Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Baslawısh klass oqıwshılarınıń logikalıq oylaw qábiletin rawajlandırıw usılları
Nasiba Ataniyazovna Izbaskanova · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Bul maqalada baslawısh klass oqıwshılarınıń oylaw qábiletin rawajlandırıwdıń ilimiy-metodikalıq tiykarları úyreniledi. Oqıwshılardıń analiz, sintez, salıstırıw, ulıwmalastırıw hám logikalıq juwmaq shıǵarıw kónlikpelerin qáliplestiriw ózgeshelikleri ashıp beriledi. Problemalıq oqıtıw, didaktikalıq oyınlar, jumbaqlardıń pedagogikalıq imkaniyatları analiz etiledi. Sonıń menen birge, baslawısh klasslarda anıq-obrazlı pikirlewden awızeki-logikalıq pikirlewge ótiw procesin támiyinleytuǵın usıllar hám kriteriyaları sóz etiledi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘iston qovun genofondi namunalarini pishish muddati bo‘yicha seleksion baholash
Ismoilova Nasiba Nizomaddin qizi, X. Matiyakubov · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Qoraqalpog‘iston qovun genofondida pishish muddati bo‘yicha mavjud xilma-xillikni o‘rganish va ertapisharlik manbalarini ajratish hudud sharoitiga mos yangi boshlang‘ich seleksion material yaratishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda fenologik ma‘lumotlari to‘liq shakllangan 63 ta qovun navi va namunasi qiyosiy baholandi. Namunalar vegetatsiya davrining davomiyligi bo‘yicha ertapishar, o‘rtapishar va kechpishar guruhlarga ajratildi. Ertapishar guruhda vegetatsiya davri o‘rtacha 83,0 kun, o‘rtapishar guruhda 96,5 kun, kechpishar guruhda 118,5 kunni tashkil etdi. Eng qisqa vegetatsiya davri Oq klapash namunasida — 74 kun qayd etildi. Porsionnaya — 78 kun, Oq navvot va Ola bo‘rikalla — 79 kun, Ko‘kcha — 80 kunlik vegetatsiya davri bilan ajralib turdi. Mazkur genotiplarni ertapisharlikka yo‘naltirilgan seleksiya uchun qimmatli boshlang‘ich manbalar sifatida keyingi sinovlarga jalb qilish maqsadga muvofiq.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Milliy liboslardagi ramziylik va ranglar semantikasi (qoraqalpoq liboslari misolida)
Ismailova Ayjamal Jalgasovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada milliy liboslardagi ramziylik va ranglar semantikasi qoraqalpoq xalqining an‘anaviy kiyimlari misolida tarixiy-etnografik va semiotik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Libosning ijtimoiy-yosh belgilarini ifodalash, xalq e‘tiqodlari va tabiat bilan bog‘liq tasavvurlarni saqlash vazifalari yoritiladi. Oq, qizil, ko‘k, yashil, sariq va qora ranglarning an‘anaviy talqinlari hamda bezak unsurlari (kashta, ornament, zargarlik buyumlari) semantikasi ko‘rib chiqiladi. Kiyim madaniyatini avloddan avlodga yetkazishda ayollarning o‘rni alohida ko‘rsatiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Olima ayollarning ilmiy faoliyatida psixologik resurslar va kasbiy identifikatsiya: ijtimoiy-psixologik omillar va rivojlantirish imkoniyatlari
Inogamova Firuza Abduxakimovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada olima ayollarning ilmiy faoliyati va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Asosiy e‘tibor psixologik resurslar, kasbiy identifikatsiya, o‘z-o‘zini samarali his qilish, ichki motivatsiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ilmiy karyeradagi ahamiyatiga qaratilgan. Maqolada olima ayollarni psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Sabzavotlarni quritish jarayonlarining texnologik xususiyatlari
Ibragimova Elmira Qongiratbayqizi, Seyitxan Timur · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada sabzavotlarni quritish jarayonlarining texnologik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Sabzavotlarni uzoq muddat saqlashning samarali usullaridan biri sifatida quritish texnologiyasining ahamiyati tavsiflangan. Tadqiqot davomida sabzavot turi, dastlabki namligi, harorat, quritish davomiyligi va havo harakati tezligiga qarab texnologik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi ko‘rib chiqildi. Quritish jarayonining asosiy bosqichlari, xomashyoni oldindan tayyorlash, saralash, yuvish, tozalash, to‘g‘rash va issiqlik bilan ishlov berish xususiyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, quritish harorati va vaqtini to‘g‘ri tanlashning tayyor mahsulot rangi, ta‘mi, oziqaviy qiymati va saqlanish barqarorligiga ta‘siri ko‘rsatildi. Sabzavotlarni quritishning zamonaviy usullarini qo‘llash orqali mahsulot sifatini saqlab qolish, saqlash muddatini uzaytirish va qayta ishlash xarajatlarini kamaytirish mumkinligi asoslandi. Tadqiqot natijalari sabzavot xomashyosini samarali qayta ishlash va sifatli quritilgan mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Mahalliy olma va nok navlarini quritish usullarini tadqiq etish va tahlil qilish
Ibragimova Elmira Qongiratbayqizi, Turlibek Tog‘jan · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada mahalliy olma va nok navlarini quritish jarayoni o‘rganilib, har bir navning namlik yo‘qotish xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot obyektlari sifatida olma navlaridan oddiy olma, Red Chief, Gala, Idared, nok navlaridan esa oddiy nok, Dyushes va Packham tanlab olindi. Mevalar sifati amaldagi davlat standartlari talablariga muvofiq baholanib, quritish jarayoni Ezidri Ultra FD1000 Digital qurilmasida 60 °C haroratda 10 soat davomida o‘tkazildi. Tajriba davomida namunalarning dastlabki va quritilgandan keyingi massasi aniqlanib, suvning bug‘lanish miqdori va massa yo‘qotilishi ko‘rsatkichlari hisoblandi. Tadqiqot natijasida olma navlarida massa yo‘qotilishi 81–85%, nok navlarida esa 84–86% oralig‘ida bo‘lgani aniqlandi. Olma navlari orasida Gala eng yuqori, Red Chief eng past namlik yo‘qotish ko‘rsatkichini namoyon etdi. Nok navlari orasida Dyushes navining namligi yuqori, Packham navining tuzilishi esa zich bo‘lib, quruq moddalar ulushi nisbatan ko‘pligi kuzatildi. Olingan natijalar mevalarning nav xususiyatlari quritish samaradorligiga va tayyor mahsulot chiqishiga ta‘sir qilishini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida olima ayollarning ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati: tahlil va zamonaviy tendensiyalar
Ibragimova Zamira Yuldashevna, Oringalieva Nurjayna Orazgalievna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonni modernizatsiya qilish sharoitida xotin-qizlarning, xususan, olima ayollarning ilm-fan, ta‘lim, innovatsiyalar hamda jamiyat hayotidagi o‘rni tarixiy va zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kontekstida keng qamrovli tahlil etilgan. Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga ilmiy unvon va darajalar berish tizimidagi imtiyozlar, normativ-huquqiy hujjatlarning amaliy samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot davomida olima ayollarning ijtimoiy-gumanitar, tabiiy va aniq fanlar sohasidagi yutuqlari hamda ularning Orolbo‘yi mintaqasi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta‘minlashdagi o‘rni statistik ma‘lumotlar asosida tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘zbekistonning turli geografik hududlarida uchraydigan Rubia tinctorum L. o‘simligining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari
Hojibobyeva Sarvinoz Habibjon qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
O‘zbekistonning Toshkent (TSB), Chirchiq (CHR), Farg‘ona (FER), Samarqand (SAM), Andijon (AND) va Surxondaryo (SUR) hududlaridan yig‘ilgan Rubia tinctorum L. populyatsiyalarining morfologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari kompleks baholandi. O‘simliklarning morfometrik ko‘rsatkichlari, fotosintetik pigmentlar (xlorofill a, xlorofill b, umumiy xlorofill va karotinoidlar), erkin prolin, malondialdegid (MDA) hamda antioksidant fermentlar (SOD, CAT va POD) faolligi qiyosiy tahlil qilindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Amaliy san‘atni rivojlantirishda xotin-qizlarning hissasi: an‘analar davomiyligi va zamonaviy yondashuvlar
Gubenova Gozzal Turganbayevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu tadqiqotda, xotin-qizlarning amaliy san‘atni rivojlantirishdagi hissasi O‘zbekistonning badiiy hunarmandchilik tajribasi asosida o‘rganiladi. Muzey kataloglari, xalqaro madaniy tashkilotlar materiallari va ilmiy-ma‘rifiy loyihalar tavsiflari qiyosiy tahlil qilinadi. Ayollarning hunarmand, ustoz, dizayner va tadqiqotchi sifatidagi faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritiladi. Tahlil natijasida an‘anani saqlash, bilimni uzatish, mahsulotni yangilash hamda merosni ilmiy hujjatlashtirish o‘zaro bog‘liq jarayonlar ekanligi asoslanadi. Ayol hunarmandlar va san‘atshunos olimalar hamkorligi uchun raqamli katalog, ustoz-shogird dasturi va mahsulotning kelib chiqishini ko‘rsatuvchi tavsiflar taklif etiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
The Micro-Research method for organizing independent research activities in physics lessons
Zakhidova M.A., Giyasova Z.R. · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Maqolada fizika darslarida o‘quvchilarning mustaqil tadqiqot faoliyatini tashkil etishga qaratilgan «Mikrotadqiqot» metodi taklif etiladi. Metodning mohiyati sinfda kichik miqyosdagi ilmiy-tadqiqot muhitini yaratishdan iborat bo‘lib, bunda o‘qituvchi ilmiy rahbar vazifasini bajaradi, o‘quvchi esa mustaqil tadqiqotchiga aylanadi. «Mikrotadqiqot» metodi uch bosqichdan iborat: terminologik izlanish, konseptual tahlil hamda mantiqiy bog‘lanishlarni chuqur anglagan holda tizimlashtirish. Metodning nazariy asoslari muhokama qilinadi va 8-sinf uchun «Om qonuni» mavzusidagi namunaviy dars rejasi keltiriladi. Natijalar ushbu yondashuv o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahliliy ko‘nikmalari va yangi bilim hosil qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Talabalarda ta‘sirlangan ichak sindromi belgilari va psixoemotsional holat o‘rtasidagi bog‘liqlik
Genjalieva Uldawlet · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada ta‘sirlangan ichak sindromi (TIS) va talabalarning psixoemotsional holati o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Tadqiqot doirasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazilib, unda 56 nafar talaba qatnashdi. So‘rovnoma natijalari asosida ta‘sirlangan ichak sindromiga xos belgilar, stress, xavotir, kayfiyat o‘zgarishi va boshqa psixoemotsional omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari TIS belgilari va psixoemotsional holat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholash imkonini beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Oenothera biennis L. o‘simligining ekologik sharoitlarga moslashuvi va yetishtirish istiqbollari
Fermebaeva Nargiza Ońǵarbay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu tezisda dorivor va moyli ekin sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Oenothera biennis L. o‘simligining ekologik sharoitlarga moslashuv xususiyatlari hamda uni yetishtirish istiqbollari tahlil qilingan. O‘simlikning suv tanqisligi, sho‘rlanish, harorat, tuproq muhiti va boshqa ekologik omillarga munosabati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari umumlashtirilgan. Oenothera biennis L. urug‘larining turli namlik sharoitlarida unishi, o‘simliklarning sho‘r muhitga nisbatan chidamliligi va vegetatsiya davrida morfologik o‘zgarishlari tahlil etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Sun‘iy intellekt davrida raqamli axborot muhitining ijtimoiy-falsafiy asoslari
Eshova Hurriyat Xurramovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Mazkur maqolada sun‘iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida raqamli axborot muhitining ijtimoiy-falsafiy mohiyati, uning inson tafakkuri, ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar tizimi va bilish jarayonlariga ta‘siri tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya natijasida axborotning ishlab chiqarilishi, tarqalishi, saralanishi va iste‘mol qilinish mexanizmlari tubdan o‘zgarayotgani asoslanadi. Ayniqsa, algoritmik tavsiya tizimlari, generativ sun‘iy intellekt, raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlarning insonning epistemik avtonomiyasi hamda tanlov erkinligiga ta‘siri ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan ochib beriladi. Tadqiqotda raqamli axborot muhiti oddiy texnologik makon emas, balki bilim, qadriyat, identiklik va ijtimoiy xulq-atvorni shakllantiruvchi murakkab sotsiokulturologik tizim sifatida talqin qilinadi. Olimlarning sun‘iy intellekt, axborotlashgan jamiyat va raqamli transformatsiya muammolariga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlari asosida inson va texnologiya o‘rtasidagi munosabatlarning yangi falsafiy mazmuni yoritiladi. Maqolada sun‘iy intellektning ijtimoiy taraqqiyotdagi imkoniyatlari bilan bir qatorda algoritmik manipulyatsiya, axborotga qaramlik, kognitiv avtonomiyaning susayishi, dezinformatsiya va axloqiy mas‘uliyat muammolari ham tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘iston tarixiy me‘moriy obyektlarida an‘anaviy qurilish materiallarini saqlash muammolari
Esimova Gulayim Islam qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘istondagi tarixiy me‘moriy obyektlarning xom g‘isht, paxsa va pishgan g‘ishtdan iborat an‘anaviy qurilish materiallarini saqlash muammolari ilmiy adabiyotlar va hujjatlar tahlili asosida o‘rganilgan. Muammolar fizik-kimyoviy, aralashuv sifati, boshqaruv-monitoring va ekologik omillarga – ajratilgan hamda mos va nomos materiallarni farqlash mezoni taklif qilingan. Qoraqalpog‘iston obyektlari bo‘yicha miqdoriy materialshunoslik ma‘lumotlari yetishmasligi ilmiy bo‘shliq sifatida aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘iston sharoitida yasmiq o‘simligining turli ekish muddatlarining urug‘lik sifati va hosildorligiga ta‘siri
Esbolova Miyrigul Bazarbaevna, Baltabaeva Guljamal Kuanishbay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada Orolbo‘yi mintaqasining keskin kontinental iqlimi, tuproqlarning sho‘rlanish darajasi va suv resurslarining yetishmasligi sharoitida qimmatli oqsilli-dukkakli ekin – yasmiq yetishtirish agrotexnologiyasi ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda Qoraqalpog‘iston sharoitida o‘simlikning biologik xususiyatlari, maqbul ekish muddatlari, sho‘rlangan tuproqlarda oziqlantirish va sug‘orish tartiblari, qator oralari va ekish me‘yorlari tahlil qilindi. Shuningdek, tuproq sho‘rlanishi va quruq issiqlik omillariga qarshi kurashish, unumdorlikni oshirish va tuproqning mikrobiologik faolligini tiklashdagi roli ko‘rsatib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Gúnji sortlarınıń ósiwi hám ónim elementlerine egiw múddetleriniń tásiri
Esbolova Miyrigul Bazarbayevna, Yusupov Beknazar Orazbaevich, Utepbergenov Muxtar Adilbaevich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada kunjutning (Sesamum indicum L.) «Qora shahzoda», «Toshkent-122» va «Sadaf» navlarini uch muddatda – 1-may, 10-may va 20-may sanalarida ekishning o‘simlik o‘sishiga va hosil elementlariga ta‘siri keltirilgan. Urug‘larning unib chiqishi barcha variantlarda 96–99 % ni tashkil etib, ekish muddatiga sezilarli bog‘liq bo‘lmadi. Ekish muddatining kechikishi «Qora shahzoda» navida o‘simlik bo‘yini 101,1 sm dan 114,0 sm gacha oshirgan, shoxlar sonini 7 tadan 3 taga, bir o‘simlikdagi ko‘saklar sonini esa 70 tadan 42 taga yoki 40 % ga kamaytirgan. Navlar bo‘yicha eng yuqori 1000 dona urug‘ massasi «Toshkent-122» navida (3,2–3,4 g), bir ko‘sakdagi urug‘lar soni esa «Sadaf» navida (117–131 dona) qayd etildi. Hisoblangan shartli urug‘ massasi bo‘yicha eng yaxshi natijalar 1-may muddatida (o‘rtacha 15,04 g/o‘simlik) olindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Jo‘xori navlari urug‘larining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash
Ernazarova Dilfuza Rustem qizi, Turimbetov Muratbay Shamshetovich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu tadqiqotda jo‘xori navlaridagi urug‘larning laboratoriya sharoitida unuvchanligi aniqlangan. Tajribalarda urug‘larning unib chiqishi, o‘sish energiyasi bo‘yicha navlar o‘rtasidagi farqlar tahlil qilingan. Jo‘xori navlarining laboratoriya sharoitida unuvchanligini baholash Xalqaro Urug‘ Test Assotsiatsiyasining (ISTA, 2023) qo‘llanmalari asosida amalga oshirildi. Tadqiqotlardan olingan natijalar urug‘ sifatini baholashda hamda dala sharoitida unuvchanligi yuqori bo‘lgan namunalarni saralab olishda katta ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Creating a positive atmosphere towards English as a target language
Ernazarova Indira Baxtiyar qızı, Seytniyazova Guljahan Mirzagalievna · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganish jarayoni stress, o‘ziga ishonchsizlik, xato qilish va salbiy baholanishdan qo‘rqish kabi psixologik to‘siqlar bilan tavsiflanadi. Shu sababli qulay muhit yaratish til o‘qitishning muhim jihati hisoblanadi. Tadqiqotda rag‘batlantirish, o‘zaro muloqot, samimiy o‘qitish uslubi va kichik xatolarga bag‘rikenglik bilan yondashish ingliz tilini o‘rganishda qo‘llab-quvvatlovchi ta‘lim muhitini shakllantirishga qanday hissa qo‘shishi mumkinligi o‘rganiladi. Tavsifiy miqdoriy metodologiya qo‘llanilib, tadqiqotda ingliz tilini chet tili sifatida o‘rta darajada o‘rganayotgan 150 nafar talaba ishtirok etdi. Ma‘lumotlar 20 bandli elektron Likert shkalasi so‘rovnomasi yordamida to‘plandi va o‘rtacha ballar asosida tahlil qilindi. Natijalar respondentlar qo‘llab-quvvatlovchi o‘qitish, rag‘batlantirish, o‘zaro muloqot va hamkorlikni yuqori baholashini, xatolarni hamma oldida qattiqqo‘llik bilan tuzatish esa ularda stress uyg‘otishini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Talaba yoshlar salomatligini saqlash: yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va profilaktikasi
Ermekbaeva Aqbal Urdabaevna, Kazakbaeva Dilbarxan Shamshetdin qızı · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy xavf omillari ko‘pincha yosh davridayoq shakllana boshlaydi. Arterial qon bosimining yuqoriligi, ortiqcha tana vazni, kamharakatlilik, tamaki mahsulotlaridan foydalanish va tuzga boy ovqatlanish keyingi hayot davrlarida yurak-qon tomir xavfining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada talaba yoshlar salomatligi nuqtayi nazaridan yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va profilaktika qilish masalalari tahlil qilindi. Tadqiqotda O‘zbekistonda 2019-yilda o‘tkazilgan WHO STEPS tadqiqotining rasmiy ma‘lumotlari hamda yosh kattalardagi yurak-qon tomir xavf omillariga oid ilmiy adabiyotlardan foydalanildi. 18–29 yosh guruhida arterial qon bosimi, tana massasi indeksi, jismoniy faollik, tamaki va tuz iste‘moli bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Natijalar yosh davridayoq yurak-qon tomir xavf omillarini aniqlash va ularni korreksiya qilishga yo‘naltirilgan profilaktik yondashuvlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Jergilikli organikalıq tóginler hám olardan nátiyjeli paydalanıw abzallıqları
Ermanova Munira Djamalatdinova, Bauatdinov Tashkenbay Salievich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu tadqiqotda Har bir madeniy –texnikaliq ósimlikler ozinin normal osip rawajlaniwi ushun en daslep aziqliq zatlarga, belgili mugdarda temperaturaga, kun jaqtiligina, hawanin normal jetisiyine, igalliliq ham basqa da ahmiyetli faktorlardi talap etedi. Bul faktorlardin hesh qaysisi birinin ornin ekinshisi ote almaydi, birin ekinshisi menen almastiriw mumkin emes, ósimliktin awqatlaq zatlardi jaqsi ozlestiriwi ushun joqari da aytilgan barliq faktorlar toliq ham optimal darejede jetkilikli boliwi tiyis. Aziqliq zatlardan- azot, fosfor, kaliy ham basqa da makro jane mikroelementler sozsiz kerekli bolip sanaladi.