PEDAGOGNING UMUMIY VA KASBIY MADANIYATI – PEDAGOGIK FAOLIYATNING ASOSI SIFATIDA
Nuritdinova Shoirao‘qituvchi, Farg‘ona davlat universiteti2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 1Son 4Sahifa 346–350
Annotatsiya
Pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga chiqmoqda. Xususan, huquqiy davlat barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o‘zgarish sezilmaydi. Modomiki, zamon jadal sur‘atlarda o‘zgarayotibdimi, demak, pedagogika ham shu o‘zgarishlarga hamohang bo‘lmog‘i darkor. Ushbu maqolada pedagogning ta‘lim-tarbiya jarayonidagi vazifasi, shuningdek pedagogning umumiy va kasbiy madaniyati ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОБЩАЯ И ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КУЛЬТУРА ПЕДАГОГА – КАК ОСНОВА ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
педагогика развивается, опираясь на закономерности развития общества. И сегодня этот процесс идет полным ходом. В частности, проводимая работа по созданию правового государства свидетельствует о том, что национальное сознание растет с каждым днем. Пока человеческий разум не развивается, никакие изменения в социальных аспектах жизни не заметны. Если времена меняются быстрыми темпами, то педагогика должна быть синхронизирована с этими изменениями. В данной статье научно исследована функция педагога в учебно-воспитательном процессе, а также общая и профессиональная культура педагога.
inglizchaTHE GENERAL AND PROFESSIONAL CULTURE OF THE TEACHER – AS THE BASIS OF PEDAGOGICAL ACTIVITY
pedagogy develops based on the patterns of development of society. And today this process is in full swing. In particular, the ongoing work on the creation of the rule of law indicates that national consciousness is growing every day. As long as the human mind does not develop, no changes in the social aspects of life are noticeable. If times are changing rapidly, then pedagogy should be synchronized with these changes. In this article, the function of a teacher in the educational process, as well as the general and professional culture of a teacher, is scientifically investigated.
Kalit so‘zlar
- pedagogika
- ta‘lim
- pedagogik mahorat
- nutq madaniyati
- shaxsiy fazilat
- barkamol avlod
- tarbiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
PEDAGOGNING UMUMIY VA KASBIY MADANIYATI – PEDAGOGIK FAOLIYATNING ASOSI SIFATIDA Nuritdinova Shoira, o‘qituvchi, Farg‘ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7529796 Annotatsiya: Pеdаgоgikа jаmiyatning rivоjlаnish qоnun-qоidаlаrigа tаyangаn hоldа tаrаqqiy etаdi. Bugungi kundа esа аnа shu jаrаyon аvj pаllаsigа chiqmоqца. Хususаn, huquqiy dаvlаt bаrpо etish yo’lidа аmаlgа оshirilаyotgаn ishlаr, milliy оng kun sаyin yuksаlаyotgаnidаn dаlоlаt bеrаdi. Insоn оngi tаrаqqiy etmаs ekаn, ijtimоiy hаyot jаbhаlаridа hеch bir o’zgаrish sеzilmаydi. Mоdоmiki, zаmоn jаdаl sur’аtlаrdа o’zgаrаyotibdimi, dеmаk, pеdаgоgikа hаm shu o’zgаrishlаrgа hаmоhаng bo’lmоg’i dаrkоr. Ushbu maqolada pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonidagi vazifasi, shuningdek pedagogning umumiy va kasbiy madaniyati ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar: pedagogika, ta’lim, pedagogik mahorat, nutq madaniyati, shaxsiy fazilat, barkamol avlod, tarbiya.
ОБЩАЯ И ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КУЛЬТУРА ПЕДАГОГА – КАК ОСНОВА ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ Аннотация: педагогика развивается, опираясь на закономерности развития общества. И сегодня этот процесс идет полным ходом. В частности, проводимая работа по созданию правового государства свидетельствует о том, что национальное сознание растет с каждым днем. Пока человеческий разум не развивается, никакие изменения в социальных аспектах жизни не заметны. Если времена меняются быстрыми темпами, то педагогика должна быть синхронизирована с этими изменениями. В данной статье научно исследована функция педагога в учебно-воспитательном процессе, а также общая и профессиональная культура педагога. Ключевые слова: педагогика, образование, педагогическое мастерство, культура речи, личностные качества, гармоничное поколение, воспитание.
THE GENERAL AND PROFESSIONAL CULTURE OF THE TEACHER – AS THE BASIS OF PEDAGOGICAL ACTIVITY Abstract: pedagogy develops based on the patterns of development of society. And today this process is in full swing. In particular, the ongoing work on the creation of the rule of law indicates that national consciousness is growing every day. As long as the human mind does not develop, no changes in the social aspects of life are noticeable. If times are changing rapidly, then pedagogy should be synchronized with these changes. In this article, the function of a teacher in the educational process, as well as the general and professional culture of a teacher, is scientifically investigated. Keywords: pedagogy, education, pedagogical skills, culture of speech, personal qualities, harmonious generation, upbringing.
KIRISH Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Dunyoga yangi ko‘z
bilan qaraydigan, uddaburon, ishning ko‘zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash, respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir. Pedagog ixtisosligini tanlagan har bir inson kimlarni o‘qitayotgan va tarbiyalayotganligi uchun o‘ziga javobgarlikni oladi. U o‘zining kasbiy tayyorgarligiga javob berish bilan birga pedagog, o‘qituvchi, tarbiyachi, muallim bo‘lish xukukiga ega bo‘lishi uchun juda ko‘plab majburiyatlarni olishi zarur. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYA Insonning ijtimoiy mohiyatini jamiyat talabiga mos ravishda shakllantiruvchi soha xalq ta’limi tizimi deb atalib, uni amalga oshiruvchi shaxs o‘qituvchi yoki muallim deyiladi. Muallimlik kasbining sharafliligi, nafaqat, uning o‘qituvchi, turli bilimlarni o‘rgatuvchi va mohir tarbiyachi bo‘lganligi uchungina emas, balki uning o‘zi tanlagan kasb-xunar yunalishidagi barcha mutaxassisliklar bo‘yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bo‘lgan fundamental fanlarni hamda o‘qitish va tarbiya berishni, psixologiya va pedagogika asoslarini a’lo darajada egallagan bo‘lishi shart. Pedagog bu – yuksak madaniyatli mutaxassis, o‘z fanini chuqur biluvchi, umumiy va bolalar psixologiyasini yaxshi biluvchi, ta’lim-tarbiya metodikasini mukammal biluvchidir. Ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi va vazifasi barkamol, etuk shaxs, malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Shunday ekan biz ta’lim-tarbiya samaradorligini o‘quvchilarning qay darajada bilim, ko‘nikma va malakaga ega ekanliklari, mustaqil bilim olishga, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topish uchun qanday tayyorgarligi bilan o‘lchashimiz, baho berishimiz lozimligini bilishimiz shart. Tа’lim insоniyat tаrаqqiyotining аsоsini tаshkil etаdi. Yangi аsrdа jаmiyatning hаr tоmоnlаmа rаvnаq, tоpishi, tаrаqqiy etishi bеvоsitа tа’limning rivоjlаnishi, mаzmunаn tаkоmillаshib bоrishigа bоg’liq. Аyni pаytdа tа’limning glоbаllаshuvi, innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаrning jоriy etilаyotgаnligi, kеng ko‘lаmli ахbоrоtlаr оqimi tа’lim mаzmunini muntаzаm yangilаb, tаkоmillаshtirib bоrishni tаqоzо etаdi. “Innovatsiya – sohaga yangilik, o’zgarishlar olib kirish jarayoni va faoliyati” bo‘lib, “innovatsion texnologiya - pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayonidir”. Jadal zаmоnаviy rivоjlаnish shаrоitlаridа jаmiyat, mаdаniyat vа tа’limning innоvаtsiоn pеdаgоgik fаоliyatning, аniqrоg’i innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаrning zаrurligi qаtоr оmillаr bilаn bеlgilаnаdi: - tа’lim tizimidаgi tub o‘zgаrishlаrni tаqаzо etuvchi ijtimоiy-iqtisоdiy o‘zgаrishlаr, tа’lim tizimidа yangilаnishlаr, turli o‘quv muаssаsаlаridа o‘quv-tаrbiya jаrаyonini tаshkil etishdа mеtоdikа vа tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnishning zаrurligi. Pеdаgоglаr fаоliyatining innоvаtsiоn yo‘nаltirilgаnligi tа’lim siyosаtining yangilаnish vоsitаsi sifаtidа nаmоyon bo‘lаdi; - tа’lim mаzmunidа o‘quv fаnlаri miqdоri vа tаrkibidаgi o‘zgаrishlаr оrqаli insоnpаrvаrlik g’оyalаrining kuchаyishi; tа’lim vа tаrbiya tizimidа muntаzаm tаshkiliy yangiliklаrni tаqozо qiluvchi yangi o‘quv prеdmеtlаrini kiritish оrqаli. Bundаy vаziyatdа o‘qituvchilаr оrаsidа pеdаgоgik bilim vа mаvqеyi оshаdi, pеdаgоglаrning kаsbiy mаhоrаti sеzilаrli rаvishdа оrtаdi. - pеdаgоglаr tоmоnidаn yangiliklаrni qo‘llаshgа vа o‘zlаshtirishgа nisbаtаn yondаshuvning o‘zgаrishi. Tа’lim –tаrbiya jаrаyonlаri qаt’iy vаqt mе’yorlаrigа riоya etish tаlаb qilinаdigаn shаrоitlаrdа pеdаgоglаr nаfаqаt dаstur vа dаrsliklаrni iхtiyoriy tаnlаsh, bаlki o‘zlаrining pеdаgоgik fаоliyatlаridа usul vа vоsitаlаrni tаnlаshdа hаm mа’lum chеgаrаlаr mаvjud edi.
Pedagogning kasbnomasida pedagogik mahorat, pedagogik tajriba, pedagogik texnologiya kabi tushunchalar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirish, tafakkur kengligini rivojlantirish ham pedagogning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi[1]. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA O‘qituvchi-muallimlarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azal-azaldan e’tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qo‘yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan. Olib borilgan tadqiqotlar har qanday pedagog quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishi shart ekanini ko‘rsatdi. Birinchidan, pedagog pedagogik kasbning jamiyat hayotidagi o‘rnini, uning paydo bo‘lish tarixini yaxshi bilishi kerak. Chunki pedagogika tarixini o‘rganish jarayonida kishi pedagogik faoliyatning insoniyat hayotidagi o‘rnini, pedagogikadagi asosiy qonun-qoida va tamoyillarning shakllanish tarixini bilib oladi. Ikkinchidan, bo‘lajak pedagog intellektual faoliyatining umumiy tomonlari (tafakkur, xotira, qabul qila olishi, ko‘z oldiga keltirishi, e’tibor) ni xulq-atvor madaniyati va shu jumladan pedagogikaviy aloqasini egallagan bo‘lishi shart. Uchinchidan, o‘qituvchi falsafani yaxshi bilishi kerak. Chunki falsafa odamga abstrak fikr yuritishni o‘rgatadi. O‘qituvchi auditoriyaga kirganda, unda abstrakt tafakkur sust rivojlangan bo‘lsa, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Auditoriyadagilar diqqatini o‘ziga jalb qilishi uchun, kishida abstrakt tafakkur yaxshi rivojlangan bo‘lishi lozim. To‘rtichidan, muayyan fan bilimlarni o‘rgatuvchi pedagog yosh avlodni axloq va odobga ham o‘rgatishi kerak. Zero, bunday vazifa pedagog va o‘qituvchilarning burchi, hamda mas’uliyati hisoblanadi. Beshinchidan, ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi kishi, albatta, estetik tarbiyalangan bo‘lishi shart. Estetik tarbiyaning jamiyat tarqqiyotida naqadar muhim rol o‘ynashi hammaga ma’lum. Estetik tarbiya ma’naviy tarbiyaning muhim va tarkibiy qismi ekanini unutmaslik kerak[2]. Yuqoridagi ijtimoiy sifatlardan tashqari o‘qituvchining kasbiy madaniyati va o‘qituvchining kasbiy shakllanishi ham muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchining kasbiy madaniyati uning kasbiy faoliyat doirasidagi, uning shaxsiy sifat tavsifining mohiyati-tizimli ta’limdan iborat bo‘lib, o‘qituvchining kasbiy shakllanishi oliygoh dargohida kasbiy ta’lim olish jarayonida amalga oshadi. Shu bilan birga, o‘qituvchining kasbiy shakllanishi o‘z-o‘zini tarbiyalab borishga, o‘z ustida tinmay ishlashga, zamonaviy bilimlardan xabardor bo‘lishga, shuningdek, o‘z vaqtida malakasini oshirib borishga uzviy bog‘liq. Bularning hammasi kasbiy fazilatlarning ajralmas qismi hisoblanadi. O‘qituvchining umumiy madaniyati uning ijtimoiy-ahamiyatli tavsiflarining kasbiy faoliyatda amalga oshgandagi etukligini ifodalaydi. Madaniyat shaxsning rivojlanishi, uning ruhiy kuchlari va qobiliyatlarining amaliy faoliyatida amalga oshish darajasi va xokazo. Insonning madaniy rivojlanishi-bu uning bilimlari, ishonchlari, qobiliyatlari, xulqining muxit tomonidan rivojlanish jarayonidir. O‘qituvchining kasbiy madaniyati uning kasbiy faoliyat doirasidagi, uning shaxsiy sifat tavsifining mohiyati-tizimli ta’limdan iborat. O‘qituvchining pedagogik madaniyati tashkil topgan ko‘rsatgichlar darajasi va asosiy tizimli komponentlariga quyidagilar kiradi: A) intellektual rivojlanish darajasi (eng avvalo, pedagogik tafakkurning rivojlanishi); B) pedagogik faoliyatning har tomonlama tashkil topishi va darajasi;
V) asosiy kasbiy pedagogik etika, ma’naviy harakter, va odob madaniyati; G) o‘zaro munosabat madaniyati; D) so‘zlashuv madaniyati; E) tashqi ko‘rinish madaniyati va boshqalar. Pedagogik fikrlash madaniyatiga pedagogik taxlil va sintez qobiliyatining rivojlanishi, fikrlashdagi tanqidiy kurash, mustaqillik, kenglik, epchillik, faollik, tezlik, kuzatuvchanlikning rivojlanishi, pedagogik xotira va boshqalar kiradi. Pedagogik fikrlash madaniyati bo‘lgan o‘qituvchi tafakkuri-dunyo qarashining uch bosqichini o‘z ichiga oladi: birinchisi metodologik dunyo qarashdagi pedagogik ishonchlar. Metodologik tafakkur o‘qituvchiga o‘zining kasbiy faoliyatiga to‘g‘ri qaray olishiga, gumanistik strategiyani ishlab chiqishiga imkon yaratadi. Pedagogik tafakkurning ikkinchi bosqichi-taktikaviy dunyoqarash bo‘lib, u o‘qituvchiga pedagogik fikrlash, pedagogik jarayonning moddiylashuviga imkon yaratadi. Uchinchi bosqichi umumiy pedagogik qonuniyatlarni, real pedagogik faoliyatning unikal xodisasi bo‘lib hisoblangan bo‘lim-bo‘limlarga tadbik qilishda namoyon bo‘ladi. Bu tezkor fikrlashdir. Pedagogik madaniyat tuzilmasida uning odob-axloq bo‘limi muhim o‘rin egallaydi. Bu pedagogik ishonch jarayonining shakllanishi, natijasi va o‘qituvchining o‘z qiziqishlarini ko‘prok aniqlash jarayonidir. O‘qituvchi, kasbiy muxitdan reloksin jarayonga, o‘zining tutgan o‘rnini yangilashga faol kirib borishi zarur. Pedagogik madaniyatning kasbiy faoliyatiga bog‘liq tashkil etuvchisi pedagog tomonidan o‘zining pedagogik qobiliyatlarining barcha spektrini bilib olganligini harakterlaydi, u esa pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining nishonasi, pedagogik xatolarning oldini olish va nixoyat, pedagogik qobiliyat usullarini egallanganligidan iborat. Ma’naviy madaniyat etuk bilimlarning nazariy darajasi holatida shakllanuvchi axloqiy bilimni o‘z ichiga oladi. Bu kasbiy pedagogik etikadan iborat. Pedagogik aloqa qilish madaniyati suxbatdoshni eshitish va eshita olishda, savollar bera olishda, aloqani amalga oshirib boshqani tushuna olishda, muloqotning qiyin holatlarini kura olish va odamlardagi ta’sir holatini to‘g‘ri taxlil qila bilishda, muloqotga tayyorlanish va muloqotga bo‘lgan xoxishlarda ko‘rinadi[3]. Pedagog uchun eng zaruri nutq madaniyatini egallashdir. O‘qituvchining nutqi kundankunga o‘quvchilar uchun ibratli bo‘lib borib ularning nutq madaniyatini shakllantirishga yordam berishi kerak. Nutqning grammatik to‘g‘riligi, uning leksik boyligi, yaxshi ifodalanganligi, obrazliligi, nutq texnikasini egallanganligi o‘qituvchining turli xil kasbiy masalalarni sifatli echishiga imkon beradi. XULOSA Pedagogning tashqi ko‘rinish madaniyati, uning tashqi kurinishga moslik darajasi va pedagogik faoliyati bilan baholanadi. Keng fikrlilik, tartibli, odobli, bosiklik va o‘zini-o‘zi yaxshi boshqara olish kabilar pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatli bo‘lishiga olib keladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar17 ta adabiyot
- V.Karimova. Pedagogika.Psixologiya. Ma’ruzalar matni. Toshkent, 2008 yil.
- B.Ziyomuhammadov. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2006 yil.
- A.Abduaxadov. Pedagogik mahorat asoslari. Ma’ruzalar matni. Toshkent, 2009 yil
- Egamberdieva, T., & Alimjonova, M. (2020). PEDAGOGICAL NECESSITY OF DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION IN STUDENTS IN THE CONDITIONS OF GLOBALISATION OF EDUCATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(6), 277-283.
- Tojaliev, A. A. (2021). Higher education system-a guarantee of sustainable development of society. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 1021- 1025.
- Kosimova, G. (2020, June). THE POWER OF THE TRUE WORD. In Archive of Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 27-29).
- Yusupovich, I. V., Pirnazarovich, R. R., & Mamatojiyevich, M. A. (2022). Using Social Forms in German Language Lessons its Benefits. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 724-726.
- Nuritdinova, S. X., & Ibragimov, V. Y. (2022). Problems of Grammatical Interference in Teaching German Language to Uzbek Students. International Journal of Formal Education, 1(10), 163-168.
- Rahberdi, R., & Yusupovich, I. V. (2022). PROBLEMS IN LEARNING ENGLISH IN DIFFERENT CLASSES IN SECONDARY SCHOOLS. Thematics Journal of English Language Teaching, 6(1).
- Pirmatovich, R. R. (2022). IX-XII ASRLARDA DUNYOVIY ILM-FAN SOHASIDA IJOD QILGAN OLIMLAR VA ULARNING ILMIY MEROSI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(10), 450-452.
- Mamasoliev, R. A. (2022). ANALYSIS OF SYNONYMS FOR THE CONCEPT OF TEACHER IN GERMAN AND UZBEK. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2022(1), 194-203.
- Khamidovna, N. S. (2021). On The Use of Infinitive Groups in German and Uzbek Languages. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 1(1), 202-204.
- Kurbanova, M., Ibragimova, Z., & Nuriddinova, S. (2022). Lexico-Semantical Properties of Omonym and Alliance Words Used in Epics of Independence Periods. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 3, 93-96.
- Nuritdinova, S., & Kochkarova, Y. (2022). Difficulties In Teaching Foreign Languages. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 4, 127-128.
- Mamasoliev, R. (2020). BENEFITS OF INTRODUCING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 314-316).
- Azizovna, U. B. (2022). Scientific-Pedagogical Basis and Need for Development of Media Culture through Media Education. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(8), 5-7.
- Umurzakova, B. (2020). SOME PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL ASPECTS OF INCREASING STUDENTS'MOTIVATION IN THE PROCESS OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 237-239).
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013917
- Nashr sanasi
- 2023-01-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v1i4.2981
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 346–350
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-12