Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
3 986 natija
Barchasi
3 986 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
ҚОРАМОЛЛАРГА МУЛТИВИТ+МИНЕРАЛЛАР ВА БОДИФОРС ПРЕПАРАТИ ҚЎЛЛАГАНДА УЛАР ҚОНИНИНГ МОРФОЛОГИК КЎРСАТКИЧЛАРИ.
V.U.Ro‘zimov, ,D.A.Ernazarov, Niyozov H. B. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ушбу мақолада қорамолларда Мултивит+Минерали ва Бодифорс препаратларидан биргаликда маълум меъёр ва миқдорда қўлланилганда, қорамолларнинг эритроцитлар миқдори ўртача 19,3% га лейкоцитлар миқдори-16 % га, гемоглобин миқдори-21,8% га, гематокрит фоизи 15,3 % га кўпайиши, эритроцитларнинг чўкиш тезлиги 18 % га пасайиши ҳамда ҳайвонларда эозинофиллар 4% га, таёқча ядроли нейтрофиллар фоизи 2,5% га, сигмент ядроли нейтрофиллар фоизи 8,7 % га камайиши ва қондаги лимфоцитлар фоиз кўрсаткичи 4,7 % га кўпайганлиги баён этилган
- Ochiq kirishMaqola
QON CHO‘PI (CHELIDONIUM MAJUS) O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA CHISTOTEL PREPARATINING QUYONLAR TERISIGA FARMAKOTOKSIKOLOGIK TA‘SIRI
D.A.Ernazarov, H.B.Niyozov · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada qon cho‘pi (Chelidonium majus.) o‘simligining kimyoviy tarkibi, biologik faol moddalari, uning asosida tayyorlanadigan chistotel preparatining farmakologik xususiyatlari hamda quyonlar terisiga bo‘lgan farmakotoksikologik ta‘siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari o‘simlikdan olinadigan preparatlarning antimikrob, yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiya jarayonini tezlashtiruvchi xususiyatlarini tasdiqlaydi.
- Ochiq kirishMaqola
КАЧЕСТВО ЖИЗНИ ПАЦИЕНТОВ С ВИТИЛИГО И ВЛИЯНИЕ СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДОВ ТЕРАПИИ
Насридинов Фариджон Абдураимович, Толибов Мансур Махмудович · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu tadqiqotda zamonaviy davolash usullarining vitiligo bilan og‘rigan bemorlar hayot sifatiga ta‘siri baholanib, klinik va psixososial natija nuqtai nazaridan eng samarali yondashuvni aniqlash ko‘zda tutilgan. Tahlil uchta terapevtik guruhni taqqoslash yo‘li bilan o‘tkazildi. Klinik indekslar va validlashtirilgan so‘rovnomalar ma‘lumotlari asosida hayot sifati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi va ularning repigmentatsiya darajasi bilan bog‘liqligi aniqlandi. Kasallik klinik og‘irligining dinamikasi va psixoemotsional holat parametrlari statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Bundan tashqari, bemorlarning turli davolash turlaridan qoniqish darajasi hisoblab chiqildi, bu esa terapiya samaradorligining muhim yaxlit ko‘rsatkichidir.
- Ochiq kirishMaqola
ВЛИЯНИЕ ПСИХОЭМОЦИОНАЛЬНОГО СТРЕССА НА ИММУННЫЕ МЕХАНИЗМЫ РАЗВИТИЯ ПСОРИАЗА
Курбанов Шахбоз Ильхомович, Толибов Мансур Махмудович · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu tadqiqotda psixoemotsional stressning psoriaz rivojlanishining immun mexanizmlariga ta‘siri baholanib, stress yuklamasi, neyroendokrin yo‘llarning faollashuvi va Th17 vositachiligidagi yallig‘lanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash ko‘zda tutilgan. Tahlil psoriaz bilan og‘rigan, psixoemotsional stress darajasi yuqori va past bo‘lgan bemorlarni taqqoslash yo‘li bilan o‘tkazildi. Klinik indekslar, psixometrik shkalalar va immunologik ko‘rsatkichlar asosida stressning kasallik faolligiga va o‘ziga xos immun mexanizmlarga ta‘sir darajasi aniqlandi. Kortizol, neyropeptidlar, asosiy proyallig‘lanish sitokinlari darajalari va Th17 hujayralar populyatsiyasi korrelyatsion tahlil yordamida o‘rganildi. Bundan tashqari, stress markerlari bilan psoriazning klinik faolligi o‘rtasida barqaror bog‘liqliklar aniqlandi, bu esa kompleks psixoimmun terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish uchun muhim ko‘rsatkichdir.
- Ochiq kirishMaqola
ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI KONDENSATOR QURILMASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI (IES KONDENSATORLAR I FAOLIYATINI TAHLIL QILISH)
B. X. Yunusov, B.R. Mamadiyev · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqola issiqlik elektr stansiyalari (IES) samaradorligini bevosita belgilovchi bug‘ turbinasi kondensatorlarining ish faoliyatini optimallashtirish usullarini tahlil qiladi. Kondensatorning asosiy ko‘rsatkichlari — vakuum darajasi va issiqlik uzatish koeffitsiyentiga salbiy ta‘sir qiluvchi omillar (ifloslanish, havo so‘rilishi ) o‘rganilgan. Amaliy tavsiyalar yetakchi xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari hamda o‘zimizning ilmiy izlanishlarimiz asosida berilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, kompleks yondashuv orqali stansiyaning umumiy issiqlik samaradorligini sezilarli darajada oshirish mumkin.
- Ochiq kirishMaqola
BALIQLAR SAPROLEGNIOZINING KIMYOPROFILAKTIKASI
Xushnazarova M.I. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada baliqchilik korxonasi foydali biznes ekanligi, ammo uning serdaromadligiga tahdid soluvchi xavflardan eng kattasi — kasalliklarning baliqchilik xo‘jaliklarida yuzaga kelishi bayon qilingan. Maqolada aynan kasalliklar ichida Saprolegniasis katta ahamiyatga ega bo‘lib, kasallikni Saprolegnia turiga mansub zamburug‘lar chaqirishi, kasallik odatda baliqning immun tizimi zaiflashganda, ya‘ni yomon boshqaruv amaliyotlari, past sifatli suv, haroratning keskin o‘zgarishi yoki baliq tanasidagi jarohatlar natijasida boshlanadigan ikkilamchi infeksiyaligi adabiyot va tadqiqotlar asosida ma‘lumot berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
SO‘LAK BEZLARI O‘SMALARINING PATOGENEZI VA MOLEKULAR-GENETIK JIHATLARI
Ergashev Bekzod Jaloliddin o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada so‘lak bezlari o‘smalarining rivojlanishiga asos bo‘luvchi molekulyar-genetik mexanizmlar tahlil qilinadi. Asosiy genetik mutatsiyalar (PLAG1, HMGA2, CTNNB1) va ularning o‘sma o‘sishiga ta‘siri ko‘rib chiqiladi. Karcinogenez jarayonida buzilgan signal uzatish yo‘llari (Wnt/β-katenin, PI3K/AKT/mTOR, NF-kB) ning roli yoritiladi. Molekulyar belgilarning (CK7, p40, p63, SOX10, S-100) ifodalanishiga va ularning diagnostik ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratiladi. Surunkali yallig‘lanish va proinflammator sitokinlarning (IL-6, TNF-α) o‘sma rivojlanishiga ta‘siri muhokama qilinadi. Ushbu sharh maqola so‘lak bezlari o‘smalarini davolashga qaratilgan molekulyar nishonlarni aniqlash va yangi diagnostik va terapevtik strategiyalar ishlab chiqish zaruratini ta‘kidlaydi.
- Ochiq kirishMaqola
KLINIK ENDODONTIYADA IRRIGATSION ERITMALAR: TURLARI, XUSUSIYATLARI VA FAOLLASHTIRISH MEXANIZMLARI
Ergashev Bekzod Jaloliddin o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu adabiyotlar sharhida klinik endodontikada qo‘llaniladigan irrigatsiya eritmalarining turlari, xususiyatlari va faollashtirish mexanizmlari keng qamrovli tahlil qilingan. 58 ta dolzarb tadqiqot asosida sodium gipoxlorit keng spektrli antimikrobiyal va to‘qima eritish xususiyatlari tufayli asosiy irrigant sifatida e‘tirof etilgan. EDTA smear qatlamini olib tashlashda samarali ekani ko‘rsatilgan. MTAD va QMix kabi zamonaviy irrigantlarning ko‘p funksiyali xususiyatlari ta‘kidlangan bo‘lsa-da, ularning klinik natijalari hali to‘liq isbotlanmagan. Irrigantlarni faollashtirish irrigatsiya samaradorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Passiv ultrasonik irrigatsiya (PUI) irrigant penetratsiyasini oshirish va biofilmni yo‘qotishda eng samarali usul sifatida ajralib turadi. Sonik faollashtirish, salbiy bosim tizimlari va lazer yordamida irrigatsiya muqobil yoki yordamchi variantlar sifatida o‘rganilgan. Tahlil natijasida NaOCl va EDTA ni ultrasonik faollashtirish bilan birlashtirish optimal dezinfeksiya va uzoq muddatli klinik muvaffaqiyat uchun eng yaxshi natija berishini tasdiqlaydi. Xavfsizlik jihatlari, xususan irrigant ekstruziya va to‘qimalarga toksik ta‘siri, klinik protokol tanlashda hisobga olinishi lozim.
- Ochiq kirishMaqola
ЛЕЧЕНИЯ ПАЦИЕНТОВ С АЛЬВЕОЛИТАМИ ЛУНОК ЗУБОВ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ)
Шадиев Садулла Самехжанович, Тухтасинова Гулнигор Шохруховна · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada tish olingandan keyingi katakcha alveolitlarining adabiyotlar sharhi keltirilgan. Tish katakchalari alveoliti yuzaga kelishida odontogen infeksiya, mahalliy qon ta‘minoti va anestetiklardan foydalanishning roli qayd etilgan. Kasallikning etiologiyasi, patogenezi, epidemiologiyasi, tashxisi, qiyosiy tashxisi, shuningdek alveolitlarni jarrohlik va konservativ davolashning zamonaviy usullari batafsil bayon etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
DENTAL IMPLANTATSIYADAN KEYINGI PERIIMPLANTITLARNI KOMPLEKS DAVOLASHNI MIKROBIOLOGIK KO‘RSATKICHLARGA KO‘RA QIYOSIY
Shodiyev Sa‘dulla Samexjanovich, Gafforov Usmon Bobonazarovich, Asrorov Maxmudjon Akmal o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Dental implantatsiya o‘tkazilgan 66 nafar bemorlar kuzatuvda bo‘lgan. Asosiy guruhdagi bemorlarga mahalliy ozonoterapiya qo‘llanilgan. Bakteriologik tahlillar o‘tkazilgan. Taklif etilgan kombinirlangan davolash usulida, paradontning yallig‘langan qismlaridagi mikroorganizmlar son va sifat jihatdan kamayishga olib kelinganligi qayd etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ФАРМАКОПЕЙНЫЙ АНАЛИЗ НЕОРГАНИЧЕСКИХ ЛЕКАРСТВЕННЫХ СРЕДСТВ.
Изатуллаев Сарвар Абдуманнонович, Исроилов Бектош Нодир угли, Хуррамова Сабрина Муродилло Кизи · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Dori vositasining farmakopeya tahlili xossalarining tavsifi, haqiqiyligi va sifat yaroqliligiga sinov hamda miqdoriy aniqlashni o‘z ichiga oladi.
- Ochiq kirishMaqola
SYNOPSIS OF SOME SPECIES OF THE GENUS PHLOMOIDES MOENCH (LAMIACEAE)
Rustam Gulomov, Ibrohim Tagayev, Abdurahmon Sheraliev · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi gerbariy to‘plamlaridagi Phlomoides Moench turkumi turlarining yangi tadqiqot ro‘yxati keltirilgan. Ushbu tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi Phlomoides turlarining tekshirilgan ro‘yxatini amaldagi taksonomiya va turlarning tarqalishi haqidagi eng so‘nggi ma‘lumotlarga muvofiq tuzishdan iborat. Ro‘yxatda har bir tur haqida quyidagi ma‘lumotlar keltirilgan: tipi, hayotiy shakli, muhofazasi, geografik tarqalishi hamda o‘rganilgan namunalar tanlanmasi.
- Ochiq kirishMaqola
EKOLOGIK ONG TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
To‘rayev Ahmed Xolmo‘minovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ekologik ongi shakllantirish usullari, ushbu jarayonga ta‘sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Ekologik ong tuzilmasi, tushuncha mohiyati borasida nazariy yondashuvlar o‘zaro taqqoslangan hamda tahlil qilingan.
- Ochiq kirishMaqola
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ASARLARIDAN FOYDALANISH ILMIY ASOSLARI
Sh.A.Mamatqobilova · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik kompetentligini takomillashtirishda Imom at-Termiziy asarlaridan foydalanish mazmuni, alloma asarlari qiyosiy tahlillar asosida kelib chiqqan nazariy tushunchalarni, Imom at-Termiziy asarlari deontologik kompetentlik uchun qay jihatdan muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
- Ochiq kirishMaqola
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR DEONTOLOGIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH NAZARIY ASOSLARI
Mamatqobilova Shodiya Azamat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada Imom at-Termiziy hayot faoliyati, ilm yo‘lidagi izlanishlari, «Al-Jomi‘ as-Sahiyh» asari, asarlarida keltirilgan fikrlar, o‘qituvchi deontologik tayyorgarligi takomillashtirish uchun foydalaniladigan qismlari, foydalanish asoslari haqida keltirib o‘tilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ГЕНЕОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ РИСКА РАЗВИТИЯ РЕЦИДИВОВ ОБСТРУКТИВНОГО БРОНХИТА У ДЕТЕЙ.
Хусаинова Ширин Камилджоновна · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Tadqiqot materiali sifatida bronxoobstruktiv sindromli 80 nafar bola xizmat qildi, ularda klinik-laboratoriya ma‘lumotlari bilan bir qatorda proband usuli bo‘yicha genealogik anamnez sinchkovlik bilan o‘rganildi. Onalarda aniqlangan kasalliklar orasida chastotasi bo‘yicha birinchi o‘rinda anemiya turdi - 163 (75,12%). Keyingi o‘rinlarda chastotasi bo‘yicha pielonefrit - 24 (11,06%), gipertoniya - 57 (26,27%), surunkali bronxit - 6 (2,76%) ustunlik qildi. Tekshirilgan bolalarda irsiyatni o‘rganishda ularning qarindoshlarida atopik kasalliklar 27 (12,44%) holatda uchraganligi aniqlandi. Tekshirilgan bolalarning allergoanamnezini tahlil qilishda bemorlarda eng ko‘p oziq-ovqat allergiyasi - 6 (2,76%) va bronxial astma - 17 (7,83%) hodisalari qayd etilgani ma‘lum bo‘ldi. Dori allergiyasi kamroq uchradi - 5 (2,3%).
- Ochiq kirishMaqola
OPTIMIZATION OF TREATMENT OF ATYPICAL PNEUMONIA DUE TO HYPOXIC-ISCHEMIC ENCEPHALOPATHY IN NEWBORNS
Ibragimova Marina Fedorovna, Esanova Munira Ravshanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
O‘tkir respirator patologiya bolalar kasallanishi tarkibida yetakchi o‘rinni egallaydi. Ular orasida yetakchi o‘rin pnevmoniyaga tegishli bo‘lib, u erta yoshdagi guruhda keng tarqalganligi, kechishining og‘irligi va og‘ir shakllarga o‘tish ehtimoli bilan tavsiflanadi. Tadqiqot maqsadi — gipoksik-ishemik ensefalopatiya fonida atipik pnevmoniya bilan og‘rigan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni kompleks davolash va reabilitatsiya qilishning yangi tizimlarini ishlab chiqish. Tadqiqot materiallari va usullari: I guruh — an‘anaviy davolash olgan 40 nafar bola, ulardan 28 tasida o‘rtacha og‘ir shakl va 12 tasida og‘ir shakl kuzatilgan. II guruh — an‘anaviy davolashga qo‘shimcha ravishda sitoxrom C, immunomodulin olgan 45 nafar bola, ulardan 32 tasi o‘rtacha og‘ir va 13 tasi og‘ir.
- Ochiq kirishMaqola
ТАЛАБАЛАРДА ФУҚАРОЛИК КОМПЕТЕНЦИЯСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПЕДАГОГИК МОДЕЛИ
Jumaqulov Shuxrat Baxodirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ушбу мақолада яхлитлик, тарбиянинг инсонпарвар йўналганлиги, ёш ва индивидуал хусусиятларни ҳисобга олиш, тарбиянинг ижтимоий ҳаёт билан уйғунлиги каби тамойилларни ўз ичига олган, тўртта таркибий асосдан иборат талабаларда фуқаролик компетенциясини ривожлантиришнинг педагогик модели ва уни амалиётга жорий этиш масалалари тадқиқ этилган.
- Ochiq kirishMaqola
ИСТОЧНИКИ И СПОСОБЫ ПОЛУЧЕНИЯ ЛЕЦИТИНА
Маткаримова Нигора Сагдуллаевна, Давронбекова Диана Джамиль кизи, Таджиева Шахноза Абдувалиевна · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada lesitinning tarkibi, xususiyatlari va navlari, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida uni ishlab chiqarishning turli usullari o‘rganiladi. Har xil turdagi o‘simlik xomashyosidan lesitin ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari tahlili o‘tkazildi. Ularning texnologik xossalarini qiyosiy baholash o‘tkazildi va qo‘llanish doirasi ko‘rib chiqildi. Natijada, uni ishlab chiqarish manbai lesitinning xususiyatlariga katta ta‘sir ko‘rsatadi, deb aytishimiz mumkin.
- Ochiq kirishMaqola
METHODOLOGY FOR MONITORING THE EFFECTIVENESS OF THROWING TECHNIQUES IN THE JUMP OF HANDBALL PLAYERS OF DIFFERENT QUALIFICATIONS
Azizov Sobitkhon Valiyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada gandbol usullarini bajarish vaqtida sportchilarning tezligi, harakatlar koordinatsiyasi, to‘p tezligi va sakrash balandligi haqidagi ma‘lumotlar bilan bir qatorda malakali gandbolchilarning sakrab tashlash texnikasi samaradorligini nazorat qilish metodikasi bayon etilgan.