Olima ayollarning ilmiy faoliyatida psixologik resurslar va kasbiy identifikatsiya: ijtimoiy-psixologik omillar va rivojlantirish imkoniyatlari
Inogamova Firuza AbduxakimovnaO‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi2026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 657–661
Annotatsiya
Maqolada olima ayollarning ilmiy faoliyati va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Asosiy e‘tibor psixologik resurslar, kasbiy identifikatsiya, o‘z-o‘zini samarali his qilish, ichki motivatsiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ilmiy karyeradagi ahamiyatiga qaratilgan. Maqolada olima ayollarni psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПсихологические ресурсы и профессиональная идентификация в научной деятельности женщин-ученых: социально-психологические факторы и возможности развития
В статье с социально-психологической точки зрения анализируется научная деятельность женщин-ученых и их вклад в развитие страны. Основное внимание уделяется значению психологических ресурсов, профессиональной идентификации, самоэффективности, внутренней мотивации и социальной поддержки в научной карьере. В статье предложены практические рекомендации по психологической поддержке женщин-ученых.
inglizchaPsychological resources and professional identification in the scientific activities of women scientists: socio-psychological factors and opportunities for development
The article analyzes the scientific activities of female scientists and their contribution to the country‘s development from a socio-psychological perspective. The focus is on the importance of psychological resources, professional identification, self-efficacy, internal motivation, and social support in a scientific career. The article offers practical recommendations for the psychological support of female scientists.
Kalit so‘zlar
- olima ayollar
- ilmiy faoliyat
- kasbiy identifikatsiya
- psixologik resurslar
- motivatsiya
- o‘z-o‘zini samarali his qilish
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
- gender
- ilmiy karyera
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 657–661 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Inogamova Firuza Abduxakimovna. Olima ayollarning ilmiy faoliyatida psixologik resurslar va kasbiy identifikatsiya: ijtimoiy-psixologik omillar va rivojlantirish imkoniyatlari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 657–661. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910126
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
OLIMA AYOLLARNING ILMIY FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK RESURSLAR VA KASBIY IDENTIFIKATSIYA: IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Inogamova Firuza Abduxakimovna inklyuziv ta’lim bo‘limi metodisti
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi e-mail: inogamovafiruze@gmail.com Annotatsiya: Maqolada olima ayollarning ilmiy faoliyati va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Asosiy e’tibor psixologik resurslar, kasbiy identifikatsiya, o‘z-o‘zini samarali his qilish, ichki motivatsiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ilmiy karyeradagi ahamiyatiga qaratilgan. Maqolada olima ayollarni psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: olima ayollar, ilmiy faoliyat, kasbiy identifikatsiya, psixologik resurslar, motivatsiya, o‘z-o‘zini samarali his qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender, ilmiy karyera.
Аннотация: В статье с социально-психологической точки зрения анализируется научная деятельность женщин-ученых и их вклад в развитие страны. Основное внимание уделяется значению психологических ресурсов, профессиональной идентификации, самоэффективности, внутренней мотивации и социальной поддержки в научной карьере. В статье предложены практические рекомендации по психологической поддержке женщин-ученых.
Ключевые слова: женщины-ученые, научная деятельность, профессиональная идентификация, психологические ресурсы, мотивация, самоэффективность, социальная поддержка, гендер, научная карьера.
Abstract: The article analyzes the scientific activities of female scientists and their contribution to the countryʼs development from a socio-psychological perspective. The focus is on the importance of psychological resources, professional identification, self-efficacy, internal motivation, and social support in a scientific career. The article offers practical recommendations for the psychological support of female scientists.
Keywords: women scientists, scientific activity, professional identification, psychological resources, motivation, self-efficacy, social support, gender, scientific career.
Kirish (adabiyotlar sharhi). Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti inson kapitali, ilm-fan va innovatsion salohiyat bilan chambarchas bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan xotin-qizlarning ilmiy faoliyatdagi ishtiroki nafaqat gender tenglik, balki mamlakatning intellektual va innovatsion salohiyatini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.
O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan va innovatsiyalardagi ishtirokini kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasida xotin-qizlarning ilmiy loyihalardagi ishtiroki va olima ayollar rahbarligidagi loyihalar ulushini oshirishga qaratilgan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan. Bu esa olima ayollarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasini psixologik nuqtayi nazardan ham o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi [1]. Ilmiy faoliyat faqat bilim va intellektual qobiliyatni emas, balki uzoq muddatli maqsad qo‘yish, qiyinchiliklarga bardosh berish, o‘z imkoniyatlariga ishonch, ichki NUKUS · 2026
motivatsiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ham talab qiladi. Shu sababli olima ayollarning ilmiy faolligini ta’minlovchi psixologik omillarni o‘rganish dolzarb ilmiy va amaliy vazifalardan biri hisoblanadi. Psixologik resurslar shaxsning maqsad qo‘yishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishi va o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanishini ta’minlovchi ichki hamda X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
tashqi omillar tizimidir [5]. Ilmiy faoliyat uzoq muddatli mehnat va yuqori darajadagi ichki motivatsiyani talab qiladi. Ilmiy maqola tayyorlash, tadqiqot o‘tkazish, dissertatsiya yozish, grant loyihasini ishlab chiqish yoki yangi ilmiy g‘oyani amaliyotga joriy etish jarayonida tadqiqotchi doimiy ravishda yangi vazifalar va qiyinchiliklarga duch keladi. Shuning uchun olima ayolning ilmiy muvaffaqiyatini faqat bilim va qobiliyat bilan tushuntirish yetarli emas. Psixologik barqarorlik, o‘z-o‘ziga ishonch, maqsadga intilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kasbiy ma’noni his qilish ham muhimdir. Psixologik resurslarni shartli ravishda quyidagi asosiy guruhlarga ajratish « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
mumkin: kognitiv resurslar – tanqidiy va ijodiy tafakkur, muammoni hal qilish, mustaqil fikrlash; motivatsion resurslar – ilmga qiziqish, o‘zini rivojlantirish ehtiyoji, ichki motivatsiya va yutuqqa intilish; emotsional resurslar – emotsional barqarorlik, noaniqlikka chidamlilik va muvaffaqiyatsizlikdan keyin tiklanish; shaxsiy resurslar – o‘z-o‘ziga ishonch, avtonomlik, tashabbuskorlik va mas’uliyat; ijtimoiy resurslar – oila, hamkasblar, ilmiy rahbar, mentor va kasbiy hamjamiyat qo‘llab-quvvatlashi. Ushbu resurslar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Masalan, ilmiy maqsadga ega bo‘lgan tadqiqotchi o‘z bilimlarini rivojlantirishga intiladi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash esa qiyinchiliklarni yengish va ilmiy faoliyatni davom ettirish imkoniyatini kuchaytiradi. Kasbiy identifikatsiya shaxsning o‘zini muayyan kasbiy soha bilan bog‘lashi va ushbu kasbning qadriyatlarini o‘z shaxsiy “Men”i bilan uyg‘unlashtirishi jarayonidir. Kasbiy identifikatsiya faqat ilmiy daraja yoki lavozim bilan belgilanmaydi. U shaxsning kasbiy rolini qabul qilishi, ilmiy jamoaga mansublik hissi, o‘z faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini anglashi va kelajakdagi kasbiy “Men”ini tasavvur qilishi bilan bog‘liq. Demak, xotin-qizlarni ilm-fanga jalb qilishning o‘zi yetarli emas. Ularga ilmiy jamoada o‘z o‘rnini topish, kasbiy rolini anglash va uzoq muddatli ilmiy maqsadlarini shakllantirish uchun sharoit yaratish ham muhim.
O‘z-o‘zini samarali his qilish deganda shaxsning muayyan vazifani muvaffaqiyatli bajara olishiga bo‘lgan ishonchi tushuniladi. Ilmiy faoliyatda bu omil alohida ahamiyatga ega. Tadqiqotchi yangi metodologiyani o‘zlashtirish, maqola yozish, konferensiyada chiqish, grant loyihasi tayyorlash va ilmiy tanqidni qabul qilish kabi vazifalarni bajarishi kerak [5]. NUKUS · 2026
Shu sababli olima ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarida ilmiy bilim bilan bir qatorda ilmiy o‘z-o‘ziga ishonchni rivojlantirishga ham e’tibor qaratish zarur. Bunda kichik ilmiy natijalarni tan olish, konferensiya va seminarlarda taqdimot qilish imkoniyatini yaratish, mentorlik va mustaqil ilmiy vazifalar berish samarali bo‘lishi mumkin. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Ilmiy faoliyatda motivatsiyaning tashqi va ichki shakllari mavjud. Tashqi motivatsiya ilmiy daraja, lavozim, mukofot, grant va jamoatchilik e’tirofi bilan bog‘liq bo‘lsa, ichki motivatsiya yangi bilim olish, ilmiy muammoni hal qilish va o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish ehtiyoji bilan bog‘liq. E. Desi va R. Rayanning o‘zini o‘zi belgilash nazariyasiga ko‘ra, avtonomlik, kompetentlik va ijtimoiy aloqadorlik ehtiyojlarining qondirilishi ichki motivatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi [4]. Olima ayollar uchun bu: tadqiqot yo‘nalishini tanlashda mustaqillik; o‘z ilmiy kompetentligini his qilish; « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
ilmiy jamoaga mansublik kabi omillarda namoyon bo‘ladi. Ilmiy karyera individual faoliyat bo‘lib ko‘rinsa-da, uning rivojlanishi ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbekistonda BMTTD tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 400 nafar respondent ishtirok etgan. Tadqiqotda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, psixologik xususiyatlar va motivatsiya qizlar va ayollarning STEM sohasidagi kasbiy qarorlarida muhim omillar sifatida ko‘rib chiqilgan [2]. Tadqiqot natijalari qizlarning STEMga qiziqishi erta yoshdan shakllanishini va oila, maktab, ustozlar, ilmiy tadbirlar hamda ijtimoiy muhit bu jarayonga ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi [2][3]. Shuning uchun olima ayollarni qo‘llab-quvvatlash uzluksiz tizim sifatida tashkil qilinishi lozim: maktab oliy ta’lim magistratura doktorantura yosh olimlik mustaqil tadqiqotchilik ilmiy rahbarlik. Ushbu bosqichlarning har birida mentorlik va psixologik qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘lishi kasbiy identifikatsiyani mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, gender stereotiplari ham kasbiy tanlov va ilmiy karyeraga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillardan biridir. “Ayrim fanlar qizlar uchun emas” yoki “ilmiy karyera oilaviy hayot bilan mos kelmaydi” kabi stereotiplar shaxsning kasbiy imkoniyatlarini idrok etishiga ta’sir qilishi mumkin [2][3].
Psixologik yondashuvning vazifasi shaxs o‘rniga qaror qabul qilish emas, balki uning o‘z qobiliyatini real baholashi, mustaqil qaror qabul qilishi va kasbiy maqsadlarini anglashi uchun sharoit yaratishdan iborat. Olima ayollarning mamlakat taraqqiyotiga hissasini bir nechta yo‘nalishda ko‘rish mumkin. NUKUS · 2026
Birinchidan, ular yangi ilmiy bilim yaratadilar. Ikkinchidan, o‘qituvchi va ustoz sifatida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaydilar. Uchinchidan, ilmiy natijalar texnologiya, innovatsiya va ijtimoiy loyihalarga aylanishi mumkin. To‘rtinchidan, ilmiy tadqiqotlar ta’lim, tibbiyot, psixologiya, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi amaliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Bundan tashqari, olima ayolning kasbiy faoliyati yosh qizlar uchun ijobiy kasbiy namuna bo‘lishi mumkin. Bu esa kelajak avlodning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishi ehtimolini oshiradi. Shu nuqtayi nazardan olima ayolning yutug‘i faqat shaxsiy natija emas, balki uning shogirdlari, ilmiy g‘oyalari, amaliy loyihalari va jamiyatga ko‘rsatgan ta’siri orqali kengroq ijtimoiy qiymatga ega bo‘ladi. Olima ayollarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi yo‘nalishlarni kuchaytirish maqsadga muvofiq: 1. Kasbiy identifikatsiyani rivojlantirish. Yosh olimalarda kasbiy maqsad, ilmiy “Men” va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarini anglashga qaratilgan trening va « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
2. Ilmiy o‘z-o‘ziga ishonchni oshirish. Maqola yozish, ilmiy taqdimot qilish, tadqiqot natijalarini himoya qilish kabi vazifalarni bosqichma-bosqich tashkil etish.
3. Mentorlik tizimini rivojlantirish. Tajribali olimalar va yosh tadqiqotchilar o‘rtasida tizimli kasbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
4. Psixologik resurslarni mustahkamlash. Stressni boshqarish, emotsional barqarorlik, vaqtni boshqarish va kasbiy charchashning oldini olish bo‘yicha psixologik dasturlar ishlab chiqish.
5. Ilmiy hamjamiyatni kengaytirish. Yosh olimalar klublari, ilmiy muloqot maydonlari va kasbiy hamkorlik tarmoqlarini shakllantirish.
6. Ilmiy kasb haqida ijobiy tasavvurni shakllantirish. Maktab va oliy ta’lim bosqichlarida muvaffaqiyatli olima ayollarning kasbiy tajribasini yoshlar bilan ochiq muloqotlar orqali ommalashtirish.
Olima ayollarning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini faqat ilmiy maqolalar, patentlar, ilmiy darajalar yoki loyihalar soni bilan baholash yetarli emas. Ularning ilmiy faoliyati ortida motivatsiya, kasbiy identifikatsiya, o‘z-o‘zini samarali his qilish, emotsional barqarorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi psixologik omillar ham mavjud.
Xalqaro va milliy ma’lumotlar xotin-qizlarning ilm-fandagi ishtiroki tobora kengayib borayotganini ko‘rsatadi [6][7][8]. O‘zbekistonda ham xotin-qizlarning ilmiy loyihalardagi ishtiroki va olima ayollar rahbarligidagi ilmiy tadqiqotlarni ko‘paytirishga qaratilgan maqsadli vazifalar belgilangan.
Institutsional imkoniyat ilm-fan bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratsa, ilmiy kompetensiya tadqiqotni amalga oshirish imkonini beradi. Psixologik resurslar esa ushbu imkoniyat va kompetensiyalarni uzoq muddatli kasbiy faoliyatga aylantirishga yordam beradi. Shunday qilib, olima ayollarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish – nafaqat xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, balki mamlakatning intellektual kapitali, innovatsion salohiyati va barqaror taraqqiyotiga investitsiya kiritishdir. NUKUS · 2026
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi. 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisida. 2026-yil 26-may. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
- BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi. Qizlar va ayollarning STEM ta’limi va STEM sohasidagi bandligida xulq-atvor o‘zgarishlarining ijtimoiy va psixologik omillari. Toshkent, 2023.
- BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi. Qizlar va ayollarni STEM sohasiga jalb etish: qanday yondashuvlar samarali? 2024.
- Deci E.L., Ryan R.M. The “what” and “why” of goal pursuits: Human needs and the self- determination of behavior // Psychological Inquiry. 2000. Vol. 11(4). P. 227–268.
- Bandura A. Social Foundations of Thought and Action: A Social Cognitive Theory. Prentice-Hall, 1986.
- UNESCO Institute for Statistics. Women in Science. UNESCO.
- UNESCO Institute for Statistics. 2026 R&D Data Release: Women in Research — Slow Progress Toward Parity. 2026. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
- UNESCO. UNESCO Call to Action to Close the Gender Gap in Science. 2024.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014309
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910126
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 657–661
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31