, jumla yoki so‘zlarning o‘zaro muqobillik juftliklari bazaga kiritiladi. Shunga o‘xshash korpus turi qiyosiy korpus bo‘lib, muayyan mazmundagi asliyat va uning tarjimalari baza sifatida korpusga kiritiladi. Masalan, qiyosiy korpus sifatida olingan turli OAVdagi yangiliklar muayyan vaqtga tegishli emas, balki so‘zlarni mavzuni yoritishda qo‘llash mahorati va matn strukturasini shakllantirish uchun qiyosiy-chog‘ishtiruv aspektida o‘rganiladigan sohalarning obyekti vazifasini bajaradi.4 Yozma tarjimani parallel va qiyosiy korpuslar yordamida o‘qitish bir qancha imkoniyatlar yaratadi. Mazkur imkoniyatlar talaba hamda o‘qituvchiga bir qancha qulayliklar yaratib beradi. Tarjima tadqiqotlarida parallel korpus tarjima tadqiqoti va metodikasida qo‘llaniladigan kompyuterlashtirilgan vosita sifatida qaraladi. Ushbu turdagi korpus ma’lum matn turlari, tarjima

1 Baker M. The role of corpora in investigating the linguistic behaviour of professional translators. International Journal of

Corpus Linguistics, 4, 2, 281-298. St. Jerome Publishing Manchester, UK & Northampton MA 2 Aston G. Corpus use and learning to translate. Textus, 12. 1999. – P. 289-313. 3 https://paratranslator.uz/ 4 Abduraxmonova N.Z. O‘zbek tili elektron korpusining elektron modellari. Globe edit. – Republic of Moldova. 2021. – P. 52.

amaliyoti, shuningdek, kollokatsiya va semantik maydon kabi lingvistik tadqiqotlarni o‘rganishga yordam beruvchi vositalarni taqdim etadi.5 D. Kenny6 va Fernandslar7 esa o‘z tadqiqotlarida parallel korpuslarni ma’lum turdagi matnlarni tarjima qilish amaliyotini o‘rganish uchun qo‘llaniladi, chunki ular tadqiqotchilarga bir turdagi matnning ayrim elementlarni tarjima qilishda professional tarjimonlar tomonidan qo‘llanilgan strategiyalar yoki texnikalarni aniqlash imkonini beradi deb ta’kidlashadi. “Bugungi kunda pedagogik nuqtai nazaridan parallel korpuslar talabalarga tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun professional tarjimonlar tomonidan taklif etilgan yechimlarni topishda yordam beradi.” deya ta’kidlaydi Pierson o‘z tadqiqotlarida. Tarjimonlik sohasida ham bir qancha lingvistik instrumentlar mayjud. Ular parallel tarzda tarjima muqobillarini serverda to'plash hamda bilingval terminologik ma'lumotlar bazasini yig'ishga moljallangan. Parallel korpusga asoslangan bilingval terminlarni boyitib borish o'tgan asming 80-yillariga borib taqaladi. Shu davrda yaponiyalik olim Makato Nagao namunaga asoslangan (example based translation) mashina tarjimasi texnologiyasini ilgari surgan. Endilikda ushbu turdagi texnologiyalar tarjima xotirasi (TM-translation memory) nomini oldi.8 Parallel korpus bitta tildagi matnlarni boshqa bir yoki bir nechta tillarga tarjima qilingan matnlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu korpuslar so‘z, gap yoki paragraf darajasida muvofiqlashtirilgan/segmentlangan bo‘lib, manba matni va uning tarjimasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash imkonini beradi. Parallel korpusning asosiy qo‘llanish sohalari quyidagilar: 1) Tarjimashunoslikda muayyan til juftliklari o‘rtasida tarjima qanday amalga oshirilishini o‘rganishga yordam beradi. 2) Mashina tarjimasida uning tizimlarini o‘qitish va baholash uchun ma’lumotlar bazasi sifatida ishlatiladi. 3) Til o‘rganishda o‘quvchilarga turli ifoda va grammatik qurilmalar boshqa tillarda qanday qo‘llanilishini tushunishga yordam beradi. Qiyosiy korpus esa ikki yoki undan ortiq tillarda yozilgan, mavzu, janr va uslub jihatidan o‘xshash, lekin tarjima qilinmagan matnlarni o‘z ichiga oladi. Bu matnlar bir mazmun asosida tanlanib, quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: 1) Lingvistik tadqiqotlarda har xil tillar muayyan mavzular yoki kontekstlarni qanday tabiiy tarzda ifoda etishini o‘rganishga imkon beradi. 2) Leksik tadqiqotlar turli tillarda atamalar va kollokatsiyalarning ekvivalentlarini topishda qo‘llaniladi. 3) Madaniy tadqiqotlar har xil madaniyatlar bir xil hodisalarni qanday tasvirlashini tahlil qilish imkonini beradi. 1-jadval. Parallel va qiyosiy korpuslarning o‘xshash jihatlari Foydalanish maqsadi Ikki til korpuslari Tadqiqot uchun foydalilik Har ikkala korpus ham lingvistik tadqiqotlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tilning qo‘llanilishi, tuzilishi va rivojlanishini o‘rganishga yordam beradi.

5 Baker M. Corpora in Translation Studies. An Overview and Suggestions for Future Research. Target 7(2). 1995. – P. 223-243. 6 Kenny D. Corpora. In M. Baker & G. Saldanha (Eds.), Routledge Encyclopedia of Translation Studies (2nd ed.) London and New

York: Routledge. 2009. – P. 59-63. 7 Fernandes L. A Portal into the unknown: designing, building and Processing a Parallel Corpus. CTIS Occasional Papers, 4, 2009.

– P. 16 - 36. 8 Abduraxmonova N.Z. O‘zbek tili elektron korpusining elektron modellari. Globe edit. – Republic of Moldova. 2021. – P. 54.

Tilni taqqoslash Tillarning o‘xshash kontekstlarda qanday foydalanilishini yoki o‘xshash mazmunni tarjima qilish usullarini taqqoslash imkonini beradi. Til o‘rganish Lug‘at boyligi, grammatika va qo‘llanilish bo‘yicha tushunchalarni yaxshilash uchun har ikkala korpusdan foydalanish mumkin.

2-jadval. Parallel va qiyosiy korpuslarning farqli jihatlari Parallel korpus Qiyosiy korpus Matnlarning tabiatiga ko‘ra Parallel korpus tarjima orqali bevosita Qiyosiy korpus esa mavzu va uslub jihatidan bog‘langan matnlardan iborat bo‘lib, ularning o‘xshash bo‘lsa-da, tarjima bog‘lanishiga ega yuqori darajada ekvivalentligini ta’minlaydi. emas va tabiiy til farqlarini aks ettiradi. Foydalanish maqsadiga ko‘ra Parallel korpus ko‘proq tarjima aniqligi va Qiyosiy korpus esa tarjima tarafkashligisiz til mashina tarjimasi o‘qitish uchun ishlatiladi. farqlari va madaniy o‘ziga xosliklarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Tuzilishdagi murakkabliklariga ko‘ra Parallel korpus yaratish ko‘pincha murakkab Qiyosiy korpus esa matnlarning mosligini muvofiqlashtirish jarayonini talab qiladi, ta’minlash uchun ehtiyotkorlik bilan tanlanishi chunki matnlar bir necha darajalarda kerak, lekin uni muvofiqlashtirish shart emas. moslashtirilishi kerak. Korpuslarni yaratishdagi farqlarga ko‘ra Parallel korpuslar tarjima jarayoniga Qiyosiy korpuslar esa bilvosita bilimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuncha berib, haqiqiy taqdim etib, o‘xshash mazmun tabiiy ravishda tarjima matnlarini ko‘rsatadi. Bu so‘zma-so‘z turli tillarda qanday aks ettirilganini tarjimalar va mashinalarni o‘qitish uchun ko‘rsatadi, bu esa madaniy moslashuv va muhimdir. noan’anaviy tarjimalar uchun zarurdir.

MUAMMO Parallel va qiyosiy korpuslar tilning qo‘llanilishi va tuzilishi haqidagi qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi, biroq ularning qo‘llanilish sohalari ularning tuzilishiga ko‘ra sezilarli darajada farqlanadi. Parallel korpus bevosita tarjimalarni taqqoslash va korpus orqali tilni o‘qitishda foydali bo‘lsa, qiyosiy korpus tabiiy tildan foydalanish va madaniy tadqiqotlar uchun ko‘proq mos keladi. Parallel va qiyosiy korpuslar tarjimashunoslik sohasida muhim vositalar bo‘lib, har biri o‘ziga xos maqsadlarni amalga oshirish va tarjima jarayoni haqida noyob bilimlarni taqdim etishga xizmat qiladi. Parallel korpus tarjimonlar va lingvistlar uchun bebaho manba bo‘lib, unda manba tilidagi matnlar bir yoki bir nechta maqsad tillarga tarjima qilingan matnlar bilan birgalikda joylashtiriladi. Ushbu matnlar gap yoki paragraf darajasida sinchkovlik bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash imkonini beradi. Parallel korpuslar bir qancha tarjima sohalarida qo‘llaniladi:

1. Tarjima amaliyotini o‘qitishda. Parallel korpuslar ta’lim muassasalarida tarjima texnikalarini o‘rgatishda qo‘llaniladi. Talabalar turli tarjimonlarning bir xil matnni qanday tarjima qilganini, qanday strategiyalarni qo‘llaganini va madaniy nozik jihatlarni qanday aks ettirganini o‘rganishlari mumkin.

2. Avtomatlashtirilgan tarjima vositalarida ishlatiladi. Ushbu korpuslar mashina tarjimasi (MT) tizimlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda asosiy ahamiyatga ega. Moslashtirilgan matnlarning katta to‘plamlarini tahlil qilish orqali MT algoritmlari so‘zlar, iboralar va gaplarning ekvivalent tarjimalarini taqdim etadi.

3. Tarjima sifatini baholashda zaruriy manba hisoblanadi. Parallel korpuslar tarjimonlar va tadqiqotchilar tomonidan tarjima sifatini baholashda ishlatiladi. Bu jarayonda idiomalar yoki madaniy kontekstlar kabi maxsus tarjima muammolarining qanday hal qilinganini tahlil qilish imkonini beradi.

4. Leksikografiya va terminologiya sohalarida parallel korpuslar yordamida ikki tilli lug‘atlar va maxsus sohalar uchun glossariylar yaratishga yordam beradi. Tarjimonlar turli kontekstlarda atamalarning qanday ishlatilishini aniqlab, eng mos tarjimalarni topishlari mumkin.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima bilan bog‘lanmagan bo‘lsa-da, qiyosiy korpus bir nechta tillardagi janr, mavzu yoki uslub jihatidan o‘xshash matnlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu korpuslar turli tillardagi o‘xshash mavzularni mustaqil ravishda qanday muhokama qilganini aks ettiradi.

Qiyosiy korpuslar quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

1. Noan’anaviy tarjima tadqiqotlarida ishlatiladi. Qiyosiy korpuslar bevosita ekvivalent mavjud bo‘lmagan tarjimalarni o‘rganishda juda foydali hisoblanib, ular bir tilga xos bo‘lgan tushuncha va atamalar boshqa tillarda qanday ifodalanganini aniqlashga yordam beradi.

2. Madaniy tafovutlar va o‘xshash jihatlarni aniqlashda qo‘llaniladi. Ushbu korpuslar tarjimada madaniy moslashuv jarayonlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Tarjimonlar turli madaniyatlar bir xil mavzularni qanday hal qilishini ko‘rib, madaniy jihatdan hal qiluvchi tarjima qarorlarini qabul qilishlari mumkin.

3. Til o‘zgarishini tahlil qilishda foydalaniladi. O‘xshash mavzular turli tillarda qanday muhokama qilinishini taqqoslash orqali tarjimonlar har bir til jamiyatida keng tarqalgan uslubiy afzalliklar va ritorik strategiyalarni tushunishlari mumkin, bu esa adekvat tarjimalarni yaratishda muhim manba hisoblanadi.

YECHIM Parallel va qiyosiy korpuslar tarjimashunoslikni faqat lingvistik faoliyat sifatida emas, balki madaniy va texnologik tadqiqot sohasi sifatida rivojlantirishda asosiy o‘rin tutadi. Ular tillararo to‘siqlarni bartaraf etishga va turli lingvistik hamda madaniy makonlar o‘rtasidagi muloqotni yaxshilashga xizmat qiladi.

Parallel korpuslar tarjima va tilshunoslik sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ularning ayrim kamchiliklari mavjud. Quyida ularning asosiy cheklovlari haqida batafsil ma’lumot beramiz.

1. Barcha tillarda ham parallel korpuslarning mavjud emasligi. Parallel korpuslarni tuzish va ulardan foydalanish kam resursli yoki kam qo‘llaniladigan tillar uchun murakkab masala bo‘lib qolmoqda. Bunday tillar bo‘yicha ma’lumotlarning yetishmasligi ularni lingvistik tadqiqotlar va tarjima amaliyoti uchun samaradorligini kamligiga olib keladi.

2. Sohalar bo‘yicha cheklovlarning borligi. Parallel korpuslar odatda faqat ma’lum sohalar, masalan, huquqiy, texnik yoki adabiy yo‘nalishdagi matnlarni o‘z ichiga oladi. Maxsus sohalar yoki zamonaviy mavzularga oid materiallarning yo‘qligi korpusni kengroq qo‘llash imkoniyatini cheklaydi.

3. Manba matnga haddan tashqari bog‘liqlikni keltirib chiqaradi. Ya’ni parallel korpuslarni o‘qitish jarayonida so‘zma-so‘z tarjimaga bog‘lanib qolish havfi ortadi. Parallel korpuslar bilan ishlash jarayonida tarjimonlar so‘zma-so‘z tarjimaga haddan tashqari e’tibor berib, matnning madaniy va kontekstual jihatlariga kamroq e’tibor qaratishlari ehtimoldan holi emas.

4. Ijodiy yondashuvning cheklanishiga olib keladi. Tarjimonlar korpusdagi mavjud namunalar bilan cheklanishi, ijodiy yoki madaniyatga moslashtirish texnikalarini qo‘llashdan cheklashga olib keladi.

Parallel korpuslar o‘zining foydaliligiga qaramay, ular ba’zan tarjimonlarni qat’iy va ijodiy fikrlashlariga to‘sqinlik qiluvchi qaror qabul qilishiga undashi yoki tor doiradagi mavzularda cheklanishi mumkin. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun parallel korpuslarni boshqa vositalar va usullar bilan birgalikda qo‘llash muhimdir.

Tarjima jarayonida qiyosiy korpuslardan foydalanishning bir qancha foydali tomonlari bo‘lsa-da, mazkur korpuslardan foydalanishning kamchiliklari ham mavjud. Ular quyidagilardan iborat, 1. Cheklangan aniqlik. Qiyosiy korpuslar bevosita tarjima ekvivalentlarini taqdim etmaydi, bu esa ayrim so‘z yoki iboralar uchun aniq tarjimalarni aniqlashni qiyinlashtiradi.

2. Taqqoslashning nisbiyligi. Tanlangan matnlarning haqiqatan ham taqqoslanishi har doim kafolatlanmaydi, bu esa noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi talqinlarga olib kelishi mumkin.

3. Resurslarning intensivligi, tanlashdagi qiyinchiliklar: Matnlarning haqiqatan ham taqqoslanadigan bo‘lishini ta’minlash uchun sinchkovlik bilan tanlash va tartibga solish talab etiladi, bu esa vaqt va resurslar talab qiladigan jarayondir.

4. Talqindagi qiyinchiliklar: Bevosita tarjima bog‘lanishining yo‘qligi nozik lingvistik yoki madaniy jihatlarini talqin qilishda xatolarga olib kelishi mumkin.

Yuqorida keltirib o‘tilgan yozma tarjimani o‘qitish jarayonida parallel hamda qiyosiy korpuslardan foydalanishdagi ba’zi kamchiliklarga ega bo‘lsa-da, ularning o‘quv jarayoniga qo‘shadigan ijobiy jihatlari sezilarli ahamiyatga ega. Parallel korpuslar talabalarni aniq tarjima ekvivalentlarini aniqlashga o‘rgatadi va ularga lug‘at boyligini oshirish hamda tarjima strategiyalarini tahlil qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, bu korpuslar ba’zan ijodiy yondashuvni cheklashi yoki haddan tashqari so‘zma-so‘z tarjimalarga olib kelishi mumkin. Ushbu resurslardan foydalanish tanlangan tarjimaning o‘ziga xos talablariga bog‘liq. Ular birgalikda tarjima sifatini oshirish, madaniy tushunchalarni rivojlantirish va tarjima texnologiyalarini takomillashtirishga sezilarli hissa qo‘shadi.

Qiyosiy korpuslar esa tabiiy tilning madaniy va kontekstual o‘ziga xosliklarini o‘rganishda foydali bo‘lib, talabalarni turli madaniyatlarda mavzularni qanday yoritishni tushunishga yordam beradi. Biroq, bunday korpuslardan foydalanish aniq tarjimalar uchun murakkabliklarni keltirib chiqarishi va matnlarning chinakam taqqoslanishini ta’minlashda qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.

XULOSA Xulosa qilib aytganda, parallel va qiyosiy korpuslarning o‘zaro birikmasi yozma tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning o‘qitish jarayonida mohirona qo‘llanilishi nafaqat til qobiliyatini, balki talabalar ijodiy fikrlashini va madaniy tushunchalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Shu bois, bu korpuslardan foydalanishda ularning imkoniyatlari va cheklovlarini muvozanatli tarzda baholash muhimdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Abduraxmonova N.Z. O‘zbek tili elektron korpusining elektron modellari. Globe edit. – Republic of Moldova. 2021. 156-pp.
  2. Akhmedova A. Stages of creating parallel corpus of English-Uzbek similes. Philology matters. – Toshkent. (Vol. 38 №3). 2021. – P. 60-75.
  3. Axmedova A. Parallel korpusda o‘xshatishlarning lisoniy modellari. O‘zbekiston milliy axborot agentligi – O‘zA ilm-fan bo‘limi (Elektron jurnal) – Toshkent. 2021. – B. 108-119.
  4. Kenny, D. Corpora. In M. Baker & G. Saldanha (Eds.), Routledge Encyclopedia of Translation Studies (2nd ed.) London and New York: Routledge. 2009. – P. 59-63.
  5. Fernandes, L. A Portal into the unknown: designing, building and Processing a Parallel Corpus. CTIS Occasional Papers, 4, 2009. – P. 16-36.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012703
Nashr sanasi
2025-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v3i12.1215
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
80–86
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11