Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

TURKISTON TOG‘ TIZMASI SHIMOLIY-G‘ARBIY QISMIDA TARQALGAN FANEROFIT O‘SIMLIKLAR

Muzaffarova Sarviniso Rasulmuhammad qiziJDPU 2-kurs magistranti2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 1Sahifa 91–98

Annotatsiya

Mazkur maqolada Turkiston tog‘ tizmasi shimoliy-g‘arbiy qismida tarqalgan fanerofit o‘simliklar va ularning taksonomik guruhlari haqida ma‘lumotlar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaФАНЕРОФИТНЫЕ РАСТЕНИЯ, РАСПРОСТРАНЕННЫЕ В СЕВЕРО-ЗАПАДНОЙ ЧАСТИ ГОРНОЙ ХРЕБТЫ ТУРЦИИ

В статье представлены сведения о растениях-фанерофитах и их таксономических группах, распространенных в северо-западной части Туркестанского хребта.

inglizchaPHANEROPHYTE PLANTS DISTRIBUTE IN THE NORTHWESTERN MOUNTAIN RANGE OF TURKEY

The article presents information about phanerophyte plants and their taxonomic groups, common in the northwestern part of the Turkestan Range.

Kalit so‘zlar

  • Fanerofit
  • hamefit
  • gemikriptofit
  • kriptofit
  • terofit
  • Raunkier metodi
  • Serebryakov metodi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TURKISTON TOG8 TIZMASI SHIMOLIY-G8ARBIY QISMIDA TARQALGAN FANEROFIT O8SIMLIKLAR Muzaffarova Sarviniso Rasulmuhammad qizi JDPU 2-kurs magistranti sarvinisomuzaffarova@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7551917 Annotatsiya: Mazkur maqolada Turkiston tog8 tizmasi shimoliy-g8arbiy qismida tarqalgan fanerofit o8simliklar va ularning taksonomik guruhlari haqida ma9lumotlar berilgan. Kalit so9zlar: Fanerofit, hamefit, gemikriptofit, kriptofit, terofit, Raunkier metodi, Serebryakov metodi.

$ $"Ы !"/, ! !" Ы  ! -  '!"   % "Ы "# & ==>F0FиO:  AB4BP9 ?@98AB46;9=O A6989=8я > @4AB9=8яE-D4=9@>D8B4E 8 8E B4:A>=><8G9A:8E 7@C??4E, @4A?@>AB@4=9==OE 6 A969@>-74?48=>9 G4AB8 &C@:9AB4=A:>7> E@95B4. лNGевые Eл>в0: D4=9@>D8B, E4<9D8B, 79<8:@8?B>D8B, :@8?B>D8B, B9@>D8B, <9B>8 $4C=:89@4, <9B>8 %9@95@я:>64.

PHANEROPHYTE PLANTS DISTRIBUTE IN THE NORTHWESTERN MOUNTAIN RANGE OF TURKEY Annotation: The article presents information about phanerophyte plants and their taxonomic groups, common in the northwestern part of the Turkestan Range. Key words: fanerophyte, chamephyte, hemicryptophyte, cryptophyte, therophyte, Raunkier's method, Serebryakov's method.

KIRISH Sintetik kimyoning jadal rivojlanishi va aksaryat dori-darmonlarning kimyoviy yo9l bilan tayyorlanishiga qaramasdan 45% shifobaxsh pereparatlar shifobaxsh o9simliklardan tayyorlanadi, shulardan 80% yurak qon-tomir sistemasi dorilaridir. Sintez yo9li bilan olingan har bir kimyoviy shifobaxsh perparatlarni uzoq vaqt mobaynida uzluksiz ravishda qabul qilish inson organizmida turli noxush o9zgarishlarning, ayniqsa, keying vaqtda allergik kasalliklarning ko9payib ketishiga sabab bo9lmoqda. O9simliklar esa inson organizmida sintetik dori vositalariga qaraganda bo9lakcha ta9sir ko9rsatadi. Shuning uchun shifobahsh o9simliklarga va ulardan olinadigan dorilar fitopreparatlarga bo9lgan talab va ehtiyoj nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda ortib bormoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Iste9molbop turlar – mevalari to9g9ridan-to9g9ri yoki ishlov berib oziq-ovqatga ishlatiladigan turlar: Zirklar (Berberis oblonga, B.integerrima, B.nummularia) ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi, dorivorlik xususiyatiga ham ega butalar. Bex, kirpio9tlar (Acantholimon albertii, A.pskemense, A.ekaterinae) asosan Tut (Morus nigra) mevasi iste9mol qilinadigan daraxt. Dorivor, qurilish materiali sifatida ham ishlatiladi.

Pochaqirqar (Hulthemia persica) vitaminlarga boy, dorivor buta. Olxo9ri (Prunus divaricata, P.sogdiana, P.mirabilis) mevasi iste9mol qilinadigan dorivor daraxt yoki yirik buta. Dorivorbop turlar xalq tabobatida ishlatiladi: Qizilcha (Ephedra gerardiana, E.equisetum, E.fedtschenkoae, E.regeliana) dorivor buta va butachalar. Archa (Juniperus polycarpos var.zerawschanica, J.pseudosabina) dorivor, efirmoyli daraxtlar. Qayin (Betula pendula, B.tianschanica) dorivor, qurilishbop daraxt. Teraklar (Populus nigra) dorivor va qurilishbop daraxtlar. Ayiq murut (Pyrus regelii) dorivor daraxt. Qizil do9lana (Crataegus turkestanica) guli va mevasi dorivorlik xususiyatiga ega yirik buta yoki daraxt. Na9matak (Rosa, Milliy bog9da 4 ta turi o9sadi) barchasi dorivorlik xususiyatiga ega butalar. Mana shulardan ayrimlari O9zR FA Botanika instituti xodimlari O9zbekistonda tabiatda o9sadigan, madaniy hamda chet ellardan olib kelingan dorivor o9simliklarning bio-ekologik xususiyatlari, zahiralari, ko9paytirish metodlari va xalq ulardan ilmiy tabobatda foydalanishi kabi masalalar ustida tadqiqotlar olib bormoqdalar. Tirik organizm uchun sog9liqdan muhim baxt yo9q. Salomatlik ko9p jihatdan diyorimizda o9sayotgan tabiiy durdonalarga – o9simliklar dunyosiga bog9liq. Shunday ekan, ulardan oqilona foydalanib, muhofaza qilish ishiga o9zimizning munosib xissamizni qo9shaylik. Ulardan kelajak avlodlarimiz ham bahramand bo9lishsinlar. Qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan turlar. Archa (Juniperus polycarpos var. zerawschanica, J.pseudosabina, J. semiglobosa) mustahkam yog9ochli qurilishda ishlatiladigan daraxtlar. Chinor (Platanus orientalis) mebel sanoatida ishlatiladigan daraxt. Qayin (Betula.tianschanica) qurilishda ishlatiladigan dorivor va manzarali daraxt. Terak (Populus afganica, P.alba, P.nigra) qurilishda ishlatiladigan dorivor daraxtlar. Manzarali o9simliklar. Singren (Atrophaxis – 2 ta tur) – barcha turlari (2 ta) gullagan va mevasi pishgan paytda ajoyib manzara baxsh etadigan va dorivor butalar. Kirpio9t (Acantholimon – 5 ta tur) – gullagan paytida chiroyli manzara xosil qiladigan buta. Qayin (Betula pendula, B.tianschanica) – manzarali, qurilishbop va dorivor daraxt. Tol (Salix linearifolia, S.olgae, S.tenuijulis, S.wilhelmsiana) – manzarali va savatlar uchun ishlatiladigan turlar. Binobarin, xalq tabobatida turli xastaliklarga qarshi tabiat in9om etgan giyohlardan foydalanish bizga qadimdan ma9lum. Zero, o9simlik dunyosini insonlar tomonidan qo9llash ko9p asrlar davomida avloddan-avlodga o9tib, takomillashib kelgan va ular hozir olimlar tamonidan to9ldirildi va amliyotda asoslab berildi. Xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda shifobaxsh o9simliklardan har xil kasalliklarni davolashda keng foydalaniladi. Bulardan ko9plari madaniylashtirib, alohida yer maydonlarida, plantatsiyalarda ekilib, parvarish qilib ko9paytirilmoqda. Ularning ko9pchiligi yovvoyi holda o9tloqlarda, tog9 yonbag9irlarida, qiradirlarda, jarlarda, temir yo9l-yoqalarida, ariq-daryo bo9ylarida, ekinzor va polizlarda beor o9sadilar. Dorivor o9simliklari 440 turni tashkil qilib, 209 avlod va 63 oilaga kiradi. Ularning

ko9pchiligini, 96,2 % ini yopiq urug9lilar va 3,8 %inigina ochiq urug9lilar tashkil qiladi. Dorivor o9simliklar mazkur hududdagi umumiyfloraning 29,20 % ini tashkil qiladi, ya9ni ularning salmog9i ancha yuqori.

Jadval №1 Dorivor o9simliklarning taksonomik guruhlari Bo9limlar Miqdori Dorivor turlarga Umumiy floraga nisbatan (%) nisbatan (%) Oila Avlod Tur

Dorivor o9simliklarning floristik hilma-hilligi 1-jadvalda keltirilgan. Undan ko9rinib turibdiki, tadqiq qilingan havza, ya9ni nisbatan uncha katta bo9lmagan hududnihoyatda boy va hilma-hil dorivor o9simliklarga ega. Dorivor o9simliklarning tur tarkibi va areallarini tahlil qilib ko9rsak, bu qonuniyatlar, hududimizdagi umumiy o9simliklar qonuniyatlariga to9g9ri keladi. Eng ko9p turlar boshqa guruh o9simliklarga xos, ya9ni yopiq urug9lilar vakillari hisoblanadi. Ochiq urug9li guruh vakillari esa uncha ko9p sonni tashkil etmaydi. Umumiy turlar va turkumlarni olganimizda, ular ham O9rta Osiyoning boshqa hududlari o9simliklariga yaqin. O9rta Osiyo regioni bo9yicha turlarga boy oilalar quyidagilar Fabaceae, Rosaceae, Brassicaceae, Lamiaceae, Ranunculaceae va boshqalar. Bizning hududimizda qayd etilgan va turlarga boy oilalar kam, taxminan yuqoridagilar. Ular birbirlaridan ozroq tur sonlari bilangina farq qiladilar.

Jadval №2 Dorivor o9simliklarning eng katta turkumlari № Avlod Tur soni % hisobida 1 Ploygonum L. 9 2,27 2 Potentilla L. 7 1,72 3 Rosa L. 7 1,72 4 Geranium L. 6 1,51 5 Taraxacum Wigg 6 1,51 6 Inula L. 6 1,51 7 Veronica L. 5 1,26

8 Convolvulus L. 5 1,26 9 Ferula L. 5 1,26 10 Allium L. 5 1,26 11 Dracocephalum L. 4 1,02 12 Ziziphora L. 4 1,02 13 Lepidium L. 4 1,02 14 Artemisia L. 4 1,02 Jami 77 19,49 Quyida dorivor o9simliklarning eng katta turkumlari keltirilgan (jadval №2). Ko9rinib turibdiki, birinchi o9rinda Polygonum avlodi turibdi, ikkinchi va uchinchi o9rinlarda Potentilla ham Rosa. Keyingi o9rinlarda bittadan tur conlari bilan farq qilganholda Geranium, Taraxacum, Inula, Veronica, Allium, Ziziphora va boshqalar. Yuqorida keltirilgan 15 turkum 82 turni birlashtirib, umumiy dorivor floramizni20,75% ini tashkil qiladi. Agar eng katta dorivor o9simlik oilalari O9rta Osiyoning umumiy florasiga mos kelsa, turkumlar esa bundan farq qilinishini bilamiz. Bu borada eng katta turkumlarni odatda Astragalus, Cousinia, Ferula, Salsola, Oxitropis, Allium, Carex, Artemisia va boshqalar hisoblanadilar. Hududimizdagi mavjud dorivor o9simliklarimizni areallari va tabiiy zahiralarini tahlil qilishda, albatta ularni tarqalishini, ko9p-ozligini hisobga olish kerak. Shularga asoslangan holda biz ularni 5 ta guruhga bo9ldik. 1. Eng ko9p tarqalgan va sanoat miqyosida ularni tayyorlash imkoniyati borbo9lgan o9simliklar. 2. Tarqalishi o9rtacha va tabiiy zahiralari nisbatan qoniqarli bo9lgan turlar. 3. Kam holda tarqalgan, zahiralari ham oz miqdorda bo9lgan turlar. 4. O9zbekistonning <Qizil kitobiga < kiritilgan turlar. 5. Kelgusida madaniylashtirilishi zarur bo9lgan o9simliklar. Dorivor o9simliklarni har taraflama tasniflashda, ularni tabiiy muhitga moslanish xususiyatlari ham hisobga olinadi. O9simliklarni sharoitga moslanish belgilari asosida,ular har xil hayotiy shakllarga bo9linadi. Varming va Raunkier sistemalalari, bulardan tashqari evolyusion morfologiya bo9yicha yirik mutaxassis I.G.Serebryakovning (1962) ham maxsus sistemalari mavjud. Biz o9z ishimizda I.G.Serebryakov sistemasiniancha soddalashtirgan holda qabul qilamiz. (5-jadval). Undan ma9lum bo9lishicha o9simliklarning 10 xil hayotiy shakllarga ajratilgan. Ulardan daraxtlar 15 turni tashkil etadi va umumiy o9simliklar 3,80 % ini tashkil etadi. Ular orasida keng tarqalgan va edifikator hisoblangan archaning uch turi, mahalliy tol, terak, yong9oq, oq qayin, temir daraxti, yovvoyi olma, zarang va boshqalar alohida o9rinda turadi. Butalar ham, odatda keng tarqalgan va ma9lum turlardan iborat: na9matak, zirk, bodom, do9lana turkumlarining barcha turlari, hamda pista, itjumrut, chakanda, hammasi bo9lib 28 ta butalar turlari qayd qilingan, ular dorivor o9simliklar 7,08 % ni tashkil etadi. Dorivor turlar orasida eng ko9pini ko9p yillik o9tchil o9simliklar tashkil qiladi, ularning soni 216ta bo9lib, 54,68 % ni tashkil qiladi. Bulardan tashqari bir yillik (104 ta-26,33%) va ikkiyilllik (17 ta-4,31 %) va boshqalar mavjud.

Jadval №3 Dorivor o9simliklarining hayotiy shakllari № Hayotiy shakllari Shartli belgilari Miqdori % xisobida 1 Daraxtlar Dar. 15 3,8% 2 Butalar But. 28 7,08% 3 Yarimbuta Yarb. 2 0,5% 4 Chalabuta Ch alb. 4 1,02% 5 Liana Lia. 1 0,25% 6 Paporotnik Pap. 3 0,76% 7 Ko9p yillik (polikarpik) Ko9p p. 171 54,68% 8 Ikki yillik Ikki y. 17 4,3% 9 Bir yillik Bir y. 94 26,33% 10 Bir yillik (parazit) Bir p. 5 1,27% Jami: 340 100% O9simliklar hayotiy shakllarining Raunkier sistemasi ancha sodda va oson bo9lib, u 5 ta tipdan iborat (jadval 4). Ushbu sistema bo9yicha dorivor o9simlik turlariquyidagicha joylashadi: fanerofitlar (ya9ni daraxtlar) 15 turdan iborat. Ushbu sistema bo9yicha barcha yarimbuta, chalabuta va butalar bitta katta guruhga (butalar) bo9linadi,qaysiki ular 34 turdan iborat. Eng ko9p turlarimiz ilgarigi sistemadagidan ko9p yillik o9tchil o9simliklar tipiga kiradi (gemikriptofitlar, ya9ni ular 226 turdan iborat (57,22%). Kriptofitlar guruhiga (2,78 %) va terofitlarga 109 (27,6 %) kiradi. Jadval №4 O9simliklarining K.Raunkier sistemasi bo9yicha hayotiy shakllari № Hayotiy shakllar O9simliklar soni % 1 Fanerofitlar 15 3,79 2 Hamefitlar 34 8,61 3 Gemikriptofitlar 226 57,22 5 Terofitlar 109 27,60 Jami 340 100% Oilalar bo9yicha turlar bir hil tarqalmagan. Turlarning ko9pligi jihatidan Brassicaceae oilasi birinchi o9rinni egallaydi, oilaga 40 ta tur mansub bo9lib, dorivor o9simliklarning 10,12 % ini tashkil qiladi. Ikkinchi o9rinda Lamiaceae 33 tur- 8,35 %,va uchinchi o9rinda Rosaceae 31 tur- 7,84 %. Eng ko9p vakillarga ega bo9lgan oilalar №5 jadvalda keltirilgan. Jadval №5 Eng ko9p turlarga ega bo9lgan o9simlik oilalari № Oilalar Avlod Tur % sifatida 1 Rosaceae 21 42 9,5 2 Lamiaceae 22 38 8,6 3 Asteraceae 20 39 8,9 4 Fabaceae 21 34 7,7 5 Brassicaceae 21 27 6,1 6 Apiaceae 19 26 5,9 7 Ranunculaceae 11 22 5 8 Scrophulariaceae 11 18 4,1 9 Chenopodiaceae 8 16 3,6

10 Boraginaceae 10 14 3,2 11 Polygonaceae 5 14 3,2 12 Caryophyllaceae 11 12 2,7 13 Rubiaceae 5 9 2,1 14 Malvaceae 5 7 1,6 15 Geraniaceae 2 8 1,8 16 Papaveraceae 4 7 1,6 17 Solanaceae 6 6 1,4 18 Liliaceae 4 5 1,1 19 Rutaceae 3 5 1,1 Jami 209 349 79,3

MUHOKAMA Vodiy hududida keng tarqalgan shifobaxsh o9simlik turlaridan unumli va oqilona foydalanishni to9g9ri yo9lga qo9yish, ularning botanik xususiyatlari, geografik tarqalishi, qo9llanilishi, foydalanish muddatlari, kimyoviy tarkibi hamda shifobaxsh giyoh boyliklarini muhofaza etish yo9llarini o9rganish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, xalq tabobati va ilmiy tabobatda qo9llanilishi, turli xastaliklarni davolashda ishlatiladigan shifobaxsh giyohlardan oddiy va murakkab yig9malar tayyorlashni bilish ham muhim ahamiyatga egadir. XULOSA Shifobaxsh o9simliklar boyliklaridan foydalanishda o9simlik guruhlarining ekologik muvozanatiga ta9sir etmaslik uchun ularni yig9ishtirib olish va tayyorlash qoidalariga rioya qilish lozim. Muvozanat buzilmasa o9simliklar yo9qotgan massalarini oson va tez qayta tiklaydi. O9simliklar xom ashyolarni yig9ishtrishda turlarning biologik xususiyatlari hisobga olmasdan, oqilona foydalanmaslik, o9simlik turlari hamda boyliklarini qayta tiklashga juda katta ziyon keltiradi. Ta9kidlash joizki, ayrim muhim va ahamiyatli turlardan choy o9ti, o9lmas o9t, chakanda, parpi, sug9ur o9ti, hiyol kabilarni zahiralari juda kamayib ketgan. Shuni hisobiga olgan holda, mazkur turlarni madaniylashtirish zarur.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar17 ta adabiyot

  1. “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” (yangi tahriri) 2016 yil 21 sentyabr, O‘RQ-409-son. «Xalq so‘zi» gazetasi 2016 yil 22 sentyabr 187 (6622)-son.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019 yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni
  3. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutk. - Toshkent: «Uzbekistan» NMIU, 2016. - 13 b.
  4. A.L.DE Jussiei “Genera Plantarium” 1789. 252-253p
  5. Хасанов Ф.О. Эсанкулов А.С., Тиркашева М.Б. Флора Зааминского государственного заповедника. – Ташкент: “REN-Poligraf”, 2013. – 120 с.
  6. Usmonov M. T. Cryptographic Protection of Information. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 24-26.
  7. Usmonov M. T. Electronic Digital Signature. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 30-34.
  8. Usmonov M. T. "Equal" And "Small" Relations. Add. Laws Of Addition. International Journal of Academic Information Systems Research (IJAISR) ISSN: 2643- 9026 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 27-29.
  9. Usmonov M. T. Establish Network Protection. International Journal of Academic Engineering Research (IJAER) ISSN: 2643-9085 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 14-21.
  10. Usmonov M. T. Fundamentals of Symmetric Cryptosystem. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 36-40.
  11. Usmonov M. T. General Concepts of Mathematics. International Journal of Academic Information Systems Research (IJAISR) ISSN: 2643-9026 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 14-16.
  12. Usmonov M. T. Identification and Authentication. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 39-47.
  13. Usmonov M. T. Information Protection and Its Types. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 1-4.
  14. Usmonov M. T. Information Protection in Wireless Communication Systems. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 61-64.
  15. Usmonov M. T. Information protection supply. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 12-15.
  16. Usmonov M. T. Information Security Policy. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 70-73.
  17. Usmonov M. T. Information War. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 79-82.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013764
Nashr sanasi
2023-02-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
1
DOI
10.66073/researchfocus.v2i1.2828
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
91–98
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-12