Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
TURKISTON TOG‘ TIZMASI SHIMOLIY-G‘ARBIY QISMIDA TARQALGAN FANEROFIT O‘SIMLIKLAR
Muzaffarova Sarviniso Rasulmuhammad qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Mazkur maqolada Turkiston tog‘ tizmasi shimoliy-g‘arbiy qismida tarqalgan fanerofit o‘simliklar va ularning taksonomik guruhlari haqida ma‘lumotlar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ASSESSMENT OF THE RISK OF DEVELOPING ALOPECIA IN PATIENTS AFTER CORONAVIRAL INFECTIONAND EFFECTIVE TREATMENT METHODS
F.Kh. Abbaskhanova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan taxminan har to‘rtinchi yoki beshinchi odam soch bilan bog‘liq muammolarni, aniqrog‘i, sochning to‘kilishini seza boshlaydi. Holsizlik, hansirash ko‘rinishidagi boshqa oqibatlardan farqli o‘laroq, bu muammo kundalik ishlarni bajarishga xalaqit bermaydi, biroq baribir noqulaylik va xavotir keltiradi, ayniqsa koviddan keyin sochlar tutam-tutam bo‘lib to‘kilsa.
- Ochiq kirishMaqola
MODERN TEACHING USING ANIMATED LEARNING MECHANISMS
Kamolov Bakhtiyar Khasanboevich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada umumta‘lim maktablarida uzluksiz ekoturizm ta‘limini rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilinadi hamda o‘quvchilar ongida ekologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda zamonaviy usullardan keng foydalanish mexanizmlari yoritib beriladi.
- Ochiq kirishMaqola
ИЗУЧЕНИЕ ГИПОГЛИКЕМИЧЕСКОГО И КАРДИОПРОТЕКТИВНОГО ЭФФЕКТА ЭМПАГЛИФЛОЗИНА В ТЕРАПИИ БОЛЬНЫХ САХАРНЫМ ДИАБЕТОМ 2-ГО ТИПА
Урунбаева Д.А., Нажмутдинова Д.К., Садикова Н.Г., Гафурова Д.С. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish algoritmlariga (2019) ko‘ra, 2-tur diabet va YuQTK bilan og‘rigan bemorlarga gipoglikemik terapiyaning bir qismi sifatida yurak-qon tomir tizimiga isbotlangan natriy glyukoza kortransporter 2 turi ingibitorlari yoki glyukagonga o‘xshash peptid-1 retseptorlari agonistlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Tadqiqotda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2-terapiya bo‘limiga maslahat so‘rab murojaat qilgan 2-tur qandli diabetga chalingan 42 nafar bemor, jumladan, 21 nafar ayol va 21 nafar erkak ishtirok etdi. Kasallikning davomiyligi 3 yildan 8 yilgacha, o‘rtacha yoshi 56,6±9,8 yil. Ushbu bemorlar 2 guruhga bo‘lingan: 1-guruh - 18 bemorlar, metforminga kuniga 2000mg va 60 mg dozada sekin chiqariladigan gliklazid MB qo‘shilgan, 2-guruhga 24 bemor kiritilgan, ular metforminga 2000mg va empagliflozin 10 mg dozasida kuniga qo‘shilgan. Natijalar nazorat guruhiga nisbatan empagliflozinning metformin bilan yaxshi gipoglikemik ta‘sirini ko‘rsatdi. Empagliflozin preparati yurak faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, bu yurakning urush fraksiyasini oshishi bilan tasdiqlanadi.
- Ochiq kirishMaqola
PROVIDING EMPLOYMENT OF THE POPULATION IN RURAL AREAS IN THE DIGITAL ECONOMY
Shadiyeva Gulnora Mardiyevna, Asrorov Uchkun Akram o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada qishloq sharoitida aholi bandligini ta‘minlashning ayrim muammolari va ularning yechimlari yuzasidan muallifning fikri bayon etilgan. Bundan tashqari, ushbu sohani raqamlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
THE IMPORTANCE OF PUBLIC ORGANIZATIONS IN EDUCATING YOUNG PEOPLE IN THE SPIRIT OF PATRIOTISM
Umidjon Akhmatkulov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Har qanday davlat o‘z istiqbolini sog‘lom va barkamol avlod timsolida ko‘radi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonini, kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat qurishdek ezgu maqsadlar ro‘yobini yoshlar ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Yoshlarni zamon talablari darajasida ta‘lim–tarbiya olishi, vatanparvar bo‘lishi, shu aziz Vatanga daxldorlik hissini kuchaytirishi, salomatligini mustahkamlashi, o‘z kuchi, bilim va salohiyatini yuqori, dunyoqarashi keng, mustaqil fikrlaydigan avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir.
- Ochiq kirishMaqola
THE CHALLENGES OF ADAPTING MATERIALS IN EFL CLASSESS
Khayrulloyeva Lola Dilshod qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
ushbu maqolada ingliz tilini chet tili sifatida o‘rgatishda to‘g‘ri material tanlash muhimligi tasvirlangan. Sinflarda foydalanish uchun narsalarni topish va tanlash qiyin bo‘lishi mumkin. O‘qituvchilar bir nechta omillarni hisobga olishlari kerak, jumladan, haqiqiylik, asl manba, maqsadli tilni bilish va o‘quvchilarning til darajasi va yoshi
- Ochiq kirishMaqola
SHE‘RIYATNING YAGONA SHAXSI – DULAT BABATAYO‘G‘LI
Asem Erg‘ali qizi Abduraxmanova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada eng avvalo erini, yurtini kuylagan shoirlar ijodida har bir xalqning jangovar g‘oyalari, orzu-umidlari yaqqol namoyon bo‘ladigan shaxs haqida so‘z boradi. Dulat Bobotayo‘g‘li mustamlakachilikka qarshi qalam va qilich bilan kurashgan, qozoqlarning farovonligi haqida qayg‘urgan, xalqqa zulm qilgan davlat hukmdorlarini ayovsiz tanqid qilgan kuchli shoirlardan biri edi.
- Ochiq kirishMaqola
MAXSUS MAKTABDA FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA BILIM, MALAKA VA KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI
G‘ufronjonova Iroda Zokirjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada maxsus maktabda fanlararo aloqadorlik asosida bilim berish, ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyasning pedagogik shartlari matematika va geometriya fanlari asosida tushuntirib berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
GOLBOLCHILARNI TAYYORLASHDA TIKLOVCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
L.B.Sobirova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada, golbol sport mashg‘ulot va musobaqalaridan keyin tiklovchi vositalarni qo‘llash orqali ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni kam harakat mushak faoliyati faolligini oshishirishda comfort plus DM 2100 uskunadan foydalanish va ushbu uskunani qo‘llash orqali olingan natijalar samaradorligiga e‘tibor qaratilgan.
- Ochiq kirishMaqola
IMPROVING MARKETING ACTIVITIES IN FRUIT AND VEGETABLE TRADE
Turaboeva Feruza · Research Focus International Scientific Journal · 2023
savdo marketingini takomillashtirish dunyo mamlakatlarida meva-sabzavot mahsulotlariga iste‘molchilarning talabini maqsadli va doimiy ravishda qondirishni tashkil etishda katta ahamiyatga ega. O‘zbekistonda savdo va logistikani muvofiqlashtirish, meva-sabzavotlarni sotish va saqlash, biznes yuritishda samarali marketing strategiyalaridan foydalanish orqali iqtisodiy o‘sishga erishishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan "yangi maqsadli eksport bozorlarida savdo bitimlarini amalga oshirish", "ichki va maqsadli xalqaro bozorlarda mahsulot sotish va transport xarajatlarini kamaytirish"kabi vazifalar belgilandi.
- Ochiq kirishMaqola
EFFECTIVE SOCIAL FOR WEAKNESSES OF THE POPULATION ORGANIZATION AND IMPROVEMENT OF SUPPORT
Axmedova Muyassar, Toshqoziyeva Madina · Research Focus International Scientific Journal · 2023
O‘zbekistonda “Islohot – islohot uchun emas, balki xalq manfaati uchun” tamoyili e‘lon qilingan va amaliyotga joriy etilgan. Shu maqsadda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, zaif guruhlarni, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil va manzilli davlat siyosatini amalga oshirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
- Ochiq kirishMaqola
MASOFAVIY TA‘LIMNING ASOSIY DIDAKTIK TAMOYILLARI
Raxmatullayev Raximberdi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ma‘lumki, bugun masofaviy ta‘lim, ta‘limni rivojlantirishning tarkibiy qismiga aylandi. Shu bois ta‘limning an‘anaviy didaktik tamoyillari masofaviy ta‘lim shakllari uchun ham asos bo‘lib, ta‘limning bunday texnologiyasi takomillashib boradi, ya‘ni yangi o‘quv muhiti uchun yangi shartlar va mezonlar bilan to‘ldiriladi.
- Ochiq kirishMaqola
PEDAGOGNING UMUMIY VA KASBIY MADANIYATI – PEDAGOGIK FAOLIYATNING ASOSI SIFATIDA
Nuritdinova Shoira · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga chiqmoqda. Xususan, huquqiy davlat barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o‘zgarish sezilmaydi. Modomiki, zamon jadal sur‘atlarda o‘zgarayotibdimi, demak, pedagogika ham shu o‘zgarishlarga hamohang bo‘lmog‘i darkor. Ushbu maqolada pedagogning ta‘lim-tarbiya jarayonidagi vazifasi, shuningdek pedagogning umumiy va kasbiy madaniyati ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
CONCEPTUAL MODEL OF DEVELOPMENT COMMUNICATIVE COMPETENCE OF THE FUTURE TEACHER IN THE INNOVATIVE EDUCATIONAL SPACE
Yulbarsova Khurshida Abdullajonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqola pedagogika universiteti negizida innovatsion ta‘lim makonida bo‘lajak o‘qituvchi - bakalavrning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning nazariy va metodologik qoidalarga, jumladan, turli mezonlarga asoslangan konseptual modelini ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
- Ochiq kirishMaqola
AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INTERNET TIZIMI VA AXBOROT MADANIYATI
Raxmatullayev Raximberdi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Agar tarixga nazar tashlasak, kishi o‘z xayot faoliyati davomida boshi berk ko‘chaga kirib qolganda, hamma vaqt ilmiy – texnikaviy yangilikka intilgan va erishilgan muvaffaqqiyat evaziga o‘zi uchun berk bo‘lgan ko‘chani ochiq qilib olgan: olov paydo bo‘lishdan to bug‘ mashinasi, yadro, atom energiyasi paydo bo‘lishiga qadar biz bu voqealarning guvohi bo‘lganmiz. Maqolada axborotlashgan jamiyatda internet tizimi va axborot madaniyati haqida tushuncha berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
SHAXSNING PSIXIK JARAYONLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abduraimova Dilfuza Xaydarovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada har bir shaxsda mavjud bo‘lgan psixik jarayonlar: xotira, xayol, tafakkur, qobiliyat va, eng asosiysi, ong haqida ma‘lumotlar keltirib o‘tilgan. Shuningdek, psixik jarayonlarning ishlash mexanizmida asosiy fuknsiyalardan birini bajaruvchi bosh miyaning xususiyatlari ham ochib berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
MA‘NAVIY ONG TUSHUNCHASI HAMDA ESTETIK KATEGORIYALAR
Atamurotov Murod · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada ma‘naviy ong tushunchasi va har bir shaxsning gar tomonlama rivojlanishi, mazmunli yashashi uchun kerak bo‘ladigan estetik kategoriyalar, estetik qadriyatlar haqida ma‘lumotlar keltirib o‘tilgan.
- Ochiq kirishMaqola
IMPORTANT ASPECTS OF PHYSICAL EDUCATION IN IMPROVING WORK ACTIVITY
Shavkat Abdurakhmonov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Jismoniy tarbiya jarayoni ko‘p qirralidir. Bu jarayonda ham ta‘lim, ham tarbiya beriladi. Jismoniy tarbiya jarayonida ta‘lim harakat ko‘nikmalari, malakalarini shakllantirish va takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatiladi. Ta‘limning barcha turlarining birligi, ularning bir-biri bilan o‘zaro ta‘siri asosiy pedagogik qonuniyatlardan biridir. Ushbu maqolada jismoniy tarbiya tizimi haqida ilmiy ma‘lumotlar berilgan. Jamiyat taraqqiyotida jismoniy tarbiyaning ahamiyati ham ilmiy jihatdan o‘rganilgan.
- Ochiq kirishMaqola
DEVELOPMENT OF PHYSICAL CULTURE AND PHYSICAL CULTURE - AS A FACTOR OF PHYSICAL MATURITY
Adkhamjon Makhmutaliev · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Yoshlarning jismoniy va intellektual resurslarini uyg‘un rivojlantirishdagi muhim vazifalardan biri jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya va jismoniy rivojlanish asoslari imkoniyatlaridan keng foydalanishdir. Ushbu maqolada jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya va jismoniy rivojlanish asoslari bo‘yicha nazariy ma‘lumotlar berilgan.