Razzokov Kasimbek Kuvanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada, shuningdek, tasavvuf ta‘limotlari, uning ta‘riflari, mistitsizmdagi insonparvarlik g‘oyalari, Chishtiya tariqati va Nizomiddin Avliyoning insonparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qarashlari aks ettirilgan.
N.A. Niyazova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada “OTM-Professional ta‘lim” integratsiyalashgan axborot ta‘lim muhitida bo‘lajak kasb ta‘limi o‘qituvchilarining pedagogik kasbiy faoliyatini takomillashtirishda pedagogik tajriba-sinovni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi to‘g‘risida aytib o‘tilgan.
Abdullayev S.A. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tadqiqotning maksadi o‘tkir bitishmali ichak tutilishida optimal xirurgik davolash va bitishma kasalligini profilaktika qilish usullarini takomillashtirishdir. Kuzatuvda 76 ta bemor bo‘lib ular ikki guruxga bo‘lib urganildi. Birinchi gurux bemorlar an‘anaviy usulda va ikkinchi guruxga takomillashgan xirurgik va profilaktika usullari qo‘llanilgan. Kuzatuvdagi bemorlarning 63% da adgeziolizis, 20% ichaklar rezektsiyasi, 17% ileo va yeyunostoma(ikkitasida) shakllantirilgan. Takkoslash guruxi bemorlarida ya‘ni takomillashtirilgan xirurgik va bitishmalarning profilaktika usullarini qo‘llanilishi operatsiyadan keyingi asoratlarni ikki martagacha kamaytiradi.
Jo‘rayev Yashnarjon Rovshan o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Jahon sag‘liqni saqlash tashkilotining ma‘lumotlariga asosan odamlar o‘limining asosiy sabablari ro‘yhatida yo‘l-transport hodisalari sakkizinchi o‘rinni egallagan.Avtomaktablarda va oliy ta‘lim muassasalarida avtomobil haydovchilarini tayyorlash tizimini rivojlantirish, yo‘l-transport hodisalarida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsata olish hamda avtomobil haydovchilariga havfsiz harakatlanish qoidalarini o‘rgatish usullarini ishlab chiqish va tadqiqotlarda ilmiy asoslash zaruriyati yuzaga kelgan.
Jo‘rayev Yashnarjon Rovshan o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlashda asosiy masuliyat Avtomobil haydovchilari zvenosiga to‘g‘ri keladi. Agar haydovchi yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullansa mas‘uliyat yanada oshadi. Yo‘l-transport hodisalar sodir bo‘lishi omillariga haydovchining yo‘l harakati qoidalarini buzishi bo‘lmoqda. Yuqorida keltirilgan statistika ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, haydovchilarning yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarini doimiy ravishda oshirib borish lozim. Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish zarur. Haydovchilarni sifat jihatdan tayyorlashda mazkur maqola dolzarb hisoblanadi.
Ibragimova Nadiya Sabirovna, Nazarova Surayyo Tolmasovna, Bakhrieva Ugiloy Olimovna, Ruziev Shahzod Olim o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hozirgi vaqtda olimlar polikistoz tuxumdonlar sindromi (PCOS) rivojlanishining sabablaridan biri sifatida endotelial disfunksiyaning rolini o‘rganishga katta e‘tibor qaratmoqda. Ma‘lumki, qon tomir endoteliysi barer funksiyasidan tashqari qon tomirlar vazokonstriksiyasi va vazodilatatsiyasi jarayonlarini, qon tomirlar proliferatsiyasi omillari, fibrinoliz omillari va trombotsitlar agregatsiyasining sintezi va faolligini hamda yallig‘lanish reaksiyalarini boshqarishda faol ishtirok etadi. Ko‘plab olimlarning fikricha, hujayralarga, ayniqsa qon tomirlarning ichki yuzasiga yaqqol toksik ta‘sir ko‘rsatuvchi gomotsisteinning yuqori konsentratsiyalari endotelial disfunksiya rivojlanishiga olib keladi. Shunga asoslanib, gipergomotsisteinemiya muammosi tadqiqotchilarning qiziqish predmeti hisoblanadi.
Urunov Shoxijahon Jamshidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada insoniyat tarixidagi eng qat‘iyatli insonlardan biri bo‘lgan buyuk ajdodimiz Amir Temurning yoshligi, Amir Temur shaxsi va uning hayoti haqida qisqacha ma‘lumotlar keltirilgan. Amir Temur xalqimiz tarixida jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk shaxsdir.
Ruzmetova Maxbuba Rustamovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat byudjeti soliqsiz daromadlarining salmoqli qismini xorijiy davlatlardan olinadigan moliyaviy yordam tashkil etishi ushbu mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda jiddiy muammolar mavjudligi bilan izohlanadi. Ushbu maqolada soliq siyosatini to‘g‘ri takomillashtirish orqali davlat byudjeti tizimini barqaror rivojlantirish to‘g‘risida ma‘lumot berilgan.
Mamadalieva Lola Kamildjanovna, Ahmadjonov Toxirjon Maruf o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada hozzirgi kunda energetika ( Yoqilg‘i, neftigaz va elektr energetika) soxasida foydalanib kelinayotgan va bug‘-gaz qurilmali issiqlik elektr stansiyalarida foydalanilayotgan havoli issiqli almashinuv qurilmalarining afzalliklari va kamchiliklari haqida va ulardagi issiqlik isriflarini kamaytirish to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Mamadaliyeva Lola Kamildjanovna, Ahmadjonov Toxirjon Maruf o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Bu maqola issiqlik almashinuv qurilmasidagi issiqlik isrofini kamaytirishga bag‘ishlangan bo‘lib, maqolada havo sovutgichni issiqlik isrofini kamaytirish orqali kutilayetgan bir nechta foydalari xaqida malumotlar keltirilgan.
Янгиев Бахтиёр Ахмедович, Курбонов Низом Азизович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Mirizzi sindromi bilan asoratlangan o‘t tosh kasalligi tashxisi bo‘yicha adabiyotlar tahlili o‘tkazildi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, operatsiyadan oldingi tekshiruvni optimallashtirish, jarrohlik taktikasi va jarrohlik aralashuvning yangi usullarini ishlab chiqish kelajakda ushbu toifadagi bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi.
A.Mukhidinov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tarbiya shaxsni har tomonlama (aqliy, axloqiy, jismoniy) shakllantirishga qaratilgan yaxlit pedagogik jarayonning ajralmas qismidir. Jismoniy tarbiyada harakatlarga o‘rgatish tarbiyachining bevosita rahbarligida ham, uning nazorati ostida bolalarning mustaqil faoliyatida ham amalga oshiriladi. Harakat faoliyatiga o‘rgatishda bolaning bilish, irodaviy va hissiy kuchlari rivojlanadi, uning amaliy harakat ko‘nikmalari shakllanadi. Harakat orqali o‘qitish bolalar tomonidan amalga oshiriladigan, salomatlik va umumiy jismoniy rivojlanish uchun foydali harakat faoliyatida bolaning ichki dunyosiga uning his-tuyg‘ulari, tafakkuri, asta-sekin shakllanib boruvchi dunyoqarashi, axloqiy fazilatlari nuqtai nazaridan maqsadli ta‘sir ko‘rsatadi.
Ozodbek Tursunov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hozirgi zamon globallashuvi sharoitida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi nafaqat innovatsion taraqqiyotga yo‘naltirilganlik bilan, balki mintaqalar infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishga ham yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanadi. Ushbu vazifalarning hal qilinishi O‘zbekistonni jahon iqtisodiy jarayonlariga to‘laroq integratsiyalashga, xalqaro savdo-iqtisodiy, turistik va madaniy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashishi zarur. Ushbu maqolada mintaqaviy transport infratuzilmasini strategik boshqaruv mexanizmini takomillashtirish jihatlari tadqiq etilgan.
Aziza Ambiyat qizi Madrimova, Ozoda Lutfulla qizi Saydullayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada avvalambor, turizm atamasi haqida qisqacha tushuncha, uning rivojlanishi tarixi, turizm sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma‘lumotlar berib o‘tilgan. Hamda yurtimizda ushbu sohaga qaratilgan e‘tibor, yaratilgan shart-sharoitlar va albatta kiritilayotgan sarmoya haqida keng yoritilib o‘tilgan.
A.Mukhidinov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ma‘lumki, jismoniy tarbiya azaldan inson hayoti bilan birga mavjud bo‘lib, rivojlanib kelgan. Inson jismoniy tarbiya uchun vositalarni asta-sekin tanlaydigan va o‘z hayotida jismoniy tarbiya vositalarini yaratadigan ushbu jismoniy mashqlar gigiyenik omillar, tarbiyaning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridir. Insonning jismoniy rivojlanishiga turli harakatlar ham ta‘sir ko‘rsatadi. Ular sog‘liqni mustahkamlash, organizmni har tomonlama va gormonal rivojlantirish, hayot uchun zarur bo‘lgan harakatlar, ko‘nikma va malakalarning jismoniy takomillashuv darajasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Т.Т.Оморов, Рахимов Дилмурод Марипжанович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ishlab chiqilgan, suvni jadal isitadigan quyosh suv isitish qurilmasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari – qiymati, yillik iqtisodiy samarasi va o‘zini qoplash muddati bo‘yicha tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Qiymati 21609,9 som bo‘lganda qurilmaning bitta modulidan foydalanishdan olinadigan yillik iqtisodiy samara 6261 somni, o‘zini qoplash muddati esa 3,45 yilni tashkil etishi aniqlandi.
Мурзакулов Нуркул Абдилазизович, Ысламов Мухаммадсадык Махаматражапович, Каламбеков Адахам · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada O‘sh texnologiya universiteti energetika fakultetining o‘quv poligonida fotoelektr stansiyasi qurish imkoniyati ko‘rib chiqilgan (fakultetni yoritish, kompyuter sinfini elektr energiyasi bilan ta‘minlash va NVIE fani bo‘yicha laboratoriya ishlarini o‘tkazish uchun. SFES ni qurish va ishlatishda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari hamda hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ularning energetik salohiyati tahlil qilingan.
Мурзакулов Нуркул Абдилазизович, Ысламов Мухаммадсадык Махаматражапович, Каламбеков Адахам · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada elektr energetikasining elektr energiyasi isroflari kabi asosiy muammolari keltirilgan. Elektr tarmoqlaridagi isroflar manbalarining tahlili o‘tkazilgan.
Abdullayeva Dilorom Telmanovna, Abdullayeva Dilafruz G‘ayratovna, Sayfiddin Hoji Qadriddin Shuhrat o‘g‘li, Xolmonov Dilshod Shuhrat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada Toshkent shahridagi birlamchi tibbiy yordam shifokorlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari keltirilgan. Toshkentlik amaliyotchilarning aksariyati surunkali kasalliklar patogenezida yotgan KTD ning tashqi fenotipik belgilari va disembriogenez stigmalarini yaxshi bilishmaydi.
Мамаджанова Мухае, Дехканов Рахматуло Султанович, Абдуллаев Шавкат Вохидович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqola Lamiaceae oilasiga mansub Nepeta Olgae Regel (L.) o‘simligi yer ustki qismining aminokislota tarkibini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Nepeta Olgae Regel (L.) o‘simliklarining sifat va miqdoriy aminokislota tarkibini o‘rganish yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usulida olib borildi va 17 ta birikma identifikatsiya qilindi. Ular orasida sistein aminokislotasi ustunlik qiladi: mos ravishda gullashdan oldingi davrda 115,0656 mg/g, gullash davrida 80,59836 mg/g.